scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARIXIY SHAXSLARNING TASVIRLANISHI

Erkaboyeva Nargiza

Abstract

Mazkur maqolada tarixiy shaxslarning adabiyot, tarix va xalq og‘zaki ijodidagi tasvirlanish uslublari tahlil qilinadi. Ayniqsa, tarixiy shaxslarning badiiy obrazga aylanishi jarayonida ularga berilgan baho, yondashuvlar, milliy va madaniy qadriyatlar bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Maqolada o‘quvchilarga tarixiy shaxslar haqida chuqurroq tasavvur berish, ularning obrazlarini to‘g‘ri anglash va mustaqil fikrlashga undash maqsad qilingan.

Full text

Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 195 TARIXIY SHAXSLARNING TASVIRLANISHI Erkaboyeva Nargiza 33umumta’lim maktabi Namangan viloyati Davlatobod tumani Annotatsiya Mazkur maqolada tarixiy shaxslarning adabiyot, tarix va xalq og‘zaki ijodidagi tasvirlanish uslublari tahlil qilinadi. Ayniqsa, tarixiy shaxslarning badiiy obrazga aylanishi jarayonida ularga berilgan baho, yondashuvlar, milliy va madaniy qadriyatlar bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Maqolada o‘quvchilarga tarixiy shaxslar haqida chuqurroq tasavvur berish, ularning obrazlarini to‘g‘ri anglash va mustaqil fikrlashga undash maqsad qilingan. Kalit so‘zlar: Tarixiy shaxs, badiiy obraz, tarix, adabiyot, yodgorlik, milliy o‘zlik, xalq qahramoni, qiyosiy tahlil Kirish Tarixiy shaxslar – o‘z faoliyati, jasorati, ilm-fani yoki ijtimoiy-siyosiy ishlari orqali xalq, jamiyat va davlat taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan insonlardir. Ular haqida ma’lumotlar tarixiy manbalarda, badiiy asarlarda, xalq og‘zaki ijodida va zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda uchraydi. Bugungi kunda maktab o‘quvchilari orasida tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Ammo ularni tasvirlashda faqat bir tomonlama yondashuv emas, balki ilmiy, tahliliy, madaniy va estetik qarashlar asosida baholash zarur. Ushbu maqolada tarixiy shaxslarning adabiyot va tarixiy manbalarda tasvirlanishi, ularning obrazining shakllanish jarayoni va bu tasvirlarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Metodlar Mazkur tadqiqotda quyidagi metodlar qo‘llanildi: Tarixiy-tahliliy metod – tarixiy shaxslarning hayoti haqida yozilgan manbalarni o‘rganish. Qiyosiy tahlil – bir shaxs haqida yozilgan turli asarlar, yondashuvlar va manbalarni solishtirish. Adabiy tahlil – tarixiy shaxslarning badiiy asarlardagi obrazlarini tahlil qilish. Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 196 Sotsiologik yondashuv – maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan mini-so‘rovnoma orqali ularning tarixiy shaxslarga munosabati o‘rganildi. Didaktik yondashuv – o‘quvchilarni mustaqil tahlil qilishga undovchi metodik materiallardan foydalanildi. Badiiy obraz borliqdagi inson, narsa, hodisaning san’atkor ko’zi bilan ko’rilgan va ideali asosida ijodiy qayta ishlagan aksi demakdir. Badiiy obraz yordamida ijodkor o’zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi, Yozuvchi o’z asariga hayotiy hodisa va kishilarni material qilib oladi. Shu jumladan, agar asar tarixiy material asosida yozilgan bo’lsa, ma’lum tarixiy shaxslar ham badiiy asarning qahramoni etib tasvirlanishi mumkin. Shahodat Isaxonovaning “Turon malikasi” tarixiy romanidagi Amir Temur, Bibixonim, Xalil Sulton, Shod Mulk, Shohrux Mirzo, Mirzo Ulug’bek, Tuman Og’o, Gavharshodbegim, Xoja Yusuf, Shayx Nuriddin, Burunduq Barlos kabi bir qator shaxslar haqiqatan tarixda yashab o’tgan shaxlar bo’lib, ayni paytda ular tarixiy romanning badiiy obrazlaridir. “Yozuvchi badiiy obrazlar vositasida o’sha davrdagi tarixiy, ijtimoiy-siyosiy muammolarni badiiy tadqiq etadi, obrazlar tizimi vositasida bu boradagi fikr-qarashlarini shakllantiradi va o’zi anglagan haqiqatni tugal bir qarash, tizim holidagi badiiy xulosa tarzida ifoda etadi”. 1. Tarixiy va badiiy manbalar • Asosiy tarixiy asarlar: o “Temur tuzuklari” – Amir Temur tomonidan yozilgan asar bo‘lib, unda siyosiy qarashlari, hukmronlik asoslari va shaxsiy fazilatlari ifodalangan. o “Boburnoma” – Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub memuar asar, unda tarixiy shaxs sifatidagi faoliyati va dunyoqarashi yoritilgan. • Badiiy asarlar: o Abdulla Qodiriy – “O‘tkan kunlar” (tarixiy davr va ijtimoiy shaxslar tasviri). o Pirimqul Qodirov – “Avlodlar dovoni” (Bobur obrazining badiiy talqini). o Xalq rivoyatlari va dostonlaridan Jaloliddin Manguberdi, Alp Er To‘nga, Shayboniyxon haqidagi og‘zaki ijod namunalaridan foydalanildi. Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 197 2. Darsliklar va metodik qo‘llanmalar • Umumta’lim maktablarining 7–9-sinflari uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston tarixi, Adabiyot va Ma’naviyat asoslari darsliklari asosiy tahlil materiallari sifatida xizmat qildi. • Shuningdek, o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar, tarix va adabiyot fanlari bo‘yicha ish rejalari ham tahlil qilindi. 3. Ilmiy-ommabop va ensiklopedik manbalar • O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi (Amir Temur, Bobur, Jaloliddin Manguberdi haqidagi maqolalar). • “Tarixiy shaxslar” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop maqolalar, tezislar va internetdagi ochiq manbalar (respublika va xalqaro nashrlar). 4. Empirik ma’lumotlar • Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7–9-sinf o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan mini-so‘rovnoma natijalari. o So‘rovnoma savollari: Qaysi tarixiy shaxslarni bilasiz? Ular haqida qayerdan ma’lumot olgansiz? Siz uchun eng qiziqarli tarixiy shaxs kim? o So‘rovnoma natijalari statistik jadval shaklida umumlashtirildi va maqola natijalar qismida tahlil qilindi. 5. Texnik vositalar va dasturlar • Matnlarni qayta ishlash uchun Microsoft Word, Excel, va grafik ko‘rinishda tahlil qilish uchun oddiy vizualizatsiya dasturlari (diagramma va grafiklar uchun). • Elektron kutubxonalar va raqamli ma’lumotlar bazalari: ziyonet.uz, lex.uz, n.ziyouz.com, kitob.uz va boshqalar. Asardagi obrazlarda adibning hissiy munosabati ham o’z aksini topgan. Hissiy munosabat badiiy konsepsiyani shakllantirishda, asar mazmunini o’quvchiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Turon malikasi” romanida yozuvchi Bibixonim obraziga alohida mehr, iliqlik, samimiylik bilan yondashadi. Ayni paytda, ijodkor qahramonining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy zarbalardan iztirobga Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 198 tushayotganidan qayg’uradi:”... Yo, tangrim! Bu ne yozuq, bu ne qismat bo’ldi? Yoki avvalim ham oxirim ham obod bo’lur deb ko’p ishonib yubordimmu? Tangrim, bul ne sir, bul ne sinov?! Yo o’zingga takabburlik qildimmu? Yoxud umrim shominda peshonamg’a bitilg’ani shul achchiq qismatmu? Eng achchiq qismat sharobini ichdimku! Bundin ortiq yana ne bo’lishi mumkun?” Mo’jaz san’at asarlari turli mamlakatlarda shu jumladan O’zbekiston hududida juda ham qadim zamondan taraqqiy etib, qadimiy qo’lyozmalarga ishlangan. Chunonchi, Alisher Navoiyning “Xamsa” asarlariga ishlangan rasmlar bunga misol bo’la oladi. o’zbek portret sanʼati ham boy tarixga ega. Bu sanʼat namunalari qad. va o’rta asrlar sanʼatida uchraydi (YunonBaqtriya, Xorazm, Kushan podsholarining haykal va tanga yuzalariga ishlangan bo’rtma tasvirlari), Amir Temur va temuriylar, Shayboniylar hamda Boburiylar davri sanʼati (Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Muhammad Murod Samarqandiy va b.)dagi miniatyuralarda maʼlum darajada taraqqiy etgan. Nafis (mo’jaz rasm) miniatyura taraqqiyoti davomida bir asar ustida bir necha sanʼatkorlar ijodiy hamkorlik qilgan, kishilar qiyofasi, yuzini tasvirlovchi musavvir nomiga chehrakushoy (yuzni ochuvchi) yoki chehra so’zi qo’shilgan. Natijalar Tadqiqot davomida quyidagi asosiy natijalarga erishildi: Tarixiy shaxslarning tasviri ikki asosiy manba orqali ifodalanadi: Tarixiy hujjatlar va ilmiy manbalar Badiiy asarlar, dostonlar, xalq rivoyatlari O‘rganilgan misollar: Amir Temur – tarixda buyuk sarkarda sifatida; badiiy asarlarda dono, adolatli va qudratli shaxs sifatida gavdalantirilgan. Jaloliddin Manguberdi – vatanparvarlik ramzi sifatida ko‘rsatiladi; xalq orasida “oxirgi qahramon” sifatida yodga olinadi. Zahiriddin Muhammad Bobur – tarixda shoh va olim; adabiyotda lirik shoir, donishmand hukmdor sifatida tasvirlanadi. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan mini-so‘rovnoma (33-maktab): 7–9-sinf o‘quvchilarining 96% Amir Temur obrazini biladi. 65% o‘quvchi Boburnoma haqida eshitgan. 72% o‘quvchi tarixiy shaxslar haqida ko‘proq badiiy asarlar orqali ma'lumot oladi. Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 199 Muhokama Tarixiy shaxslarning tasvirlanishi ularning jamiyatdagi o‘rnini belgilash, tarixiy xotirani saqlash va yosh avlodni tarbiyalashda muhim vositadir. Ayniqsa, badiiy asarlarda ularning jasorati, donoligi va insoniy fazilatlari yoritilishi orqali o‘quvchilarda faxr tuyg‘usi shakllanadi. Biroq, ayrim holatlarda badiiy yondashuvlarda mubolag‘a yoki afsonalashtirish holatlari uchraydi. Shu bois o‘quvchilar tarixiy shaxslar haqida ilmiy asoslangan, manbaviy jihatdan tasdiqlangan ma’lumotlarni olishlari lozim. Shuningdek, maktab darsliklari va qo‘shimcha adabiyotlarda tarixiy shaxslarning hayoti nafaqat voqea-hodisalar ketma-ketligi, balki ularning shaxsiyati, qarashlari, qarorlari ham yoritilishi kerak. Shunday qilib, tarixiy romanda ijobiy obraz haqida yangicha tushuncha shakllandi. Tarixning eklektik falsafasi tarixiy shaxsda umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarni, u bajargan tarixiy vazifani va insonniyatga xos bo‘lgan insoniy kamchiliklarni ajratib turardi. Demak - har bir tarixiy qahramonda, qolaversa, tarixiy romanning har bir tarixiy qahramonida yuksaklik va tubanlik o‘rtasidagi ziddiyat bo`lgan. Ilgarigi romanlar uchun zaruriy bo‘lgan jismoniy va axloqiy barkamollikka ega beg‘ubor yigit tarixiy romanlarda urfdan qolgan edi. Stendal ayol yozuvchilarning nozik romanlarida to‘lib yotgan bunday go‘zal, barkamol yigitlar obrazlari ustidan kulgan edi. O‘sha davr faylasuflari tarixiy roman bunday kamchiliklarni to‘g‘rilashini hamda tarixiy qahramonlar butun yutuq va kamchiliklari bilan gavdalanishi kerakligini bildirishgan. Xulosa Tarixiy shaxslarning tasvirlanishi – bu nafaqat tarixni o‘rganish, balki milliy ong, madaniyat va tarbiyani shakllantirish vositasi hamdir. Quyidagi takliflar asosida mazkur yo‘nalishni yanada samarali qilish mumkin: Maktablarda tarixiy shaxslar haqida ko‘proq badiiy matnlar va tarixiy hujjatlar asosida integratsiyalashgan darslar o‘tkazish. O‘quvchilarga mustaqil ravishda tarixiy shaxslarning obrazini tahlil qilish imkonini beruvchi topshiriqlar berish. O‘quvchilar ishtirokida "Tarixiy shaxslar" mavzusida insholar, prezentatsiyalar va bahs-munozaralar tashkil qilish. Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 200 Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, tarixiy romanning yana bir, muhim xususiyati ideal qahramonni inkor etish va tarixiy jarayonni umumiy tushunishi bilan bog‘liq masala: ozmi ko‘pmi salbiy, biroz rangpar bo‘lgan boshqa qahramonlar uning soyasida qolib ketgan bosh qahramonni rad etadi. Tarixdagi kabi, tarixiy romanda omma, jamoa harakat qiladi.Volter Scott «qahramonlar jamoasi»dan iborat romanlar yaratdi. Demak, tarixiy sharoitlar ta’siri ostida va navbatdagi ijtimoiy vazifalarga muvofiq rivojlangan haqiqat tushunchasi, tarixiy roman estetikasini zamonaviy hayot estetikasiga aylantirmaguncha uni doimiy ravishda shakllantirgan va o‘zgartirgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Bobur Z. M. Boburnoma. Toshkent, G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2015. 2. Temur tuzuklari. Toshkent, Sharq nashriyoti, 2022. 3. Abdurauf Fitrat. Tarixiy shaxslar haqida maqolalar. Toshkent, 2023. 4. O‘zbekiston tarix darsligi (7–9-sinflar). Toshkent, 2022. 5. Xalq rivoyatlari va dostonlari to‘plami. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, 2019.