scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'İCH TA'LİMDA İNNOVATSİON METODLAR ORQALİ O'QUVCHİLARDA MA'NAVİY TARBİYANİ SHAKLLANTİRİSHDA BADİİY MATNLARNİNG O'RNİ

Xolmonov Fayoziddin Akmal oʻgʻli

Abstract

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalab, ularni har tomonlama yetuk insonlar etib voyaga yetkazishimiz zarur[1].”

Full text

Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 78 BOSHLANG‘İCH TA’LİMDA İNNOVATSİON METODLAR ORQALİ O‘QUVCHİLARDA MA’NAVİY TARBİYANİ SHAKLLANTİRİSHDA BADİİY MATNLARNİNG O‘RNİ Xolmonov Fayoziddin Akmal oʻgʻli Tel: +998(99)182-80-90 El-pochta: xolmonovfayozi[email protected]m Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalab, ularni har tomonlama yetuk insonlar etib voyaga yetkazishimiz zarur[1].” Boshlang‘ich ta’lim – bu har bir inson kamolotining eng muhim poydevori bo‘lib, aynan shu bosqichda o‘quvchilarning nafaqat bilim va tarbiya, balki ma’naviy dunyosini, tafakkurini boyitish, ularni mustaqil fikrlash hamda hozirjavoblikka o‘rgatish dolzarb vazifalar sifatida hisoblanadi.. Innovatsion metodlar yordamida dars jarayoni va sifatini qiziqarli, interaktiv va maqsadli tashkil etish, har bir o‘quvchiga e’tibor berish orqali o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarga hurmat, ezgulik va mehr-oqibat tuyg‘ulari, fikrlash ko‘nikmalari shakllantiriladi. Qolaversa, bolaning ilk adabiy-estetik tajribasi ona allasi orqali shakllana boshlaydi. Bu og‘zaki ijod namunalari bolaning dastlabki ruhiy kechinmalariga tasir ko‘rsatib, uni ertaklar dunyosiga tayyorlaydi. Ayniqsa, ikki yoshdan boshlab bolalar ertaklar orqali murakkab ijtimoiy munosabatlar, tabiat hodisalari hamda kundalik hayot hodisalari haqida dastlabki tasavvurlarga ega bo‘la boshlaydilar. Zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion metodlar o‘qituvchidan yangicha yondashuv, kreativlik va o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillarini talab qiladi. “Aqliy hujum”, “Insert”, “Baliq skeleti”, “Klaster”, “Rol o‘ynash”, “Debat” kabi interaktiv metodlar o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularni mustaqil fikr yuritishga undaydi[3; 5]. Kreativ fikrlovchi yosh avlodni tarbiyalashda boshlang‘ich sinflarda bu kabi innovatsion va interaktiv metodlarning qo‘llanilishi nafaqat o‘qituvchilarni o‘z ustida ishlashga undaydi, balki o‘quvchilarni ham darsda faol qatnashib, o‘z bilim salohiyatini rivojlantirishga, darsga qiziqishini oshirib, ko‘proq o‘rganishga zamin yaratadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Ta’lim tizimiga ilg‘or metod va texnologiyalarni joriy etish – bu nafaqat bilim berish, balki tafakkur va ma’naviyatni o‘stirishning eng muhim yo‘lidir [2].” Demak, innovatsion metodlar o‘quvchining fikrlash doirasini kengaytiradi, uni dars jarayonining faol subyekti sifatida shakllantiradi. Ayniqsa, o‘qish darslarida bunday metodlar o‘quvchilarni matn mazmunini anglash, g‘oyani tahlil qilish va ma’naviy xulosa chiqarishga yo‘naltiradi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida badiiy matnlar – o‘quvchilar qalbiga bevosita ta’sir Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 79 etuvchi vosita. Hikoya, ertak, she’r va dialoglar orqali bola ezgulik, halollik, sabr-toqat, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni anglay boshlaydi. Masalan, “Zumrad va Qimmat”, “Mehnatsevar bola”, “Yoriltosh” kabi asarlar o‘quvchilarni mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, mehroqibat ruhida tarbiyalaydi. O‘qituvchi bu matnlarni tahlil etishda “Rol o‘ynash” yoki “Klaster” metodidan foydalansa, o‘quvchilar asar qahramonlarining ichki kechinmalarini his etadi, ularning xatti-harakatiga munosabat bildiradi[4]. Mazkur jarayonda o‘quvchi nafaqat badiiy asar mazmunini anglaydi, balki undagi voqealar va qahramonlar taqdiri orqali hayotiy haqiqatlarni idrok etishni o‘rganadi. Bunday tahlil jarayoni o‘quvchilarning badiiy tafakkurini, og‘zaki va yozma nutqini, shuningdek, ma’naviy ongini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, “Ven diagrammasi” metodidan foydalanish orqali o‘quvchilar asar qahramonlarining o‘ziga xos jihatlarini, ularni bir-biridan farqlovchi xislatlarni hamda ularni birlashtiruvchi umumiy fazilatlarni aniqlaydilar. Ushbu metod tahliliy fikrlashni, taqqoslash va umumlashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Natijada o‘quvchilar badiiy asardagi obrazlarni tahlil qilish bilan cheklanmay, hayotdagi insonlarni ham to‘g‘ri baholash, ularning xatti-harakatlari va his-tuyg‘ularini chuqurroq anglash malakasini bosqichma-bosqich egallab boradilar. Innovatsion metodlar bilan badiiy matnlar uyg‘unligi o‘quvchining ruhiy va aqliy dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi[5]. Masalan, “Rol o‘ynash” metodida o‘quvchilar asardagi qahramonlarni jonlantirib, ularning o‘rniga o‘zlarini qo‘yadilar. Bu esa empatiya, sabr, hamdardlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiradi. Bundan tashqari, badiiy asar qahramonlarining ichki kechinmalarini anglash jarayonida o‘quvchilar rollarni ijro etish orqali ularning ruhiy holatini chuqurroq his etadilar. Qahramonning jahldor, quvonchli yoki hayajonli holatlaridagi hissiyotlarini ifodalash orqali bolalar nafaqat obrazning ichki dunyosini tushunadilar, balki u bilan ma’naviy hamnafas bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu interaktiv metod o‘quvchilarda empatiya, his-tuyg‘ularni boshqara olish va ularni ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantiradi, shu bilan birga, badiiy asarlarni chuqur tahlil qilishga, ularning g‘oyaviy-badiiy mazmunini teran anglashga zamin yaratadi. “Baliq skeleti” metodida esa o‘quvchilar asardagi asosiy g‘oya va sabab-oqibat bog‘lanishlarini tahlil qiladi. Har bir badiiy asar qahramonining shaxsiyati, xatti-harakati va dunyoqarashini chuqur tahlil qilish o‘quvchilarning matnni anglash, mazmunni to‘laqonli idrok etish hamda asarning g‘oyaviy yo‘nalishini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, o‘quvchilar har bir qahramonni yaqindan o‘rganib, ular haqidagi ma’lumotlarni asarda tasvirlangan voqealar, hodisalar va muallifning fikr-mulohazalari orqali tahlil qilib boradilar. Bu jarayon o‘quvchilarda obrazli tafakkurni rivojlantirish, tahliliy fikrlashni shakllantirish hamda asar mazmuniga ilmiy-nazariy yondashuvni mustahkamlash imkonini beradi.Natijada, o‘quvchilar darsni nafaqat bilim manbai, balki ma’naviy o‘sish maktabi sifatida qabul qiladilar. Shu tarzda innovatsion metodlar badiiy so‘zning tarbiyaviy kuchini yanada oshiradi[1;6]. Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 80 Boshlang‘ich ta’limda innovatsion metodlardan foydalanish darsning mazmunini boyitadi, o‘quvchilarni faol, mustaqil fikrlaydigan shaxs sifatida shakllantiradi. Ayniqsa, badiiy matnlar orqali ularning ma’naviy olamiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin. Shunday qilib, innovatsion metodlar va badiiy asarlarning uyg‘unligi – o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning samarali usuli hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021. 2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. 3. Xoliqova D. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: TDPU, 2019. 4. Yo‘ldosheva M. O‘qish darslarida badiiy matnlar bilan ishlash metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017. 5. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2010. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ–4319-son qarori – “Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”.