BASKETBOLCHI QIZLARDA TIKLANISH JARAYONLARINI LAZER NURLARI TA'SIRIDA YAXSHILANISH SAMARADORLIGI OSHIRISH
Abstract
Ushbu maqolada Jahonda malakali basketbolchi qizlarning yuklamalarga moslashish va organizmini qayta tiklanishi bo‘yicha murakkab sport yig‘inlaridan so‘ng organizmda sodir bo‘ladigan jarayonlar, lokal va global toliqish yoki o‘ta toliqish alomatlarini paydo bo‘lishi sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish yuzasidan ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
Full text
329 BASKETBOLCHI QIZLARDA TIKLANISH JARAYONLARINI LAZER NURLARI TA’SIRIDA YAXSHILANISH SAMARADORLIGI OSHIRISH Boltayev A. Oriental universiteti Jismoniy madaniyat Kafedrasi dotsenti (93) 610-9696 [email protected] Annotatsiya Ushbu maqolada Jahonda malakali basketbolchi qizlarning yuklamalarga moslashish va organizmini qayta tiklanishi bo„yicha murakkab sport yig„inlaridan so„ng organizmda sodir bo„ladigan jarayonlar, lokal va global toliqish yoki o„ta toliqish alomatlarini paydo bo„lishi sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish yuzasidan ko„plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Kalit so‘zlar: Zamonaviy basketbol, maxsus yordamchi mashqlar, maxsus rivojlantiruvchi mashqlar, jismoniy mashqlar, mexnik-taktik harakatlar, malakali basketbolchi. Abstract: This article examines the processes occurring in the body after complex sports training, the causes of local and global fatigue or symptoms of extreme fatigue, as well as the reasons for their elimination, in connection with which many scientific studies have been conducted. Key words: Modern basketball, special auxiliary exercises, special developmental exercises, physical exercises, mechanical and tactical movements, qualified basketball player. Maqolaning dolzarbligi. Dunyo basketbol sport amaliyotida o„ta keskin raqobat ostida kechayotgan xalqaro musobaqalarda sport natijalari yildan-yilga o„sib bormoqda. Zamonaviy basketbol olamlari oxirgi 20 yil ichida yuklamalarning xajmi va jadalligi 2-5 marta oshdi. Bu o„z navbatida mashg„ulotlar xajmi va shiddatini yanada oshirishni ya‟ni sportchilarda jismoniy imkoniyatlar zahirasini kuchaytirish, texnik-taktik harakatlar ko„lamini kengaytirish talabini qo„ymoqda, bu o„z o„rnida sportchi qizlar organizmiga va sport natijalariga salbiy ta‟sir ko„rsatmoqda. Shu sabab, basketbolchi qizlarda o„ta toliqish belgilarini oldini olish va qayta tiklash muddatlarini qisqartirish, vositalar yordamida jaddallashtirish ilmiy jihatdan asoslab berish o„ta muhim ahamiyatga ega. Jahonda malakali basketbolchi qizlarning yuklamalarga moslashish va organizmini qayta tiklanishi bo„yicha murakkab sport yig„inlaridan so„ng organizmda sodir bo„ladigan jarayonlar, lokal va global toliqish yoki o„ta toliqish alomatlarini paydo bo„lishi sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish yuzasidan ko„plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Adabiyotlar tahlili (Literature review). Sport oʻyinlarida texnik usullarning aniqligini takomillashtirish boʻyicha bir qator ilmiy ishlar eʼlon qilingan. Xususan, yurtimizning yetakchi olimlaridan B.M.Miradilov gipoksik mashqlardan foydalangan holda basketbolda toʻpni savtga tashlash aniqligini oshirish, Sh.X.Xankeldiyev va V.G.Kim basketbolchilarning uzoq masofadan savatga toʻp tashlash aniqligi,
330 U.T.Kubeysinova basketbolchilarda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligining rivojlanish dinamikasi va toʻpni sakrab savatga tashlash, A.A.Pulatov va S.F.Ashurkova voleybol boʻyicha shiddatli musobaqalarda oʻyin yuklamalari taʼsirida yuz beradigan gipoksiyaning toʻp kiritish aniqligiga taʼsiri boʻyicha tadqiqotlar olib borganlar. Basketbol sport turi rivojlangan mamlakatlarda musobaqa va mashg„ulot jarayonida vositalarni tabaqalashtirish, funksional zahira imkoniyatlarini boshqarishga qaratilgan tiklovchi texnologiyalar ishlab chiqilgan. Sportchilar organizmini tiklanishini tabiiy mexanizmlarini o„rganish uchun hamda organizmning tabiiy mexanizmlarini buzmasdan tiklash jarayonini tezlashtiradigan va asosiysi, sportchilar salomatligiga zarar yetkazmaydigan ta‟sir usullarini izlab topishda muhim ahamiyatga ega. Malakali basketbolchi qizlarda jismoniy ishchanlik qobiliyatini tiklanish jarayonining innovatsion texnologiyalar ta‟siri ostida samaradorligini oshirish bo„yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Malakali basketbolchi qizlarning o„yin ampluasini va morfofunksional ko„rsatkichlari asosida istiqbolini bashorat qilishni hisobga olgan holda, ularning jismoniy rivojlanishi darajasini va tana massasi tarkibini qiyosiy baholash; basketbolchi qizlarning morfofunksional ko„rsatkichlari bilan maxsus harakat sifatlarini namoyon qilinishi o„rtasidagi o„zaro korrelyatsion bog„liqliklarni ishlab chiqish va keyinchalik o„yin faoliyatining samaradorligini ta‟minlaydigan umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni pedagogik ekspertiza qilish; malakali basketbolchi qizlarning ortiqcha toliqishi va qayta tiklanish holatini bashorat qiladigan informativ mezonlarni ishlab chiqish. Tadqiqot materiallari va metodologiyasi.Tananing total va parsial kattaliklari ko„rsatkichlari basktbolda ixtisoslashgan sportchi qizlarning jismoniy rivojlanishi darajasini, ularning tana tuzilishi xususiyatlarini aniqlash uchun asos bo„lib xizmat qiladi. O„zgaruvchanlikning o„rtacha darajasini tana sonlarining aylanasi (𝜎-5.04), qorin aylanasi (𝜎-5.66), yelka kengligi (σ-5.55), ko„ndalang kattaliklaridan yelkaning distal qismi (𝜎-4.49) va sonning distal qismi (𝜎-5.85) namoyon qildi. Parsial kattaliklari ko„rsatkichlari dissertatsiyada keltirilgan. 14 Basketbolchi qizlar tanasi yuzasidagi teriosti yog„ qatlamining taqsimlanishi tahlil qilinganida markaziy, xujumchi va himoya ampluasidagi o„yinchilarda ushbu ko„rsatkichlarning pasayishi kuzatilgan. Basketbolchi qizlarning o„yin ampluasini hisobga olish bilan Ya.Mateyka tomonidan taklif qilingan formula bo„yicha tana massasi komponentlarining foizli nisbatlari (1-jadvalga qarang). 1-jadval Basketbolda ixtisoslashgan sportchilarni o„yin amplualarini hisobga olgan holdagi tana massasini komponentli tarkibi ko„rsatkichlari (n=30) turi. 1-jadval Basketbolda ixtisoslashgan sportchilarni o‘yin amplualarini hisobga olgan holdagi tana massasini komponentli tarkibi ko‘rsatkichlari (n=30) Тuri, ampluasi Tana uzunligi, sm Tana massasi, kg Mushak massasi, % Yog‘ massasi, % Suyak massasi, % Markaziy o„yinchi 179,3±1,91 73,2±1,62 35,88±2,76 20,2±3,4 13,90±1,30
331 (n=10) Xujumchi (n=10) 175,8±0,87 70,5±1,03 34,10±2,80 18,0±3,3 14,40±1,3 Himoyachi (n=10) 172,1±1,81 66,8±1,47 32,1±2,87 17,2±3,45 14,20±1,2 Yog„ komponentining miqdori birmuncha yuqori ekanligini aytish lozim, chunki malakali basketbolchilarda yog„ning miqdori o„rtacha 14% ni tashkil qilishi kerak (V.P.Chtesov, B.A.Nikityuk,1991), lekin tadqiq qilingan basketbolchi qizlarning ushbu ko„rsatkichlari, o„yin ampluasiga bog„liq ravishda 17,2±3,45% dan to 20,2±3,4% gacha farq qilishi aniqlangan Basketbolchi qizlarda yog„ to„qimalarining ortiqchaligi bir qator omillarga, avvalam bor, iste‟mol qilinadigan oziqa kaloriyalariga bog„liq bo„lib, buni muhitli omillarning ta‟siri samarasi sifatida baholash mumkin. Talablarga mos kelmaydigan trenirovka yuklamalarining qo„llanilishi, yog„ to„qimalarining ortishiga olib keladi, deb taxmin qildik. Markaziy o„yinchilar tana massasi tarkibidagi mushak komponentining miqdori xujumchilarnikiga nisbatan 4,7% va himoyachilarnikiga nisbatan 3,6% yuqori, suyak komponentining miqdori bo„yicha esa, xujumchilar va himoyachilarning ko„rsatkichlari markaziy ampluadagi o„yinchilarnikidan biroz yuqori. Malakali basketbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligi, funksional holati va tana tuzilishining morfologik parametrlari ko„rsatkichlari o„rtasida o„zaro bog„liqlikni aniqlash maqsadida juftlik korrelyatsiya koeffitsientlarining matematik usuli qo„llanildi. Ma‟lumotlarni tahlil qilish, 30 m yugurish natijalarini qo„llar va oyoqlar uzunligi bilan r=0,82, sonining aylanasi bilan – r=0,72 kuchli 15 korrelyatsion aloqaga ega ekanligini ko„rsatdi. 100 m va 800 m yugurish va tana uzunligi ko„rsatkichlari o„rtasida (mos ravishda r=0,77 va r=0,91), joyidan turib uzunlikka sakrash va tana uzunligi, qo„llari va oyoqlari uzunligi o„rtasida ham (mos ravishda r=0,84, r=0,79 va r=0,86) yuqori korrelyatsion bog„liqlik mavjudligi aniqlandi. Tana massasi va PWC170 (r=0,89), sonining aylanasi va PWC170 (r=0,87) o„ratasida aniqlangan yuqori korrelyatsion bog„liqliklar, ushbu parametrlar o„zaro bog„liq ekanligi va malakali basketbolchi qizlarning jismoniy ishchanlik qobiliyatlari darajasi nafaqat uzunlik kattaliklari kabi somatik parametrlar bilan, balki tana massasi va sonining aylanasi bilan ham belgilanishi to„g„risida dalolat beradi. Shunday qilib, eng yuqori korrelyatsion koeffitsientlar tana kattaliklari, xususan, tananing oyoqqo„llari uzunliklari ko„rsatkichlarida aniq namoyon bo„ladi. Yuqori korrelyatsion koeffitsientlar aylana kattaliklari uchun xarakterlidir, xususan, sonning aylanasi bilan 800 m va 30 m yugurish o„rtasida bog„liqlik aniqlangan (mos ravishda r=0,75 va r=0,72). 2-jadval. Trenirovka siklining musobaqa oldi bosqichida TG basketbolchi qizlarni jismoniy ishchanlik qobilyati va trenirovka qilganligi darajasi ko‘rsatgichlari (n=15)
332 № Ismisharifi Rаz riyad Jismoniy rivojlanishi Jismoniy ishchanlik қobiliyati (kg/m/min) O‘TS (litr) GSTI (birligi) KMI (abs.) KMI (nisbiy) VBI (g/sm) PWC (kg/m/ min) PWC (vatt) 1 M. V. SU 369,9 2170,3 399 3,9 115,8 5,844 91,4 2 A. X.. SU 404,6 1817,3 302,8 3,8 102,7 5,068 73,4 3 A. D. SU 336,8 984,2 164 3,2 102,71 3,235 49,7 4 Sh. I. 1 razri yad 335,9 1127,2 187,7 3,2 102,71 3,549 56,3 5 B-P. D. 1 razri yad 353,9 1419 236,5 3,8 122,4 4,191 62,5 6 Z. I. SU 306,8 1657,2 276,2 4,4 137,6 4,715 87,3 7 X. Ye. SU 395,4 1056,1 176 4,3 114,5 3,394 48,4 8 J. K. SUN 331,3 1483,3 247,2 3,7 112,2 4,333 80,2 9 Sh. A. SU 309,1 876,6 146 3,8 113,2 2,998 58,8 10 S. A. SU 371,1 2233,3 372,2 5 97,7 5,983 83,1 11 D. G. SU 365,8 1225,1 204 4 104,6 3,765 62,7 12 A. I. SU 494,5 1557,7 259,6 4,4 136,3 4,496 49,9 13 Z. L. SU 390,6 915,3 152,5 4,6 119 3,083 41,1 14 S. A. SUN 323,5 680,3 113,4 3 91,7 2,56 51,3 15 S. D 1 razri yad 353,9 1419,1 236,5 3,8 122,41 4,19 62,5 Jismoniy ishchanlik qobiliyati ko„rsatkichlari bo„yicha natijaviylikdagi farqlarning mavjud bo„lishiga qaramasdan, basketbolchi qizlarning mazkur guruhini milliy terma jamoa a‟zoligiga zahira sifatida ko„rib chiqish zarur, ular, mos ravishdagi jismoniy va texnik tayyorgarlikdan o„tkazilganida, muhim xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz sha‟nini himoya qilishlari mumkin (2-jadvalga qarang). Taqqoslash maqsadida malakali basketbolchi qizlarning nafaqat jismoniy rivojlanishni, balki tana massasining komponentli tarkibini baholash, keyinchalik antropometrik o„lchash usullarini va Xit-Karter (1989) usuli bo„yicha somatotiplashni qo„llash bilan ularning qaddi-qomati tuzilishini tashhis qilish amalga oshirildi. Basketbolchi qizlarning funksional imkoniyatlarini baholash paytida, ularning istiqbolliligini bashorat qilish kardirespirator tizimining informativ ko„rsatkichlarini qo„llash bilan amalga oshirildi, ya‟ni: gemodinamika ko„rsatkichlarini – SH (sistolik hajmni), QADX – qon aylanishining daqiqalik xajmini, YuQChni, jismoniy ishchanlik qobiliyati ko„rsatkichlarini (PWC170, KDI – kislorodni daqiqalik iste‟molini, GSTI Garvard step-testi indeksini). Qonda neytrofillarning funksionalmetabolik faolligini (NFMF) immunologik usullar nitroko„k tetrazoliy (NST-test) tiklovchi testini yoki NST-testni
333 spektrofotometrik usulda o„tkazish bilan aniqladik. Endogen intoksikatsiyani qon plazmasida o„rta molekular peptidlarning miqdori bo„yicha aniqladik. XULOSALAR 1. O„yin ampluasini hisobga olgan holda basketbolchi qizlar organizmini funksional, adaptatsion va tiklanish imkoniyatlariga e‟tibor qaratilmagan. 2. Eng yuqori korrelyatsion koeffitsientlar tana kattaliklari, xususan, tananing oyoq-qo„llari uzunliklari ko„rsatkichlarida aniq namoyon bo„ladi. Yuqori korrelyatsion koeffitsientlar aylana kattaliklari uchun xarakterlidir, xususan, sonning aylanasi bilan 800 m va 30 m yugurish o„rtasida bog„liqlik aniqlangan (mos ravishda r=0,75 va r=0,72). 3. Qonda neytrofillarning funksional metabolik faolligini (NFMF) immunologik usullar nitroko„k tetrazoliy (NST-test) tiklovchi testini yoki NST-testni spektrofotometrik usulda o„tkazish bilan aniqladik. Endogen intoksikatsiyani qon plazmasida o„rta molekular peptidlarning miqdori bo„yicha aniqladik. ADABIYOTLAR I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar 7. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Sport kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida” gi PQ-336-sonli Qarori. 2. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-5280-son “Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to„g„risida” hamda PQ-5281-son “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo„lib o„tadigan XXXIII yozgi olimpiya va XVII paralimpiya o„yinlariga O„zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to„g„risida”gi Qarori II. Monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar 3. Artikov Askar Akbarovich Sport oʻyinlarida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda texnik-taktik harakatlarni bajarish aniqligini optimallashtirish. pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi. Chirchiq-2023.-B.10-21 III. Foydalanilgan boshqa adabiyotlar 1. Pulatov A.A., Ganiyeva F.V, Miradilov B.M, Xusanova D.T, Pulatov F.A. “Basketbol nazariyasi va uslubiyati” (Darslik) Toshkent – 2017. 2. G„aniyeva F.V., Xusanova D.T., Madaminov T. “Basketbolda to„pni urib yugurish texnikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirish uslubiyati” T: 2015 yil-50b 3. D.X.Umarov, T.Z.Xolmurodov. “Maktabgacha ta‟limda jismoniy tarbiya“ T; 2018 yil. 4. G„aniyeva F.V., Xusanova D.T., Madaminov T. “Basketbolda to„pni urib yugurish texnikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirish uslubiyati” T: 2015 yil-50b 5. A.A. Pulatov., A.A.Umarov. “Sport va harakatli o„yinlar (Basketbol)” T: 2020y. 6. Miradilov B.M, Karimov B.Z, Umbetova M.A. “Spot pedagogik mahoratini oshirish (Basketbol)” Toshkent 2018 y. 7.Karimov B.Z. “Teoriya i metodika basketbola” Chirchik-2019g.
334 8.Akramov J.A, Gandbol: JTI uchun darslik, T. 2