scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

(1-(4-NITROFENIL)-1H-1,2,3-TRIAZOL-4-IL)METIL 2-GIDROKSIBENZOAT MODDASINING YALLIG'LANISHGA QARSHI TA'SIRI

Aytmuratova U.K; Azamatov A.A.; Tursunxodjayeva F.M

Full text

547 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz (1-(4-NITROFENIL)-1H-1,2,3-TRIAZOL-4-IL)METIL 2-GIDROKSIBENZOAT MODDASINING YALLIG‘LANISHGA QARSHI TA’SIRI Aytmuratova U.K. Azamatov A.A. Tursunxodjayeva F.M O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti. e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17344196 Dolzarbligi: Bugungi kunda revmatoid artrit va unga o‘xshash surunkali yallig‘lanish kasalliklari butun dunyoda sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, revmatoid artrit aholining, ko‘pincha mehnatga layoqatli yoshdagi insonlarning 1–2 % ini qamrab oladi. Ushbu jarayonlar bemorlarning hayot sifatini keskin pasaytiradi, nogironlikka olib kelishi mumkin. So‘nggi yillarda qo‘llanilayotgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar (NYaQD), gormonlar va biologik preparatlar yallig‘lanish jarayonini kamaytirishda samarali bo‘lsa-da, ular ko‘plab nojo‘ya ta’sirlarga ega. Shu bois xavfsizroq va samaraliroq yangi dori vositalarini izlash farmakologiya va tibbiyotda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi: (1-(4-nitrofenil)-1H-1,2,3-triazol-4-il)metil 2-gidroksibenzoat moddasining adyuvant - indutsirlangan artrit modelida yallig‘lanishga qarshi ta’sirini o‘rganish. Tadqiqot obekti va metodlari: Tadqiqot obekti - (1-(4-nitrofenil)-1H-1,2,3-triazol-4-il)metil 2-gidroksibenzoat moddasi O‘simlik Moddalari kimyosi instituti Organik sintez bo‘limida I.S.Ortikov tomonidan sintez qilingan. O‘rganilayotgan moddaning yallig‘lanishga qarshi faolligi adyuvant - indutsirlangan artrit modelida o‘rganildi. Model 0.1 ml to‘liq Adyuvant Freyndani (ImjectTM Freund’s Complete Adjuvant, Sigma - Aldrich, USA) tajriba hayvonlarining o‘ng orqa oyoq panjasiga subplantar yuborish orqali yaratildi. Model davomiyligi 28 kun bo‘lib, artritogen agent yuborilganidan keyin 2 haftadan keyin tajriba hayvonlarida og‘ir artrit rivojlandi. Tajriba vazni 200-220 g og‘irlikdagi kalamushlarda olib borildi. Tajriba guruhlari tasodifiy tanlov yo‘li bilan tuzildi: I guruh - intakt hayvonlar guruhi, II guruh - nazorat guruhi, III guruh - taqqoslash guruhi, IV guruh - tajriba guruhi. Taqqoslash preparatlari Ketonal forte (Hemofarm, Serbiya) 10 mg/kg dozada, Dikloberl Retard 8 mg/kg dozada, o‘rganilayotgan modda 100 mg/kg dozada peroral yuborildi. Tajriba davomida guruh hayvonlarining tana vazni va oyoq panjasining shish darajasi kuzatib borildi. Tana vazni elektron tarozi, shish darajasi esa onkometrik usul yordamida har 3 kunda o‘lchab borildi. Olingan natijalar: Tajriba davomida nazorat guruhi hayvonlarining tana vazni 23% ga, taqqoslash guruhlari hayvonlarining tana vaznlari mos ravishda 6.8% va 0.8% ga kamaydi. Tajriba guruhi hayvonlarining tana vaznlari esa 5.1% ga ortganligi kuzatildi. Oyoq panjalari hajmi dinamikasi kuzatilganda nazorat guruhi hayvonlarida panja shish darajasi 163.7%, taqqoslash guruhi hayvonlarida panja shish darajasi mos ravishda 30.9% va 34%, tajriba guruhi hayvonlarida shish darajasi 16.1% ekanligi aniqlandi. Xulosa: Panjadagi shish darajasi dinamikasiga qarab xulosa qilib aytishimiz mumkin, (1-(4nitrofenil)-1H-1,2,3-triazol-4-il)metil 2-gidroksibenzoat moddasining yallig‘lanishga qarshi faolligi taqqoslash preparatlariga nisbatan yuqori. Bu natijalar o‘rganilayotgan moddaning qondagi yallig‘lanish markerlariga ta’sirini o‘rganishga zamin yaratadi. Olib borilgan tajribalar O‘simlik moddalari kimyosi instituti byudjet ishlari doirasida bajarildi.