scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XOJA MUHAMMAD PORSONING "TAFSIR" ASARI TAFSIR ILMI BO'YICHA TAHLILI

Karimova, Sevara

Abstract

Ushbu maqolada asosiy e’tibor Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir” asarining tafsir ilmi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tahliliga bag‘ishlangandir. Asarning tafsir olamidagi o‘rni va ahamiyati to‘liq ochib berilgan. Bu asar bilab bir vaqtda yozilgan mashhur tafsirlar bilan qiyoslanib, uning bog‘liq va fatqli jihatlari bayon qilindi. Undan tashqari Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir” asaridan namunalar dalil sifatida keltirildi. Tafsir turlari bilan bu asarning uyg‘ulashgan tomonlari to‘liqroq yoritildi. Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir” asari tafsir olamidagi ahamiyati ko‘rsatildi.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 38 DOI: https://10.5281/zenodo.17344813 XOJA MUHAMMAD PORSONING “TAFSIR” ASARI TAFSIR ILMI BO‘YICHA TAHLILI Sevara Karimova O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi E-mail: omina.19.1[email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada asosiy e’tibor Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir” asarining tafsir ilmi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tahliliga bag‘ishlangandir. Asarning tafsir olamidagi o‘rni va ahamiyati to‘liq ochib berilgan. Bu asar bilab bir vaqtda yozilgan mashhur tafsirlar bilan qiyoslanib, uning bog‘liq va fatqli jihatlari bayon qilindi. Undan tashqari Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir” asaridan namunalar dalil sifatida keltirildi. Tafsir turlari bilan bu asarning uyg‘ulashgan tomonlari to‘liqroq yoritildi. Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir” asari tafsir olamidagi ahamiyati ko‘rsatildi. Kalit so‘zlar: Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir”i, tafsir ilmi, tadabbur, tafakkur, istinbot, sura, oyat, manba, qo‘lyozma, aqida ilmi, mufassir, tasavvif ilmi, ishoriy tafsir, tafsir turlari, zohiriy va botiniy ma’nolar. ABSTRACT This article focuses on the scientific analysis of Khoja Muhammad Porso‘s "Tafsir" in the field of tafsir. The place and significance of the work in the world of tafsir are fully revealed. This work is compared with famous tafsirs written at the same time, and its related and unique aspects are described. In addition, examples from Khoja Muhammad Porso‘s "Tafsir" are given as evidence. The harmonious aspects of this work with the types of tafsir are more fully explained. The significance of Khoja Muhammad Porso‘s "Tafsir" in the world of tafsir is shown. Keywords: Khoja Muhammad Porso‘s "Tafsir", the science of tafsir, contemplation, reflection, inference, sura, verse, source, manuscript, science of belief, commentator, science of Sufism, symbolic tafsir, types of tafsir, apparent and hidden meanings. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 39 AННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается научный анализ «Тафсира» Ходжи Мухаммада Порсо в области тафсира. Полностью раскрываются место и значение этого произведения в мире тафсира. Произведение сравнивается с известными тафсирами, написанными в то же время, и описываются его родственные и уникальные аспекты. Кроме того, приводятся примеры из «Тафсира» Ходжи Мухаммада Порсо. Более полно раскрывается гармония этого произведения с видами тафсира. Показывается значение «Тафсира» Ходжи Мухаммада Порсо в мире тафсира. Ключевые слова: «Тафсир» Ходжи Мухаммада Порсо, наука тафсир, созерцание, размышление, умозаключение, сура, стих, источник, рукопись, наука веры, комментатор, наука суфизма, символический тафсир, виды тафсира, явные и скрытые смыслы. Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir”i bilan bir vaqtda yozilgan tafsirlarni o‘rganish va ularning asosiy g‘oyalarini, uslub va tildagi farqlarini hamda bog‘liq tomonlarini aniqlab, qiyoslash orqali kerakli ma’lumotlarni olish osonroqdir. Bu izlanishlar asarlarning qanday qilib diniy va ijtimoiy kontekstda shakllanganini bilan birga muallifning o‘ziga xos jihatlarini yoritishga ham yordam beradi. Islomshunos olim D.Maqsudov Movarounnahrda yozilgan tafsirlar tarixi bo‘yicha olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida: “Tafsir – bu Qur’oni karimdan ko‘zlangan maqsadni inson o‘z darajasida tushunib, boshqalarga ham tushuntirib berish”, deb ta’riflagan. Undan tashqari tadqiqotchi Qur’oni karimning ma’nolariga dalolat qiluvchi va tafsirshunoslikda qo‘llaniladigan tafsir, ta’vil, tadabbur, istinbot so‘zlarining mohiyatini va tafsir asarlarida bu tushunchalarning qo‘llanishlarining ahamiyatini ham barafsil yoritib ko‘rsatgan 1 . Shu sababli hamma mufassirlar Qur’oni karimning ma’nolariga dalolat qiluvchi, undan hukm olish usullari, oyatning asl maqsadlarini anglash borasida tafsir, ta’vil, tadabbur, istinbotdan keng foydalanishganini kuzatasiz. “Tadabbur” nima? desak, “Tadabbur” so‘zi aslida biror bir ishning orqa tomonini va uning oqibatiga qarash ma’nolarini anglatib, undan tashqari uni tafakkur ila o‘ylab qilish tushuniladi. Abul Hasan Jurjoniy aytadi: «Tadabbur tafakkur so‘ziga yaqindir, biroq tafakkur dalil bilan o‘ylash bo‘lsa, tadabbur ishning oqibatlariga qarashdir». Qur’onni tadabbur qilishni Jarulloh Zamaxshariy: “Qur’on ma’nolari haqida tafakkur qilish va undagi narsalarni anglash”, deb izohlaydi. Alloma fikrini davom 1 Мақсудов. Д. Мовароуннаҳр ҳанафий мазҳаби тафсирлари(асрлар). – Тошкент,2019. -Б.23-40. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 40 ettirib shunday degan: «Oyatlarni tadabbur qilish bu – ular haqida fikr yuritish, sahih ta’villar va yaxshi ma’nolarga olib boradigan tafakkur qilishdir. Chunki oyatlarning faqatgina zohiri bilan kifoyalanish bilan ko‘plab foydalardan qolib ketish mumkin». Shayx Abdurrohman Maydoniy: «Tadabbur bu – keng ko‘lamli tafakkur bo‘lib, gapning oxirigacha tushunish va uzoq maqsadlarni ham anglash», deb ta’rif bergan. Islom ulamolari tadabbur va istinbotning farqli tomonlarini keng ochib berishga harakat qilishgan. Istinbot so‘zi ham Qur’onni tushunishda keng qo‘llaniladigan tushunchalardandir. Istinbot biror narsani bir narsadan chiqarib olish ma’nosida keladi. Chunki istinbot uchun avval tafakkur qilish kerak. Biroq Qur’oni karimda tadabbur va tafakkur qilish hammaga buyurilgan bo‘lsa, istinbot qilish faqatgina ulamolar zimmasiga yuklatilgan. Ayni istinbot bilan tafsir o‘rtasida bog‘liklik bo‘lib, unga ko‘ra tafsir ma’nolarni bayon qilib, izohlaydi. Istinbot esa ma’nodan tashqari undagi hidoyat, sirlar va hikmatlarni bayon qiladi. Istinbotga o‘tkir zehn, aql, ijtihod mufassirdan talab qilinsa, tafsirga esa dastlab naql, lug‘at, keyin aql va ijtihodga tayanilgan. Istinbot bilan tafsir o‘rtasida bog‘likliklar quyidagilar: - tafsir ma’nolarni bayon qilib, izohlasa, istinbot esa, ma’nodan tashqari undagi hidoyat, sirlar va hikmatlarni chiqarib beradi; - istinbotda o‘tkir zehn, aql, ijtihodga tayanish ko‘proq, tafsirda esa, naql, lug‘at, keyin aql va ijtihodga ko‘proq ahamiyat qaratilagan. Bundan tashqari ahkomul Qur’on atamasi ham yuqoridagi so‘zlar kabi ko‘p ishlatiladi va undan fiqhiy oyatlargina tushuniladi. Biroq ba’zi olimlar ahkomul Qur’ondan nafaqat fiqhiy, balki e’tiqodiy, tariqat va axloqiy ma’nolarni ham tushunganlar. Xoja Muhammad Porso “Tafsir” asarida yuqoridagi tadabbur, tafakkur va istinbot iboralari tafsir qilishda va ularning mohiyatini ochib berishda keng foydalanilgan hamda muallif tomonidan bu iboralar g‘ozal uslub ila juda mohirlik bilan bayon qilingan deb baholash mumkin. Misol uchun, Xoja Muhammad Porso “Tafsir” asarining muqaddima qismida bu haqida alohida urg‘u bergan: يتخ تسرثا ردات رّبدتو رّكفت اب فحصم رد رظنب ةصاخ تسا ديجم نآرق تآرق تادابع لضفا نوچ.... يه هب اّنمآ تمايق زور تساربخ رد و تسربارب متخ تفه فحصم زاچ دزن تسين عيفشخ رتراوكرزب يلاعت ياد هيناعم يلع فوقولاو رّبدتلاب نآرقلا نم ةيآ لجرلا ارقي ن لا دنا هتفگ و نآريغ هن و هتشر ف هنو ربمغيپ هن رارق زا 1 رّبدت ريغب هلك نآرقلا متخ نم ّبحأ “...Qur’on karimni tafakkur va tadabbur bilan o‘qigan insonning ibodati oddiy o‘qilgan xatmga nisbatan eng afzal ibodat hisoblanadi...”. 1 Xoja Muhammad Porso. Tafsir. №2180. 2b.3-7 qatorlar. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 41 “Hasan Basriy (r.a) rivoyat qilinadi: “Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Har bir oyatning orqa va oʻrtasi, har bir harfning chegarasi bor va har bir harfning chegarasi bor. Chegaraning kelib chiqishi bor””. Ibn Naqib (r.a) aytadi: “Uning zohiriy maʼnosi zohiriy maʼnoni bilgan kishilar uchun zohir boʻlgan narsadir, yashirin maʼnosi esa Alloh taoloning haqiqat egalariga maʼlum qilgan sirlarini oʻz ichiga olgan narsadir” 1 . Muallif muqaddima qismida asosiy e’tiborni tadabburdan tashqari Qur’oni karimga oid barcha ma’lumotlar bitta tizimga solingan holda ma’lumotlar bayon qilingan. Unda Qur’oni karim nozil bo‘lishidan tortib, uning fazilati, unga oid hukmlar uning yillar davomida to‘plagan bilimlar va hayotiy hulosalarining jamlanmasini ko‘rish mumkin. Undan tashqari Qur’oni karim oyatlarini inson qalbi va aqlini birlashtirgan holda tadabbur va tafakkur bilan o‘qish hamda anglash zarurligi izohlanadi. Qur’oni bilan bo‘liq hukmlar ham chiroyli va ochiq bayon qilib ko‘rsatilgan. Tafsirda Xoja Muhammad Porso sharhlash jarayonida uzviylikka alohida ahamiyat berib, keltirilgan hadis yoki oyat mazmuni to‘ldirib, davom ettirgan holda gapni tugallaydi. Misol uchun: “….Shayx Olam (q.s.) (Hazrati Naqshbandiy)dan iqtibos keltirib, Qur’oni karimning sirlarini avval qalblarida joylaganlar sahobalardir. Misol uchun bitta sahoba Alloh undan rozi bo‘lsin shunday dedi: “Men bitta oyatni tushunish uchun toki Alloh oyatning hikmatini anglab, etgunga qadar bir oylab yoki bir yillab muddat talab qilardi. Bu huddi ummondan bir tomchi suv nasibam kabi bo‘lib, bu menga Allohdan berilgan fazlga dalolat qilardi. Oqibatda har lahza bir sir oshkor bo‘laverdi 2 ”. Muallif bu orqali yuqorida fikrlarni asoslash bilan birga o‘zining qarashlarini shu orqali ifodalashga harakat qilingan. Shuningdek, Xoja Muhammad Porso: “Qur’on o‘quvchining qalbi hushu’u va sofligi natijasida, uning qalbi tayyor bo‘lib, tasbih nuri bilan ziynatlanadi, u o‘sha xususiyatlarga ega bo‘la boshlaydi. Qur’on tilovatidan turli sifatlarning namoyon bo‘lishi ilmlarning haqiqatlari, idrok etish daqiqalari kabi manfaatlar va hikmatlar eshigi ochilishida ko‘rinadi. Qur’on tilovati zikrlarning afzaliga aylanadi”, deya ta’kidlagan. Muallif hadislardan juda ko‘p foydalangan: “Abu Muoviya bizga Abdulloh ibn Said Maqbariydan, otasidan, bobosidan, Abu Hurayradan rivoyat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) «Qur’onni o‘qing va undan g‘aroyib narsalarni qidiring», dedilar» 3 . 1 Xoja Muhammad Porso. Tafsir. №2180. 2/B-3/B. 2 دنا هدومرف هّرس سدق ملاعلا خيش هنع الله يضر يباحصات دندوب ىنعم دنب رد ناشيا دنتفاي رد باتك نيا رارسا ل ّوا ردص رد هك ناقيّدص نا دنچ دوب تّمه ِءهبذاجب ات تسرف لابقتساِب ار دوخ مهف دش ىماراكشآ ىّرس ةظحلره مدنام ىم لاس كيو مدنام ىم هام كي ىتيآ ددع رد ديوگيم نيازا هرطق هك فح دوشون بيصن رحبتسلد يسدق ضيف عي. 3 انثدح ةيواعم وبأ نع يربقملا ديعس نب الله دبع نع هدج نع هيبأ نع ةريره يبأ يبنلا نأملسو هيلع الله ىلص– لاق هبئارغ اوسمتلاو نآرقلا اوبرعأ . " INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 42 Allomaning Qur’onni to‘liq bilgani va ko‘p hadislarni yod bilganligi sababli ulardan dalillar keltirganda ayrim vaqtida matnning o‘zini keltirgan. Bunday holatlar matnni anglashda qiyinchilik yuzaga keltirib, asl mazmunidan uzoqlashishga olib kelishi mumkin. Misol uchun, Ibn Mas’ud aytdilar: “Kimki birinchi va oxirgi ilmni istasa, Qur’on tilovat qilsin, ma’lumki, bu zohiriy ma’noni tafsir qilish bilan bo‘lmaydi va unga ishonganlardan ba’zilari: Har bir oyat uchun oltmish ming tushuncha bor. 1 مهف فلا نوتس ةيآ لكل الله مهمحر ءاماعلا ضغب لاق Keltirilgan bu hadisning oxirgi jumlalari tafsirning 3a varog‘ining 2 qatorida qayd etilgan. Demak, izlanuvchilardan tafsirni tadqiq qilishda har bir jumlani diqqat bilan o‘rganilishi talab qilinadi. Niso surasining 82-oyatni keltiradi: “Qur’onni tadabbur qilib ko‘rmaydilarmi?!...” 2 . Tafsirda Xoja Muhammad Porso fikrlarini fors tilida yoki bitta gapni ichida ham fors va arab tillarini aralashtirgan holda yoki sof aralashtirmasdan arab tilida bayon etilgan joylarini ham uchratish mumkin. Bu muallifning ikkala tilni mukammal bilganidan hamda mufassir uchun muhim jihatini ham ko‘rsatadi 3 . Undan tashqari yozish uslubi sodda ko‘ringani bilan gapning asl mazmunini anglash uchun o‘quvchidan yuqori saviya va zehn talab etiladi. Yuqoridagi fikrni asoslab muallif iqtibos ishlatganda ham ayrim o‘rinlarda to‘liq matnidan foydalanmagan, balki asosiy mazmuni bergan. Tadqiqot davomida muallifning shaxsiy fikrini berishdan chetlanganini yaqqol ko‘riladi, sababi naql va iqtibosdan ko‘p foydalangan. Xoja Muhammad Porsoning Tafsirida birlamchi ko‘zga tashlanadigan muallifning boshqa tafsir asarlar bilan bog‘liq tomonlari quyidagilar: ✓ Suralar ketma-ketligi mavjud. Makkiy yoki Madaniy suralarga ajratilgan. Oyatlar birma-bir sharhlangan. Suraning nozil bo‘lish sabablari keltirilgan; ✓ Oyatni oyat va sura bilan suraning bir-biriga bog‘lanishiga alohida ahamiyat berilgan; ✓ Tafsirda yuzdan ortiq islom dini uchun xizmat qilgan allomalarning fikrlaridan foydalangan. Manbalarning nomlari to‘liq yoki qisman zikr qilingan; ✓ Tafsirda muallif o‘zi uchun qadrli insonlarni “Ustoz” yoki “Unvoni” yoki “Laqabini” keltirgan holda iqtibos olgan o‘rinlari ham uchraydi. Jumladan, Imom G‘azzoliyning ismidan ko‘ra laqabi “Hujjatul Islom” deya ifodalagan bo‘lsa, Imom انثدح لاق يبأ ينثدح مثيهلا نب ميهاربإ انثدح لاق مدآسايإ يبأ نبا ينعي لاقانثدح يزورملا بيطلا وبأ انثدح : لاق داور يبأ نب زيزعلا دبع نع عفان نع نبا رمع الله لوسر لاق : لاقملسو هيلع الله ىلص : - لكو هضعب برعأ نإف تانسح رشع فرح لكب لزنأ امك هل بتكي كلم هب لكو هبرعي ملف نآرقلا أرق نم رعأ نإف ةنسح نيرشع فرح لكب هل نابتكي ناكلم هب ةنسح نيعبس فرح لكب هل نوبتكي كلامأ ةعبرأ هب لكو هب 1 Xoja Muhammad Porso. Tafsir. №2180. 3/a. 2 q. 2 Xoja Muhammad Porso. Tafsir. №2180. 3/a. 7 q. 3 Mufassir uchun arab tilini mukammal bilish talab etilgan shartlarga kiradi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 43 Termiziy bilan Hakim Termiziyning ismlarini berishda esa alohida ahamiyat bergan. Undan tashqari ismdan keyin uning maqomini ifodalash uchun kerakli darajada zikrlarni ham alohida ifodalagan; ✓ Tafsirida hadislardan ko‘p foydalanganligi sababli, to‘rt halifalarning ismlari, mashhur sahoba, tobe’in va taba’ tobe’inlarning ismlaridan tashqari hadis ilmiga oid atamalarni ham keltirib o‘tgan. Asarda mashhur hadislar ko‘proq qismini tashkil qiladi. Muallif “Takassur” surasida boshqa suralarga qaraganda ko‘proq hadislarni ketma-ket keltirgan. Hadislarning faqat matni emas, balki roviylarining ismlari ham qonun qoidalariga to‘liq amal qilgan holda keltirilgan; ✓ Muallif ba’zi ulamolar, ba’zi mufassirlar, ba’zi oriflar kabi jumlalardan ko‘p ishlatgan. Masalan “الله مهمحر نيفراعلا ضعب”, “ الله مهمحر ءاملعلا ضعب ” ,“الله مهمحرريسفتلا ضعب” ,“الله مهمحر ءاربكلا ضعب”; ✓ Ma’lumotlar mavzu doirasida chiqmagan, lekin boshqa tafsirlarga nisbatan ko‘proq berilgan; ✓ Muallifning oyatlarning zohiriy va botiniy ma’nolaridan tashqari inson ruhiyati ham bayon qilingan; ✓ Muallif bitta yozuv xatidan foydalanmagan; ✓ Matnda fikrlarning takror-takror yoki so‘zlar qayta yozilgan holatlar ham uchraydi; ✓ suralarning mazmunini deyarli mos kelgani sababli suralardagi ma’lumotlar bir-birini sharhlab, to‘ldirib kelgan; ✓ oyatlarda kelgan asosiy kalimalarning ma’nolari har tomonlama qarashlari berilgan va chuqurroq masalaga urg‘u berilgan; ✓ suralar bitta uslubda sharhlamagan, ya’ni bir surada qo‘llanilgan uslub boshqa surada boshqacha metod orqali ochib berilgan. Masalan, Bayyina surasida olimlarning fikrlari ko‘p keltirilgan bo‘lsa, Takassur surasida hadislar birinchi o‘rinda kelgan; ✓ iqtibos keltirishda ayrim joylarida manbalar yozilmagan yoki ishora qilingan. Misol uchun “فاشكلا بحاص” “ىشاوك بحاص”; ✓ Muallifning fikrini asosan fors tilida bergan; ✓ fors-arab tilidan aralashgan holda foydalanilgan. Ko‘proq arab tilida yozilgan. Ba’zi o‘rinlarida bitta gapda ikkila tillardagi so‘zlardan kelgan. ✓ Muallif Qur’ondagi oyatlar so‘zlariga kelsak, ular fe’l-atvor ustalariga vahiy qilingan va ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan zohiriy ma’nolarga ishora shaklidadir nima maqsad qilingan bo‘lsa, bu iymon va sof ilmning kamolotining belgisidar. Ular zohiriy ma’noni umuman nazarda tutilmaganiga emas, balki faqat botiniy ma’nosiga ko‘proq tayanish bo‘lgan. Xoja Muhammad Porso “Tafsir”ining asosiy manbalardan “tafsir bul ma’sur” turiga mansub bo‘lgan, o‘z davrida juda mashhur bo‘lgan Imom Imodiddin INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 44 Ismoil ibn Kasirning “Tafsirirul-Qur’onil-azim” tafsiridan iqtibos olib, uning tafsirga ta’sir qilgan tomonlari quyidagilardir: ➢ Muqaddima qismi ko‘proq hajmli bo‘lishi, unda Qur’oni karim va tafsirlarga oid juda ko‘p ma’lumotlar keltirilgani; ➢ Oyatni keltirgandan so‘ng uni oson so‘zlar bilan tafsir qilib, agar bir oyatni boshqa biri bilan ravshanlashtirish imkoni bo‘lsa, shunday qilgan. Keyin ikki oyatni solishtirgan; ➢ Tafsir qilinayotgan oyatga bog‘liq hadislarni jamlagan; ➢ Sahobalar, tobe’inlar va o‘tgan ulamolarning o‘sha oyatga bog‘liq so‘zlaridan ko‘p foydalangan. “Tafsir”ining asosiy manbalardan yana biri “tafsir bir-ra’y” turiga kirgan, ra’y bilan qilingan tafsirlardan mashhuri Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Husayin Faxriddin Roziyning “Mafatiyhul g‘ayb” asaridir. Tafsirda bu asar bilan o‘xshash jihatlari quyidagilar: ➢ Tafsirda oyat bilan oyat va sura bilan suraning bir-biriga bog‘lanishini bayon qilishga alohida e’tibor bergan; ➢ Falsafa keng o‘rin berilgan; ➢ Mualliflar Ahli sunna mazhabida bo‘lgani uchun tafsirlarida bu mazhabning qavlini qo‘llab, muxoliflarning, xususan, mo‘taziliylarning fikrlarini qattiq tanqid qilgan; ➢ Mualliflar kezi kelganda fiqh, usul, nahv va balog‘ot ilmlaridan ham alohida ahamiyat bergan; ➢ Tafsirda ko‘p ilmlarga berilib ketib, tafsirni cho‘zib yuborish holatlari kuzatilgan. Tafsir asariga berilgan yuqoridagi tasniflardan kelib chiqib aytish mumkinki, muallif bu asari orqali mufassirlikni da’vo qilmagan, balki tafsir ilmida o‘zining bilimlarini jamlagan hamda o‘zi maqul va to‘g‘ri topgan qarashlarni keltirgan deyish mumkin. Biroq eronlik olimlar Xoja Muhammad Porsoning bu asariga ijobiy baho berishmagan, ya’ni tafsirda muallifning o‘z fikri yoq, faqat boshqa allomalarning asarlardan ko‘chirilgan degan xulosa kelishgan 1 . Afsuski, eronlik tadqiqotchilar bu tafsirning zohiriy jihatiga baho berishgan xolos, uning botiniy qismini hisobga olishmagan ko‘rinadi. Shuning uchun ularning tadqiqot ishlarida muallifning asl maqsadi to‘liq ochib berilmagan desak bo‘ladi. Xoja Muhammad Porsoning shaxsiyati juda murakkam hisoblanadi, bu haqida olib borilgan tadqiqotlar ko‘p martaba aytishgan. Allomaning asarlarini bittada o‘qib o‘rganish mumkin emas, chunki 1 ناتسمز و زيي اپ ۲ هرامش ۱۳ لاس ، ی شهوژپ - یملع هلاقم( ىملع ةمازلا اصف ود یگنهرف تاعلاطم و ی ناسنا مولع هاگشهوژپ یسراپ بدا همان نهک ۱۴۰۱ ،۳۰۵ - ۳۲۶ هک .. ثأتير فوص نوتميهنا سرافی سفت ربير نامثيه اسراپ دمحم هجاوخ . دمحم ملام ميهارباير ملاس اضرملاغي ،نا هسي ل يرای لگ هرد INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 45 yozilgan ma’lumotning botininy ma’nolari ham bor. Shuning uchun uning asarlarini qayta-qayta tadqiq qilish talab qilinadi. Shundan kelib chiqib, bu Tafsir asarida keltirilgan ma’lumotlar oddiy, sodda va tushunarli ko‘ringani bilan uning ikkinchi tomoni borligini hisobga olish zarur. Qur’oni karimning har bir surasi o‘ziga xos sabab va hikmat bilan nozil bo‘lgan. Shu sababli oyatlarning belgilangan hukmi va qarorlarini ham hisobga olish zarur. Shuning uchun muallif o‘zining Tafsir asari uchun tanlab olgan sakkizta suradagi ma’nolar bir-biriga bog‘liqligi va o‘xshashligi tasodif emas. Muallif bu asarni yozishda o‘zining hayoti davomida to‘plagan hamma bilimlarini jamlagan deb baholash mumkin. Chunki muallif har bir oyatni kalom, tafsir, hadis va tasavvuf ilmlarini umumlashtirgan holda tafsir qilgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, diniy va dunyoviy ilmlarni o‘zida jamlagan Allohning kalomi - Qur’oni karimning ma’nosini anglash oson emas. Undagi ilohiy ma’no sirlaridan barcha insoniyatni ogoh qilishda minglab ulamo va mufasssirlarning benazir xizmatlari beqiyosdir. Islom olamida Abu Hamid G‘azzoliyning “Javohiru-l-Qur’on”, Abul Qosim Mahmud Zamahshariyning “Kashshof fi tafsir Qur’on”, Ro‘zbehon Baqliyning “Aroyisu-l-bayon fi haqoyiqi-l-Qur’on”, Najmiddin Roziyning “Bahrul-l-haqoyiq”, Sadriddin Qo‘naviyning “Tafsiri fotiha”, Shayx Sa’diddin Hammuviyning “Sajanjalul-arvoh va nuqushu-l-alvoh”, “Tafsiru-l-qozi Bayzoviy”, “Tafsiru-l-Jalolayin”, “Tafsiri ibn Kassir”, “Tafsiru-l-Qurtubiy” kabi boshqa tafsirlar qatoridan Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir” asari ham kirgan. Xoja Muhammad Porso buyuk mutafakkir va tasavvuf shayxi bo‘lib, tafsir uning ilmiy merosining muhim bir qismidir. Garchi uning to‘liq tafsiri bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, uning tafsiridan saqlanib qolgan parchalar uning ilmiy salohiyati va Qur’onni chuqur tushunganligidan dalolat beradi. Xoja Muhammad Porsoning ilmiy meroslari qatoridan joy olgan Tafsir asari va ularning qolyozmalari haqidagi olib borilgan ilmiy izlanishlar muhim ahamiyatga ega. Chunki Xoja Muhammad Porso o‘z zamonida tanilgan mutasavvif bo‘lib, uning asarlari nafaqat o‘zining zamonida, balki keyingi davrlarda ham naqshbandiya tariqati tarixida katta e’tiborga sazovor bo‘lgan. Undan tashqari bu shaxsni tafsir ilmida ham sezilarli iz qoldirgan desak bo‘ladi. To‘g‘ri asar boshqa tafsir asarlar kabi mashhur emas. Lekin uning ma’naviy qiymati va ahamiyati yoqiri baholanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Xoja Muhammad Porso. Tafsir. O‘zR FA Beruniy nomidagi Sharqshinoslik qo‘lyozamalar instituti. Qo‘lyozma № 2180. 232 varoq. 2. Ishari Tafsiri. Eksen Matbaacilik. Yeni Ufuklar neshriyati. – Istanbul, 1998. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 46 3. Abdulhakim Yuce. Razinin tefsirinde tasavvuf. – Izmir.: 1996. 4. Usmonov I., Saidova G. Movarounnahr turkiy tafsirlari tarixidan. – Toshkent, 2012. 5. Tafsiri Bahr. Qo‘lyozma kitoblar asosida Qur’on karim oyatlari ma’nolarining ilmiy-izohli tarjima va tafsirlari. Monografiya. TIU. – Toshkent, 2010. 467b. 6. Sh.Ziyodov. Abu Mansur al-Moturidiy va uning “Kitob at-ta’vilot” asari. T.: “ФАН” nashriyoti, 2009. 479b. 7. “Aqiydatut-tahoviya” sharhining talxiysi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. T.: Hilol-Nashr, 2022. 446b. 8. Турар Усмон. Тасаввуф тарихи. -Тошкент: Истиқлол,1999. -166б. 9. Усмонов И. Мовароуннаҳр тасаввуфи ва мотуридийлик. – Тошкент: “Movaraunnahr”, 2017. -96 б. 10. Obidov R. Qur’on, tafsir va mufassirlar. -T: Movarounnahr,2003. 346b. 11. Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur’on ilmlari. - T.: Hilol nashr, 2022. 502b . 12. Prof. Dr. Süleyman ATEŞ. İŞARİ TEFSİRİN. Yeni Ufuklar Neşriyat, Üskudar / ISTANBUL. 1998. 25s. 13. Усмонов И., Саидова Г. Яьқуб Чархий тафсирининг туркий таржимаси (таржимаи тафсири чархий). – Тошкент,2010. 453б. 14. Мақсудов. Д. Мовароуннаҳр ҳанафий мазҳаби тафсирлари(асрлар). – Тошкент,2019. 302б.