"PROVIZORSKIY" GEPATOPROTEKTOR BALZAMINI O'TKIR ZAHARLILIGINI O`RGANISH
Full text
433 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz “PROVIZORSKIY" GEPATOPROTEKTOR BALZAMINI O’TKIR ZAHARLILIGINI O`RGANISH G.A.Alimdjanova Z.T.Fayziyeva Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi е-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17341902 Dolzarbligi.O`simlik tarkibli ko`p komponentli preparat bo`lib,turli davolash mexanizmiga ega organizm uchun nojo`ya ta`sir ko`rsatmaydi.Shundan kelib ciqqan holda,”Provizorskiy” gepatoprotektor balzamini farmakologik xususiyati ekspremental modellarda o`rganildi. Maqsadi: ”Provizorskiy” gepatoprotektor balzamini o`tkir zaharliligini o`rganish. Material va usullar. O‘tkir zaharlilikni umumiy qabul qilingan uslub bo‘yicha, tana massasi 180-220 g bo‘lgan zotsiz oq (erkak jinsdagi) kalamushlarda o‘rganildi. Har bir guruhda 6 tadan sichqon bo‘lib, jami 30 ta sichqondan foydalanildi. Nazorat guruhidagi sichqonlarga bir marotaba ogíz orqali (per os) mahsus temir olivali zond yordamida, ekvivalent hajmdagi distillangan suv ichirildi. Balzamni tajriba hayvonlariga bir marotaba ogíz orqali (per os) mahsus temir olivali zond yordamida, 20% suvli suspenziya ko‘rinishida: 2000 mg/kg (2 ml/200 g), 4000 mg/kg (4 ml/200 g), 5000 mg/kg (5ml/200g), 6000 mg/kg (6 ml/200 g) dozalarda yuborildi. So‘ngra hayvonlarni guruhlar bo‘yicha alohida qafaslarga joylanib, bir soat davomida to‘xtovsiz kuzatildi, keyin birinchi sutka davomida har soatda, qolgan 13 kun ichida esa kuniga bir martadan tekshirib nazorat qilinib turildi (kuzatishning umumiy muddati 14 kun). Bunda hayvonlarning umumiy ahvoli, ularning o‘zini tutishi, qaltiroq borligi va tavsifi, harakatlar muvozanati, skelet mushaklari tonusi, tashqi qo‘zg‘atuvchilarga reaktsiyasi, nafas olish tezligi va chuqurligi, yurak qisqarish maromi, jun va teri qoplami holati, shilliq qavatlar rangi, dum holati, axlat massasining holati va konsistentsiyasi, ozuqa va suv iste'mol qilinishi, shuningdek toksik ta'sirni tavsiflovchi boshqa ko‘rsatkichlar hisobga olindi. Eksperiment vaqtida barcha hayvonlarni vivariyning standart sharoitlarida saqlandi va to‘liq ozuqa va suvli ratsionda boqildi. Tadqiqot natijalari 1-2-3 jadvallarda ko’rsatilgan. Tajriba natijalari. O’rganilayotgan balzam nisbatan kichik 2000 mg/kg dozada deyarli salbiy reaksiyalardan holi ekanligi aniqlandi. Tajriba hayvonlarida sezilarli o’zgarishlar kuzatilmadi. Balzamning dozasini 4000; 5000 va 6000 mg/kg dozagacha oshirilganda hayvonlar harakatini qisman cheklanishi, qisqa muddatga ularni bir yerga to’planib olishi, nafas harakatini biroz yuzaki bo’lishi va nafas olish sonini tezlashishi, bir qism hayvonlarda esa peshob ajralishini kuchayishi kuzatildi. Ko’rsatib o’tilgan o’zgarishlar, 30-60 daqiqa o’tgach o’zining oldingi holatiga qaytib keldi. Butun tajriba davomida biror bir guruh hayvonlarida o’lim holati qayd etilmadi. Shu sababli LD50 ni aniqlash imkoni bo’lmadi. Demak, ”Provizorskiy” gepatoprotektor balzami A.V. Stefanovning moddalarning zaharlilik klassifikatsiyasiga ko’ra, o’rganilgan dozalarda, V sinfga – ya’ni, amalda zaharli bo’lmagan moddalar guruhiga kiradi. Xulosa. ”Provizorskiy” gepatoprotektor balzami bir marta og’iz orqali yuborilganda o’rganilgan dozalarda tajriba hayvonlari uchun kam zaharli hisoblanadi.