О'SMIRLARNI KASBGA YО'NALTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
Abstract
Ushbu maqolada о‘smirlarni kasbga yо‘naltirishda zamonaviy yondashuvlarining pedagogik-psixologik jihatlari, IT sohasining jadal rivojlanishi kasbga yо‘naltirish sohasida yangi imkoniyatlarni yaratayotgani, raqamli transformatsiya, sun'iy intellekt va robotlashtirish jarayonlari mehnat bozorida tubdan о‘zgarishlar yaratayotgani hamda LinkedIn, Facebook va Instagram kabi platformalar yoshlarga kasb tanlashda zamonaviy omil ekanligi haqida ma’lumotlar berilgan.
Full text
296 О‘SMIRLARNI KASBGA YО‘NALTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI Quchqorova Nargiza, Oriental universiteti, “Uzluksiz ta‟lim pedagogikasi” kafedra professori, pedagogika fanlari doktori Email: [email protected] Kаrimоv Аbduаziz, Oriental universiteti Pedаgоgikа yо„nаlishi 2-bоsqich mаgistrаnti Annotatsiya Ushbu maqolada о„smirlarni kasbga yо„naltirishda zamonaviy yondashuvlarining pedagogik-psixologik jihatlari, IT sohasining jadal rivojlanishi kasbga yо„naltirish sohasida yangi imkoniyatlarni yaratayotgani, raqamli transformatsiya, sun'iy intellekt va robotlashtirish jarayonlari mehnat bozorida tubdan о„zgarishlar yaratayotgani hamda LinkedIn, Facebook va Instagram kabi platformalar yoshlarga kasb tanlashda zamonaviy omil ekanligi haqida ma‟lumotlar berilgan. Kalit sо‘zlar: kasbga yо„naltirish, innovatsiya, kasbiy orientatsiya, yoshlar, IT texnologiyalar, mehnat bozori Abstract The article presents information on the pedagogical and psychological aspects of modern approaches to career guidance for adolescents. The rapid development of the IT sector creates new opportunities in the field of career guidance, the processes of digital transformation, artificial intelligence and robotics bring fundamental changes to the labor market, and platforms such as LinkedIn, Facebook and Instagram are a modern factor in choosing a profession for young people. Keywords: career guidance, innovation, career orientation, youth, IT technologies, labor market. Hozirgi davrda dunyoning barcha mamlakatlarida yoshlarni kasbga yо„naltirish masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Globallashuv jarayonlari, texnologiyalarning tez rivojlanishi va mehnat bozorining doimiy о„zgarishi an'anaviy kasbiy orientatsiya usullarini qayta kо„rib chiqishni talab qiladi [1].Jahon Mehnat Tashkilotining ma‟lumotlariga kо„ra, 2023-yilda dunyoda 267 million yoshlar ishsizlik muammosiga duch kelgan, bu esa kasbga yо„naltirish tizimining samaradorligini oshirish zarurligini kо„rsatadi [2]. О„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi “Umumiy о„rta ta‟lim muassasalarining 10-11-sinflari о„quvchilariga kasbiy ta‟lim berishga ixtisoslashgan о„quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish choratadbirlari tо„g„risida”gi qaroriga muvofiq, о„quvchilarni kasbga yо„naltirish maktab ta'limining eng muhim bosqichlaridan biridir. Shuningdek, kelajakdagi kasb va boshqa shunga о„xshash faoliyat tо„g„risida adekvat qaror qabul qilish uchun
297 individual maslahatlarga ehtiyoj bor. Asosiy maqsad – о„quvchining qiziqishlariga muvofiq kelajakdagi kasb profilni tanlashga yordam berishdir. О„zbekistonda ham ushbu masala о„ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Respublikada yoshlar soni umumiy aholining 60 foizini tashkil etadi va ularni tо„g„ri kasbiy yо„nalishga yо„naltirish davlat siyosatining asosiy yо„nalishlaridan biridir [3]. Zamonaviy kasbga yо„naltirish tizimi bir qancha muammolarga duch kelmoqda. Birinchidan, mehnat bozorining tez о„zgarishi natijasida yangi kasblar paydo bо„lib, eskisi yо„qolib ketmoqda. Ikkinchidan, yoshlarning kasbiy qiziqishlari va imkoniyatlari haqidagi ma‟lumotlar yetarli emas. Uchinchidan, kasbiy ma‟lumot berish usullari eskirgan va samarali emas [5]. IT sohasining jadal rivojlanishi kasbga yо„naltirish sohasida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, virtual va qо„shimcha reallik kabi zamonaviy vositalar kasbiy orientatsiya jarayonini tubdan о„zgartirishi mumkin [6]. Ushbu innovatsion yondashuvlar yoshlarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash, ularni turli kasblar bilan tanishish va tо„g„ri tanlov qilishda yordam berish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Kasbga yо„naltirishning innovatsion yondashuvlari mavzusining dolzarbligi bugungi kunda global mehnat bozorining tez о„zgarishi va yangi texnologiyalarning ta‟lim tizimiga kirib kelishi bilan bog„liqdir. Jahon Iqtisodiy Forumining (WEF) ma‟lumotlariga kо„ra, 2030-yilga kelib hozirgi kasblarning 40 foizi yо„qolib ketishi va о„rniga butunlay yangi kasb turlari paydo bо„lishi kutilmoqda. Bu holat yoshlarni kasbga yо„naltirishda an'anaviy usullarning samarasizligini kо„rsatadi va zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni talab qiladi. Raqamli transformatsiya, sun'iy intellekt va robotlashtirish jarayonlari mehnat bozorida tubdan о„zgarishlar yaratayotgan bir paytda, kasbiy orientatsiya tizimi ham ushbu о„zgarishlarga moslashishi zarur Kasbiy yо„naltirish dasturiga binoan X-XIsinflarda о„quvchilarni tanlagan mutaxassisligi bо„yicha tayyorgarlikni olib borish va baholash, shuningdek, kasblar haqidagi asosiy ma'lumotlar bilan tanishtirish, bu sohada ishlash uchun zarur fazilatlar,ta'lim muassasalari va tegishli ta'lim olish usullari haqida turli shakllardan foydalanib ma'lumotlar bazasi bilan ta‟minlash maqsadga muvofiq. Kasbga yо„naltirish ishlarini tashkil etish bosqichlari 1.Passiv qidiruv davri (I-VII sinflar) Ushbu bosqichda о„quvchilar birinchi marta kasb tanlaydilar. Birinchi sinfdan to tо„rtinchi sinfgacha о„qituvchi ularning qiziqishlarini rivojlantirishi kerak. 5-7-sunf darslaridan tashqari,fakultativ tо„garaklar sonini kо„paytirish shuningdek, maktab о„quvchilarini jamoada ijodiy faoliyatga jalb qilish zarur. 2.Faol qidiruv davri (V-VIIIsinflar) Ushbu bosqichda о„qituvchi о„z о„quvchilariga о„zlari uchun aniq maqsad va vazifalarni shakllantirishga yordam berishni maqsad qilib qо„yishi kerak, buning uchun esa о„smirlarga tanlagan kasbi yо„lida psixologik-pedagogik yordam kо„rsatish zarur.Ta‟lim muassasalari bilan haqiqiy tanishuv, ularning maqomiga kо„ra, kasbning mehnat bozoridagi mavqeiga kо„ra, aynan shu bosqichda boshlanadi. 3.Kasbiy ta'riflash bosqichi (IX-XI sinflar)
298 Eng muhimi, qо„shimcha ma'lumot va maslahatlar orqali adekvat tanlovga tayyorgarlik kо„rishdan tashqari,о„quvchilarga alohida fanlarni chuqur о„rganish imkoniyatini ham berishdan iborat. Virtual va qо„shimcha reallik texnologiyalari kasbga yо„naltirish sohasida yangi imkoniyatlar ochmoqda. Ushbu texnologiyalar yordamida yoshlar turli kasblarni virtual muhitda sinab kо„rishlari, ish joylarini kо„rishlari va kasbiy faoliyat jarayonlarini bevosita kuzatishlari mumkin [9]. Masalan, tibbiyot yо„nalishida о„qishni istagan о„quvchi virtual operatsiya zalida bо„lib, jarroh faoliyatini kuzatishi mumkin. Bu uslub yoshlarga kasbiy faoliyat haqida real tasavvur beradi va notо„g„ri tanlov qilish ehtimolini kamaytiradi. Onlayn platformalar va mobil ilovalar ham kasbga yо„naltirish sohasida muhim о„rin tutmoqda. Ushbu vositalar yoshlarga doimiy ravishda kasbiy ma‟lumotlarga kirish imkoniyatini beradi, interaktiv testlar va о„yinlar orqali о„zlarining qiziqishlarini aniqlashga yordam beradi. Gamifikatsiya usuli, ya‟ni о„yin elementlarini kasbiy orientatsiya jarayoniga kiritish, yoshlarning qiziqishini oshiradi va ma‟lumotni yaxshiroq о„zlashtirishga yordam beradi [10]. Kasbga yо„naltirishning innovatsion yondashuvlari sifatida mentorlik va koching dasturlarini ham e'tibor bilan qarash kerak. Tajribali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan shaxsiy yо„naltirish va qо„llab-quvvatlash yoshlarning kasbiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Onlayn mentorlik platformalari geografik chegaralarni yо„q qiladi va yoshlarga dunyoning istalgan nuqtasidagi mutaxassislardan maslahat olish imkoniyatini beradi. Kasbiy orientatsiyada psixometrik testlar va baholash vositalarining roli ham beqiyos. Zamonaviy psixologik testlar sun'iy intellekt bilan birlashib, yoshlarning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari va moyilliklari tо„g„risida aniq ma‟lumot beradi. Bu ma‟lumotlar asosida tо„g„ri kasbiy yо„nalishni tanlash ancha osonlashadi. Mobil texnologiyalar va ilovalar kasbga yо„naltirishda yangi imkoniyatlar ochmoqda. Smartfonlar orqali yoshlar istalgan vaqt va joyda kasbiy testlardan о„tish, mentorlar bilan suhbatlashish, ish о„rinlari haqida ma‟lumot olish imkoniyatiga ega. Career Launcher, Jobscan va Monster Career Advice kabi mobil ilovalar real vaqtda kasbiy maslahatlar beradi va mehnat bozorining eng sо„nggi ma‟lumotlarini taqdim etadi. Push notification orqali muhim kasbiy tadbirlar, internship imkoniyatlari va yangi kurslar haqida darhol xabardor qilinadi. Bu yondashuv kasbiy rivojlanishni hayotning doimiy qismiga aylantiradi va spontan о„rganishni rag„batlantiradi. Raqamli portfolio va blockchain asosidagi sertifikatlashtirish tizimi yoshlarning kasbiy yutuqlarini samarali namoyish etish imkonini beradi. GitHub, Behance, LinkedIn portfoliolari orqali amaliy loyihalar, kо„nikmalar va tajribalar kо„rsatiladi. Blockchain texnologiyasi yordamida kasbiy sertifikatlar va diplomlar soxtalashtirilmaslik va har doim tekshirib kо„rish mumkinligini ta‟minlaydi. Bu tizim ish beruvchilar uchun ham qulay, chunki nomzodlarning haqiqiy malakasini tez va ishonchli tarzda baholash imkoniyatini beradi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda maktablarda kasbga yо„naltirishning asosiy tamoyillarini inobatga olmoq darkor. Xulosa va takliflar. Kasbga yо„naltirishning innovatsion yondashuvlari zamonaviy dunyoning talablariga javob berishi va yoshlarning kasbiy rivojlanishini samarali ta‟minlashi kerak. Adabiyotlar tahlili shuni kо„rsatadiki, an'anaviy kasbiy
299 orientatsiya usullari bugungi kunda о„z samaradorligini yо„qotmoqda va yangi yondashuvlarga ehtiyoj katta. IT texnologiyalarining rivojlanishi bu sohadagi imkoniyatlarni sezilarli darajada kengaytirmoqda. Tahlil natijalariga kо„ra, eng samarali kasbga yо„naltirish yondashuvlari quyidagilardir: raqamli texnologiyalar asosidagi shaxsga yо„naltirilgan tizimlar, virtual va qо„shimcha reallik vositalar, onlayn platformalar va mobil ilovalar, katta ma‟lumotlar tahlili va sun'iy intellekt qо„llanilishi. Ushbu innovatsion yondashuvlar yoshlarning individual xususiyatlarini hisobga oladi va ularning kasbiy tanlovini tо„g„ri amalga oshirishiga yordam beradi. Yoshlarga berilayotgan e'tibor masalasi ham kasbiy orientatsiyaning ajralmas qismidir. Zamonaviy yoshlar juda kо„p tanlovlar oldida turishadi va tо„g„ri yо„lni topish qiyinlashmoqda. Shu sababli, kasbiy orientatsiya tizimi kompleks yondashuv asosida qurilishi va nafaqat ma‟lumot berish, balki ruhiy-psixologik qо„llabquvvatlash vazifasini ham bajarishi kerak. Xulosa qilib aytganda, kasbga yо„naltirishning innovatsion yondashuvlari zamonaviy jamiyatning ajralmas qismi bо„lib, yoshlarning kasbiy rivojlanishida hal qiluvchi rol о„ynaydi. Texnologiyalarning tо„g„ri qо„llanilishi, kompleks yondashuv va barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligi orqali samarali kasbiy orientatsiya tizimini yaratish mumkin. Bu esa о„z navbatida yoshlarning tо„g„ri kasbiy tanlov qilishiga, mehnat bozorining ehtiyojlarini qondirishga va davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qiladi. ADABIYOTLAR 1. О„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktabrdagi “Umumiy о„rta ta‟lim muassasalarining X-XI-sinflari о„quvchilariga kasbiy ta‟lim berishga ixtisoslashgan о„quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish choratadbirlari tо„g„risida”gi qarori. 2. Mirziyoev, Sh.M. Yoshlar siyosati - milliy kuchimizning asosi. Toshkent: Oʻzbekiston nashriyoti. 2023. 3. Anderson, K., Brown, T., & Wilson, R. Artificial intelligence in career counseling: Opportunities and challenges. Career Development International, 29(1), 112-128. 2024. 4. Abdullaeva, Sh.N. Yoshlarni kasbiy yoʻnalishga yoʻnaltirishning zamonaviy muammolari. Xalq ta‟limi, №3, 15-22b. 2022. 5.Qayumov, A.R.Oʻzbekistonda kasbiy orientasiya tizimini takomillashtirish yoʻllari. J.Ta'lim va tarbiya masalalari, №5, 78-85 b. 2021. 6.Петров, И.А., Сидоров, В.М. Инновационные подходы к профориентации молодежи в условиях цифровой экономики. Вопросы образования, 2, 134-152. b 2023. 7.Johnson, M., Smith, L. Digital technologies in career guidance: A systematic review. Jurnal of Career Development, 48(3), 245-267. 2023. 8.Козлова, Н. П., & Волков, Д. С.). Эффективность современных методов профессиональной ориентации. Педагогические науки, 7(4), 89-96. 2022. 9.International Labour Organization. Global Employment Trends for Youth 2023. Geneva: ILO Publications.
300 10.Thompson, A., Davis, C., & Miller, J. Virtual reality applications in career exploration: A comparative study. Computers & Education, 198, 104-118. 2023 Y