scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON YENGIL SANOAT SOHASIDA RIVOJLANISH VA ISLOHOTLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI

Xujamkulov Dilmurod

Abstract

Mazkur maqolada 2020-2024-yillarda O‘zbekiston yengil sanoat sohasida amalga oshirilgan islohotlar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot mahalliy va xorijiy olimlar ilmiy ishlari hamda amaliy statistik ma’lumotlar asosida olib borildi. Shuningdek, sohaning kuchli va zaif jihatlari aniqlanib, barqaror rivojlanish uchun ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berildi.

Full text

361 O‘ZBEKISTON YENGIL SANOAT SOHASIDA RIVOJLANISH VA ISLOHOTLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Xujamkulov Dilmurod, Oriental universiteti, “Biznes va boshqaruv” kafedrasi professori, i.f.n. +99890 998-42-98 Annotatsiya Mazkur maqolada 2020-2024-yillarda O„zbekiston yengil sanoat sohasida amalga oshirilgan islohotlar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot mahalliy va xorijiy olimlar ilmiy ishlari hamda amaliy statistik ma‟lumotlar asosida olib borildi. Shuningdek, sohaning kuchli va zaif jihatlari aniqlanib, barqaror rivojlanish uchun ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berildi. Kalit so‘zlar: yengil sanoat, to„qimachilik, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport, islohotlar, bandlik, modernizatsiya. Abstract This article analyzes the reforms carried out in Uzbekistan‟s light industry sector during 2020-2024 from both scientific-theoretical and practical perspectives. The research is based on the scientific works of domestic and foreign scholars, as well as practical statistical data. In addition, the strengths and weaknesses of the sector have been identified, and scientifically grounded proposals and recommendations for sustainable development have been provided. Keywords: light industry, textile, production, investment, export, reforms, employment, modernization. KIRISH O„zbekistonda yengil sanoat milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sohaning iqtisodiyotdagi ulushi, aholi bandligi va eksport salohiyati uni mamlakat taraqqiyotining muhim omiliga aylantirgan. 2020-2024-yillarda davlat siyosati doirasida sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “To„qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-290-sonli Qarori to„qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yangi bosqichni boshlab berdi. Maqolaning maqsadi – 2020-2024-yillarda yengil sanoat sohasida amalga oshirilgan islohotlarni tahlil qilish, ularning nazariy va amaliy jihatdan samaradorligini baholash hamda kelgusi ustuvor yo„nalishlarni belgilash. ADABIYOTLAR SHARHI Mazkur masalada bir qator mahalliy va xorijlik iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomondan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natilari va ularning asosiy mazmuni o„rganib chiqildi. Jumladan, mahalliy olimlardan Xalilov A. (2022) o„z asarlarida to„qimachilik sanoatini modernizatsiya qilish jarayonlari va xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini tahlil qilgan. Abduraxmonov Q. (2021) sohada 362 kadrlar salohiyatining samaradorlikka ta‟sirini tadqiq etgan. Sharipov I. (2020) qiymat zanjiri nazariyasi asosida mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish omillariga e‟tibor qaratgan. Xorijiy iqtisodchi olimlardan: Porter M. (2008; 2011) raqobatbardoshlik nazariyasida milliy sanoatda klasterlar ahamiyatini asoslab bergan. Krugman P. (2008; 2013) yangi savdo nazariyasida davlat qo„llab-quvvatlovi va tashqi bozorlarga chiqish mexanizmlarini ochib bergan. Gereffi G. (2005; 2016) global qiymat zanjirlari nazariyasida to„qimachilik sohasining xalqaro integratsiyasini tadqiq etgan. TADQIQOT METODOLOGIYASI Ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda induksiya, deduksiya, sintez kabi usullardan foydalanilgan. Shuningdek, yengil sanoatning rivojlanishi natijalari va unga ta‟sir etuvchi omillarni tahlil qilishda dinamik tahlil, statistik tahlil, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, mantiqiy yondashuv, ilmiy-nazariy umulashtirish singari usullardan foydalanildi. TAHLIL VA NATIJALAR MUHOKAMASI 2020-2024-yillarda O„zbekiston yengil sanoatida amalga oshirilgan islohotlar sohada barqaror o„sish tendensiyalarini namoyon qildi. Milliy statistika qo„mitasi ma‟lumotlariga ko„ra, ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga orta borgan, eksport ko„rsatkichlari sezilarli darajada o„sgan, xorijiy investitsiyalar jalb qilingan hamda aholi bandligi kengaygan. Ushbu davr mobaynida amalga oshirilgan zarur choratadbirlar sohada ko„plab ijobiy natijalarni ta‟minladi, jumladan: ishlab chiqarish hajmida yillik o„sish sur‟atlari; eksport bozorlariga chiqish imkoniyatlarining kengayishi; to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar oqimining ko„payishi; yangi ish o„rinlari yaratilishi orqali aholi bandligining oshishi (1-jadval). 1-jadval 2020–2024-yillarda yengil sanoatning asosiy ko‘rsatkichlari 152 Yil Ishlab chiqarish (trln. so‘m) Eksport (mlrd. AQSH dollari) Xorijiy investitsiyalar (mlrd. AQSH dollari) Bandlik (ming kishi) 2020 95 2,0 0,8 350 2021 102 2,3 1,1 370 2022 112 2,6 1,5 400 2023 128 2,8 1,7 430 2024 140 3,0 2,0 460 Jadval ma‟lumotlariga ko„rsatadiki, so„nggi besh yilda ishlab chiqarish hajmi qariyb 1,5 barobarga o„sgan yillik o„sish sur‟ati 7-9% atrofida tashkil etgan. Eksport hajmi 50 %ga ko„payib, 1 mlrd. AQSH dollarga oshggan, xorijiy investitsiyalar besh yilda 0,8 mlrd. dollardan 2 mlrd. Dollargacha, ya‟ni ikki barobardan ortiq o„sgan. Bandlik ko„rsatkichlari ham 5 yilda 30% ga o„sib, 110 ming kishiga ko„paygan. 2020-2024-yillarda O„zbekiston yengil sanoatida amalga oshirilgan islohotlar 152 O„zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo„mitasining rasmiy hisoboti ma‟lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi. 363 sohada barqaror o„sishni ta‟minladi. Biroq, ularni chuqur tahlil qilish uchun zamonaviy iqtisodiy nazariyalar va tadqiqotlar bilan uyg„unlashtirish muhim ahamiyatga ega. Maykl Porterning keyingi tadqiqotlarida (Porter, 2008; Porter & Kramer, 2011) milliy raqobatbardoshlik konsepsiyasi “qiymat yaratish” va “ijtimoiy mas‟uliyat” omillari bilan boyitilgan. Bu nuqtai nazardan qaralganda, O„zbekistonda tashkil etilgan paxta-to„qimachilik klasterlari, nafaqat, iqtisodiy samara, balki, ijtimoiy samaradorlikni ham ta‟minlashi kerak. Masalan, ish o„rinlari yaratish bilan birga, mehnat sharoitlari, barqaror rivojlanish va ekologik omillar ham inobatga olinishi zarur. Pol Krugmanning keyingi asarlari va maqolalari (Krugman, 2008; Krugman, 2013) global moliyaviy inqirozdan keyingi davrda davlatning iqtisodiy siyosatdagi faol rolini yanada yorqinroq asoslab berdi. Uning fikricha, kichik va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi bozorlarga chiqishda davlatning eksportni qo„llabquvvatlash siyosati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, O„zbekistonda davlat subsidiyalari, eksportga xizmat ko„rsatuvchi infratuzilma va xalqaro savdo kelishuvlari yengil sanoatning barqaror o„sishida asosiy omillardan hisoblanadi. Gereffi va hamkorlari (Gereffi, 2005; Gereffi & Fernandez-Stark, 2016) tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy tadqiqotlarda global qiymat zanjirlari nazariyasi yanada rivojlantirilib, ishlab chiqarish jarayonining yuqori qo„shilgan qiymat bosqichlariga chiqish muhimligi ta‟kidlangan. O„zbekistonning yengil sanoat mahsulotlari hozircha asosan yarim tayyor yoki o„rta qiymatli bosqichda turibdi. Shu bois, innovatsiya, dizayn, marketing va brendingni rivojlantirish orqali yuqori qo„shilgan qiymat bosqichiga o„tish zarur. Bu mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini ta‟minlaydi. Yuqoridagilarga asosan, O„zbekistonda yengil sanoatni rivojlantirishda texnologik modernizatsiyalash va global qiymat zanjirlari integratsiyasini ta‟minlashga qaratilgan faol davlat siyosatini olib borish maqsadga muvofiqdir. Sababi, jahon amaliyotiga nazar tashlansa, ushbu sohada o„ziga xos yondashuv va yutuqlarga erishgan davlatlar tajribalari bunga yetarlicha asos bo„la oladi, jumladan, Turkiya dizayn va brendlash orqali raqobatbardoshlikka erishgan bo„lsa, Bangladesh arzon ishchi kuchi asosida ommaviy ishlab chiqarishga ixtisoslashish bilan, Vetnam davlati esa xalqaro integratsiya va investorlarni jalb qilish bilan yuqori samaralarga erishgan. O„zbekistonning ushbu yo„nalishda e‟tiborga olishi lozim bo„lgan kuchli jihatlari xom ashyo bazasi, davlat qo„llab-quvvatlovi bo„lsa, zaif jihatlari texnologik yuksalishda yetakchi davlatlardan ortda ekanligi va bozor diversifikatsiyasining yetarli emasligidan iborat bo„lib qolmoqda. Shu sababdan mamlakatimiz Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PQ-290-sonli Qarorining samarali ijrosini ta‟minlash to„qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida kelgusida jadal rivojlanishlarga, xususan, 2026-yilda ishlab chiqarish hajmi 9 foizga o„sishini ta‟minlash va 146 trln. so„mga yetkazish, sohaga 2 mlrd. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksportni 3,3 mlrd. AQSH dollariga yetkazish va sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 50 mingta ish o„rinlarini yaratish imkonini beradi. XULOSA VA TAKLIFLAR Tadqiqot natijalari shuni ko„rsatadiki, 2020-2024-yillarda O„zbekiston yengil sanoat sohasida amalga oshirilgan islohotlar sohaning barqaror rivojlanishi uchun 364 muayyan asos yaratdi. Jumladan, qonunchilik islohotlari, davlat qo„llab-quvvatlovi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohani modernizatsiya qilishda muhim omil sifatida namoyon bo„ldi. Sohada amalga oshirilgan o„zgarishlar iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikning oshishiga xizmat qilmoqda. Ishlab chiqarish hajmlarining o„sishi, eksport salohiyatining kengayishi va yangi ish o„rinlarining yaratilishi sohaning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini mustahkamladi. Shu bilan birga, hozirgi natijalardan kelib chiqib, yengil sanoat O„zbekiston iqtisodiyotining diversifikatsiya jarayonida strategik tarmoq sifatida shakllanib borayotganini ta‟kidlash mumkin. Biroq, tahlillar shuni ko„rsatadiki, sohadagi yutuqlar bilan bir qatorda hal etilishi lozim bo„lgan muammolar ham mavjud. Xususan, texnologik yangilanishning yetarli darajada emasligi, qo„shilgan qiymat zanjirining yuqori bosqichlariga chiqishda to„siqlar, mahsulotlar sifatini xalqaro standartlarga to„liq moslashtirish masalasi dolzarbligini saqlab qolmoqda. Shu jihatdan, sohaning kelgusi barqaror rivojlanishi innovatsiya va raqamlashtirish, xalqaro integratsiya va kadrlar salohiyatini oshirish bilan chambarchas bog„liq. Yuqoridagilardan kelib chiqib, yengil sanoat sohasida rivojlanish va islohotlarni yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi: 1. Texnologik modernizatsiya va raqamlashtirish jarayonlarini kuchaytirish. 2. Xorijiy tajribadan kelib chiqib, qiymat zanjirining yuqori bosqichlariga chiqish orqali dizayn va brendlashni rivojlantirish. 3. Innovatsiyalarni faol joriy etish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish. 4. Eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish va Yevropa, AQSH bozorlariga kengroq chiqish. 5. Davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish orqali qo„shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish. ADABIYOTLAR 1. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “To„qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-290-sonli Qarori. 2. O„zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo„mitasi. Rasmiy ma‟lumotlar bazasi. – Toshkent, 2024. 3. Xalilov A. O„zbekiston yengil sanoatini modernizatsiya qilishning asosiy yo„nalishlari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2022. – 215 b. 4. Abduraxmonov Q. Yengil sanoatda kadrlar salohiyati va raqobatbardoshlik. – Toshkent: Fan, 2021. – 184 b. 5. Sharipov I. To„qimachilik sanoatida qiymat zanjirini rivojlantirish masalalari. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2020. – 198 b. 6. Porter, M. On Competition. – Boston: Harvard Business School Press, 2008. – 544 p. 7. Porter, M., Kramer, M. Creating Shared Value // Harvard Business Review. – 2011. – Vol. 89, No. 1-2. – P. 62-77. 8. Krugman, P. The Return of Depression Economics and the Crisis of 2008. – New York: W.W. Norton & Company, 2008. – 191 p. 365 9. Krugman, P. End This Depression Now! – New York: W.W. Norton & Company, 2013. – 259 p. 10. Gereffi, G. The Global Economy: Organization, Governance, and Development // Handbook of Economic Sociology. – Princeton: Princeton University Press, 2005. – P. 160-182. 11. Gereffi, G., Fernandez-Stark, K. Global Value Chain Analysis: A Primer. – Durham: Center on Globalization, Governance & Competitiveness, Duke University, 2016. – 55 p. 12. World Bank. Uzbekistan Economic Update. – Washington, 2023. 13. UNIDO. Industrial Development Report. – Vienna, 2023. 14. International Trade Centre (ITC). Trade statistics reports. – Geneva, 20202024.