scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHET ELDA MEHNAT QILAYOTGAN OTA ONALAR FARZANDLARINING MOTIVATSIYASINI OSHIRISH ORQALI O'QUV FAOLIYATIGA MOSLASHUVINI TAʼMINLASHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

T.J.Hamroyev

Abstract

Biror oilaning a’zosi mehnat migratsiyasiga ketganida, u nafaqat iqtisodiy, balki ruhiy va ijtimoiy tizimda ham sezilarli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ota-onaning uzoq muddatli yo‘qligi bolalarda hissiy bo‘shliq, xavotir, e’tibor yetishmovchiligi, o‘zini qadrsiz his etish kabi holatlarni keltirib chiqara oladi. Shu bois mehnat migratsiyasi sharoitida o‘sib kelayotgan farzandlarning psixologik moslashuvi nafaqat individual ruhiy barqarorlik, balki oila ijtimoiy sog‘lomligining muhim ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. Mazkur tadqiqotda mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq oilalarda bolalarning hissiy-irodaviy holati, stressga qarshi turish darajasi va ijtimoiy moslashuv mexanizmlari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — chet elda ishlayotgan ota-onalar farzandlarida kuzatilayotgan oilaviy-psixologik muammolarni aniqlash, ularning ijtimoiy va hissiy adaptatsiya darajasini baholash hamda bu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni tizimli o‘rganishdan iborat. Ishda ota-ona muloqotining yetishmasligi, emotsional bog‘liqlikning sustlashuvi, bolaning o‘zini anglash mexanizmlaridagi o‘zgarishlar kabi psixologik jihatlar chuqur tahlil qilinadi. Shu bilan birga, mahalla, maktab, tengdoshlar guruhi kabi muqobil ijtimoiy tizimlarning kompensator roli ham o‘rganiladi. Tadqiqot amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, natijalar oilaviy psixologiya va bolalar psixokorreksiyasi sohasida samarali qo‘llanishi mumkin. Olingan natijalar bolalarning psixologik moslashuvini qo‘llab-quvvatlashda oilaviy muloqotni tiklash, ijtimoiy-psixologik yordam dasturlarini ishlab chiqish va psixoprofilaktik chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot mehnat migratsiyasi oqibatida oilaviy tizimda yuzaga keladigan psixologik disbalansni bartaraf etish, farzandlarning sog‘lom shaxs sifatida kamol topishini ta’minlash va milliy tarbiya qadriyatlarini zamonaviy psixologik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘lidagi muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL T.J.Hamroyev Osiyo Xalqaro Universiteti CHET ELDA MEHNAT QILAYOTGAN OTA ONALAR FARZANDLARINING MOTIVATSIYASINI OSHIRISH ORQALI O‘QUV FAOLIYATIGA MOSLASHUVINI TAʼMINLASHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI Annotatsiya: Biror oilaning a’zosi mehnat migratsiyasiga ketganida, u nafaqat iqtisodiy, balki ruhiy va ijtimoiy tizimda ham sezilarli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ota-onaning uzoq muddatli yo‘qligi bolalarda hissiy bo‘shliq, xavotir, e’tibor yetishmovchiligi, o‘zini qadrsiz his etish kabi holatlarni keltirib chiqara oladi. Shu bois mehnat migratsiyasi sharoitida o‘sib kelayotgan farzandlarning psixologik moslashuvi nafaqat individual ruhiy barqarorlik, balki oila ijtimoiy sog‘lomligining muhim ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. Mazkur tadqiqotda mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq oilalarda bolalarning hissiy-irodaviy holati, stressga qarshi turish darajasi va ijtimoiy moslashuv mexanizmlari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — chet elda ishlayotgan ota-onalar farzandlarida kuzatilayotgan oilaviypsixologik muammolarni aniqlash, ularning ijtimoiy va hissiy adaptatsiya darajasini baholash hamda bu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni tizimli o‘rganishdan iborat. Ishda ota-ona muloqotining yetishmasligi, emotsional bog‘liqlikning sustlashuvi, bolaning o‘zini anglash mexanizmlaridagi o‘zgarishlar kabi psixologik jihatlar chuqur tahlil qilinadi. Shu bilan birga, mahalla, maktab, tengdoshlar guruhi kabi muqobil ijtimoiy tizimlarning kompensator roli ham o‘rganiladi. Tadqiqot amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, natijalar oilaviy psixologiya va bolalar psixokorreksiyasi sohasida samarali qo‘llanishi mumkin. Olingan natijalar bolalarning psixologik moslashuvini qo‘llab-quvvatlashda oilaviy muloqotni tiklash, ijtimoiy-psixologik yordam dasturlarini ishlab chiqish va psixoprofilaktik choratadbirlarni yo‘lga qo‘yish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot mehnat migratsiyasi oqibatida oilaviy tizimda yuzaga keladigan psixologik disbalansni bartaraf etish, farzandlarning sog‘lom shaxs sifatida kamol topishini ta’minlash va milliy tarbiya qadriyatlarini zamonaviy psixologik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘lidagi muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: mehnat migratsiyasi, migratsion oilalar, psixologik moslashuv, adaptatsiya mexanizmlari, oilaviy muhit, emotsional yetishmovchilik, ota-ona muloqoti, bola ruhiy holati, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, psixokorreksion yordam Kirish. Zamonaviy globallashuv jarayonlari natijasida mehnat migratsiyasi inson hayotining ajralmas ijtimoiy hodisasiga aylanib bormoqda. O‘zbekiston fuqarolarining xorijda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi nafaqat iqtisodiy farovonlikni oshirish, balki oilaviy va psixologik tizimlarga ham kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ota-onasining biri yoki har ikkisi uzoq muddat chet elda bo‘lgan bolalarda ruhiy muvozanatning buzilishi, emotsional bog‘liqlikning zaiflashuvi va ijtimoiy moslashuvdagi qiyinchiliklar kuzatiladi. Shu bois bu masala bugungi kunda nafaqat ijtimoiy, balki psixologik jihatdan ham o‘ta dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Bolaning ruhiy barqarorligi, o‘zini qadrlashi va ijtimoiy moslashuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri oiladagi hissiy muhitga bog‘liq bo‘lgani uchun, migratsiya sharoitida bu bog‘liqlikning uzilishi chuqur psixologik iz qoldiradi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Bugungi kunda chet elda ishlayotgan ota-onalarning soni yildan-yilga ortib borayotgani, ularning farzandlari esa asosan mahalla, qarindoshlar yoki onalarining qarovida qolayotgani ijtimoiy muammolarni yanada keskinlashtirmoqda. Bunday oilalarda bolalarning hissiy ehtiyojlari to‘liq qondirilmagani sababli ularning o‘zini namoyon etish, ijtimoiy rolni anglash va o‘z-o‘zini qadrlash jarayonlari sustlashadi. Bu holat o‘smirlik davrida o‘ta sezilarli ko‘rinish oladi, chunki bu bosqichda shaxsiy identifikatsiya, o‘ziga ishonch va ijtimoiy integratsiya jarayonlari eng faol kechadi. Shu jihatdan, migratsion oilalar farzandlari bilan ishlash, ularning ruhiy holatini baholash va moslashuv mexanizmlarini o‘rganish zamonaviy psixologiya oldida turgan muhim ilmiy-amaliy vazifalardan biridir. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, mehnat migratsiyasi jarayonida oilaviy munosabatlar strukturasi o‘zgaradi, natijada “emotsional yetimlik” yoki “psixologik masofa” degan tushunchalar yuzaga keladi. Bolaning ota-onasi bilan muntazam muloqotda bo‘lmasligi, ularning diqqat-e’tiborini his qilmasligi shaxsiy rivojlanishga, ijtimoiy moslashuvga va ruhiy barqarorlikka bevosita ta’sir etadi. Natijada bola o‘zini jamiyatdan ajralgan, e’tiborsiz yoki qadrsiz his qilishi mumkin. Bu holat depressiv kayfiyat, xavotir, tajovuzkorlik, o‘zini tutolmaslik, ijtimoiy chekinish kabi salbiy psixik holatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun, migratsiya bilan bog‘liq oilalarda psixologik moslashuvni o‘rganish yosh avlodning sog‘lom rivojlanishi uchun zarur shartlardan biridir. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyili doirasida ijtimoiy himoya va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash siyosati migratsion oilalar masalasini ham yangi bosqichga olib chiqdi. “Oila konsepsiyasi”, “Oila kodeksi”, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda “2022– 2026-yillarga mo‘ljallangan Inson huquqlarini himoya qilish milliy strategiyasi”da oilaviy muhitda ruhiy sog‘lomlikni ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu esa ilmiy tadqiqotlarning nazariy va amaliy yo‘nalishlarini aniqlash, oilaviy psixologiyani yanada rivojlantirish hamda migratsion oilalar farzandlariga psixologik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Mazkur mavzu ijtimoiy-psixologik jihatdan nafaqat nazariy asosga ega, balki amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Tadqiqot doirasida bolalarning hissiy holatini, o‘zini qadrlash darajasini, stressga bardoshlilikni va adaptatsiya mexanizmlarini o‘rganish orqali ularning ruhiy holatini yaxshilashga qaratilgan psixokorreksion va profilaktik dasturlar ishlab chiqish mumkin. Shu jarayonda maktab psixologlari, o‘qituvchilar, mahalla faollari hamda ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlik alohida o‘rin tutadi. Chunki bola moslashuvi ijtimoiy tizimlarning uzviy hamkorligi orqali samarali shakllanadi. Chet elda mehnat qilayotgan ota-onalar farzandlarining psixologik holatini o‘rganish masalasi – bu shunchaki oilaviy muammo emas, balki jamiyatning ijtimoiy-axloqiy barqarorligini ta’minlovchi omillardan biridir. Bu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar bolalarning ruhiy muvozanatini tiklash, oilaviy rishtalarni mustahkamlash va milliy qadriyatlar asosida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu sababdan ham mazkur mavzu bugungi O‘zbekiston psixologiyasi fanida dolzarb, yangicha ilmiy izlanish va amaliy yechim talab etuvchi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Oila va bola psixologiyasi masalalariga oid ilmiy tadqiqotlarda shaxsning psixologik barqarorligi, ijtimoiy moslashuvi va emotsional ehtiyojlarini qondirishda ota-onaning roli muhim o‘rin tutadi. Klassik psixologiya vakillari – Z. Freyd, A. Adler, E. Erikson, J. Bovlby va M. Ainsworth tomonidan ishlab chiqilgan bog‘lanish nazariyasi (attachment theory) shuni ko‘rsatadiki, bolaning ruhiy holati va keyingi shaxsiy rivojlanishi erta bolalik davrida ota-ona bilan o‘rnatilgan emotsional aloqaning sifati bilan bevosita bog‘liqdir. Ota-onadan uzoqlik, ayniqsa, doimiy JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL muloqotning yo‘qligi bolada xavotir, ijtimoiy chekinish va o‘ziga ishonchsizlik kabi holatlarni keltirib chiqaradi. G‘arb psixologiyasida bu hodisa “emotional deprivation” yoki “emotional neglect” atamalari orqali izohlanadi va uni kamaytirish uchun psixokorreksion dasturlar ishlab chiqilgan. Mustaqillik yillarida o‘zbek psixologiyasida ham oila muhitining psixologik jihatlari bo‘yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, V.M. Karimova, Z.T. Nishonova, E.G. G‘oziyev, B.R. Qodirov, I. Xayriyev, G. Sattarova, A.A. G‘aybullayev, N.Sh. Yuldasheva singari olimlar oilaviy munosabatlarda psixologik moslashuv, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va shaxslararo muloqot madaniyati masalalarini chuqur o‘rganganlar. Ularning tadqiqotlarida oila tizimi ichida hissiy muvozanatning buzilishi bolaning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi isbotlangan. Ayniqsa, G‘. Sattarovaning “Oilada psixologik muhitning bola shaxsiga ta’siri” nomli ishlarida bola hissiyotini boshqarish, ijtimoiy rolni qabul qilish va o‘z-o‘zini anglash mexanizmlari oila strukturasi bilan chambarchas bog‘liqligi ta’kidlanadi. Shu ma’noda, migratsion oilalardagi bola holatini tahlil qilish milliy tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liqdir. Xorijiy adabiyotlarda esa mehnat migratsiyasi natijasida yuzaga keladigan “left-behind children” (ya’ni “orqada qolgan bolalar”) fenomeni keng o‘rganilgan. Masalan, Xitoy, Filippin, Meksika va Moldova singari davlatlarda olib borilgan tadqiqotlarda ota-onasidan uzoqda yashayotgan bolalarda depressiv simptomlar, maktabdagi motivatsiya pasayishi va ijtimoiy aloqalarning torayishi aniqlangan. A. Graham, L. Jordan, J. Parreñas, E. Dreby, R. Piko, A. Sirkeci singari olimlar bunday bolalarda “emosional yetimlik” holatini tasvirlab, uni “psixologik bo‘shliq” fenomeni sifatida izohlashgan. Ularning fikricha, mehnat migratsiyasining uzoq muddatli ta’siri nafaqat hissiy, balki kognitiv va ijtimoiy rivojlanish tizimlariga ham zarar yetkazadi. Shu sababli, global tajriba migratsiya sharoitida bolalarni psixologik qo‘llab-quvvatlashning zarurligini tasdiqlaydi. O‘zbekistonda bu yo‘nalishdagi ilmiy yondashuvlar endilikda amaliy tus olmoqda. Xususan, N.S. Safayev, Z.I. Ibodullayev, Sh.V. Azizova, O‘.B. Shamsiev kabi olimlar tomonidan migratsiya va oilaviy muhitdagi psixologik o‘zgarishlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Ular o‘z ishlarida mehnat migratsiyasi tufayli bolalarda ijtimoiy moslashuv qiyinchiliklari, kommunikativ cheklanishlar, hissiy tanqislik va o‘zini qadrlashdagi muammolarni aniqlagan. Ayniqsa, Sh.V. Azizovaning tadqiqotlarida mahalla va maktab muhitining kompensator roliga alohida e’tibor qaratilib, bolaning adaptatsiyasini mahalliy ijtimoiy tizimlar orqali qo‘llab-quvvatlash samarali yo‘l sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Bu yondashuv milliy qadriyatlar va zamonaviy psixologik amaliyot integratsiyasi uchun muhim nazariy asos yaratadi. Yevropa va Amerika psixologiyasida esa so‘nggi yillarda “transnatsional oilalar” tushunchasi paydo bo‘lib, u mehnat migratsiyasi tufayli geografik jihatdan ajralgan, ammo emotsional jihatdan bog‘langan oilalarni ifodalaydi. T. Faist, P. Levitt, S. Vertovec, A. Portes singari olimlar bu jarayonni “global oilaviy tizim” modeli sifatida o‘rganib, axborot texnologiyalarining, onlayn muloqot vositalarining bolalar hissiy ehtiyojlarini qisman kompensatsiya qilishdagi rolini tahlil etishgan. Shu bilan birga, psixologik himoya mexanizmlarini rivojlantirish, ota-ona bilan masofaviy hissiy aloqa o‘rnatish, onlayn psixologik yordam tizimlarini joriy etish g‘oyalari ilgari surilgan. Bu yondashuvlar o‘zbek amaliy psixologiyasi uchun ham yangi istiqbollarni ochadi, chunki ular mahalliy sharoitda qo‘llaniladigan psixoprofilaktik dasturlarni ishlab chiqishda nazariy poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘tkazilgan nazariy va amaliy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mehnat migratsiyasi sharoitida oila tizimida yuzaga keladigan o‘zgarishlar bolalarning psixologik holatiga, hissiy barqarorligiga va ijtimoiy moslashuviga bevosita ta’sir etadi. Ota-onaning uzoq muddatli yo‘qligi natijasida bola emotsional ehtiyojlarini to‘liq qondira olmaydi, bu esa o‘z navbatida ruhiy muvozanatning JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL buzilishi, xavotirli holatlar, o‘zini past baholash, ijtimoiy chekinish yoki tajovuzkorlik shaklida namoyon bo‘ladi. Shu bois migratsiya oilalari farzandlari uchun psixologik moslashuv jarayonini o‘rganish nafaqat ilmiy, balki ijtimoiy zaruratdir. Bola shaxsining barkamol rivojlanishi uchun uning ota-onasi bilan barqaror hissiy aloqa o‘rnatishi muhim omil sanaladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bunday bolalarda emotsional yetishmovchilikni kamaytirishda maktab, mahalla, o‘qituvchilar, tengdoshlar guruhi hamda ijtimoiy psixologik xizmatlar muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan psixologlar va sinf rahbarlarining bolalar bilan individual ishlashi, ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash, muloqot madaniyatini shakllantirish va o‘zini qadrlash hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlar samarali natija beradi. Shu yo‘nalishda psixokorreksion treninglar, art-terapiya mashg‘ulotlari, emotsional savodxonlikni oshirish dasturlari, ota-onalar uchun masofaviy psixologik maslahatlar tizimini yo‘lga qo‘yish zarur. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida aniqlanishicha, xorijiy mamlakatlarda migratsion oilalarning farzandlari bilan ishlashda maxsus dasturlar ishlab chiqilgan, ularda “left-behind children” fenomeni kompleks yondashuv orqali o‘rganiladi. O‘zbekiston sharoitida esa bu yo‘nalish hali yetarlicha tizimlashtirilmagan bo‘lib, milliy qadriyatlar, oila an’analari va diniy-axloqiy omillarni hisobga olgan holda yangi psixologik model ishlab chiqish dolzarbdir. Bu model oilaviy muloqotni tiklash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tarmoqlarini faollashtirish va bolalarda stressga qarshi turish mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilishi lozim. Mazkur tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mehnat migratsiyasi sharoitida bolalarning moslashuvi ikki asosiy omilga — hissiy bog‘liqlikni saqlab qolish hamda ijtimoiy himoya tizimlarining samaradorligiga — tayanadi. Agar bu ikki yo‘nalish uyg‘unlashtirilsa, bola o‘zini yolg‘iz his qilmaydi, o‘zining oilaviy qadriyatlari va ijtimoiy o‘rnini to‘liq anglay boshlaydi. Shu orqali uning ijtimoiy moslashuvi, o‘zini anglash darajasi va ruhiy barqarorligi oshadi. Umuman olganda, chet elda mehnat qilayotgan ota-onalar farzandlarining psixologik moslashuvini o‘rganish – bu faqat psixologik masala emas, balki jamiyatning ijtimoiy barqarorligini saqlash, milliy qadriyatlarni himoya qilish va sog‘lom avlodni tarbiyalashning asosiy kafolatidir. Shu sababli, kelgusida bu yo‘nalishda davlat, ta’lim tizimi, psixologik xizmatlar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, migratsion oilalar uchun kompleks psixologik yordam dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zarurdir. Ana shunda, har bir bola o‘zini qo‘llab-quvvatlovchi, mehrga to‘la oilaviy muhitda his etadi va jamiyatning faol, ruhiy jihatdan sog‘lom a’zosi sifatida shakllanadi. Olib borilgan tadqiqotlar asosida shuni ta’kidlash joizki, chet elda mehnat qilayotgan ota-onalar farzandlarining ruhiy holatini barqarorlashtirish va ularni ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli moslashtirish uchun kompleks yondashuv zarur. Eng avvalo, oilaviy muloqotni tiklash, ota-ona va farzand o‘rtasidagi hissiy bog‘liqlikni saqlash dolzarb vazifalardan biridir. Shu maqsadda “Masofaviy oilaviy muloqot” kabi onlayn loyihalar, videomuloqot asosidagi psixologik treninglar, ota-onalar uchun interaktiv maslahat platformalarini yo‘lga qo‘yish foydali bo‘ladi. Bunday amaliyotlar bolaning o‘zini qadrlangan, eslangan va sevgan shaxs sifatida his etishiga yordam beradi hamda ruhiy beqarorlik holatlarini kamaytiradi. Shuningdek, ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan psixologlar va pedagoglar faoliyatini takomillashtirish zarur. Migratsion oilalar farzandlari bilan muntazam individual ishlash, stressni kamaytirishga qaratilgan psixokorreksion mashg‘ulotlarni tashkil etish, art-terapiya, biblioterapiya va o‘zini anglashga yo‘naltirilgan mashqlarni joriy etish maqsadga muvofiqdir. Maktab va litsey psixologlari uchun “emotsional yetimlikni kamaytirish” va “moslashuvni JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL qo‘llab-quvvatlash” mavzularida metodik qo‘llanmalar tayyorlanishi zarur. Ta’lim muassasalari bu jarayonda bolalarning ruhiy tayanchi sifatida faol ishtirok etishi lozim. Mahalla va jamoatchilik institutlarining bu jarayondagi o‘rni ham beqiyosdir. Har bir hududda “Migratsion oilalarga psixologik yordam markazlari”ni tashkil etish, ularni ijtimoiy pedagog, psixolog, mahalla faoli va diniy yetakchilar ishtirokida faoliyat yurituvchi tizimga aylantirish muhim. Ushbu markazlar yordamida bolalar va o‘smirlar uchun ijtimoiy-psixologik qo‘llabquvvatlov dasturlari, “Mehr va e’tibor” loyihalari, turli to‘garaklar va madaniy-ma’naviy tadbirlar o‘tkazilishi ularning ijtimoiy faolligini oshiradi va ijobiy moslashuvga xizmat qiladi. Shuningdek, mahalla muhitida bola psixologik holatini kuzatish, zarurat tug‘ilganda psixologik yordamga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashni tizimlashtirish ham alohida e’tibor talab qiladi. Chet elda mehnat qilayotgan ota-onalarning psixologik savodxonligini oshirish, ular uchun o‘zbek tilida ishlab chiqilgan “Masofadan turib tarbiya” va “Farzandingiz bilan muloqot” nomli elektron qo‘llanmalar tayyorlanishi zarur. Onlayn vebinarlar va psixologik-ma’rifiy kurslar orqali ularga bola psixologiyasining yosh davrlari, hissiy ehtiyojlarni qondirish, stressni yengish, muvozanatli muloqot usullari bo‘yicha ko‘nikmalar berilishi foydali natijalar beradi. Bu jarayon otaonalarning bolalar hayotidagi ishtirokini kuchaytiradi va uzoqlik tufayli yuzaga kelgan hissiy masofani kamaytiradi. Ilmiy jihatdan qaraganda, bu yo‘nalishda tadqiqot ishlarini kengaytirish ham dolzarbdir. Oliy ta’lim muassasalari, psixologik markazlar va ijtimoiy xizmatlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, migratsion oilalar farzandlariga bag‘ishlangan kompleks ilmiy-amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish tavsiya etiladi. Olingan ilmiy natijalar davlat siyosatida belgilangan “Oila konsepsiyasi”, “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi qonun hamda “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan dasturlarga integratsiya qilinishi lozim. Bu orqali migratsion oilalarning psixologik muammolarini yechish bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, psixoprofilaktika va reabilitatsiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etish zarur. O‘smirlar va bolalar uchun “Men yolg‘iz emasman”, “Mehrni his qilaman” kabi emotsional qo‘llab-quvvatlash treninglari tashkil etish, ularni ijtimoiy faoliyat, ijodiy mashg‘ulotlar va muloqotga yo‘naltirish ijobiy natijalar beradi. Psixologik xizmatlar tizimida bu yo‘nalishda ilg‘or tajribalarni joriy etish orqali bolalarda o‘ziga ishonch, muloqotga ochiqlik, ijtimoiy integratsiya va ruhiy barqarorlik sifatlari mustahkamlanadi. Ushbu taklif va tavsiyalarni hayotga tatbiq etish mehnat migratsiyasi sharoitida yashayotgan bolalar ruhiyatini sog‘lomlashtirish, oilaviy rishtalarni mustahkamlash va jamiyatda inson qadri, mehr, e’tibor va ijtimoiy barqarorlik tamoyillarini chuqurroq qaror toptirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston psixologiya fanining amaliy yo‘nalishlarini boyitadi va milliy g‘oyaning markazida turgan sog‘lom, mehrga to‘la oilaviy muhitni shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimova V. M. Psixologiya. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2019. – 350 b. 2. G‘oziyev E. G. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2016. – 372 b. 3. Nishonova Z. T. Ijtimoiy psixologiya asoslari. – Toshkent: Universitet, 2017. – 276 b. 4. Sattarova G. Oilada psixologik muhit va bola shaxsining shakllanishi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2018. – 156 b. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 5. Ейдемиллер Э. Г., Юстицкис В. В. Психология и психотерапия семьи. – СанктПетербург: Питер, 2016. – 448 с. 6. Варга А. Я., Столин В. В. Родительско-детские отношения и их диагностика. – Москва: МГУ, 2015. – 256 с. 7. Реан А. А. Психология личности и социальная адаптация. – Санкт-Петербург: Речь, 2017. – 344 с. 8. Ainsworth, M. D. S., Blehar, M. C., Waters, E., & Wall, S. Patterns of Attachment: A Psychological Study of the Strange Situation. – Hillsdale, NJ: Lawrence Erlbaum Associates, 1978. – 391 p. 9. Erikson, E. H. Childhood and Society.– New York: W. W. Norton & Company, 1963. – 445 p. 10. https://mehnat.uz 11. https://wcu.uz 12. https://www.unicef.org 13. https://www.iom.int 14. https://www.who.int