scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KAMBAG'ALLIKKA QARSHI KURASHISH STRATEGIYALARI

Sanaqulova Barnogul; Karimov Xasanjon

Abstract

Ushbu maqolada kichik biznesni rivojlantirishning kambag‘allikka qarshi kurashdagi roli yoritiladi. Ularning bandlikni oshirish va iqtisodiy faollikni kuchaytirishdagi ahamiyati tahlil qilinib, innovatsion yondashuvlar hamda davlat va xususiy tashabbuslarni uyg‘unlashtirish asosida samarali strategiyalar ishlab chiqish zarurligi asoslanadi.

Full text

350 KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KAMBAG‘ALLIKKA QARSHI KURASHISH STRATEGIYALARI Sanaqulova Barnogul,1 Karimov Xasanjon,2 1Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi iqtisodiyot fanlari doktori, professori 2Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi tayanch doktoranti Tel 90-101 10 10 Annotatsiya Ushbu maqolada kichik biznesni rivojlantirishning kambag„allikka qarshi kurashdagi roli yoritiladi. Ularning bandlikni oshirish va iqtisodiy faollikni kuchaytirishdagi ahamiyati tahlil qilinib, innovatsion yondashuvlar hamda davlat va xususiy tashabbuslarni uyg„unlashtirish asosida samarali strategiyalar ishlab chiqish zarurligi asoslanadi. Kalit so‘zlar: kichik biznes, kambag„allik, bandlik, iqtisodiy faollik, innovatsion yondashuv, davlat qo„llab-quvvatlovi, xususiy tashabbus, strategiya. Abstract: This article highlights the role of small business development in combating poverty. It analyzes their importance in increasing employment and enhancing economic activity, and substantiates the need to develop effective strategies based on innovative approaches as well as the integration of public and private initiatives. Keywords: Small business, Poverty, Employment, Economic activity, Innovative approach, Government support, Private initiative, Strategy. 1.Kirish Zamonaviy iqtisodiy taraqqiyot sharoitida kambag„allikka qarshi kurashish nafaqat ijtimoiy himoya choralarini kengaytirish, balki iqtisodiyotning faol va barqaror segmentlarini rivojlantirish bilan ham bevosita bog„liqdir. Shu nuqtai nazardan, kichik biznes subyektlari kambag„allikni kamaytirishning muhim mexanizmlaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bandlik darajasini oshiradi, aholining o„zini o„zi band qilishi va daromad manbalarini diversifikatsiya qilish imkoniyatini kengaytiradi, shuningdek, hududiy iqtisodiy o„sishning manbai sifatida ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydi. Ilmiy adabiyotlarda kichik biznesning rivojlanishi kambag„allikni qisqartirish strategiyasining tarkibiy qismi sifatida ko„riladi, chunki u iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish, innovatsion faoliyatni rag„batlantirish va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga xizmat qiladi. Shu bois, kichik biznes subyektlari faoliyatini qo„llabquvvatlash va ularni tizimli rivojlantirish davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatida ustuvor vazifa bo„lib, kambag„allikka qarshi kurashishda kompleks strategik yondashuvni shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. 2. Adabiyotlar tahlili 351 Kichik biznes subyektlarining rivojlanishi kambag„allikka qarshi kurashishda muhim strategik omil sifatida ko„plab ilmiy manbalarda keng yoritilgan. Rossiyalik olimlar V. V. Radaev va O. Y. Bessonova o„z tadqiqotlarida kichik biznesning milliy iqtisodiyotdagi ulushi va bandlikni ta‟minlashdagi strategik ahamiyatini chuqur tahlil qilganlar. Ularning ta‟kidlashicha, kichik biznes nafaqat iqtisodiy faollikni kuchaytiradi, balki ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, aholining turli qatlamlarini ish bilan ta‟minlash hamda kambag„allik darajasini pasaytirishda samarali mexanizm sifatida alohida o„rin tutadi. Shu bilan birga, V. A. Pohvoschev va O. A. Kolesnikova (2015) olib borgan tadqiqotlarda ayollar tadbirkorligini qo„llab - quvvatlash kichik biznesni rivojlantirishning muhim yo„nalishi sifatida baholangan bo„lib, bu jarayon aholining iqtisodiy faolligini oshirish, oilaviy daromadlarni ko„paytirish va kambag„allikni qisqartirishda bevosita ta‟sir kuchiga ega omil sifatida talqin etiladi. Bundan tashqari, mahalliy olimlar ham ushbu masalaga alohida e‟tibor qaratganlar. F. I. Shaxmatovning(2018) izlanishlarida kichik biznesni rivojlantirish respublika iqtisodiyotining barqaror o„sishini ta‟minlash, yangi ish o„rinlarini yaratish va kambag„allikni qisqartirishda hal qiluvchi rol o„ynashi ta‟kidlangan. Shunday qilib, V. S. Nechiporenko (2020) g‟oyalarini ilgari surgan kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo„llab - quvvatlash, kreditlash va soliqqa oid imtiyozlar berish orqali ularning barqaror faoliyatini ta‟minlash kambag„allikka qarshi kurashish strategiyalarida muhim vosita ekanini ko„rsatadi. 3. Tadqiqot metodologiyasi Ushbu metodologiya kichik biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish orqali kambag„allikka qarshi kurashish strategiyalari baholashga xizmat qildi. Tadqiqotda tahlil va sintez, abstrakt-mantiqiy tafakkur, ilmiy umumlashtirish hamda taqqoslama tahlil usullari qo„llanildi. 4. Tahlil va natijalar Tahlillar shuni ko„rsatadiki, kichik biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish kambag„allikka qarshi kurashishda muhim strategiya hisoblanadi. Bu jarayon yangi ish o„rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, mahalliy resurslardan samarali foydalanish va iqtisodiy faollikni kengaytirish orqali ijtimoiy barqarorlikni ta‟minlaydi. 352 1 - jadval Aholi toifalari bo‘yicha kambag‘allikni kamaytirish mexanizmlari 150 Kambag„allikni kamaytirish va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashda aholi qatlamlariga moslashgan yondashuv muhimdir. Bolalar uchun minimal iste‟mol savati va inson kapitalini rivojlantirishga asoslangan ta‟lim, sog„liq va malaka oshirish dasturlari, nogironlar uchun pensiya, nafaqa va reabilitatsiya choralarini kuchaytirish zarur. Mehnatga layoqatli aholida esa bandlik va mehnat mobilligini oshirish orqali qayta tayyorlash va rag„batlantiruvchi tizimlar joriy qilinadi. Oila instituti doirasida demografik xavfsizlik va ijtimoiy birdamlikni ta‟minlab, ko„p bolali oilalarni qo„llab-quvvatlash hamda qo„shimcha imtiyozlar berish orqali barqaror rivojlanish kafolatlanadi. Kambag„allikni kamaytirishda davlat kichik biznes subyektlarining imkoniyatlaridan keng foydalanishi zarur. Kichik biznes iqtisodiy o„sish drayveri sifatida bandlikni oshirish, yangi ish o„rinlari yaratish va aholi faolligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yo„nalishda ishlab chiqiladigan strategiyalar kambag„allikning murakkab mohiyatini hisobga olib, xavf omillarini aniqlash va ularni kamaytirishga qaratilgan zamonaviy choralarni tatbiq etishi lozim. 150 Nazariy bilimlarga asoslanib tadqiqotchi ishlanmasi Sohalar Shakllar Nazariy asos Amaliy vositalar Bolalar Mutlaq Minimal iste‟mol savati Ijtimoiy to„lovlar, imtiyozlar Nisbiy Ijtimoiy tengsizlik Ta‟lim va sog„liqdan teng foydalanish Subyektiv Inson kapitali Malaka oshirish kurslari Nogironlar Mutlaq Ijtimoiy adolat Pensiya, nafaqa, reabilitatsiya Nisbiy Integratsiya Reabilitatsiya, qayta tayyorlash Subyektiv Inson huquqlari Malaka oshirish, qayta tayyorlash Mehnatga layoqatli aholi Mutlaq Bandlik Qayta tayyorlash, malaka oshirish Nisbiy Mehnat mobilligi Samarali bandlik, hududiy mobillik Subyektiv Motivatsiya Rag„batlantiruvchi bandlik tizimi Oila Mutlaq Demografik xavfsizlik Bolalar va oilaga yordam, imtiyozlar Nisbiy Ijtimoiy birdamlik Ko„p bolali oilalarga yordam Subyektiv Ijtimoiy qo„llabquvvatlash Qo„shimcha yordam va imtiyozlar 353 Innovatsion yondashuvlar, davlat qo„llab-quvvatlovi va xususiy sektor tashabbuslari uyg„unligi esa strategik natijalarga erishishni ta‟minlaydi. 1 - rasm.Kambag’allikni kamaytirish modeli 151 Kambag„allik muammosini samarali hal etish ko„p qirrali yondashuvni talab qiladi, chunki u nafaqat ijtimoiy yordam mexanizmlarini, balki chuqur institutsional islohotlarni ham o„z ichiga oladi. Shu bilan birga, kambag„allik chegarasidan pastda yashovchi aholini qo„llab - quvvatlash ikki yo„nalishda olib boriladi: profilaktika choralarini amalga oshirish orqali kambag„allikning kelib chiqish sabablarini kamaytirish hamda uni bartaraf etishga qaratilgan bevosita chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bu jarayon davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish va xavf-xatarlarni tizimli baholash bilan uyg„unlashganda, nafaqat qisqa muddatli ijtimoiy yordam, balki uzoq muddatli barqaror rivojlanish va turmush darajasining sezilarli yaxshilanishiga erishiladi. 5. Xulosa Yuqoridagi fikr va tahlillardan kelib chiqib, quyidagi muhim xulosalar chiqarildi va muayyan natijalarga erishildi. Kichik biznes subyektlarini rivojlantirish kambag„allikka qarshi kurashishda strategik omil bo„lib, u bandlikni oshirish, aholi daromadlarini ko„paytirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Kambag„allikni kamaytirish jarayonida davlat tomonidan qo„llab-quvvatlov mexanizmlarini kengaytirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda xususiy sektor tashabbuslarini rag„batlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash va aholining turli qatlamlariga moslashgan yondashuvni qo„llash orqali qisqa muddatli yordam bilan bir qatorda uzoq muddatli barqaror rivojlanish ham ta‟minlanadi. ADABIYOTLAR. 1. Pohvoschev, V. A., & Kolesnikova, O. A. (2015). Development of women's entrepreneurship as a factor of effective employment. MIR (Modernization. Innovation. Development), 1(21), 103 - 107. 151 Muallif ishlanmasi 354 2. Radaev, V. V. (2003). Sociology of markets: Towards the development of a new direction. Moscow: Higher School of Economics Publishing House. 3. Bessonova, O. Y. (2009). Institutional traps in the Russian economy. Moscow: ROSSPEN. 4. Schumpeter, J. A. (1934). The theory of economic development. Cambridge, MA: Harvard University Press. 5. Sen, A. (1999). Development as freedom. New York: Alfred A. Knopf. 6. Shakhmatov, F. I. (2018). Innovatsion iqtisodiyot sharoitida kichik biznesni rivojlantirish mexanizmlari. Toshkent: Iqtisodiyot. 7. Nechiporenko, V. S. (2020). Kichik biznesni moliyaviy qo„llab-quvvatlash mexanizmlari va ularning samaradorligi. Toshkent: Fan va texnologiya.World Bank. Gender and Poverty Reduction: A Global Analysis. - Washington, DC: World Bank Group, 2021. - 112 p. - Rejim dostupa: https://www.worldbank.org 8. UNDP. Women‟s Economic Empowerment and Multidimensional Poverty in Central Asia. - New York: United Nations Development Programme, 2023. - 98p. 9. Nussbaum M. C. Women and Human Development: The Capabilities Approach. - Cambridge: Cambridge University Press, 2000. - 312 p. 10. Юрманова Е. А. Роль кооперативов в сокращении бедности и социальном развитии: международный опыт для Украины. - 2011.