scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MO'MİYONİNG SHİFOBAXSH HUSUSİYATLARİ

Bahodirova Mohichehra; Pardayeva Munavvar

Abstract

Mo‘miyo Sharq tabobatida bundan bir necha ming yilla burun ma’lum boʻlgan va oʻsha zamonlardan beri turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelinadi. Hozirgi kunda ham xalq tabobatida keng ravishda ishlatiladi

Full text

Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 57 MO‘MİYONİNG SHİFOBAXSH HUSUSİYATLARİ Alfraganus universiteti tibbiyot fakulteti davolash ishi yo‘nalishi 3-kurs talabalari Bahodirova Mohichehra Pardayeva Munavvar Annotatsiya: Mo‘miyo Sharq tabobatida bundan bir necha ming yilla burun ma’lum boʻlgan va oʻsha zamonlardan beri turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelinadi. Hozirgi kunda ham xalq tabobatida keng ravishda ishlatiladi Ushbu maqoladan mo‘miyoning foydali hususiyatlari va qo‘llanish usuli haqida malumot beramiz. Kalit so‘zlar: davolash, kamqonlik, suyak xastaliklari, bronxial asma, mo‘miyo. Аннотация: Мумие известно в восточной медицине уже несколько тысяч лет и с тех времён используется для лечения различных заболеваний. В настоящее время оно также широко применяется в народной медицине. В данной статье мы расскажем о полезных свойствах мумие и способах его применения. Ключевые слова: лечение, анемия, заболевания костей, бронхиальная астма, мумие. Annotation: Mumiyo has been known in Eastern medicine for several thousand years and has been used since ancient times to treat various diseases. Even today, it is widely used in folk medicine. In this article, we provide information about the beneficial properties of mumiyo and its methods of application. Keywords: treatment, anemia, bone diseases, bronchial asthma, mumiyo. Kirish: Afsonalarga ko‘ra, osmono‘par qorli tog‘larda ulkan tosh odamlar yashar ekan. Ular yig‘laganda, tog‘ bag‘riga yumalagan ko‘z yoshlari qotib, dunyodagi barcha kasalliklarga davo shifobaxsh balzamga aylanar ekan. Ulkan odamlarning ko‘z yoshlarini ko‘rish hammaga ham nasib qilmas, ammo uni topib olgan kishi dunyodagi eng sog‘lom va kuchli insonga aylanar ekan. Miloddan avval yashab o‘tgan Arastu mo‘’jizaviy mo‘miyoning shifobaxsh xususiyatlarini batafsil tasvirlagan va uni tug‘ma karlikda, burundan qon ketishida davo sifatida tavsiya qilgan. Abu Bakr Robiy al-Buxoron bu ajoyib malhamni mukammal davolovchi vosita deb atagan. U mo‘miyoni asal bilan birgalikda qo‘llash tibbiyotda mo‘’jiza yaratadi degan. Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 58 Mo‘miyoni to'rtta asosiy navi mavjud: 1.Oltin mo'miyo (u rang diapazonida farq qiladi - qorong'u to'q sariqdan bordovgacha). 2.Kumush (sutli rangga ega). 3.Mis (quyuq ko'k yoki mayiz palitrasi ko'rinishini zararsiz). 4.Temir - ko'pincha sodir bo'ladi. Qora va jigarrang ranglarga bo'yalgan. Mo‘miyo dunyoning turli joylaridagi togʻlarning, ayniqsa, Osiyo togʻlarining qoyalaridagi toshlar yorigʻlaridan oqib chiqib, qotadi. U, asosan, Oʻrta Osiyo, En, Afgʻoniston, Xitoy, Tibet, Hindis-ton, Nepal, Birma, arab mamlakatlari va boshqa davlatlardagi togʻlarda koʻp uchraydi. Mo‘miyo togʻlarning gʻorlaridagi mumiyoli toshlardan qirib yigʻiladi yoki mumiyoli toshlardan maxsus usul yordamida tozalab olinadi. Mo‘miyo qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Mo‘miyo 20-30 ga yaqin mikro va makroelementlar, oqsil va 18 aminokislota vitaminlar, efir moylari, gormonlardan tashkil topgan murakkab tabiiy balzam. Mo‘miyoning qora rangdagi, sirti yaltiroq, yengil neft hidlisi eng yaxshisi deb hisoblanadi. Mumiyo tarkibiga kiruvchi organik va anorganik moddalar yig‘indisi organizmda modda almashinuviga mo‘tadil biologik tas’ir qilib, odamga quvvat bag‘ishlaydi. Organizmda kechayotgan tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. Tabiblar mo‘miyoni hali ham ming dardga davo deb bilishadi. Sharq xalqlari mo‘miyoni koʻpgina kasalliklarni davolaydi deb qattiq ishonadilar. Mo‘miyo qadimdan, asosan, singan va chiqqan suyaklarni davolashda singan joyni bitishini tezlatuvchi vosita sifatida qoʻl-lanadi. Shu sohada respublika tibbiyot amaliyotida mo‘miyo dorivor preparatlarini ishlatishga Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi ruxsat berdi. Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 59 Asosiy qism: Mo‘miyoni qo‘llar usullari: 1.Suyak-bo‘yin xastaliklarida. Suyak kichik singanda, bo‘g‘im chiqqanda, mushaklar lat yeganda va uzilganda 0,1-0,5 g.dan 2 mahaldan ovqatdan oldin (nahorda va uyqudan oldin) 25-30 kun ichish tavsiya etiladi. 10 kun ichib, 5 kun dam beriladi. 2.Katta suyaklar (son va boldir) singanda, suyak chiqqanda, to‘qimalar lat yeganda mo‘miyoni 2–5 foizli suvdagi yoki 40 foiz spirtdagi eritmasini surish yoki bog‘lash mumkin. Umuman suyaklar singanda mo‘miyo bilan birga tuxum po‘chog‘ini quritib, tolqon qilib, 0,5 g.dan 3 mahal ichiladi. 3.Parodantoz kasalligida mo‘miyo 0,2 g.dan 1-2 mahal (nahorga yoki uyqudan oldin) 25-28 kun davomida ichiladi, hamda 5-10 foiz eritmasidan har kuni kechqurun dokani ho‘llab, milkka qo‘yiladi (10-15 kun). 4.Mo‘miyoni 1-5 foizli distillangan suvdagi yoki qaynatilgan suvdagi eritmasi bilan kuygan yer yoki yaralar yuviladi yoki 1-5 foizli mumiyo malhami bilan yarani yiringdan tozalab surtiladi. 5.Periferik nerv tolalari yallig‘lanishi, pleksit, radikulit, nevralgiya, neyrodermit kasalliklarida mumiyoning 5-10 foiz spirtdagi eritmasi 20 kun davomida surtiladi, hamda 0,2 g.dan ichiladi. 6.Ichki va o‘rta quloq yiringi tufayli eshitish pasayganda mumiyoni 1:10 nisbatda shaftoli, o‘rik, zaytun moyiga aralashtirib, ertalab va kechqurun 2 tomchidan tomiziladi. Ayni vaqtda 0,2-0,3 gramm sut yoki asalga qo‘shib kuniga ichish quloqdan yiring oqishini va yallig‘lanishini to‘xtatishini tezlashtiradi. 7.Bola duduqlanganda mo‘miyoni 1:10 yoki 1:20 nisbatida asal bilan aralashtirib, 4-6 oy mobaynida bir choyqoshiqdan 2 mahal ichish tavsiya etiladi (ertalab va kechqurun). 8. Bronxial astmada bemor vazniga qarab 0,2-0,5 g. Dan kuniga 2 mahal (nahorda va uyqudan oldin) suv yoki sut bilan 25-30 kun ichish tavsiya etiladi. 9.Yuqori nafas yo‘llari kasalliklari, ayniqsa, allergik tabiatdagi yallig‘lanishlarda mo‘miyo 0,2-0,3 g.dan sut yoki mol yog‘iga qo‘shib, kuniga 2 mahal (nahorda va uyqudan oldin), 2528 kun ichiladi 10.Nurdan zararlanganda mo‘miyo 0,1-0,2 g.dan 2 mahal 25-30 kun ichiladi. 11.Kamqonlik (anemiya)da mo‘miyoni 0,2 g.dan 10 kun davomida ertalab va kechqurun suvda eritib ichiladi, so‘ngra 5 kun dam berib, yana davolash kursi takrorlanadi. 12.Teridagi ajin-burishlarni yo‘qotish, kamaytirish uchun mo‘miyoni 10 foiz malhamini uzoq vaqtgacha surtib yurish kerak. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar. Mo‘miyo spirtli ichimlik ichganda, tamaki mahsulotini iste’mol qilganda aslo mumkin emas. Chunki ular organizmda parchalanish jarayonini tezlashtirib, shifobaxshli xususiyatini yo‘qotadi. Me’da-ichagi, qizilo‘ngachi va bavosilidan qon ketayotgan bemorlarga mo‘miyo tavsiya etilmaydi. Chunki mo‘miyo qon oqishini kuchaytirib, bemor ahvolini og‘irlashtirishi Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 60 mumkin. Xulosa: Shunday qilib, mumiya inson uchun tabiatning bebaho mahsulotidir. U an'anaviy tibbiyotning barcha sohalarida qo'llaniladi. 2000 yildan boshlab, Sog'liqni saqlash vazirligi mushakni tabletka shaklida og'izdan qabul qilish uchun umumiy restorativ sifatida tavsiya qildi. Shunday qilib, rasmiy tibbiy mineral moddalarni chora sifatida tan oladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Guvohnoma: №1040. Berilgan sanasi: 24.09.2019-yil. Muassis: “High Networks” MChJ. Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mavlono Riyoziy ko'chasi, 31А uy, 20 xonadon 2. https://www.medicalnewstoday.com 3. Abu Ali ibn Sino. “Tib qonunlari.” – Toshkent: Fan nashriyoti, 1980. 4. Jalilov, B. “Mo‘miyo – ming dardga davo.” // Tibbiyot va sog‘lom turmush jurnali, №3, 2021. 5. Karimov, A. “Sharq tabobatida mo‘miyoning o‘rni va ahamiyati.” – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2018