scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM MUASSASALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI SAMARALI TASHKIL ETISH VA BOSHQARUV MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mirzaaxmedov Nodirbek

Abstract

Ushbu maqola ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish va boshqaruv mexanizmlarini yoritadi. Unda innovatsiyaning ta’rifi, innovatsion infratuzilma va texnologiyalar transferi tushunchalari, shuningdek davlat buyurtmasi, moliyalashtirish va ekspertiza jarayonlari tizimli bayon etiladi. Mualliflar innovatsion siyosatning huquqiy-iqtisodiy asoslari, grant va subsidiyalar, soliq va amortizatsiya imtiyozlari, kadrlar tayyorlash hamda davlat xaridlari orqali qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini tahlil qiladi. AQSH, Yevropa va Yaponiyaning tajribasi - universitet–sanoat–tadqiqot markazlari hamkorligi, KOBni rag‘batlantirish, davlat–xususiy sheriklik va assotsiativ hamkorlik O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish uchun solishtiriladi. ITIMT loyihalarini monitoring qilish, hisobotlar, moliyaviy intizom va natijalarni tijoratlashtirish talablari alohida ko‘rib chiqiladi. Yakunda moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, xususiy sektorni jalb etish, xalqaro ekspertizani tatbiq qilish va normativ bazani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Full text

400 TA’LIM MUASSASALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI SAMARALI TASHKIL ETISH VA BOSHQARUV MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH Mirzaaxmedov Nodirbek, Oriental universiteti ‖Biznesni boshqarish‖ kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. (PhD), +998(90)902-04-04 Annotatsiya Ushbu maqola ta‘lim muassasalarida innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish va boshqaruv mexanizmlarini yoritadi. Unda innovatsiyaning ta‘rifi, innovatsion infratuzilma va texnologiyalar transferi tushunchalari, shuningdek davlat buyurtmasi, moliyalashtirish va ekspertiza jarayonlari tizimli bayon etiladi. Mualliflar innovatsion siyosatning huquqiy-iqtisodiy asoslari, grant va subsidiyalar, soliq va amortizatsiya imtiyozlari, kadrlar tayyorlash hamda davlat xaridlari orqali qo‗llab-quvvatlash mexanizmlarini tahlil qiladi. AQSH, Yevropa va Yaponiyaning tajribasi - universitet– sanoat–tadqiqot markazlari hamkorligi, KOBni rag‗batlantirish, davlat–xususiy sheriklik va assotsiativ hamkorlik O‗zbekiston sharoitiga moslashtirish uchun solishtiriladi. ITIMT loyihalarini monitoring qilish, hisobotlar, moliyaviy intizom va natijalarni tijoratlashtirish talablari alohida ko‗rib chiqiladi. Yakunda moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, xususiy sektorni jalb etish, xalqaro ekspertizani tatbiq qilish va normativ bazani takomillashtirish bo‗yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: innovatsion faoliyat; ta‘lim muassasalari; moliyalashtirish; davlat buyurtmasi; texnologiyalar transferi; ITIMT; monitoring va ekspertiza; universitet– sanoat hamkorligi; KOB; xalqaro tajriba. Annotation This article examines how to organize and govern innovation activities in educational institutions effectively. It clarifies core concepts - innovation, innovation infrastructure, and technology transfer—and details state orders, financing schemes, and technical/scientific expertise procedures. The paper analyzes policy instruments such as grants and subsidies, tax and depreciation incentives, capacity building, and public procurement to support innovation. International experiences from the U.S., Europe, and Japan-university–industry–research collaboration, SME stimulation, public–private partnerships, and associative consortia are compared for adaptation to Uzbekistan. It further outlines monitoring of R&D projects, reporting requirements, financial discipline, and pathways to commercialization. The article concludes with recommendations to broaden funding sources, engage the private sector, employ international expertise in monitoring, and refine the regulatory framework to accelerate innovation-led modernization in education. Keywords: innovation activity; educational institutions; financing; state order; technology transfer; R&D (S&T); monitoring and evaluation; university–industry collaboration; SMEs; international best practices. 401 Mamlakatda ilmiy tashkilotlarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish orqali ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, bu jarayonni barcha sohalarga keng joriy etish hamda rivojlangan davlatlar safidan o‗rin olish va har bir sohada qulay sharoitlar yaratish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Ta‘lim muassasalarida innovatsion faoliyatni joriy etishda innovatsiyalarni yaratish va ularni hayotga tatbiq etish jarayonlari ma‘lum bir sikllardan iborat bo‗ladi. Bu nuqtai nazardan qaralganda, innovatsion jarayon vaqt davomida izchil amalga oshadigan, o‗z ahamiyati bilan teng, biroq funksional mazmuni jihatidan farqlanuvchi turli bosqichlarni o‗z ichiga olgan murakkab faoliyat yig‗indisidir. O‗zbekiston Respublikasining 2020 yil 24-iyuldagi O‗RQ-630-son Qonunida ilmiy faoliyatni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash yuzasidan ko‗plab imkoniyatlar haqida ma‘lumotlar va asosiy tushunchalar keltirib o‗tilgan 190 . Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish – bu innovatsion faoliyat bilan shug‗ullanuvchi subyektlar uchun zarur bo‗lgan huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek innovatsion loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Davlat innovatsion faoliyatni qo‗llab-quvvatlashni quyidagi yo‗llar bilan amalga oshiradi 191 : - innovatsion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga oshirish; - innovatsion faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish; - innovatsion faoliyat subyektlariga soliq, bojxona imtiyozlar berish; - innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga xo‗jalik yurituvchi subyektlar mablag‗larini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish; - innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‗maklashish. - O‗zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‗lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan innovatsiyalarni yaratishga oid davlat buyurtmasini bajarish; - ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotning va ilg‗or texnologiyalarning kafolatlangan tarzda tatbiq etilishini ta‘minlash maqsadida ularning davlat xaridlarini tashkil etish; Bugungi kunda jahon hamjamiyatidagi rivojlangan mamlakatlarda an‘anaviy ilmiy-texnika taraqqiyotidan innovatsion va ilmiy-texnologik tartibga keskin o‗tish jarayoni yuz bermoqda. Innovatsion tartibning asosiy farqi shundaki, ilgari fan sohasi shakllanishi va uning davlat tomonidan moliyalashtirilishi ustuvor bo‗lgan bo‗lsa, endilikda barcha turdagi texnologik va ilmiy innovatsiyalarni davlat darajasida qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Hozirgi vaqtda AQSHda, ayniqsa G‗arbiy Yevropaning yetakchi davlatlari — jumladan, Fransiya va Germaniyada fan-texnika siyosati bosqichma-bosqich innovatsion siyosatga aylanish jarayonida. Bu siyosatning asosiy vazifasi — ilmiy va 190 O‗zbekiston Respublikasining 2020 yil 24-iyuldagi O‗RQ-630-son Qonuni. 10-modda. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish. 191 O‗zbekiston Respublikasining ilm-fan va ilmiy faoliyat to‗g‗risida 2019 yil 29-oktyabdagi O‗RQ-576-son Qonuni 10-modda. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish 402 texnologik innovatsiyalarni, ayniqsa kichik va o‗rta korxonalar uchun, shuningdek qisqa va o‗rta muddatli dasturlar doirasida tezkor diversifikatsiyani ta‘minlaydigan qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Shuningdek, AQSH fan sohasini moliyalashtirish borasida dunyoda yetakchi o‗rinlardan birini egallab kelmoqda. Ko‗plab rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-tadqiqot va innovatsion hamda muhandislik-texnik ishlarni (ITIMT) moliyalashtirishda davlatning roli ancha faol bo‗lib, bu jarayon faqat davlat tashkilotlari bilan cheklanmaydi. Masalan, hozirgi paytda AQSHda federal hukumat moliyalashtirish manbai sifatida umumiy xarajatlarning 50 foizini qoplamoqda. Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Germaniyada bu ko‗rsatkich taxminan 40 foizni, Fransiyada 57 foizni, Yaponiyada esa 28 foizni tashkil etadi. ITIMT sohasining davlat tomonidan bunday yuqori darajada qo‗llabquvvatlanishi bejiz emas, balki bu holat bir qator asosli dalillar bilan izohlanadi. AQSH davlat innovatsiya siyosatining obyekti - bu asosan xususiy biznesdir 192 . Davlatning bu boradagi siyosati mavjud ilmiy - texnik yutuqlardan xo‗jalikda foydalanishga, ilmiy-texnik majmuada ichki aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Davlat innovatsiya siyosatining usul va vositalari ancha keng. Bunga u yoki bu ma‘noda biznesning innovatsion faolligini rag‗batlantiruvchi turli xil davlat tadbirlari kiradi. Amerikalik mutaxassislarning fikriga ko‗ra, eng samarali tashkiliy shakllardan biri bu – universitet, sanoat va tadqiqot markazlari o‗rtasidagi hamkorlik hisoblanadi. Davlat ishtirokida tashkil etiladigan bunday markazlar doirasida keng ko‗lamdagi ilmiy-texnik masalalarni hal etish imkoniyati mavjud. Sanoat korxonalari hamda universitetlarning qo‗shma tadqiqotlariga asoslangan yirik dasturlar ko‗p hollarda davlatning maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalariga muqobil yechim sifatida qaraladi. O‗zbekiston sharoitida AQSH innovatsion siyosatining ayrim jihatlarini qo‗llash mumkin. Xususan, davlat mablag‗larining umumlashtirilgan holda yo‗naltirilishi, shuningdek sanoatning moddiy-texnik bazasini malakali oliy ta‘lim muassasalari kadrlari bilan ta‘minlash mexanizmlarini rag‗batlantirish lozim. Uzoq muddatli istiqbolga mo‗ljallangan, tavakkal darajasi yuqori bo‗lgan ilmiy-texnik loyihalarga sanoatni jalb etish uchun davlat dastlabki xarajatlarni to‗liq zimmasiga olmasligi, balki ishtirokchi kompaniyalarga kashfiyot va ixtirolardan foydalanish huquqini beruvchi bepul litsenziyalar taqdim etishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. AQSHdagi yirik kompaniyalarda ishlab chiqarish hajmi ko‗pincha eng maqbul me‘yordan oshib ketadi. Aynan shu omil ilmiy-texnika sohasida monopoliyaning oldini olib, kichik firmalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga imkon yaratadi. O‗zbekiston sharoitida ham yirik firmalarga xizmat ko‗rsatuvchi yoki ularning ―sateliti‖ sifatida faoliyat yuritadigan kichik firmalarni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish muhimdir. Masalan, Yaponiyada innovatsion siyosatni amalga oshirishning o‗ziga xos mexanizmi mavjud bo‗lib, u hukumatning dasturiy hujjatlarida o‗z ifodasini topgan. Unga ko‗ra, ilmiy-texnik yangiliklarni yaratishda strategik tadqiqotlar yetakchilarini tayyorlash, yo‗lboshchi guruhlar shakllantirishga alohida e‘tibor qaratiladi. 192 https://nsp.gov.uz/organizations/?type=2&sub=1+xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari 403 Bugungi kunda innovatsion siyosatni qayta ko‗rib chiqish zaruriyati yuzaga kelgan bir paytda, Yaponiya o‗zining texnika va texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etish sohasida ilg‗or tajribasini kengaytirmoqda. Xususan, patent va litsenziyalar savdosiga nisbatan talabchanlikni oshirish orqali innovatsion mahsulotlar yaratishga bo‗lgan rag‗bat kuchaytirilmoqda. Yaponiya tajribasi shuni ko‗rsatadiki, O‗zbekistonda shakllanayotgan innovatsion soha ham zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ishlab chiqaruvchi korxonalar imkoniyatlarini vaqtinchalik yoki doimiy ravishda birlashtirgan holda assotsiativ shaklda faoliyat yuritishni talab qiladi. Bu jarayonda davlat bosh loyihalarni amalga oshirish uchun buyurtmalar berish orqali bevosita ko‗maklashishi lozim. Sanoati rivojlangan ilg‗or mamlakatlar innovatsiya siyosatining zamonaviy davlat strategiyasiga xos bo‗lgan bir qator umumiy xususiyatlarni sanab o‗tish mumkin: - ilmiy tadqiqotlarning davlat tomonidan moliyalanishi; - soliq va amortizatsiya siyosatiga mos holda rivojlangan kontrakt tizimi yordamida biznesga ilmiy tadqiqotlar uchun ta‘sir o‗tkazish; - universitetlar va davlat ilmiy markazlarida umummilliy ahamiyatga ega ilmiy tadqiqotlarni o‗tkazish; - ta‘lim tizimini moliyalash va tashkiliy takomillashtirish, ayniqsa yukori malakali kadrlar tayyorlash; - ilmiy-texnik ma‘lumotlarni tarqatish tizimini yanada rivojlantirish. Yuqorida sanab o‗tilgan sanoati rivojlangan mamlakatlardagi davlat innovatsiya sohasi strategiyasining umumiy tomonlarini u yoki bu darajada O‗zbekiston sharoitida qo‗llash mumkin. Bu o‗rinda albatta, ilgari to‗plangan tajriba, an‘ana va hukumatning mavjud imkoniyatlarini hisobga olish kerak bo‗ladi. Fransiyada ilmiy-texnikani rivojlantirish afzalliklarini ishlab chiqish vazifalari uch yo‗nalishida olib boriladi. Birinchi darajadagi ishlar asosan, ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi (CNRS) tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur markaz ilmiy tadqiqotlarni, jumladan, ijtimoiy va inson haqidagi fanlar bo‗yicha tadqiqotlarni moliyalash borasidagi milliy agentlik sanaladi, u asosan, fundamental tadqiqotlarni qo‗llab-quvvatlaydi. Ilmiy-texnika va innovatsiya rivojlanishining ustunliklarini bashorat qilish hamda belgilash bo‗yicha ishlar esa, Frantsiyadagi yirik xususiy sanoat va davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Bu borada bir qator muammolar mavjud bulsada, Fransiya yirik bashorat qilish loyihalarni amalga oshirish bo‗yicha katta tajribaga ega. Xususan, atom va molekulyar fizika, qattiq jismlar fizikasi rivojlanishi bo‗yicha bashoratlar qilingan. Italiyada moliyalash va texnik imkoniyatlar muammolari mavjud tarmoqlarga oid korporatsiya va kichik innovatsiya firmalari o‗rtasida nomustahkam aloqa mavjud. Daniyada esa, «tarmoqlar sxemasi» (chizmasi) deb ataluvchi kichik innovatsiya firmalar tarmog‗i mavjud bo‗lib, u Angliya, Ispaniya va AQSHga eksport qilinadi. 404 Shvetsiya va Norvegiyada ishchilarning biznesda ishtiroqiga ko‗maklashishda boy tajriba to‗plangan. Buyuk Britaniya xususiy kapitalni jalb etish chora-tadbirlarini qo‗llaydi. Niderlandiya va Belgiyada texnologik reytingni yaratish uchun muntazam tarzda ishlovchi banklar va innovatsiya markazlari tarmoqlari tashkil etilgan. ilm-fan va innovatsiya jarayonlarini boshqarish bo‗yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish mamlakatimizda ilmiy sohani yuqori darajada rivojlantirishga hamda chet ellik olimlar bilan mustahkam aloqa o‗rnatishga keng imkoniyat beradi. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari monitoringi ularning tasdiqlangan rejasiga ko‗ra bajarilishini, moliyaviy mablag‗larning maqsadga muvofiq sarflanishini, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishini va olingan natijalarning samaradorligini baholashni o‗z ichiga oladi. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarning natijalari monitoringi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Ijrochi tashkilotlar Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilgan loyihalarning hisobotlarini (oraliq va yakuniy) Buyurtmachiga shartnomalarda belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Sanoat hamkorlari ishtirokida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‗yicha tayyorlangan hisobotlar sanoat hamkorlari tomonidan ham tasdiqlangan bo‗lishi lozim. Buyurtmachi hisobotlarni qabul qiladi, shuningdek, davlat buyurtmasini bajarish bo‗yicha axborot va boshqa tahliliy materiallarni tayyorlaydi hamda tegishli ITKga taqdim etadi. Hisobotlar va moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‗yicha tahlil qilish, ko‗rib chiqish va fikr berish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtmachi fan yo‗nalishlari bo‗yicha ilmiy-texnik kengashlar bilan birgalikda zarur hollarda mustaqil ekspert va mutaxassislarni jalb etgan holda, loyihalarning bajarilishi monitoringini amalga oshiradi 193 . Moliyalashtirilishi to‗xtatilgan loyihalardan bo‗shagan mablag‗lar mazkur loyihalar amalga oshirilgan ijrochi tashkilotda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan boshqa ilmiy loyiha(lar)ga (bunda loyihaning kalendar rejasiga qo‗shimcha mablag‗ hisobidan amalga oshiriladigan ishlarni nazarda tutgan holda o‗zgartirish kiritilishi lozim) yoki yangi istiqbolli amaliy va innovatsion loyiha(lar)ni, shu jumladan ijrochi tashkilot tomonidan tayyorlangan loyiha(lar)ni moliyalashtirishga yo‗naltiriladi. Bunda yangi istiqbolli amaliy va innovatsion loyiha(lar)ni amalga oshirish muddati moliyalashtirilishi to‗xtatilgan loyiha(lar)ning yakunlanish muddati bilan mos bo‗lishi lozim. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan loyihalarning hisobotlari buyurtmachi tomonidan majburiy elektron ro‗yxatga olinishi lozim 194 . 1. Ilmiy tashkilotlarni davlat budjeti mablag‗lari hisobidan moliyalashtirishda muammolarni yechish uchun tegishli qonun xujjatlariga o‗zgartirish orqali amalga oshirilmoqda. Jumladan ilmiy tashkilotlarni grant doirasida moliyalashtirishda ijrochi tashkilot tomonidan ustama xarajatlari bekor qilindi. 193 https://lex.uz/uz/docs/-4759202 194 Ibragimov.Sh.E. O‗zbekistonda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va uni davlat tomonidan moliyaviy qo‗llab-quvvatlash masalalari.// SCIENCE AND EDUCATION – Spain, 2021. - V 2 405 2. Ilmiy tashkilotlarning ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish maqsadida xususiy sektorni jalb qilish katta natijalarni va olim bilan tadbirkor ya‘ni ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchi o‗rtasida uzluksiz aloqani ta‘minlash imkoniyatini beradi. 3. Ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan ilmiy faoliyaga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalarni monitoringini yuritishda va uni samarali tashkil etishda chet ellik mutaxassislarni ham jalb etish sohada mablag‗larni maqsadli va samarali sarflanishini ta‘minlashga yordam beradi. ADABIYOTLAR 1. O‗zbekiston Respublikasining 2020 yil 24-iyuldagi O‗RQ-630-son Qonuni. 10-modda. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish. 2. O‗zbekiston Respublikasining ilm-fan va ilmiy faoliyat to‗g‗risida 2019 yil 29-oktyabdagi O‗RQ-576-son Qonuni 10-modda. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish. 3. O'zbekiston Respublikasi Milliy Ilmiy Portali ―xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari‖ 4. UNESCO tomonidan O‗zbekiston milliy innovatsiya tizimi haqida, ilmiytadqiqot va sanoat o‗rtasidagi fermerlik aloqalari hamda inklyuziv STI tizimini mustahkamlash bo‗yicha tahlillar. ЮНЕСКО+1 5. UNCTAD hisobotlari: O‗zbekistonda ilm-fan, texnologiya va innovatsiya parklarini baholash va tavsiyalar. UN Trade and Development (UNCTAD) 6. World Bank'ning ―Modernizing Uzbekistan National Innovation System (MUNIS)‖ loyihasi bo‗yicha O‗zbekistonning innovatsiya siyosatini isloh qilish strategiyalari. World Bank 7. OECD / US National Research Council hisobotlari: innovatsiya ekotizimlarining ahamiyati va davlat va mintaqaviy tashabbuslarning roli. NCBI Akademik maqolalar va nazariy asos 5. Djuravlova va boshq., 2022 — Universitetlarda innovatsion faoliyatni boshqarish, moliyaviy tartib-intizom va pedagogik jarayonlarga taʼsiri; "Innovations in Education System: Management, Financial Regulation and Influence on the Pedagogical Process". ERIC 6. Caniëls, 2011 — Ta‘lim muassasalari innovatsion tizimni shakllantirishdagi roli va hamkorlik modeli. ScienceDirect, Volume 90, Issue 2, June 2011, Pages 271-287 8. Wikipedia: Science and Technology in Uzbekistan – O‗zbekiston ilm-fan va texnologiya siyosatining asosiy dasturlari, ministerliklar, byudjet mablag‗lari va STI infrastrukturasi. Википедия 9. IT Park Uzbekistan – O‗zbekistonning IT-paketi, infratuzilma, startaplar, universitet hamkorliklari va innovatsion infratuzilmaning amaliy modeli. Википедия 10. Zaylobitdinova, 2025 — Davlat oliy ta‘lim muassasalari innovatsion mahsulotlarini tijoratlashtirish jarayoni. Inlibrary 11. Abduvaliev, 2024 — ―Uzbekistan-2030‖ ta‘lim islohotlari va innovatsion rivojlanish maqsadlari. bibliotekanauki.pl 406 12. Mukhitdinov, 2025 — O‗zbekiston innovatsiya siyosatini muvofiqlashtirish: kommunikatsiya va davlat roli. ResearchGate O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA O‘RTACHA ISH HAQI DINAMIKASI VA MEHNATGA HAQ TO‘LASH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR TAHLILI Xamdamov Shaxzod, Oriental universiteti ―Biznes va boshqaruv‖ kafedrasi mudiri, PhD Tel.: +998 94 401 73 22 e-mail: [email protected] ORCID: 0009-0002-4260-864X Annotatsiya Ushbu maqolada 2020-2024 yillar oralig'ida O'zbekistonda mehnatga haq to'lash dinamikasi, hududiy va tarmoqlar kesimidagi tafovutlar tahlil qilingan. Tahlil natijalari nominal o'rtacha ish haqining barqaror o'sishini ko'rsatadi, biroq hududlar (ayniqsa, Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston va Qashqadaryo) hamda tarmoqlar (―Bank, sug'urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati‖ va ―Axborot va aloqa‖ hamda ―Qishloq xo'jaligi‖ kabi sohalar) o'rtasida katta farqlar mavjudligi aniqlangan. Maqolada mehnatga haq to'lash tizimidagi asosiy muammolar (hududiy nomutanosiblik, past darajadagi ish haqi, norasmiy mehnat, malakaga mos bo'lmagan ish haqi) sanab o'tilgan va ushbu muammolarni hal etish bo'yicha takliflar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: nominal ish haqi, o‗rtacha oylik ish haqi, hududiy nomutonosiblik, norasmiy mehnat, tarmoqlararo nomutanosiblik, mehnatga haq to‗lash tizimi Annotation This article analyzes the dynamics of wage payment in Uzbekistan between 2020 and 2024, focusing on regional and sectoral disparities. The analysis results show a steady growth in the nominal average wage, yet significant gaps were identified between regions (particularly Tashkent city, Karakalpakstan, and Qashqadaryo) and sectors (such as "Banking, insurance, leasing, credit and intermediary activities" and "Information and communication" versus "Agriculture"). The article outlines the main challenges within the wage system, including regional imbalance, low-level wages, informal employment, and mismatch between wages and qualifications, and proposes solutions to address these issues. Keywords: nominal wage, average monthly wage, regional disparity, informal employment, sectoral imbalance, wage payment system. So‗nggi yillarda O‗zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‗lash tizimi iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida tub islohotlarni boshdan kechirmoqda. Ish haqi miqdori nafaqat xodimlarning moddiy farovonligini, balki ishlab chiqarish samaradorligi, bandlik darajasi va ijtimoiy tenglikni ham belgilovchi