ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGIDA QO'LLASHNING INTEGRATIV JIHATLARI
Abstract
Maqolada ona tili va o‘qish savodxonligi fanlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shu bilan birga, integrativ yondashuvning nazariy-metodik asoslari hamda uning ta’lim jarayoni samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ulmasova Nodira Mashrabovna Kokand state university doctoral student [email protected] BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASH JARAYONIDA MEDIAKOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash jarayonida mediakompetentligini rivojlantirishning ahamiyati yoritilgan. Unda kasbiy tayyorgarlikda mediakompetentlikning ahamiyati, u bo‘yicha tadqiqotchi olimlarning bildirgan fikr-mulohazalari keltirilgan bo‘lib, bo‘lajak pedagoglarni mediakompetentligini rivojlantirish jarayonida bugungi kunda uchraydigan dolzarb muammolar va ularning yechimlari ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: mediasavodxonlik, media matn, axborot texnologiyalari, media vositalar,mediamadaniyat, media ta’lim, axborot kommunikativ texnologiyalar Аннотация: В данной статье раскрывается значение развития медиакомпетентности будущих учителей начальных классов в высших образовательных учреждениях педагогического направления. Рассматривается важность медиакомпетентности в процессе профессиональной подготовки, приведены мнения и выводы исследователей по данной проблеме, а также обозначены актуальные проблемы и пути их решения в процессе формирования медиакомпетентности будущих педагогов. Ключевые слова: медиаграмотность, информационные технологии, медиa средства, медиа культура, медиa образование, информационно-коммуникационные технологии. Annotation: This article highlights the importance of developing media competence among prospective primary school teachers in higher educational institutions specializing in pedagogy. It discusses the significance of media competence in professional training, presents the views and opinions of researchers on this issue, and identifies current challenges and possible solutions in the process of developing media competence among future teachers. Keywords: medialiteracy, media text, information technologies,media tools,media culture, media education,information and communication technologies. Hozirgi kunda boshlang`ich sinflarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan aksariyat tadqiqot ishlarida ko‘rib chiqiladigan asosiy muammolar boshlang`ich sinflarda informatika fanini o‘qitish bilan bog`liq. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, boshlang`ich sinf o‘qituvchilarining ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishga tayyorligi ularning kompyuter texnologiyalari va uning imkoniyatlaridan foydalana olishlari bilan ifodalanadi. Yuqorida keltirib o‘tilgan ko‘plab tadqiqot ishlarida bo‘lajak pedagoglarning media texnologiyalardan foydalanish savodxonligini oshirishga qaratilgan fanlar o‘qitilishi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL sifatini oshirish muhimligi haqida ta’kidlab o‘tilgan. Masalan, A.K.Koziryovning “Boshlang`ich ta’lim yo‘nalishida informatika fanining eksperimental dasturi” maqolasida keltirib o‘tgan o‘qituvchining axborot madaniyatini shakllantirish zaruriyati mavjudligi degan g`oyasini yuqoridagi fikrimizni tasdig`i sifatida ko‘rishimiz mumkin. Talabalar tomonidan media texnologiyalaridan foydalanishni o‘rganishda: informatika fanining boshlang`ich tarkibiy qismlarini o‘rgatish, dasturlash, turli xil amaliy dasturlardan foydalanish, darsga tayyorgarlik ko‘rish va qo‘shimcha vazifalarni bajarish kabi jarayonlarni ajratish mumkin. Boshlang`ich sinf o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish muammosini boshqa tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida ham uchratish mumkin. I.B.Milovaning o‘z ilmiy tadqiqot ishida mediakompetentlik kasbiy pedagogik faoliyatning real vaziyatlarda yuzaga keladigan kasbiy vazifalarni hal qila olish qobiliyatini ajralmas xususiyatligini ta’kidlab o‘tadi. Buning natijasida bo‘lajak boshlang`ich sinf o‘qituvchisi zamonaviy media vositalardan foydalanish orqali boshlang`ich ta’lim sifatini yanada oshirish uchun media vositalardan samarali qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ayni internet butun jahonni qamrab olgan zamonda yoshlar hayotini media vositalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Deyarli barcha o‘quvchilarning qo‘lida har doim mobil telefon, planshet yoki hech bo‘lmaganda mp3pleyer mavjud. Jamiyat uchun mobil internet ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Bunga misol tariqasida makondagi joylashuvni o‘rnatishga asoslangan ilovalardan foydalanishni ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda media axborot vositalari bo‘lg`usi pedagoglarni media platformalari bilan o‘zaro bog`labgina qolmay, ularni kasbiy muloqot hamda darsga oid media material tayyorlash bo‘yicha ham zaruriy kompetensiyalar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Media va axborot vositalari hamda materiallarini saralash, ularni dars mashg`ulotiga, o‘quvchi xususiyatlarini inobatga olgan holda moslashtirish va yaratish qobiliyati bo‘lajak pedagog uchun zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalardan biridir. Mediakompetentligini shakllangan va rivojlangan bo‘lajak pedagog mutaxassisida mustaqil ravishda mediaresurslar yaratish ko‘nikmasi shakklangan bo‘lishi juda muhimdir, chunki bu ko‘nikma uni o‘z ustida ishlashga mediatadqiqotlar o‘tkazishga undaydi va o‘z kasbi doirasida tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Jamiyatimiz zamon bilan hamnafas tarzda insoniyat faoliyatining barcha sohalariga axborot kommunikativ texnologiyalarning kirib borishi bilan jadal rivojlanib bormoqda. Bu esa jamiyat a`zolaridan kibermakonda mustaqil erkin harakat qila olish, ma`lumotni tanqidiy va tahliliy tushunish, turli ommaviy axborot vositalar bilan ishlay olish, texnologik taraqqiyot muammolariga tezlik bilan javob qaytara olish va shu kabi individual ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi. Shuni ta`kidlash joizki, bugungi kun zamonaviy yosh avlodi maktabgacha bo‘lgan erta yoshdanoq kundalik hayotda ko‘ngilochar vosita sifatida ommaviy axborot vositalar, media vositalardan keng foydalana oladilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yangi O‘zbekiston zamonaviy maktablari allaqachon o‘quvchilarda boshlang`ich maktab yoshidayoq ularda axborot va raqamli kompetensiyani, mediakompetensiyani shakllantirish, jamiyatda axborotni yaratish, uni qidirish, qayta ishlash, almashish va bu texnologiyalardan foydalanishda tanqidiy fikrlay olish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish eng muhim vazifalardan etib belgilangan. Ushbu kompetensiyaning tarkibiy qismlariga axborot va mediasavodxonlik, axborot etikasini tushunish (mualliflik huquqi, intellektual mulk va boshqalar), dasturlash asoslari, ma`lumotlar bazasi va internetda xavfsiz ishlay olish qobiliyati kabi komponentlarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birgalikda, olib borilayotgan tadqiqotlardan shuni aytishimiz mumkinki, ta`lim jarayonida axborot va media vositalar bilan ishlash uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarning yetishmasligi tufayli har doim ham o‘qituvchilar bu vazifani samarali amalga oshirish hamda talabalarga zamonaviy media dunyosini o‘zlashtirishga yordam berib yo‘l ko‘rsatishga tayyor emaslar. Bu holat esa oliy ta`lim mazmunini uning tezkor axborotlashtirishni hisobga olgan holda
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL qayta ko‘rib chiqilishiga sabab bo‘ladi desak, boshqa tomondan, oliy ta`limda tizimida bo‘lajak boshlang`ich sinf pedagoglarida ommaviy axborot va media vositalar bilan ishlash, o‘zlari mustaqil shaxsiy media mahsulotlarini yarata olish ko‘nikmalarini yuqori darajada egallash, umumiy qilib aytganda, talabalar uchun Intetnet makonida ta`lim maqsadiga ega bo‘lgan ommaviy axborot va media vositalarni samarali o‘zlashtirish imkoniyatini yaratib bera oladigan yordamchi yo‘l boshlovchilarning o‘rni muhim ahamiyatga egadir va bu bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylanib bormoqda. Zamonaviy tadqiqotchilar L.Masterman, O.Fedorov va L.Naidonova ushbu kompetensiya turini bilim, qobiliyat, ko‘nikma va malaka va uning shaxsiy fazilatlari bilan integratsiyalashgan media kompetensiya deb ta’riflashadi. Ammo tadqiqotlar doirasida ba’zi qarama-qarshiliklar ham aniqlangan, masalan, jamiyatda axborot va media vositalar, raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasi va malakasi shakllangan o‘rta maktab o‘quvchilariga ehtiyoj bor, lekin, aynan o‘rta maktab tizimidagi o‘qituvchilarning bu jarayonga amaliy tayyor emasliklari; mediakompetensiyasi shakllangan bo‘lajak o‘qituvchilarga talab bor, ammo, maxsus rivojlangan texnologiyalarning yetishmasligi; metodlar ishlab chiqilgan, ammo bu jarayonni samaradorligini oshirish uchun unga mos sharoit tashkillanmagan. Aslini olganda, kasbiy tayyorgarlik davomida, ya’ni oliy ta’lim muassasalarida tehsil olayotgan davrda talabalar doimiy ravishda har xil turdagi media mahsulotlar bilan ishlaydilar (mediamatnlar, monografiyalar, ilmiy-uslubiy jurnallar,darsliklar, bu bilan bir qatorda, audiovideo matnlar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, infografika, turli platformalardagi xabarlar va boshqalar), bu jarayonlarning barchasi mediakompetensiyasi shakllangan kuchli salohiyatga ega talabalarni yetishtirishga xizmat qiladi. L.Masterman, O.Fedorov, N.Chicherina va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida shaxsning media kompetensiyasini shakllantirish vositasi sifatida mediamatnlardan foydalanishning o‘rni kattaligi haqida fikrlar aks ettirilgan. Yuqorida nomlari keltirilgan tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini tahlil qilish bo‘lajak o‘qituvchilarning ommaviy axborot va media vositalardan foydalanish hamda ularda mediakompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda media matnlardan foydalanish bo‘yicha bir qator qoidalar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqligini anglash imkonini beradi: A.Fedorov - ta’lim jarayonining yuqori darajda turli xil media matnlar bilan boyitilganligi; N.Chicherina - katta xajmdagi axborotlar bilan ishlash, bu ma’lumotlarni tartibga solish, ularni tanqidiy tahlil qila olish va sharhlab berish zarurati; L.Masterman - axborotni media matn shaklida visual taqdimot sifatida namoyish etishning muhim ahamiyati; D. Alvermann va M. Hagud – media matn kundalik hayotning bir qismi bo‘lib, u butun borliq haqidagi bilimlarni oshirishga hissa qo‘shadi. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarda kelib chiqib aytishimiz mumkinki, bo‘lajak boshlang`ich sinf o‘qituvchlarida mediakompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri, ammo, uni amaliy, nazariy, metodologik darajalarda o‘rganishda ehtiyotkorlik zarurdir. References: 1. Masterman, L. A. (1997). Rationale for Media Education. Media Literacy in the Information Age. New Brunswick (U.S.A.) and London (UK): Transaction Publishers, 15‒68. (in English) 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2021-yil 28-oktabr, PQ–5177-son.“Ta’limni raqamlashtirish milliy strategiyasi to‘g‘risida” 3. Fedorov, A. V. (2007). Razvitie mediakompetentnosti i kriticheskogo myshlenija studentovpedagogicheskogo vuza [Development of media competence and critical thinking
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL of students of a pedagogical university]. Moscow: MOO VPP YUNESKO «Informaciya dlya vsekh» (in Russian). 4. Naidonova L. A. (2013). Osnovy mediapsykholohii: kontseptualna terytoriia i kohnityvnyi landshaft [Fundamentals of media psychology: conceptual territory and cognitive landscape], Aktualni problemy psykholohii, 12(16), 316‒322. (in Ukraine) 5. Vasil'evna, Ch. N. (2012). Mediagramotnost' kak kljuchevaja kompetencija sovremennogo specialista: struktura i soderzhanie [Media literacy as the key competence of a modern specialist: structure and content]. Vestnik of Northern (Arctic) Federal University Series Humanitarian and Social Sciences, 1, 152–158 (in Russian). 6. Alvermann, D. E., & Hagood, M. C (2000). Critical Media Literacy: Research, Theory, and Practice in “New Times”. The Journal of Educational Research, 93(3), 193–205.