scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI TARBIYALASH JARAYONIDA XALQ MAQOLLARIDAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY METODLARI

Jumayeva Maxbuba Soatmurod qizi

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash jarayonida xalq maqollaridan foydalanishning zamonaviy metodlari ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Xalq maqollari o‘quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash, ularning ma’naviy va axloqiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim vosita ekanligi asoslanadi. Maqolada interfaol metodlar, axborot texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar asosida maqollardan samarali foydalanish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkuri, nutqi va axloqiy madaniyati rivojlanishiga erishish imkoniyati tahlil qilingan.

Full text

Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 5 Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash jarayonida xalq maqollaridan foydalanishning zamonaviy metodlari ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Xalq maqollari o‘quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash, ularning ma’naviy va axloqiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim vosita ekanligi asoslanadi. Maqolada interfaol metodlar, axborot texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar asosida maqollardan samarali foydalanish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkuri, nutqi va axloqiy madaniyati rivojlanishiga erishish imkoniyati tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Ta'lim-tarbiya, Xalq og'zaki ijodi,Maqollar,Yosh avlod,Metodlar,Milliy qadriyatlar,Milliy an'analar Abstract This article scientifically and methodologically analyzes modern methods of using folk proverbs in the process of educating primary school students. It is based on the fact that folk proverbs are an important tool for educating students in the national spirit, forming their spiritual and moral outlook. The article shows ways to effectively use proverbs based on interactive methods, information technologies, and innovative approaches. As a result, the possibility of achieving the development of thinking, speech, and moral culture of primary school students is analyzed. Keywords: Education, Folklore, Proverbs, Younger generation, Methods, National values, National traditions BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI TARBIYALASH JARAYONIDA XALQ MAQOLLARIDAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY METODLARI Jumayeva Maxbuba Soatmurod qizi Termiz shahar 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 6 Kirish Bugungi globallashuv davrida yosh avlodni milliy ruhda, ma’naviy barkamol, iymon-e’tiqodli va vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Boshlang‘ich ta’lim tizimi — bu o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishining poydevori bo‘lib, aynan shu bosqichda tarbiyaviy ishlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kelajak avlodning ma’naviy qiyofasini belgilaydi. Xalq maqollari esa o‘zining mazmuniy boyligi, qisqaligi va donoligi bilan o‘quvchilarda yaxshi fazilatlarni shakllantirishda eng qulay vositalardan biridir. Respublikamiz Keyingi yillarda ta’lim jarayonida interfaol usulardan foydalanish usullardan foydalanish dars samaradorligiga ijobiy ta’sir qilish bilan bir qatorda , o’quvchi yoshlarning qiziqishini ortishiga , ularning o’qish jarayoniga jiddiyroq e’tibor qaratish imkonini ham yaratmoqda. Umumta’lim maktab o’quvchilarining ta’lim olish jarayoni, ularning bugungi talablar asosida tafakkur va dunyo qarashini shakllantirishga harakatlar kuchayib bormoqda. Ta’limning eng boshlang’ich nuqtasi bo’lgan , boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim jarayoniga jiddiy e’tibor qaratilishining zamirida ham hayotiy haqiqatlar mujassamlashganligini inkor etib bo’lmaydi.Barcha sohaning zamirida bu jarayonning yetakchilik qilishi bejiz emas. O’qituvchining ta’lim sohasidagi islohotlardan asosiy maqsadi ham xalqimiz ongi va shuurida saqlanib kelayotgan, xalq og’zaki ijodini, maqollarni yosh avlod ongiga singdirish, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida mamlakatimiz kelajagini belgilay oladigan barkamol hamda vatanparvar shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Bu o`rinda milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi sanaladigan xalq og`zaki ijodi namunalarini o`quvchilarga tanishtirish, ularga boy tariximiz, otabobolarimizning hayotiy tajribalari, o`lmas ijodiy asarlari orqali bolalar kamolotiga hissa qo`shish dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 7 Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining o‘rni Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun tarbiya jarayoni ta’limdan ham muhimdir, chunki bu davrda shaxsning axloqiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlari shakllanadi. O‘quvchi o‘qituvchining har bir so‘zini, harakatini kuzatadi va unga taqlid qiladi. Shu bois o‘qituvchi o‘z faoliyatida xalq og‘zaki ijodidan, xususan maqollardan oqilona foydalanishi kerak. Maqollar bola ongida hayotiy tajriba sifatida mustahkam o‘rnashadi, ularni o‘ylashga, tahlil qilishga undaydi. Tarbiyaning samaradorligi esa, aynan, o‘quvchining hayotiy misollar orqali to‘g‘ri xulosa chiqarishiga bog‘liqdir. Tarbiya-shaxsda muayyan jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy va ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida qo‘llaniladigan chora-tadbirlar majmuasi tarbiyani tashkil qiladi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga o‘tadi. Pedagogik adabiyotlarda “tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda qo‘llaniladi. Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar va intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari va san’atning barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Xalq maqollarining tarbiyaviy ahamiyati Xalq maqollari o‘zbek xalqining asrlar davomida to‘plagan tajribasi, hayotiy donoligini o‘zida mujassam etgan. Ular insonparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat, mehr-oqibat, do‘stlik kabi fazilatlarni targ‘ib etadi. Masalan, “Mehnat – Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 8 baxt keltirar”, “Yaxshilik qil, suvga tashla”, “Yolg‘onning oyog‘i kalta” kabi maqollar orqali o‘quvchilarga halollik, insoniylik va adolat g‘oyalari singdiriladi. O‘qituvchi bu maqollarni dars jarayonida nafaqat eslatib o‘tishi, balki ularning mazmunini o‘quvchilar bilan birgalikda muhokama qilib, hayotiy misollar asosida tahlil qilishi kerak. Shunda bola nafaqat so‘z ma’nosini, balki uning tarbiyaviy ahamiyatini anglay oladi. Maqollarning tarbiyaviy ahamiyatiga to’xtaladigan bo’lsak, bugungi kun yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda,ularni kamol toptirishda, ma’naviy jihatdan yuksaltirishda muhim rol o’ynaydi. Endi 1-sinfga qabul qilingan o’quvchilarni boshidan , ilk kunlaridanoq maqollar yordamida tarbiyalab borish kelajak uchun mustahkam poydevor qurishlariga zamin yaratadi.Bu orqali ularda ona vatanga muhabbat , do’stlik, sadoqat, mehnatsevarlik, mardlik, odillik, ilm olishga intilish, hunar o’rganish, halollik,yaxshilik, omonatga xiyonat qilmaslik,tozalik va ozodalik, ne’matlarning qadriga yetish,kattaga hurmatda bo’lish ,kichiklarni esa izzat qilish, mehnatkashlik kabi insoniy hislatlar shakllanib boradi. Masalan,boshlang’ich sinf darsliklarida “Mehnat - mehnatning tagi rohat” maqoli keltirilgan . Tuzilishidan oddiy, aytilishidan oson ko’rinsada zamirida olam-olam ma’no bor. Har qanday hayrli ish, chiroyli hayot, yaxshi turmush, jamiki orzu,maqsadlarga mehnat orqali erishiladi. Umumman birgina 1-sinf o’quvchilari hayotini olib qaraydigan bo’lsak , ular uchun bu davr qiyin va murakkab kechadi. Sababi o’yin faoliyatidan uzilmagan bolalarga maktab hayoti, o’qish faoliyati ancha qiyin . Bunday paytda o’qituvchidan katta mahorat talab qilinadi va bu maqolning mazmunini tushuntirish, singdirish orqali o’quvchilarni sabr-qanoatga , mehnatga o’rgatish, kun kelib mehnatining natijasini ko’rishlariga ishontirish va amalyotda ko’rsatish orqali tarbiyalab borilsa yaxshi samaraga erishish mumkin. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 9 Xususan , ular o’z vaqtida darslarini tayyorlashlari, Alifbe kitoblarini o’qishlari ham aslida mehnat va bu mehnati uchun ustozidan bahosini olish jarayoni esa mukofot ,ya’ni mehnatining rohati desak mubolag’a bo’lmaydi.”Mehnatdan kelar boylik, turmush bo’lar chiroylik” - bu maqol ham mehnatning qanchalik muhimligini, yashash uchun ,inson uchun qanchalik zarurligini chiroyli, soddalik bilan ifodalab bergan. “Harakat-harakatda barakat “ maqolini yuqoridagi maqolning mantiqiy davomi desak ham bo’ladi. Biror bir maqsadimizga erishish uchun harakat qilsak, mehnat qilsak shu harakatimiz , mehnatimizga yarasha mukofotini ,barakasini olamiz , rohatini ko’ramiz. “Oltin olma ,duo ol” maqoli zamirida bir nechta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan ma’nolar mujassamlashgan.Keksalarni, ota-onani hurmat qilish ,ularning beminnat xizmatini qilib duosini olish, nafaqat yaqinning ,balki yod insonga ham yaxshilik qo’lini cho’zib yordam berish, haq berganda olmasdan duosini olish nazarda tutilgan . Chunki ota-onaning, keksalarning, muhtojlarning duosi ijobat bo’ladi, yomonliklardan asrab ,yaxshiliklarga yetkazadi.Bu maqolning davomi sifatida xalqimizda yana shunday maqol bor: ”Duo bilan el ko’karar , yomg’ir bilan yer ko’karar”. Bu maqolda yuqoridagi maqolning manosi kengroq ochib berilgan. Duo olgan elning unib-o’sishi , orzulariga yetishini bahor faslida yomg’irdan keyin ko'm-ko’k maysalar unib chiqishiga qiyosan chiroyli o’xshatish qilingan va bu o’quvchi uchun ham maqolning mazmunini tushunishini osonlashtirgan. Bu maqollar boshlang’ich sinf o’quvchilarini haqiqiy insonparvar bo’lib yetishishlariga turtki bo’ladi, biror orzu-maqsadga erishish uchun faqat mehnat qilish emas , balki boshqalarga yordam berib ularning duosini olish kerakligini ham ko’rsatadi.Bu maqollar orqali o’quvchilar ham mehnat qilishga, ham yaxshilik qilishga o’rganib borishadi. Zamonaviy metodlar orqali maqollardan foydalanish Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 10 Hozirgi kunda ta’lim tizimida interfaol va innovatsion metodlardan keng foydalanish zaruriyati mavjud. Maqollarni o‘qitishda ham an’anaviy yondashuv bilan cheklanib qolmasdan, zamonaviy metodlardan foydalanish samaradorlikni oshiradi. Quyidagi metodlar ayniqsa samarali hisoblanadi: 1. **“Aqliy hujum”** – maqol mazmuni yuzasidan o‘quvchilarning erkin fikrlashini rag‘batlantiradi. 2. **“Klaster”** – maqol asosida asosiy tushunchalarni tizimlashtirish, ularni g‘oyaviy jihatdan tahlil qilish imkonini beradi. 3. **“Rol o‘ynash”** – maqol mazmunini sahnalashtirish orqali o‘quvchilar undagi g‘oyani his etadilar. 4. **Axborot texnologiyalari** – maqollarni slayd, video va audio materiallar yordamida ifodalash o‘quvchilar diqqatini kuchaytiradi. Masalan, ‘Mehnat qilgan to‘yadi’ maqoli asosida o‘qituvchi interfaol taqdimot o‘tkazib, bolalar bilan mehnat va dangasalik o‘rtasidagi farqni tahlil qilishi mumkin. Bu o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini va tahliliy qobiliyatini rivojlantiradi. Darsdan tashqari vaqtlarda o’quvchilarga maqollarni yanada singdirish uchun turli xil musobaqalari, maqol mushoiralarini,tadbirlarni o’tkazish yanada yaxshi samara beradi.Chunki o’quvchilar dars davomida ,oilada ,ko’cha –ko’yda eshitgan ,o’rgangan maqollarini amalyotga tadbiq etishga zamin yaratadi.Bundan tashqari o’quvchilarga darsdan tashqari vaqtlarda vaqt imkoniyati kengroq bo’lganligi sababli maqollar turlari,mazmuniga ko’ra turlari ,tahlili bilan shug’ullanish imkoni ham bo’ladi.O’quvchilar o’rgangan maqollarini mazmuniga ko’ra guruhlab turlarga ajratishadi.Qolaversa maqol turlarini o’rganib ,yangi maqolar o’rganib kelish va o’rgangan maqollarini turlarga ,guruhlarga bo’lish topshiriqlari berilishi o’quvchilarni izlanishga,o’rganishga davat etadi Amaliy misollar va tahlillar Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 11 Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, xalq maqollaridan foydalanish dars va tarbiya soatlarining samaradorligini oshiradi. Masalan, ‘Til – dil kaliti’ maqoli asosida ona tili darslarida nutq madaniyati, so‘z boyligini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish mumkin. ‘Do‘st boshiga kulfat tushsa, sinov o‘tadi’ maqoli asosida o‘quvchilarda sadoqat, do‘stlik va hamdardlik fazilatlari shakllanadi. Har bir darsda mavzuga mos maqollar tanlanib, ularni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab tahlil qilish zarur. Shuningdek, darsdan tashqari tadbirlarda, ‘Maqollar kechasi’, ‘Donolik saboqlari’ kabi tanlovlar tashkil etish ham foydalidir. Bu orqali bolalarda mustaqil fikrlash, milliy qadriyatlarga hurmat, estetik did va axloqiy fazilatlar rivojlanadi. To‘garaklar, ko‘rik, viktorina va musobaqalarni tashkil etishda ham tarbiyachi o‘quvchilarga ijobiy ta’sir etuvchi usullarni tanlaydi: tushintirish, talab, musobaqa, namuna, mashq, topshiriq, maqtash, qo‘llab quvvatlash, rag‘batlantirish va h. k. Biz amaliy faoliyat ko‘rsatadigan Sirdaryo viloyati Guliston shahar 8-o‘rta umumta’lim maktab ta’lim muassasasida bir necha to‘garaklar, bayram tadbirlari, musobaqalar, ko‘riklar, sayohatlar tashkil etiladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar bunga katta qiziqish bilan intiladilar. Boshling‘ich sinflar o‘rtasida «Kamtarlik, nafosat, odob-axloq» mavzularida viktorina o‘tkazdik. Viktorina quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi: Odob-axloq mavzusida sahna ko‘rinishi. Savollarga to‘g‘ri javob berish. Bahor mavzusida rasm chizish. Xalq maqollarini bilish. Odob-axloq haqidagi Hadislar. Viktorinaning birinchi shartida o‘quvchilarni o‘z hayotlari, maktab hayoti voqeylikdan sahna ko‘rinishlari bajarishadi. Sahnada yuz berayotgan voqeyliklar o‘quvchilar his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatadi, yomon hulq-atvorga ega bo‘lgan Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 12 obrazlarga nisbatan nafrat, ijobiy fazilatlar xatti-harakatlarga havas uyg‘otadi. Bunda namuna, taqlid usullari qo‘llaniladi. Darsdan tashqari tashkil etiladigan har qanday tadbir, tarbiya vositalaridan foydalanishni o‘quvchilar bilan birga uni taxlil etishni, u haqda mulohaza yuritishni, suhbat o‘tkazishni taqozo etadi. Shundagina u tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qila oladi va o‘quvchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘zbek xalq maqollari turli mavzular asosida o‘rganilishi mumkin. Shuningdek, darsdan tashqari mustaqil yoki ijodiy ish sifatida o‘quvchiga bir necha maqollar mazmuniga mos keluvchi suratlarga sharh yozdirish ham foydadan holi emas. «Bulbul chamanni sevar - odam Vatanni», «Daraxtni er ko‘kartiradi, odamni el ko‘kartiradi», «Ona yurting - oltin beshiging», «Eli baquvvatning, beli baquvat», «Oltin olma - duo ol», «Qo‘shning tinch - sen tinch», «Mehnatdan kelsa boylik - turmush bo‘lar chiroylik», «Mehnat - mehnatning tagi rohat», «Mehnat qilsang rohat ko‘rasan», «Odam vatanni sevar - bulbul chamanni» kabi maqollarni o‘qib berish maqsadga muvofiqdir . Ularni o‘rgangan o‘quvchi kelasi darsga o‘zi ham mustaqil ravishda shu mavzudagi maqollardan topib keladi va ularni izohlab beradi. O‘yin paytida suhbatdoshiga ta’sirchan gap aytish uchun qaysi maqolni keltirgan ma’qul degan topshiriq ham beriladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun bu topshiriq zehni o‘tkirlikni, hozirjavoblikni, izlanuvchanlikni, qiziqishni, mas’uliyatni sezishni taqozo etadi. «So‘z ko‘rki - maqol» - deb nomlangan ko‘rik tanlovlar, intellektual musobaqalar o‘tkazish mumkin. Bu musobaqalarda maqolning tub ma’nosini tushunib etgan, eng ko‘p maqol biladigan, uning ahamiyatini sharxlab beradigan o‘quvchilar alohida rag‘batlantiriladi. Guruhlar bu musobaqalarga maqollar mavzusida devoriy gazetalar, albomlar, bukletlar va tasviriy ko‘rgazmalar bilan keladilar. Topishmoqlar va tez aytishlar, erkalamalar, ovuimachoqlar kabi ixcham Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 13 janrlardan o‘rinli foydalana olish ham yaxshi tarbiyaviy samara beradi. Bunday tanlovlar har doim ham kichik yoshdagi o‘quvchilar tarbiyasiga juda katta ta’sir o‘tkazadi, ularning fikr doirasini kengaytiradi. . Maktab yoshidagi o‘quvchilarga faqatgina maktabda olib borilayotgan tarbiya, dars, mashg‘ulotlar bilan cheklanib qolmay, oilada ham o‘quvchilar uchun o‘z ta’sirini o‘tkazadigan sharoit, muhit, tarbiya, munosabat ham kichik yoshdagi bolalar uchun katta ta’sir o‘tkazadi. Xulosa Keyingi yillarda ta’lim jarayonida interfaol usulardan foydalanish usullardan foydalanish dars samaradorligiga ijobiy ta’sir qilish bilan bir qatorda , o’quvchi yoshlarning qiziqishini ortishiga , ularning o’qish jarayoniga jiddiyroq e’tibor qaratish imkonini ham yaratmoqda. Umumta’lim maktab o’quvchilarining ta’lim olish jarayoni, ularning bugungi talablar asosida tafakkur va dunyo qarashini shakllantirishga harakatlar kuchayib bormoqda. Ta’limning eng boshlang’ich nuqtasi bo’lgan , boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim jarayoniga jiddiy e’tibor qaratilishining zamirida ham hayotiy haqiqatlar mujassamlashganligini inkor etib bo’lmaydi.Barcha sohaning zamirida bu jarayonning yetakchilik qilishi bejiz emas. Xalq maqollaridan foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda eng qadimiy, ammo doimo dolzarb usuldir. Ular milliy mentalitetimiz, ma’naviy qadriyatlarimizni yosh avlodga yetkazishda beqiyos ahamiyatga ega. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va texnologiyalar yordamida maqollarni dars jarayoniga samarali tatbiq etish orqali o‘quvchilarda axloqiy madaniyat, tafakkur kengligi, mustaqil fikrlash, milliy g‘urur kabi fazilatlar rivojlanadi. Demak, xalq maqollarini zamonaviy metodlar bilan uyg‘unlashtirish bugungi ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar