O'zbekiston sug'urta kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshirish yo'llari
Abstract
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va izchil rivojlanishini ta’minlashda sug‘urta tizimi muhim o‘rin tutadi, chunki samarali faoliyat yurituvchi sug‘urta sektori moliya bozorining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalari nafaqat aholining moliyaviy himoyasini ta’minlab, ularning turli tavakkalchiliklardan sug‘urtalanishiga imkon yaratadi, balki mamlakat iqtisodiyotida kapitalning to‘planishi va qayta taqsimlanishida ham bevosita ishtirok etadi.
Full text
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 53 O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Shukurova Sarvinoz Abdivaxobovna G-mail: [email protected] O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va izchil rivojlanishini ta’minlashda sug‘urta tizimi muhim o‘rin tutadi, chunki samarali faoliyat yurituvchi sug‘urta sektori moliya bozorining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalari nafaqat aholining moliyaviy himoyasini ta’minlab, ularning turli tavakkalchiliklardan sug‘urtalanishiga imkon yaratadi, balki mamlakat iqtisodiyotida kapitalning to‘planishi va qayta taqsimlanishida ham bevosita ishtirok etadi. Shu bilan birga, sug‘urta tizimi investitsion muhitni yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Sug‘urta mukofotlari hisobidan jamlangan mablag‘lar uzoq muddatli investitsiya manbai sifatida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yo‘naltiriladi, bu esa ishlab chiqarish hajmining kengayishiga, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga va aholining daromadlari o‘sishiga xizmat qiladi. Shunday qilib, O‘zbekistonda sug‘urta tizimining samarali faoliyati nafaqat moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash omili, balki iqtisodiy barqarorlik va investitsion salohiyatni kuchaytiruvchi muhim strategik vosita sifatida qaralishi lozim. Bugungi kunda sug‘urta bozorida raqobatning kuchayishi, yangi kompaniyalar paydo bo‘lishi va mijozlar talabining ortib borishi kompaniyalardan yangicha boshqaruv va marketing yondashuvlarini talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, sug‘urta kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshirish masalasi strategik ahamiyat kasb etadi. Milliy sug‘urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash, sug‘urta xizmatlarining talab yuqori bo‘lgan yangi turlarini joriy etish, iste’molchilarning sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirish kunning eng dolzarb masalasi bo‘lgan bir paytda sug‘urta xizmatlarini rivojlanishiga bir qancha omillarning salbiy ta’siri mamlakatimizdagi real voqelikni va unga xos xususiyatlarni hamda ilg‘or xorij tajribasini hisobga olgan holda sug‘urtalash sohasida innavatsion mexanizmni ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan tegishli ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Natijada esa, sug‘urta sohasining har bir potensial sug‘urtalanuvchilarini ushbu faoliyat turiga jalb etuvchanligini yanada oshirish orqali uning uzoq muddatli progressiv rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilishi lozim. Raqobatbardoshlik — bu korxonaning bozor sharoitida o‘z mahsulotlari va xizmatlari orqali raqiblardan ustunlikka erishish, mijozlarning e’tiborini jalb etish hamda ularning ishonchini saqlab qolish qobiliyatidir.
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 54 O‘zbekiston sug‘urta bozori so‘nggi yillarda sezilarli o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda. Bozor ishtirokchilari soni ortib, ularning faoliyati segmentlarga ajralmoqda: hayot sug‘urtasi, molmulk, sog‘liqni saqlash va transport sug‘urtasi yo‘nalishlari kengaymoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatda faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalari soni 35 dan ortiq bo‘lib, ular orasida “Kafolat”, “O‘zbekinvest”, “Gross Insurance”, “Universal Sug‘urta”, “Kafolat-Hayot” kabi kompaniyalar yetakchi o‘rinda turadi. Shunga qaramay, raqobat muhiti hali ham to‘liq shakllanmagan: ayrim kompaniyalar bozorda katta ulushga ega, qolganlari esa innovatsion xizmatlar va marketing yetishmovchiligi sababli sust rivojlanmoqda. O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalarining raqobatbardoshlikni oshirish omillari va strategiyalarini oshirish yo‘llari qo‘yidagilardan iborat. Kapital bazasini kuchaytirish va kapital yetarliligi. Hozirgi va yaqin kelajakda sug‘urta kompaniyalariga qo‘yilayotgan minimal ustav kapitali normativlarini oshirish orqali, kichik va zaif kompaniyalarni bozor ichida ham raqobatbardosh produktsiya va xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega boʻlgan holatga o‘tkazish. Moody’s ma’lumotiga ko‘ra, majburiy sug‘urta bozorida ishtirok etayotgan sug‘urtalovchilarning minimal ustav kapitali yaqin yillarda oshiriladi 1 . Qayta sug‘urtalash (reinsurance) tizimini rivojlantirish: katta risklar to‘planayotgan yo‘nalishlarda sug‘urtalovchilar tomonidan o‘z zimmasidagi risklarni qayta sug‘urtalovchilarga uzatish imkoniyatini kengaytirish. Bu sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyatini va barqarorligini oshiradi 2 . Risk menejmentini takomillashtirish. Underwriting siyosatini ilg‘or metod va standartlar asosida yangilash: risklarni baholash, tarif va shartnomalarni tuzishda sifatli aktuarial hisobkitoblar, statistik tahlillar va prognozlash vositalaridan foydalanish. Portfellarni diversifikatsiyalash: mahsulotlar, geografik maydon, risk turlari bo‘yicha portfellarni diversifikatsiyalash orqali katta yo‘qotishlardan himoyalanish. Ichki nazorat va audit tizimlarini kuchaytirish, risklarni monitoring qilish va stress-testlar o‘tkazish. Innovatsiyalar va raqamlashtirish. Mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish: onlayn sug‘urta polislari, mobil ilovalar, veb-platformalar orqali sug‘urta so‘rovnomalari va da’volarni (claims) boshqarish, avtomatlashtirish. Masalan, TBC Sug‘urta tomonidan hayot sug‘urtasi onlayn xizmatlari joriy etilishi va qisqa muddatda polislari soni sezilarli darajada oshgani misol bo‘la oladi. 3 Yangi texnologiyalar: ma’lumotlar analitikasi, sun’iy intellekt, blokcheyn yoki smart shartnomalar, big data, IoT (Internet of Things) kabi vositalar orqali risk bashoratini yaxshilash, xizmat ko‘rsatish jarayonini soddalashtirish va 1 Moody’s. Uzbek Insurance companies face growth slowdown and profit pressure. UzDaily, 2024. 2 Baxramjon Kamilov. O‘zbekiston sug‘urtalovchilarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda qayta sug‘urtaning roli. “Yashil Iqtisodiyot va Taraqqiyot”, Vol. 1, No. 6, 2023. 3 “Uzbekistan’s Insurance Market: Growth, Innovation, and Privatization”. Kiaifund, 2025. (KiAI – Global Insights)
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 55 tezlashtirish. Innovatsion mahsulotlar: hayot sug‘urtasi, sog‘liq sug‘urtasi, mikro-sug‘urta, ijtimoiy sug‘urta yo‘nalishlarida yangi takliflarni ishlab chiqish. Mamlakatda aholining bandligini ta’minlash, daromadlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida sug‘urta munosabatlarining rivojlanish darajasi muhim ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Sug‘urta tashkilotlari sonining ko‘payishi tadbirkorlik subyektlariga kengroq tanlov imkoniyatini yaratadi, sug‘urta xizmatlari sifati oshib, sug‘urta bozorida sog‘lom raqobat muhiti shakllanadi. Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini baholash jarayonida unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni guruhlash hamda ularning asosiy jihatlarini tahlil etish muhim o‘rin tutadi (1-rasm). Tashqi omillar Ichki omillar Bevosita ta’sir etuvchi Bilvosita ta’sir etuvchi Bevosita ta’sir etuvchi Bilvosita ta’sir etuvchi Sug‘urta kompaniyalar faoliyatini davlattomonidan tartibgasolish Tashqi, ichki iqtisodiy vasiyosiy vaziyat Mijozlar sonining miqdori, rivojlanganligi va barqarorligi Kompaniyaning umumiy strategiyasi Soliq, valyuta, kredit va bojxona siyosat Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning darajasi Kompaniyaning faoliyat hajmi va ixtisoslashuvi Sug‘urta portfelining diversifikatsiyalashuvi va sug‘urta xizmatlarning miqdori Korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaromoliyaviy munosabatlar Moliya bozori konyunkturasining rivojlanish holati Zamonaviy risk menejmentini rivojlanganlik darajasi Xususiy kapital va sug‘urta zaxiralarining miqdori 1-rasm. Sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarning tasnifi 4 4 Haqberdiyev Bekzod “O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari”, “MUHANDISLIK VA IQTISODIYOTJURNALI” ilmiy jo‘rnal, 2024 yil, noyabr, 4-son, https://zenodo.org/records/14541336
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 56 Har bir sohaning moliyaviy barqarorligiga turlicha omillar ta’sir ko‘rstadi, xususan, sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligiga esa ta’sir etuvchi faktorlar ikkiga bo‘linadi, tashqi va ichki omillar. Sug‘urta bozorining jadal rivojlanib borishida kompaniyalarning faoliyati muhim sanaladi, bundan tashqari jamiyatning sug‘urta sohasiga bo‘lgan munosabatida ham aks etadi, shuningdek, ularning moliyaviy barqarorligini uzoq muddat ichida ushlab turish esa ta’sir etuvchi omillarni baholash va risklarni minimallashtirish bilan bog‘liq mexanizmlarni yaratishga qaratilgan. Sug‘urta kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshirish mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligi uchun muhim shartdir. O‘zbekiston sug‘urta bozori so‘nggi yillarda o‘sib bormoqda, lekin raqobatbardoshlik va barqarorlik yo‘lida hali ko‘plab muammolar bor. Yuqoridagi strategiyalarni amalga oshirish orqali sug‘urta kompaniyalari nafaqat bozordagi o‘rnini mustahkamlashi, balki xalqaro standartlarga mos, innovatsiyalar bilan boy, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatadigan tizimga aylanishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Moody’s. Uzbek Insurance companies face growth slowdown and profit pressure. UzDaily, 2024. 2. Baxramjon Kamilov. O‘zbekiston sug‘urtalovchilarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda qayta sug‘urtaning roli. “Yashil Iqtisodiyot va Taraqqiyot”, Vol. 1, No. 6, 2023. yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 3. “Uzbekistan’s Insurance Market: Growth, Innovation, and Privatization”. Kiaifund, 2025. (KiAI – Global Insights) 4. Haqberdiyev Bekzod “O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari”, “MUHANDISLIK VA IQTISODIYOTJURNALI” ilmiy jo‘rnal, 2024 yil, noyabr, 4-son, https://zenodo.org/records/14541336