scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURIZM SOHASI RIVOJLANISHINING IJTIMOIY - IQTISODIY AHAMIYATI

Sadiqov Tulagan

Abstract

Maqolada turizm sohasi dunyo iqtisodiyotining muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri sifatida qayd etilisi to’grisida tushuncha hamda uni nafaqat mamlakatlar iqtisodiy o‘sishida, balki ijtimoiy barqarorlik, ish o‘rinlari yaratish, madaniy almashinuva va infratuzilma rivojlanishi haqida mahalliy hamda xorijiy olimlarning fikr va mulohazalari o‘rganilgan va ular asosida tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan.

Full text

396 TURIZM SOHASI RIVOJLANISHINING IJTIMOIY - IQTISODIY AHAMIYATI Sadiqov Tulagan, Oriental universiteti, “Biznes va boshqaruv” kafedrasi v.b. dotsenti +99897 778-05-74 Annotatsiya Maqolada turizm sohasi dunyo iqtisodiyotining muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri sifatida qayd etilisi to‟grisida tushuncha hamda uni nafaqat mamlakatlar iqtisodiy o„sishida, balki ijtimoiy barqarorlik, ish o„rinlari yaratish, madaniy almashinuva va infratuzilma rivojlanishi haqida mahalliy hamda xorijiy olimlarning fikr va mulohazalari o„rganilgan va ular asosida tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: turizm, iqtisodiyot, ustuvor, tarmoq, ijtimoiy barqarorlik, ish o„rinlari, infratuzilma. Abstract This article discusses the tourism industry as one of the key and priority sectors of the global economy. It examines not only its contribution to the economic growth of countries but also its impact on ensuring social stability, creating jobs, developing cultural exchange, and improving infrastructure. The views and opinions of both domestic and foreign scholars are analyzed, and based on these, recommendations and suggestions for the further development of tourism are proposed. Keywords: tourism, economy, priority, sector, social stability, employment, infrastructure. Bugungi globallashuv jarayonida turizm sohasi dunyo iqtisodiyotining muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri sifatida qayd etilmoqda. U nafaqat mamlakatlar iqtisodiy o„sishida, balki ijtimoiy barqarorlik, ish o„rinlari yaratish, madaniy almashinuva va infratuzilma rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Turizm – bu faqat dam olish vositasi emas, balki davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim omildir. Turizm global iqtisodiyotning eng tez o„suvchi tarmoqlaridan biriga aylangan. Dunyo bo„yicha umumiy yalpi ichki mahsulotning taxminan 10% qismi turizm hissasiga to„g„ri keladi. Turizm sohasi jahon miqyosida 300 milliondan ortiq ish o„rnini ta‟minlab, iqtisodiy o„sish va ijtimoiy taraqqiyotga katta hissa qo„shib kelmoqda. O„zbekiston uchun ham turizm sohasining rivojlanishi nafaqat iqtisodiy dividend, balki ijtimoiytarbiyaviy, madaniy va siyosiy barqarorlikni ta‟minlashda muhim ahamiyatga ega 186 . Turizmning iqtisodiy ahamiyati. Turizm sohasi mehnatga juda talabchan hisoblanadi. Turistik obyektlar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari, transport va gidlik xizmatlari ko„plab ish o„rinlarini yaratadi. Bu esa aholi bandligini oshiradi. 186 UNWTO (World Tourism Organization). (2022). International Tourism Highlights. 397 Turistik xizmatlardan tushadigan daromad davlat byudjetiga soliqlar ko„rinishida tushadi. Shuningdek, xorijiy turistlar tomonidan olib kiriladigan valyuta milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishda xizmat qiladi. Turizm tarmog„i rivojlanishi orqali qishloq joylarda infratuzilma yaratiladi, yo„llar, mehmonxonalar va xizmat ko„rsatish punktlari barpo etiladi, bu esa hududiy taraqqiyotga olib keladi. Turizm infratuzilmasiga sarmoya kiritilishi natijasida mehmonxonalar, transport, yo„l qurilishi, logistika va boshqa qo„shimcha sohalar rivojlanadi. Xususiy va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish orqali mamlakat iqtisodiyoti barqarorlasha boradi. 1-jadval Turizm sohasi rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari 187 № Yo‘nalish / Omil Tavsifi Misollar / Amaliy natijalar 1 Infratuzilmani rivojlantirish Yo„llar, mehmonxonalar, transport va aloqa tizimlarini yaxshilash Yangi aeroport qurilishi, mehmonxona tarmoqlari 2 Qonunchilik va tartibga solish Turizmga oid qonunlar, soddalashtirilgan viza rejimi E-viza joriy etilishi, turistlarga soliq imtiyozlari 3 Reklama va targ„ibot Mamlakat turizm salohiyatini xalqaro miqyosda targ„ib qilish "Visit Uzbekistan" kampaniyalari 4 Madaniy merosni asrash va namoyish Tarixiy obidalar, muzeylar, xalq hunarmandchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva obidalarining restavratsiyasi 5 Ekoturizm va barqaror turizm Tabiiy resurslarni saqlagan holda turistik xizmatlar ko„rsatish Zarafshon vodiysi, tog„ turizmi, agro-turizm 6 Kadrlarga sarmoya va ta‟lim Turizm sohasidagi malakali mutaxassislarni tayyorlash Kollej, universitetlarda turizm yo„nalishlari 7 Xalqaro hamkorlik Chet el kompaniyalari va tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirish UNESCO, UNWTO bilan hamkorlik 187 Muallif ishlanmasi. 398 8 Mahalliy aholini jalb qilish Aholining turizm xizmatlarida ishtirokini oshirish Homestay, milliy taomlar, qo„llanma xizmatlari 9 Innovatsiyalar va raqamlashtirish Onlayn xizmatlar, turizm ilovalari, AI va VR texnologiyalarini joriy etish Raqamli gidlar, AR/VR bilan sayohat tajribasi 10 Ijtimoiy-iqtisodiy ta‟sir Yangi ish o„rinlari, iqtisodiy daromad, hududiy rivojlanish Ish o„rinlari ko„payishi, eksport hajmi oshishi Turistik xizmatlar – eksportning noan‟anaviy, lekin istiqbolli turlaridan biri hisoblanadi. Turizm orqali mamlakat xizmat eksportini kengaytirishi, bir vaqtning o„zida importga bog„liqlikni kamaytirishi mumkin. Turistlarga mahalliy oziq-ovqat, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy suvenirlar taqdim etiladi. Bu esa qishloq xo„jaligi va hunarmandchilikni rivojlantirishga yordam beradi. Turizmning ijtimoiy ahamiyati. Madaniyatlararo muloqot va bag„rikenglik turizm orqali turli millat, din va madaniyat vakillari o„zaro aloqalar o„rnatadi. Bu jarayon insonlarda bag„rikenglik, madaniy qadriyatlarga hurmat kabi xislatlarni shakllantiradi. Aholining turmush darajasini oshirish turizm rivojlangan hududlarda aholi turmush darajasi ko„tariladi, chunki mahalliy mahsulotlarga va xizmatlarga talab ortadi. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish turizm jadal rivojlanayotgan hududlarda yangi klinikalar, maktablar, ko„ngilochar maskanlar, suv va elektr ta‟minoti yaxshilanadi. Bu esa aholining hayot sifatiga ijobiy ta‟sir qiladi. Ayollar va yoshlarning bandligi turizm sohasi ayollar va yoshlar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini yaratadi 188 . Ular turli xizmatlar sohalarida (gidachilik, mehmonxona biznesi, oshxona xizmati) o„zlarini namoyon qila oladilar. Ijobiy demografik ta‟sir turizm rivojlangan joylarda aholining shaxsiy tashabbuslari, tadbirkorlik faolligi oshadi. Bu esa hududiy ijtimoiy-iqtisodiy disproporsiyani kamaytirishga xizmat qiladi. Madaniy merosni saqlash va qayta tiklash turizm jozibadorligini oshirish maqsadida ko„plab tarixiy yodgorliklar, madaniy ob‟ektlar tiklanmoqda va muhofaza qilinmoqda. Bu jarayon yosh avlodni vatanparvarlik va tarixiy ong bilan tarbiyalashda muhim o„rin tutadi. O‘zbekistonda turizm sohasining istiqbollari 189 : 1. Ziyorat turizmi - Samarqand, Buxoro, Termiz, Xiva kabi shaharlarda jahon ahamiyatiga ega Islom madaniyati yodgorliklari mavjud. Ziyorat turizmini rivojlantirish orqali xalqaro turistlar oqimini keskin oshirish mumkin. 188 Nishonov F.N., Erkinov S.I. (2021). Turizm asoslari. T.: “Fan va texnologiya”. O„zbekiston turizm siyosati, iqtisodiy ta‟siri va tarmoq rivojlanishi. 189 Qosimov B. (2020). O„zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish strategiyalari. T.: Innovatsiya nashriyoti. Turizm infratuzilmasining rivoji va ijtimoiy barqarorlikdagi o„rni. 399 2. Ekologik va tog„ turizmi - Chimyоn, Chorvoq, Zomin. Hisor tog„lari kabi hududlarda ekologik va ekstremal turizm yo„nalishlari yaratish orqali ichki va tashqi turistlarni jalb qilish imkoni mavjud. 3. Tibbiy va reabilitatsiya turizmi - O„zbekistondagi sanatoriyalar, shifobaxsh suvlar va loy bilan davolash markazlarini modernizatsiya qilish orqali tibbiy turizm rivojlanishi mumkin. Xulosa va takliflar Turizm nafaqat iqtisodiy o„sishni, balki ijtimoiy taraqqiyotni ham rag„batlantiradi. O„zbekiston kabi tarixiy va madaniy merosga boy mamlakatlarda turizm sohasini keng rivojlantirish nafaqat iqtisodiy manfa‟at, balki aholi farovonligini ta‟minlashda ham muhim o„rin tutadi. Shu bois, davlat siyosatida turizmga alohida e‟tibor qaratilib, sohani barqaror rivojlantirish uchun turli dastur va islohotlar amalga oshirilmoqda. Turizm faqat bir tarmoq emas, balki ko„plab sohalarni o„z ichiga oladigan, iqtisodiy o„sishga xizmat qiluvchi murakkab tizimdir. Turizmning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to„g„ri baholab, unga to„g„ri investitsiya, strategik yechimlar va davlat ko„magi bilan yondashilsa, u kelajakda O„zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biriga aylanishi mumkin. Turizm kadrlari tayyorlashni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, har bir hududning o„ziga xos turizm brendlarini ishlab chiqish, vizasiz rejimlarni kengaytirish va raqamli turizm platformalarini rivojlantirish va takomilashtirish, turistik hududlarda tadbirkorlar uchun davlat tomonidan ko‟proq imtiyozlar joriy etish maqsadga muvofiqdir. ADABIYOTLAR 1. UNWTO (World Tourism Organization). (2020). International Tourism Highlights. https://www.e-unwto.org/doi/book/10.18111/9789284422456 Global tourism impact on economy, employment, and development. 2. Nishonov F.N., Erkinov S.I. (2021). Turizm asoslari. T.: “Fan va texnologiya”. O„zbekiston turizm siyosati, iqtisodiy ta‟siri va tarmoq rivojlanishi. 3. Qosimov B. (2020). O„zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish strategiyalari. T.: Innovatsiya nashriyoti. 4. Holloway, J.C. & Humphreys, C. (2012). The Business of Tourism. 9th ed. Pearson. https://www.oecd.org/tourism Insights into resilience, employment, and infrastructure in tourism.