GIPOKINEZIYA SHAROITIDA YOG`LI DIETA BILAN NAYJK MODELINI YARATISH
Abstract
Ushbu eksperimental tadqiqotda yuqori yog‘li dieta bilan oziqlantirilgan oq kalamushlar modeli orqali jigar to‘qimalarida yuzaga keladigan gistostrukturaviy o‘zgarishlar o‘rganildi. Gistostrukturaviy o‘zgarishlar noalkogolli yog‘li jigar kasalligi bosqichlar yuzaga keladigan steatoz (jigar parenximasini yog` bosishi), yallig‘lanish va fibrozlanishni turli rivojlanish elementlari bilan mos tushadi[1,2,3]. Ushbu ma’lumotlar Noalkogolli yog‘li jigar kasalligi (NAYJK) rivojlanish mexanizmini eksperimental sharoitda baholash imkonini beradi va klinik-morfologik bog‘liqlikni ko`rsatadi[4-5].
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL X.M. Aliyev, B.T. Sharobidinov Andijon Davlat Tibbiyot Institut GIPOKINEZIYA SHAROITIDA YOG`LI DIETA BILAN NAYJK MODELINI YARATISH Annotatsiya: Ushbu eksperimental tadqiqotda yuqori yog‘li dieta bilan oziqlantirilgan oq kalamushlar modeli orqali jigar to‘qimalarida yuzaga keladigan gistostrukturaviy o‘zgarishlar o‘rganildi. Gistostrukturaviy o‘zgarishlar noalkogolli yog‘li jigar kasalligi bosqichlar yuzaga keladigan steatoz (jigar parenximasini yog` bosishi), yallig‘lanish va fibrozlanishni turli rivojlanish elementlari bilan mos tushadi[1,2,3]. Ushbu ma’lumotlar Noalkogolli yog‘li jigar kasalligi (NAYJK) rivojlanish mexanizmini eksperimental sharoitda baholash imkonini beradi va klinik-morfologik bog‘liqlikni ko`rsatadi[4-5]. Kalit so‘zlar: NAYJK, yog‘li dieta, jigar, eksperimental model, gistostruktura, steatoz, fibroz, ballonli degeneratsiya Kirish Noalkogolli yog‘li jigar kasalligi (NAYJK) — metabolik sindrom fonida rivojlanadigan, jigar parenximasida yog‘ to‘planishi, yallig‘lanish va fibrozlanishni rivojlanishi bilan kechadi[1,2] Bugungi kunda u global sog‘liq muammolaridan biri bo‘lib, ayniqsa semizlik va insulin rezistentlik bilan bog‘liq[2]. Ushbu kasallikni eksperimental sharoitda o‘rganish uchun yuqori yog‘li dieta asosidagi hayvon modellaridan foydalaniladi[3,5,7,8]. Klinik amaliyotda tez-tez uchrab turuvchi noalkogolli yog`li jigar kasalligi laboratoriya hayvonlarida eksperimental modellar orqali yuqori kaloriyali yog`li ovqatlantirish bilan yuzaga keluvchi jigardagi gistostrukturaviy o`zgarishlar bilan morfologik jihatdan mos keladi[5,6]. Tadqiqotning maqsadi — yog‘li dieta bilan oziqlantirilgan kalamushlar jigari gistostrukturasidagi o‘zgarishlarni o‘rganish va ularni NAYJK dagi klinik belgilar bilan muvofiqlashtirishdir. Materiallar va metodlar Tadqiqot uchun 120 ta sog‘lom erkak jinsli oq kalamush (vazni 150–160 g) tanlab olindi va 3 guruhga bo‘lindi: 1-guruh (Nazorat) – Vivariya sharoitida keng qafaslarda saqlandi, standart odatiy ovqat va ichimlik suvi bilan ta`minlandi; 2-guruh (Tajriba) –Vivariya sharoitida yuqori yog`li ozuqa va ichimlik suvi berildi; 3-guruh (Tajriba) – gipokineziya sharoitida (maxsus tor qafaslarda), yuqori yog‘li tarkibli mahsulotlar (hayvon yog‘i, to‘yinmagan yog‘ kislotalari) bilan oziqlantirildi, ichimlik suvi bilan ta`minlandi. Jigar parenximasida rivojlanadigan gistostrukturaviy jarayonlarni dinamikada o`rganish uchun tajribalar 60 sutkagacha davom etdi. Tajriba ning 3-7-15-30-60 sutkalarida labarotoriya hayvonla
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL anesteziya ostida jonsizlantirildi va jigar bo`laklari ajratib olindi.To‘qimalar 10% formalin eritmasida fiksatsiya qilinib, parafin bloklar tayyorlandi. 5-7 mkm qalinlikdagi kesmalar tayyorlandi. Umumgistologik, gistokimyoviy va morfologik usullar orqali baholash NAYJK dagi steatoz, ballonli degeneratsiya va fibroz darajasini tahlil qilish imkonini berdi[9]. Natijalar Tajriba guruhidagi kalamushlarning jigar to‘qimalarida quyidagi o‘zgarishlar kuzatildi: - Gepatotsitlarda makrovaakuolyar steatoz - Ballonli degeneratsiya – yadro atrofida vakuolizatsiya va sitoplazma shishishi - Portal va perisinusoidal zonalarda yengil fibroz (Masson trixrom bo‘yicha) Biokimyoviy tahlillarda ALT va AST darajasi ortishi tahlil qilindi. Olingan gistologik natijalar NAYJK bosqichlarida kuzatiladigan tipik o‘zgarishlarga mos kelishi o`rganildi. Yog‘li dieta bilan oziqlantirish jigar parenximasida metabolik disfunktsiya, lipotoksik ta’sir va oksidlovchi stressga olib keladi[4,10]. Steatoz — NAYJK ning ilk bosqichi bo‘lsa, ballonli degeneratsiya fibrozlanish bosqichining belgilaridir[9]. Tadqiqotda kuzatilgan gistostruktura o‘zgarishlari NAYJK klinik belgilari bilan mos tushadi: o‘ng qovurg‘a osti og‘rig‘i, charchoq, og‘irlik hissi va ALT/AST ko‘tarilishi[1].Shuningdek, ushbu model yordamida NAYJK ning dastlabki bosqichlarini baholash, gepatoprotektiv dorilar samaradorligini o‘rganish mumkin[10]. Xulosa Yuqori yog‘li dieta bilan oziqlantirilgan kalamushlar jigarida kuzatilgan gistomorfologik o‘zgarishlar NAYJK ning eksperimental modeli sifatida ko`rinadi. Bu model klinik sharoitda kuzatiladigan NAYJK patogenezini morfologik jihatdan chuqur o‘rganishga xizmat qiladi va kelgusida profilaktika va davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Adabiyotlar 1. 1. Chalasani et al. N. et al. (2018). The diagnosis and management of non‐alcoholic fatty liver disease. Hepatology, 67, 328–357. 2. 2. Younossi et al. Z.M. et al. (2016). Global epidemiology of NAFLD. Hepatology, 64, 73– 84. 3. 3. Ibrahim et al. S.H. et al. (2018). Animal models of NASH. Digestive Diseases and Sciences, 63(5), 1149–1161. 4. 4. Machado and Diehl M.V., Diehl A.M. (2016). Pathogenesis of NASH. Gastroenterology, 150(8), 1769–1777. 5. 5. Kucera and Cervinkova O., Cervinkova Z. (2014). Experimental models of NAFLD in rats. World J Gastroenterol, , 8364–8376. 6. 6. Wang et al. X. et al. (2020). Effects of high-fat diet on liver injury. Sci Rep, 10, 17477. 7. 7. Hebbard and George L., George J. (2011). Animal models of NAFLD. Nat Rev Gastroenterol Hepatol, 8, 35–44. 8. 8. Takahashi et al. Y. et al. (2012). Animal models of NAFLD/NASH. World J Gastroenterol, 2300–2308. 9. 9. Kleiner et al. D.E. et al. (2005). Histological scoring system for NAFLD. Hepatology, 41, 1313–1321.