INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA MATEMATIK TA'LIM VA RAQAMLI KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI
Abstract
Maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida matematik ta’lim va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Hozirgi kunda mehnat bozorida tahliliy fikrlash, algoritmik yondashuv va raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Shuning uchun matematika fani nafaqat nazariy bilim manbai, balki zamonaviy kasbiy malaka shakllantiruvchi amaliy platforma sifatida ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida matematik ta’limni rivojlantirish yo‘llari, innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish va raqamli kompetensiyalarni shakllantirishning metodik asoslari tahlil qilingan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Xolbekova Sayyora Madaminjon qizi Farg‘ona davlat texnika universiteti “Oliy matematika” kafedrasi assistenti kholbekovasayyora[email protected] Tel: +99890 786 97 17 INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA MATEMATIK TA’LIM VA RAQAMLI KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI Annotatsiya:Maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida matematik ta’lim va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Hozirgi kunda mehnat bozorida tahliliy fikrlash, algoritmik yondashuv va raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Shuning uchun matematika fani nafaqat nazariy bilim manbai, balki zamonaviy kasbiy malaka shakllantiruvchi amaliy platforma sifatida ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida matematik ta’limni rivojlantirish yo‘llari, innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish va raqamli kompetensiyalarni shakllantirishning metodik asoslari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: matematik ta’lim, raqamli kompetensiya, innovatsion iqtisodiyot, tahliliy fikrlash, algoritmik yondashuv, ta’lim texnologiyalari. Hozirgi davrda dunyo iqtisodiyotining barcha sohalarida raqamli transformatsiya jarayonlari jadallik bilan kechmoqda. Sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, Big Data va texnologik yechimlar ta’lim tizimini yangicha yondashuvlar asosida qayta shakllantirishni taqozo etmoqda. Shu jarayonda matematika fani fundamental asos sifatida har bir sohada raqamli tafakkurni rivojlantiruvchi va analitik yondashuvni shakllantiruvchi eng muhim yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham raqamli iqtisodiyotga o‘tish, zamonaviy ta’limni rivojlantirish va inson kapitalini kuchaytirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanmoqda. Xususan, 2030yilgacha mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasida raqamli kompetensiyalarni shakllantirish, STEM yo‘nalishlarini kengaytirish va fanlararo integratsiyani rivojlantirish alohida e’tibor markazida turibdi. Shu boisdan, matematik ta’limda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish bugungi kunda nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki mamlakatning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun ham muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda mehnat bozori “raqamli mutaxassis” talabini ilgari surmoqda. Har bir soha xodimidan tahliliy fikrlash, muammolarni algoritmik tarzda yechish, raqamli axborot bilan ishlash va avtomatlashtirilgan tizimlarni tushunish talab etilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, matematika fani faqat nazariy bilim emas, balki raqamli iqtisodiyot uchun zarur kompetensiyalarni shakllantiruvchi amaliy vosita sifatida ko‘rilmoqda. Texnologik taraqqiyot sharoitida matematik ta’limning ahamiyati yanada ortmoqda. Chunki raqamli tafakkur, algoritmik yondashuv va tahliliy fikrlash har qanday innovatsion faoliyatning asosini tashkil etadi. Zamonaviy ta’lim jarayoni endi faqat nazariy bilim bilan cheklanmasdan,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL talabalarning real hayotiy muammolarni tahlil qilish, modellashtirish va amaliy yechimlar ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Matematik ta’limda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish uchun quyidagi yondashuvlar muhim ahamiyatga ega: 1. Interfaol o‘qitish uslublari – raqamli platformalar, simulyatorlar va onlayn laboratoriyalardan foydalanish; 2. Dasturlash asoslarini kiritish – Python, MATLAB, kabi dasturlash tillari yordamida matematik modellashtirishni o‘rgatish; 3. Loyiha asosida ta’lim (Project-Based Learning) – real iqtisodiy va texnologik muammolarni matematik tahlil asosida yechish; 4. Fanlararo integratsiya – matematika, informatika va iqtisodiyot yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish orqali yangi bilimlarni shakllantirish. Raqamli kompetensiyalarni shakllantirishda quyidagi muammolar kuzatiladi: O‘qituvchilarning raqamli savodxonlik darajasi yetarli emas; Ta’lim muassasalarida raqamli vositalar va dasturiy ta’minot yetishmaydi; O‘quv dasturlari mehnat bozori talablariga to‘liq moslashtirilmagan. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun: 1. O‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha doimiy seminarlar tashkil etish; 2. Zamonaviy raqamli platformalar (GeoGebra, Desmos, WolframAlpha) dan foydalanishni kengaytirish; 3. Amaliy loyihalar asosida o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish zarur. Matematik ta’limni raqamli iqtisodiyot talablariga mos ravishda takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish – innovatsion rivojlanishning asosi hisoblanadi. Raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish orqali ta’lim sifati oshadi, tahliliy va ijodiy fikrlash kuchayadi hamda yoshlar raqamli jamiyatning faol ishtirokchisiga aylanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish strategiyasi – 2030. 2. OECD. The Future of Education and Skills – Education 2030. OECD Publishing, 2020. 3. Jahon iqtisodiy forumi. The Future of Jobs Report. WEF, 2023. 4. Yuldashev X., Xamroyev A. Innovatsion texnologiyalar va matematik ta’lim. Samarqand, 2021. 5. Anderson J. D. Digital Thinking in Education. McGraw-Hill, 2019.