IQTISODIYOT TARMOQLARIDA ZAMONAVIY ILM-FAN VA INNOVATSIYALARNI QO'LLASHNING MUHIM MASALALARI
Abstract
Ushbu tezisda iqtisodiyotning sanoat tarmoqlariga ilg‘or fan-texnika yutuqlarani joriy qilish va innovatsiya jarayonlarini faollashtirish masalalari yoritilgan.
Full text
392 IQTISODIYOT TARMOQLARIDA ZAMONAVIY ILM-FAN VA INNOVATSIYALARNI QO‘LLASHNING MUHIM MASALALARI Xaydarov Xayrulla, Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi dotsenti v.b., PhD. Annotatsiya Ushbu tezisda iqtisodiyotning sanoat tarmoqlariga ilg„or fan-texnika yutuqlarani joriy qilish va innovatsiya jarayonlarini faollashtirish masalalari yoritilgan. Tayanch so‘zlar: innovatsiya, tadbirkorlik sub‟ektlari, yangiliklar diffuziyasi, konsepsiya, korporatsiya, ustav kapitali, venchur fondi, tadbirkorlik. Annotation This thesis covers the issues of introducing advanced scientific and technological achievements to the industrial sectors of the economy and activating innovation processes. Keywords: innovation, business entities, news diffusion, concept, corporation, share capital, venture fund, entrepreneurship. Respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlarida fan-texnika salohiyatini oshirish va ilg„or texnologiya yutuqlarini keng ko„lamda jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday fan-texnik o„zgarishlar korxonalarning ustuvor darajada rivojlantirish imkonini beradi. Shu sababli, yetakchi sanoat sohalarini jadal innovatsion rivojlantirish maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy o„zgarishlarga yangicha yondashishlarni talab etmoqda. Bu borada, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo„yicha qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi PQ-3698-sonli qarori hamda 2020-yil 29-oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to„g„risida”gi PF-6097-son farmoni muhim ahamiyatlidir. Shunga ko„ra, iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlarini ilmiytadqiqot va tajriba–konstruktorlik ishlari o„rtasida o„zaro samarali hamkorlik mexanizmlarini, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, innovatsiya jarayonlarini rag„batlantirish, faol tadbirkorlik sub‟ektlari va xususiy sektor vakillarini jalb qilish asosiy masalalar hisoblanadi. Iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish – bu tarmoqda munosib innovatsion muhitni yaratish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etish imkonini kengaytirishdan iborat. Buning uchun, innovatsion muhitni shakllantirish bo„yicha tashkiliy institutlar hamda huquqiy-institutsional normalar yaratilgan. 183 Iqtisodiyot tarmoqlariga ilg„or fan-texnika yutuqlarini joriy qilish va rivojlantirish orqali innovatsiyaning qulay va sifatli, zamonaviy, fan-texnika 183 O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha Harakatlar strategiyasi to„g„risida. O„zR Qonun hujjatlari to„plami, 2017-y. 6-son, 70-modda.
393 yangiliklari va xizmatlari bilan ta‟minlash muhimdir. Ushbu jarayonga, yirik ishlab chiqarish sohalari balki, innovatsion faol tadbirkorlik sub‟ektlari va xususiy sektorlarni keng jalb qilish va ular manfaatdorligini oshirish talab etiladi. Fikrimizcha, sanoat tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish quyidagi ikkita bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bular: ilg„or fan-texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga tadbiq qilishbu sanoat tarmog„iga oid ishlab chiqarish faoliyatida ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini samarali tashkil etish; yangiliklar diffuziyasi - bu iqtisodiyot tarmog„ida ishlab chiqarilgan yangi turdagi mahsulotlar bilan iste‟molchilarni ta‟minlashdan iboratdir. Ushbu strategik vazifalarni amalga oshirishda, sanoat tarmog„ini innnovatsion rivojlantirish tarkibini shakllantirish muhim ahamiyatga ega (1-rasm). 1-rasm. Iqtisodiyot tarmoqlarin innovatsion rivojlantirish tarkibiy tuzilishi 184 Tarkibiy o„zgarishlar sharoitida sanoat sohalarini innovatsion rivojlantirish xususiyati korxonalar ishlab chiqarish bo‘g‘inlarida ilg‘or texnologiyalarga asoslangan fundamental ilm-fan, grant loyihalari va innnovatsion tarmoqlarning o‘zaro uyg‘unligi bilan xarakterlanadi. Ushbu innovatsion rivojlantirish tarkibi tuzilishida muhim ta‟sir etuvchi omil sifatida respublika fan va ilmiy-maslahat kengashi muhim ahamiyatga ega bo„lib, o„z navbatida davlat tajriba markazlari va sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnologik modernizatsiya qilinishini ta‟minlaydi. Shuningdek, sanoat maxsulotlarining ichki va tashqi iste‟molchilarini o„rganib boradi. Iqtisodiyotning yetakchi tarmog„ini innovatsion rivojlantirish tarkibiy tuzilishida yuqorida (1-rasm) berilgan qator markazlar faoliyati ham muhimdir. Jumladan: davlat tajriba markazikorxonalarning umumiy texnik tarkibini baholaydi va fan-texnika, innovatsiya jarayoni muammolarini aniqlab boradi. Shu bilan birga, yangi ilmiy-texnik takliflar, yangi maxsulotlari loyihalarini amaliyotga tadbiq qilib boradi. Ayni vaqtda, davlat tomonidan berilgan buyurtmalar, korporatsiyalar va iste‟molchilar ehtiyojlari bo„yicha loyihalash ishlarini amalga oshiradi. 184 Tadqiqotlar asosida muallif ishlanmasi Ilmiykonstruktorlik ishlab chiqarish korxonalari Davlat tajriba markazi Ilm-fan va innovatsiya markazlari Sanoatning fan-texnik tadqiqot va rejalashtirish markazi Xususiy ilmiy markaz Oliy ta‟lim muassasalari K O R P O R A T S I YA Davlat grant loyihalari
394 sanoatning fan-texnik tadqiqot va rejalashtirish markazi –sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarish bo„yicha fundamental fan-ta‟lim tadqiqotlarini olib boradi, tavsiya etilgan maxsulotlar modellarini joriy qiladi, yangi ishlab chiqariladigan maxsulotlar loyihalarini va ko„rgazmalarini tayyorlaydi. Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarish korxonalari maxsulotlari loyihalarini tayyorlash va ishlab chiqishda davlat va xalqaro grant loyihalaridan keng foydalanish va respublika oliy ta‟lim muassasalari hamda xususiy ilmiy markazlar faoliyatini oshirish ahamiyatlidir. Shuning asosida ta‟lim muassasalari va xusususiy ilmiy markazlar bilan ishlab chiqarish korxonalari o„rtasida o„zaro innovatsion jarayonlar va tijoratlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda ilm-fan va innovatsiya markazlari bilan davlat-xususiy sherikchilikni shakllantirish orqali innovatsion faoliyatni ustivor rivojlantirishda sanoat venchur fondini tashkil etish va ularni moliyaviy qo„llab–quvvatlash tizimini ishlab chiqish asosiy omillardan biri hisoblanadi. Innovatsion g„oyalar tizimini yaratish va ularni moliyalashtirishda innovatsiyalarni tijoratlashtiruvchi “Fan-texnik tadqiqot va rejalashtirish” markazi faoliyatini ixtisoslashtiruvchi sanoat venchur fondini tashkil qilish va ular orqali yo„lga qo„yish muhim hisoblanadi. Fondning boshlang„ich ustav kapitalini davlat tomonidan belgilanishi lozim. Fondning boshlang„ich ustav kapitalini respublika byudjetidan ajratilgan mablag„lar hisobidan shakllantirish va ulur ulushini to„liq sanoat ishlab chiqarishiga berilishi maqsadga muvofiq. Quyida innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo„yicha venchur fondini shakllantirish yo„nalishlari ko„rsatilgan (2-rasm). Fondni moliyal ashtirish ob‟oektl ari ajratilgan mablag„lar hisobidan respublikaning innovatsion loyihalarini shakllantirish xo„jalik tashkilotlarining faoliyatida korxona ustav fondining davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo„lsa foyda solig„ini to„laguncha 10 foizgacha ajratmalari hisobidan uning miqdorini oshirish boshqa qonunchilik bilan taqiqlanmagan manbalar hisobidan ustav kapitalini oshirish innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda xorijiy (investorlar) shaxslar bilan sherikchilik asosida venchur fondi tasisligini yo„lga qo„yish boshqa jismoniy va yuridik shaxslar mablag„lari hisobidan moliyalash innovatsion loyihalar buyurtmachilari mablag„lari hisobidan oshirish ustav kapitalida davlat ulishi bo„lmagan xususiy ishlab chiqarish korxonalari mablag„lari hisobidan oshirish
395 2-rasm. Sanoat ishlab chiqarish venchur fondini moliyalashtirish yo‘nalishlari 185 Ushbu rasmda aks ettirilgan moliyalashtirish manbalari fond mablag„larini shakllantirishning asosiy ob‟ektlari bo„lib, bunda davlat monetar siyosati asosida ustav kapitali bo„yicha innovatsion loyihalarga yo„naltirilgan mablag„lar hisobidan shakllantirish, ya‟ni dastlabki utav kapitali mablag„ini belgilashi tegishli qonun hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim. Venchur fondni boshqarishda quyidagilarga alohida e‟tibor berilishi lozim: fondni saqlash xarajatlarini uning o„z mablag„lari hisobidan amalga oshirish; malakali hodimi yoki xalqaro tajribaga ega bo„lgan chet el mutaxassislarini taklif etilishi; tanlov (shaffof) asosida ustav kapitalida davlat ulushi bo„lmagan mustaqil xususiy boqaruv korxonasini tanlash va shartnoma asosida qonunda belgilangan tartibda boshqaruvga berishdan iborat. Xulosa o„rinida aytish mumkinki, fondning asosiy xususiyati innovatsiyalarni yaratishga doir davlat va xususiy tashkilotlar buyurtmalarini shakllantirishdan iborat bo„ladi. Shuningdek, kadrlarni o„qitish va qayta tayyorlash hamda davlatning ilm-fan va ta‟lim muassasalari bilan innovatsion faoliyati bo„yicha sanoat sohasiga oid innovatsion tadbirkorlikni amalga oshirilishida moliyaviy qo„llab-quvvatlaydi. ADABIYOTLAR 1. Yo.E.Aliev. Innovatsion iqtisodiyot. Darslik. –T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyoti matbaa uyi”, 2022-146-bet. 2. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo„yicha qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi PQ-3698-sonli qarori. 3. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to„g„risida”gi PF-6097-son farmoni. 4. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha Harakatlar strategiyasi to„g„risida. O„zR Qonun hujjatlari to„plami, 2017-y. 6-son, 70-modda. 185 Tadqiqotlar asosida muallif ishlanmasi