scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA XALQARO TALABALARNI JALB QILISH VA TA'LIM TIZIMINI XALQAROLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Axmedov Murodjon

Abstract

Maqolada xalqaro talabalar harakati va ta’lim xizmatlari bozoridagi global tendentsiyalar tahlil qilingan hamda O‘zbekistonda ta’lim tizimini xalqarolashtirish jarayonlarining holati, islohotlar va istiqbollari yoritilgan. Tadqiqot kontent, solishtirma va institutsional tahlil usullariga asoslanib, UNESCO, Project Atlas, CEENQA va Migration Data Portal ma’lumotlari tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘yicha xorijda tahsil oluvchi talabalar soni 7, 2 million nafarga etgan, O‘zbekistonda esa 12, 5 mingdan ziyod xalqaro talaba tahsil olmoqda. Maqolada akademik mustaqillik, xususiy va xorijiy universitetlar faoliyati ta’limning xalqarolashuviga katta turtki bergan omillar sifatida ko‘rsatilgan.

Full text

345 BESHINCHI KENGASH. MILLIY IQTISODIYOTDA BARQAROR RIVOJLANISH: MOLIYAVIY TIZIM, INNOVATSIYALAR, TURIZM VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI O‘ZBEKISTONDA XALQARO TALABALARNI JALB QILISH VA TA’LIM TIZIMINI XALQAROLASHTIRISH ISTIQBOLLARI Axmedov Murodjon, P.f.f.d., professor, Fan va texnologiyalar universiteti, Xalqaro hamkorlik bo‗yicha prorektor, Toshkent, O‗zbekiston. Email: [email protected] Annotatsiya Maqolada xalqaro talabalar harakati va ta‘lim xizmatlari bozoridagi global tendentsiyalar tahlil qilingan hamda O‗zbekistonda ta‘lim tizimini xalqarolashtirish jarayonlarining holati, islohotlar va istiqbollari yoritilgan. Tadqiqot kontent, solishtirma va institutsional tahlil usullariga asoslanib, UNESCO, Project Atlas, CEENQA va Migration Data Portal ma‘lumotlari tahlil qilindi. Natijalarga ko‗ra, 2024-yilda dunyo bo‗yicha xorijda tahsil oluvchi talabalar soni 7, 2 million nafarga etgan, O‗zbekistonda esa 12, 5 mingdan ziyod xalqaro talaba tahsil olmoqda. Maqolada akademik mustaqillik, xususiy va xorijiy universitetlar faoliyati ta‘limning xalqarolashuviga katta turtki bergan omillar sifatida ko‗rsatilgan. Kalit so‘zlar: xalqaro talabalar, ta‘lim eksporti, xalqarolashuv, akademik mustaqillik, O‗zbekiston, oliy ta‘lim, global mobillik, islohotlar. Abstract. This article analyzes global trends in international student mobility and the internationalization of higher education, focusing on Uzbekistan‘s policy reforms, current status, and prospects. Using content, comparative, and institutional analysis methods based on UNESCO, Project Atlas, CEENQA, and Migration Data Portal data, the study finds that as of 2024, 7.2 million students studied abroad globally, while Uzbekistan hosted over 12,500 international students. The paper argues that the expansion of private and foreign universities and the granting of academic autonomy have significantly accelerated Uzbekistan‘s educational internationalization process. Keywords: international students, education export, internationalization, academic autonomy, Uzbekistan, higher education, global mobility, reforms. XXI asrda oliy ta‘lim tizimining global rivojlanishida xalqaro talabalar harakati strategik ahamiyat kasb etmoqda. UNESCO Institute for Statistics ma‘lumotlariga ko‗ra, 2024-yilda dunyo bo‗yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni 7,2 million nafarga etgan [9]. Bu 2020-yilga nisbatan 10 foiz o‗sishni tashkil etadi. Project 346 Atlas hisobotlariga ko‗ra, 2024-yilda ta‘lim xizmatlari eksporti bozori hajmi $240 milliard AQSh dollariga etgan [10]. Xalqaro talabalar harakatining o‗sishi davlatlar uchun iqtisodiy, madaniy va ilmiy integratsiyaning muhim yo‗nalishiga aylandi [3], [11]. O‗zbekiston ham bu tendentsiyadan mustasno emas — mamlakatda ta‘lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, xorijiy universitetlar filiallarini ochish va qo‗shma ta‘lim dasturlarni joriy etish orqali global integratsiya jarayoni faol amalga oshirilmoqda [1]. Biroq, kadrlar salohiyati, ta‘lim tili va infratuzilma bilan bog‗liq ayrim cheklovlar hali ham saqlanib turibdi [2], [6]. Shu sababli, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini tahlil qilish ta‘limni xalqarolashtirish jarayonlarini chuqur anglash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi O‗zbekiston ta‘lim siyosati doirasida oliy ta‘lim tizimida avval kuzatilmagan darajada keng ko‗lamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, 2016yilda mamlakatda 77 ta oliy ta‘lim muassasasi mavjud bo‗lgan bo‗lsa, 2025-yilga kelib ularning soni 212 taga, ya’ni 2,7 barobarga oshdi [12]. Albatta, bu o‗sish asosan xususiy va xorijiy universitetlar tashkil etilishi hisobiga ta‘minlandi. Hozirda respublikada 70 dan ortiq xususiy OTM va 30 ta xorijiy universitet filiali faoliyat ko‗rsatmoqda [2], [12]. Shu bilan bir qatorda 2021-yildan boshlab davlat ta‘lim siyosatida universitetlarga akademik mustaqillik berish tizimi yo‗lga qo‗yildi. Bu orqali OTMlar o‗quv dasturlarini mustaqil shakllantirish, xorijiy hamkorlar bilan qo‗shma ta‘lim dasturlarini ochish va xalqaro akkreditatsiyadan o‗tish imkoniyatiga ega bo‗ldi [1], [3]. Akademik mustaqillik tizimi ta‘limni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish bilan birga, universitetlar nufuzini va raqobatbardoshligini oshirdi [6], [10]. Qolaversa, ―Yangi O‗zbekiston taraqqiyot strategiyasi (2022–2026)‖da ta‘lim xizmatlari eksportini rivojlantirish, xalqaro reytinglarda ishtirok etish va akkreditatsiyalar sonini ko‗paytirish asosiy ustuvor yo‗nalishlardan biri sifatida belgilandi [1]. Ushbu strategiya doirasida qabul qilingan PQ–78-son Prezident qarori (2022-yil 28 yanvar) ta‘lim xizmatlari eksporti hajmini 2025-yilgacha $100 mlnga yetkazishni ko‗zda tutgan bo‗lib, 2024-yil natijalariga ko‗ra bu ko‗rsatkich $58 mlnga etdi [12]. Islohotlar natijasida O‗zbekistonda ta‘lim tizimining xalqarolashuv darajasi keskin oshdi. 2024-yil yakunlariga ko‗ra mamlakatdagi oliy ta‘lim muassasalarida 12 540 nafar xalqaro talaba tahsil olgan [12]. Ular asosan Hindiston (5300 nafar), Afg‗oniston (1700 nafar), Turkiya, Koreya Respublikasi, va Qozog‗istondan kelgan talabalardan iborat [13]. Mamlakatda 212 ta universitet, shulardan 30 tasi xorijiy OTM filiallari hisoblanadi [2]. Universitetlarda ingliz tilidagi ta‘lim dasturlari soni yil sayin ko‗paymoqda, xorijiy professorlar va trenerlar faoliyati kengaymoqda [6]. Shuningdek, O‗zbekistondan xorijga chiqib tahsil olayotgan talabalar soni ham ortib, 2024-yilda ularning umumiy soni 45 ming nafardan oshdi, ularning asosiy qismi Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyada tahsil olmoqda [5], [9]. Bu jarayonlar natijasida O‗zbekiston Markaziy Osiyodagi ta‘lim xabi sifatida shakllanib bormoqda [11]. 347 Tahlil natijalari shuni ko‗rsatadiki, O‗zbekistonda oliy ta‘lim tizimini xalqarolashtirish jarayonlari tizimli rivojlanmoqda. Biroq, ta‘limni xalqaro standartlarga moslashtirish va global mehnat bozori uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda hali bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. (1-jadval). 1-jadval Ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish va global mehnat bozoriga kadr tayyorlashdagi asosiy muammolar № Muammo Muammoning kelib chiqish sabablari Bartaraf etish bo‘yicha choralar 1 Ta‘lim mazmunining global standartlarga to‗liq mos emasligi OTM dasturlari xalqaro akkreditatsiya talablariga to‗liq javob bermaydi; ish beruvchilar bilan hamkorlik zaif Ta‘lim standartlarini ESG va CEENQA talablariga moslashtirish; sohaviy kengashlar va ish beruvchilar ishtirokida o‗quv dasturlarini yangilash 2 Kadrlar malakasining etarli emasligi Akademik xodimlar malakasini oshirish tizimida xalqaro stajirovkalar va treninglar kam Erasmus+, DAAD, Fulbright dasturlari orqali professorlar stajirovkasini kengaytirish; universitetlarda "Train-thetrainer" modelini joriy etish 3 Ta‘lim tilida (ayniqsa, ingliz tilida) etishmovchilik Ko‗plab OTMlarda o‗quv fanlari hali ham faqat davlat tilida olib boriladi, til kompetentsiyasi past Ingliz tilidagi dasturlar ulushini oshirish; xalqaro sertifikatlash tizimini (IELTS, CEFR) professor-o‗qituvchilar uchun majburiy qilish 4 Xalqaro akkreditatsiyalar sonining kamligi Akkreditatsiya jarayonlarining qimmatligi va malaka etishmasligi Davlat grantlari yordamida QS, FIBAA, ASIC kabi akkreditatsiya jarayonlariga moliyaviy qo‗llab-quvvatlash 5 Talabalarning mehnat bozorida raqobatbardoshlik darajasi past Soft skills, digital literacy va tadbirkorlik kompetentsiyalariga kam e‘tibor qaratilgan Ta‘lim jarayoniga "Career readiness", "Entrepreneurship", "Critical thinking" fanlarini integratsiya qilish 6 Universitetlarda innovatsion muhitning zaifligi Ilmiy tadqiqotlar va startap ekotizimi etarli darajada qo‗llabquvvatlanmaydi Universitet huzurida ―Innovation hub‖, ―Startup lab‖ va ―Industry partnership center‖ tuzish 7 Xalqaro talabalar uchun qulay muhitning etishmasligi Turistik, madaniy, huquqiy va axborot xizmati infratuzilmasi kam International Office faoliyatini kuchaytirish; xalqaro talabalar uchun ―One Stop Service‖ markazlarini tashkil etish 8 Ta‘lim eksportida marketing va brend Universitetlar internetdagi faolligi past; EduUz brendini yaratish; universitetlar uchun yagona 348 etishmasligi yagona milliy marketing platformasi mavjud emas ―Study in Uzbekistan‖ onlayn portali ishlab chiqish Yuqoridagi jadval tahlili shuni ko‗rsatadiki, Jadval tahlilidan ko‗rinib turibdiki, ta‘limni xalqaro standartlarga moslashtirishdagi asosiy muammolar inson kapitali, akademik sifat va boshqaruv samaradorligi bilan bog‗liq. Kadrlar malakasining etishmasligi va akkreditatsiya tizimining murakkabligi ta‘lim sifatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. Shu bilan birga, so‗nggi-yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar — jumladan, akademik mustaqillik, xususiy sektor faolligi va innovatsion ekotizimni shakllantirish — bu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan strategik qadamlardir [1], [3], [10]. Muammolarni hal etishning eng samarali yo‗nalishlari sifatida quyidagilar ko‗rsatiladi: 1. Xalqaro akkreditatsiya tizimini kengaytirish va uni moliyaviy qo‗llabquvvatlash; 2. OTMlarda ingliz tilidagi ta‘lim dasturlarini ko‗paytirish; 3. Soft skills va tadbirkorlik kompetentsiyalarini ta‘lim jarayoniga integratsiya qilish; 4. Xalqaro talabalar uchun qulay muhit va yagona marketing platformasini yaratish. O‗zbekistonda ta‘lim tizimini xalqarolashtirish jarayonlari yangi bosqichga ko‗tarildi. Universitetlarga berilgan akademik mustaqillik, xususiy sektorning faolligi va xalqaro hamkorlikning kengayishi mamlakatning ta‘lim salohiyatini oshirmoqda. Fikrimizcha, ta‘lim eksportini rivojlantirish va xalqaro talabalar sonini ko‗paytirish uchun quyidagi choralar dolzarbdir: 1. Akademik mustaqillikni barqaror huquqiy asos bilan mustahkamlash; 2. Xalqaro akkreditatsiyalar va reytinglarda faol ishtirok etish; 3. Talabalar uchun qulay infratuzilma (turar joy, servis, madaniy integratsiya) yaratish; 4. Ta‘lim marketingi va davlat brendini global miqyosda rivojlantirish. Universitetlarning ta‘lim eksporti va xalqaro reytinglardagi ishtiroki mamlakatning 2030-yilga qadar ta‘lim markazi sifatida shakllanishi uchun asos yaratadi. ADABIYOTLAR 1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. ―2022–2026-yillarga mo‗ljallangan Yangi O‗zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‗g‗risida‖gi PQ–78-son hujjat. — Toshkent, 2022-yil 28 yanvarь. 2. 2017–2024-yillarda O‗zbekiston oliy ta‘lim sohasida tendentsiyalar — ―Xabar.uz‖ tahliliy maqolasi, 2025-yil; onlayn manba: https://www.xabar.uz/talim/2017-2024--yillarda-ozbekiston-oliy-talim-sohasida 3. Respublika oliy ta‘lim muassasalarining xalqaro reytinglarga kirish bo‗yicha tajribalari — O‗zbekiston Oliy ta‘limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi nashri, 2024-yil; onlayn manba: https://devedu.uz/wp-content/uploads/2024/01/15.- 349 Respublika-oliy-ta%CA%BClim-muassasalarining-xalqaro-reytinglarga-kirishbo%CA%BByicha-tajribalari.pdf 4. ―O‗zbekiston universitetlarida xorijiy talabalar soni rekord darajaga etdi.‖ — Elektron manba: https://kun.uz, aprelь 2024. 5. Ta‘lim va ilmiy rivojlanish yo‗lidagi yangi davr — maqola, 2024-yil; onlayn manba: https://yuz.uz/news/talim-va-ilmiy-rivojlanish-yolidagi-yangi-davr, https://yuz.uz 6. CEENQA. Higher Education Quality Reform in Uzbekistan: Country Report. CEENQA, 2023. 7. Knight, J., & De Wit, H. Internationalization of Higher Education: Past and Future. Journal of Studies in International Education, vol. 22, no. 3, 2018. 8. Migration Data Portal. Trends in International Student Mobility. IOM, 2024. 9. UNESCO Institute for Statistics. Global Education Mobility Report 2024. Paris: UNESCO, 2024. 10. UNESCO UIS Database. Global Student Mobility Data 2024. Paris: UNESCO, 2024. 11. Project Atlas. Global Mobility Trends 2024. Institute of International Education (IIE), Washington, 2024. 12. OECD. Education at a Glance 2024: Global Education Indicators. Paris: OECD Publishing, 2024. 13. ―O‗zbekiston universitetlarida xorijiy talabalar soni rekord darajaga etdi.‖ — Elektron manba: https://kun.uz, aprelь 2024.