INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 81 DOI: https://10.5281/zenodo.17344887 OZOD SHARAFIDDINOV IJODIDA ESSE-BADIA JANRINING O‘RNI VA O‘ZBEK ADABIY TANQIDCHILIGIDAGI TARAQQIYOT TAMOYILLARI Tulishova Gulzina Ravshanovna Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Email:
[email protected] ANNOTATSIYA Maqolada XX asr o‘zbek adabiy tanqidchiligida shakllangan janr va shakllar tahlil qilinadi. Xususan, esse-badia janrining genezisi, rivojlanish omillari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Esse janrining ingliz, rus va o‘zbek adabiyotidagi talqinlari bilan bir qatorda, uning o‘zbek tanqid-adabiyotshunosligida tutgan o‘rni va taraqqiyot yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, Ozod Sharafiddinov ijodiy merosida esse-badia janrining o‘rni, uning “Birinchi mo‘jiza”, “Nutq yoxud adib hayotining yulduz onlari” singari esselari tahlil qilinib, bu asarlarda adabiyot va jamiyat hayoti o‘rtasidagi uzviy aloqalar yoritiladi. G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov kabi atoqli adiblar haqida yozilgan esse-portretlar asosida Sharafiddinovning tanqidiy tafakkuri, milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi ochib beriladi. Kalit so‘zlar: Ozod Sharafiddinov, esse-badia, o‘zbek tanqidchiligi, adabiy portret, adabiy-tanqidiy tafakkur, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, milliy adabiyot, adabiy jarayon. ABSTRACT The article examines the genres and forms that developed in Uzbek literary criticism of the 20th century. Special attention is given to the genesis and evolution of the essay-badia genre, its specific features, and artistic-philosophical aspects. The study analyzes Ozod Sharafiddinov’s essays (“The First Miracle,” “Speech or the Starry Moments of a Writer’s Life”), which highlight the interrelation between literature and social life. Through essay-portraits of G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, and Odil Yoqubov, Sharafiddinov’s critical thinking and his significant contribution to the development of national literature and criticism are revealed.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 82 Keywords: Ozod Sharafiddinov, essay-badia, Uzbek criticism, literary portrait, literary-critical thought, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, national literature, literary process. АННОТАЦИЯ В статье рассматриваются жанры и формы, сложившиеся в узбекской литературной критике XX века. Особое внимание уделяется генезису и развитию жанра эссе-бадия, его специфике и художественно-философским особенностям. Анализируются эссе Озода Шарафиддинова («Первое чудо», «Речь или звёздные мгновения в жизни писателя»), в которых раскрываются взаимосвязи между литературой и общественной жизнью. На примере эссе-портретов о Гафуре Гуляме, Абдулле Каххаре, Одиле Якубове показана критическая мысль Шарафиддинова и его огромный вклад в развитие национальной литературы и критики. Ключевые слова: Озод Шарафиддинов, эссе-бадия, узбекская критика, литературный портрет, литературно-критическое мышление, Гафур Гулям, Абдулла Каххар, Одил Якубов, национальная литература, литературный процесс. Ko‘p asrlik mumtoz adabiyotimiz va tanqid-adabiyotshunoslik an’analarining vorisi va davomi bo‘lgan XX asr adabiy tanqidchiligida quyidagi janr va shakllar kuzatiladi: taqriz (retsenziya), adabiy obzor,muammoli maqola, badia-esse, xotiramemuar, tanqidiy-biografik ocherk, adabiy portret, ilmiy-biografik tadqiqot singari janrlar, taqriz-maktub, taqriz-bahs, monografiya, maqola-dialog, maqola-suhbat, portret chizgilari, adabiy etyud, o‘ylar singari shakllari o‘zbek tanqidchiligida keng qo‘llaniladi. Tanqidchilik janrlarini shartli ravishda ikki qismga – adabiy jarayon hamda yozuvchining hayoti, ijodi masalalarini yorituvchi janr va shakllarga ajratish mumkin. Albatta, bunday bo‘linish shartli, chunki boshdan-oyoq adabiy jarayonni yorituvchi “sof” janrlar bo‘lmaganiday, faqat ijodkor hayoti va ijodini yoritish bilangina chegaralanadigan janrlar ham bo‘lmaydi. Adabiyot va tanqidchiligimiz tarixida hamda shu jumladan, Ozod Sharafiddinov ijodiy faoliyatida katta o‘rin tutuvchi esse-badia janri, asosan, XX asrning 60yillaridan so‘ng xotira, esse, hikoya, maqola, adabiy o‘ylar tarzida yuzaga keldi. Asqad Muxtor, Pirimqul Qodirov, Mirtemir, Zulfiya, Shukur Xolmirzayevlarning bu davrda yaratgan esse va badialari adabiyotshunos olimlarimizning ilmiy izlanishlarida
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 83 ma’lum darajada o‘rganilgan 1 . Shu bilan birga esse janrining genezisi, shakllanish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, taraqqiyot omillari va yеtakchi tamoyillari singari masalalarni oydinlashtirish ham bugungi adabiyotshunosligimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi. Ingliz, rus, o‘zbek tilidagi adabiyotlarda essega berilgan qisqacha ta’riflarga duch kelamiz. Biroq, o‘zbek tilida nashr qilingan “Adabiyot nazariyasi”, “Adabiyotshunoslikka kirish” darsliklari, “Adabiyotshunoslik ruschao‘zbekcha terminlarining lug‘ati” kabi qo‘llanmalarda, umuman, esse janrining nomi ham tilga olinmagan 2 . Esse adabiy, falsafiy, tarixiy, biografik, publitsistik, diniy va adabiy-tanqidiy mazmunga ega bo‘lgan nasriy ijod namunasi bo‘lib, unda nafaqat adabiyot olami, shuningdek, barcha fanlar, tabiat va jamiyatning turli jabhalariga tegishli voqelik ham mavzu hamda muammo tarzida qalamga olinadi. Shu sababli janrning barcha shakliy ko‘rinishlarida ijodkor shaxsi, uning tafakkur olami, dunyoqarashi va madaniyati bosh qahramon sifatida gavdalanadi. Ya’ni ijodkorning fikri, nuqtayi nazari turli xil yo‘sinda, xususan, badiiy, falsafiy, publitsistik hamda suhbat, adabiy o‘ylar, lirik mazmundagi publitsistik monolog, e’tirof, murojaat va hokazo shakllarda ifodalanishi mumkin. Adiblarning badiiy mahorati va individual uslubi qanchalik bir-birini takrorlamagani singari, ular yaratgan esselarning har birida turli-tuman fe’l-atvor, ma’naviy-intellektual saviyasi betakror va o‘ziga xos xarakterlar tasvirlanadi. Esse-badia janri adabiyotning boshqa janrlaridan shunisi bilan farq qiladiki, unda yozuvchi o‘z mulohazalarini erkin tarzda ifodalab, kitobxon bilan jonli muloqotga kirishadi. Shu boisdan ham taniqli adibimiz Asqad Muxtor esse-badiani juda asosli tarzda “erkin janr” deb ta’riflaganida to‘la haq edi. Shu munosabat bilan Ozod Sharafiddinovning tug‘ma iste’dodi va yuksak umuminsoniy tafakkurining munavvar bir ko‘zgusiga aylangan hamda bir umrlik adabiy-tanqidiy faoliyati, ijodining o‘ziga xos bir javhari bo‘lgan “Birinchi mo‘jiza” deb nomlangan essemaqolasiga murojaat qilish ayni muddao bo‘ladi. Ozod Sharafiddinovning bir necha kitoblarida qayta nashr etilgan ushbu esse-maqolaning muallif uchun ham, adabiyot mutaxassislari uchun ham, qolaversa, ko‘p sonli kitobxonlar uchun ham nechog‘lik muhim va dolzarbligini kengroq tushunish maqsadida qiyosiy bir haqiqatni yodga olaylik. Dunyo xalqlari adabiyoti o‘tmishidan ayonki, har bir ijodkor hamda shoir adabiy merosida shunday ijod namunalari bo‘ladiki, ular mazkur adibning ijodiy faoliyati mobaynida ijod qilgan asarlari orasida muhim ahamiyat hamda mavqega ega bo‘ladi. Masalan, adabiy-tarixiy manbalarda keltirilishicha, dunyodagi 1 Umirov S. Asqad Muxtorning elchilari. // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi 2005-yil 2-son. Pirimqul Qodirovning adabiy –nazariy qarashlari (arxiv.uz). Karimov N. Mirtemir (ma’rifiy biografik roman). – Toshkent: Meriyus, 2012. – B. 282. 2 Qo‘chqorova Marhabo. O‘zbek adabiyotida esse janri. Fil.fan.nom.diss.avtoreferati. – Toshkent: 2004.– B. 14-15.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 84 xamsanavislardan biri Xusrav Dehlaviy “mabodo zamonning zayli bilan barcha devonlarim, xamsadagi dostonlarim yo‘qolib ketgan taqdirda ham, birgina “Daryoi abror” qasidam qolsa, shu asar mening kim ekanligimni, nazmiy mahoratim va buyukligimni namoyon etib turadi” 1 , - deb bashorat qilgan ekan. Yoki ko‘p jihatdan Ozod Sharafiddinovga va u bilan orqama-oldin adabiyot olamiga kirib kelgan o‘nlab iste’dodli ijodkorlarga ham ustoz bo‘lgan mashhur adibimiz Abdulla Qahhor ham “Agar vaqti kelib asarlari ko‘rgazmasi tashkil etiladigan bo‘lsa, eng to‘riga “Tobutdan tovush” komediyasini qo‘yishini orzu-armon bilan aytgan ekan. Adabiyotimiz va ma’naviyatimiz tarixidan yana bir ibratomiz misol: Ozod Sharafiddinov zabardast yozuvchimiz Odil Yoqubov ijodini ancha keng o‘rgangan, bu adibimiz o‘zining zamonaviy va tarixiy mavzuda yaratgan qator qissa va romanlari bilan adabiyotimiz rivojiga katta hissa qo‘shganligi kitobxonlarga yaxshi ma’lum. Jumladan, Odil Yoqubov ijodi va ayniqsa, adibning romanlari ustoz yozuvchilarimiz Qodiriy va Oybeklarning mashhur romanlaridan keyin yuksak mahorat bilan yaratilgan va XX asr o‘zbek romanchiligini yangi bir bosqichga ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan asarlar ekanligini ushbu romanlar badiiyatini chuqur o‘rgangan taniqli adabiyotshunos Azimiddin Nosirov ham o‘zining doktorlik tadqiqotida alohida ta’kidlagani ham fikrimizni quvvatlaydi. 2 Ozod Sharafiddinov “Nutq yoxud adib hayotining yulduz onlari” nomli maqolasida – Odil Yoqubov hayoti va ijodining yorqin bir lavhasini yoritib, uning chuqur mazmuni va ijtimoiy-falsafiy ahamiyatini boshqa adiblarga ibrat qilib ko‘rsatadi. Ya’ni, atoqli adibimiz butun umri davomida yaratgan shunday mashhur badiiy asarlari bir tomon-u deputat sifatida Moskvaning Kreml saroyida bo‘lgan syezdi – qurultoyda (1989) so‘zlagan nutqini bir tomonga qo‘yaman deb, birgina ma’ruzasini butun ijodidan ko‘ra ham muhimroq deb hisoblaganini Ozod Sharafiddinov kabi bir nechta yaqin maslakdosh va qalamkash do‘stlari katta hayrat va faxr bilan eslashadi 3 . Odil Yoqubov hayoti, ijodi va kuchli shaxsiyatini ham yaqindan bilgan Ozod Sharafiddinovning ushbu nutq bilan bog‘liq mulohazalari ham yana bir marta bu hayotiy haqiqatni hamda olimning tafakkur – taxayyul olami benihoya teran, ijodiy mushohadakorligi ham favqulodda yugurik va chaqnoq bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, Odil Yoqubovning eng yuksak minbardan hayqirib aytgan tarixiy nutqini eshitmagan va bilmagan odamlar ham Ozod Sharafiddinovning bu nutq mazmuni, hayotiy manba-sabablarini tahlil etib yozgan 1 Шомуҳамедов Ш., Мусаев Б. Амир Хусрав Деҳлавий.– Тошкент: Фан, 1971.– Б.18-25. 2 Nosirov A. Odil Yoqubov romanlari badiiyati. –Toshkent: Samarqand, 2024.– B.154. 3 Шарафиддинов О. Нутқ ёхуд адиб ҳаётининг юлдуз онлари. Ижодни англаш бахти. – Тошкент: Шарқ, 2004. – Б. 410-423.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 85 birgina esse-maqolasini o‘qib, o‘sha nutqni eshitgandan ko‘ra kam ta’sirlanmasa kerak. Bunga ishonch hosil qilish uchun esa Ozod Sharafiddinovga xos yuksak millatparvarlik va ichki hamdardlik tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan tahlil va armonli xulosalarini sog‘lom nigoh va tiyrak aql bilan yuragimizdan o‘tkazib, o‘qishimiz talab etiladi: “Ko‘pincha oddiy odamlar o‘z dardlarini bayon etishar, boshlariga tushgan mislsiz adolatsizliklardan faryod chekishardi...” Odil Yoqubov muxbir sifatida bu maktublar bilan shug‘ullanmog‘i kerak edi. Biroq u adib sifatida, zahmatkash va jabrdiyda xalqimizning bir farzandi sifatida ham shug‘ullandi, ularga yordam berishga harakat qiladi. Hatto bu mavzuda o‘tkir maqolalar yozib, adolatsiz qamalgan bir necha odamlarning hibsdan ozod bo‘lishlariga ham sababchi bo‘ladi. Yordam berishga ojizlik qilganida esa xalqning dard-iztiroblari adibning ham yuragiga inib, shaxsiy dardiztiroblariga aylanadi. Uning qalbidan nutqiga ko‘chgan alanga, tinglovchilar ko‘nglini junbushga keltiradigan dard-alam yillar davomida adibni o‘rtab kelganini tasavvur qilish oson emas. Ozod Sharafiddinov bu nutq va adib haqida ko‘nglidan kechgan hayotiy bir o‘y-xayolini ham kitobxonga havola etadi: “..o‘sha kuni ekranda ko‘zimga g‘alati bir manzara ko‘rindi – nazarimda, jo‘shib-to‘lqinlanib gapirayotgan Odil minbarda yolg‘iz emasday ko‘rindi. Uning orqasida zaldagilarga ko‘rinmay, Odil bolaligidan asarlarini sevib o‘qigan ulug‘ adib Abdulla Qodiriy va buyuk ustoz Abdulla Qahhor turganday edi. Odil ularning ham aytilmay qolgan dardlarini aytayotganday “Barakalla, Odiljon” deb, yеlkasiga qoqib, dalda berib turishganday edi” 1 . Mana shu birgina esseda ham Ozod Sharafiddinovning mutafakkirona talqini va tahlil mahorati yorqin namoyon bo‘lganiga hamda adabiy tanqidning imkoniyati, ta’sir kuchiga chuqur ishonch hosil qilamiz. Shu tariqa Ozod Sharafiddinov mazkur esseda Odil Yoqubovdagi buyuk jasoratning hayotiy va ijodiy manba va omillarini ham teran anglatadi. Ya’ni – u nutqining matnini tuzganida ham, yuksak minbardan turib, uni butun olam eshitadigan darajada hayqirib gapirganda ham o‘zining qadrdon xalqiga, shu xalqning farzandlari bo‘lgan buyuk ziyolilarning an’analariga tayangan. Shu bilan birga Ozod Sharafiddinov O.Yoqubovning bu nutqi katta ijtimoiy-ma’naviy ahamiyat kasb etishini ham alohida ta’kidlaydi. Uzoq yillar davomida pishib еtilgan bu falsafiy-estetik nutq o‘zbek ziyolisining maqomini ham hiyla ko‘tardi, uni xuda-behuda ta’nalardan, noo‘rin malomatlardan bir oz bo‘lsa-da xalos etdi. Tan olishimiz kerak, keyingi yillarda hammaning e’tiboriga sazovor bo‘lgan, hammani larzaga soladigan biron bir maqola yoxud badiiy asar yaratildimi yo yo‘qmi?.. Bunday haqli savollarga javob berishga qiynalar edik. O‘zimizga juda yuqori baho bergan holda, kemtiklarimizni tan 1 Шарафиддинов О. Нутқ ёхуд адиб ҳаётининг юлдуз онлари. Ижодни англаш бахти. – Тошкент: Шарқ, 2004. – Б. 415.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 86 olmay yashashga o‘rganib qolgandik. Ozod Sharafiddinov boshqa ijodkorlarning iste’dodi va asarlariga baho berish, tahlil etishda, eng avvalo, xalq va millat manfaatlarini ko‘z oldida tutib, fikr yuritadiki, bunday xususiyatlar allomaning asarlariga umrboqiylik bag‘ishlaydi. Ozod Sharafiddinovning XX asrning 76-yilida chop qilingan “Iste’dod jilolari” asari ham uning “Zamon. Qalb. Poeziya” (1962) kitobi kabi adabiy – estetik tafakkur tarixida jiddiy voqea bo‘lganligini ilmiy jamoatchilik ham yaxshi eslaydi. “Iste’dod jilolari” to‘plamidagi tadqiqotlar hajman qaraganda yirik emas, ammo munaqqid xuddi shu kichik maqola va esselarda badiiy ijod sohasining atoqli namoyandalarining hayot yo‘lini ochib berishga, ular ijodi hamda shaxsiyatining yetakchi jihatlarini lo‘nda qilib yoritishga muvaffaq bo‘lgan. Kitobning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, tanqidchi muayyan yozuvchining adabiy portretini chizar ekan, ayrim adabiyotshunoslardan farqli o‘laroq, ijodkor biografiyasiga xos barcha muhim va nomuhim faktlarni sanab o‘tirmaydi, shuningdek, yozuvchi asarlarining syujetini boshdan-oyoq “ijodiy ayon-bayon” qilib berishga ham urinmaydi. “Balki haqiqiy munaqqidlarga xos iqtidor bilan, ijodkorning ijodiy faoliyati qay tarzda yuzaga kelganligini, uning individual va umumiy jihatlarini, badiiy ijod sohasiga qo‘shgan ulushini va shu zaylda ushbu ijodkorning adabiyot tarixidagi darajasini asoslashni yetakchi maqsad qilib qo‘yadi” 1 . Fikrimizning dalili sifatida G‘afur G‘ulom ijodi va benazir iste’dodi Ozod Sharafiddinov talqinida o‘ziga xos yo‘sinda yoritilganligiga e’tibor qarataylik. Dastlab shuni ta’kidlash kerakki, G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi hamda uning asarlari haqida qator darsliklarda va boshqa adabiy manbalarda yеtarli darajada ma’lumotlar berilgan va ular kitobxonlarga ham yaxshi tanish. Lekin Ozod Sharafiddinovning esselarini o‘qigan kitobxon bu ulkan shoir hamda adibning betakror shaxsini ham, asarlarining naqadar milliyligi va xalqchilligini ham qaytadan, yangidan kashf etgandek bo‘ladi. XX asr o‘zbek adabiyoti serqirra iste’dodlarga boyligi bilan ham e’tiborga loyiqdir. Bu murakkab davrda yashab, faol ijod etgan “Ulug‘ siymolar ijodiy merosi xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb еtadi” 2 . “Atoqli shoir va adib G‘afur G‘ulom hamda u mansub bo‘lgan katta avlod vakillari – Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon Shayxzoda va Mirtemirlar, garchand, mustabid tuzumning og‘ir, murakkab sharoitida yashab ijod qilgan bo‘lsalarda, o‘zlarining yorqin talanti, chinakam milliy hamda xalqona boy ijodlari bilan 1 https://api.ziyonet.uz/uploads/books/1363069/xVFGjq8biUpklBi.pdf 2 Mirziyoyev Sh. Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijodkorlar bilan uchrashuvidagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi, 2019-yil 9-fevral.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 87 alohida ajralib turadi. Iste’dod, eng avvalo, tabiat ehsoni, Olloh tuhfasidir. Shu ma’noda Yaratganning o‘zi G‘afur G‘ulomdan marhamatini sira-sira ayamagan edi. G‘afur G‘ulom chindan ham ulug‘ zakovat egasi edi. Buning isboti shoirning jo‘shqin va dono she’riyati, buning isboti – G‘afur G‘ulomning tug‘ma tafakkur sohibi ekanligi, buning isboti – yozuvchining hech bir adibnikiga o‘xshamaydigan chinakam milliy xalqchil prozasi – nasriy asarlaridir” 1 . Afsuski, “men o‘zbek shoiriman, o‘z xalqimning tiliman” deb g‘ururlangan G‘afur G‘ulomlar og‘ir siyosiy tuzum sharoitida yashadi. “Biz adabiyot maydoniga kirib kelganimizdan buyon yuzlab shoiru yozuvchilar o‘tdi. Lekin shular orasida Cho‘lpon bilan G‘afur G‘ulom darajasidagi ulkan iste’dodni ko‘rgan emasman. Ming afsuski, bularning ikkovini ham zamon juvonmarg qildi” 2 , - deb eslaydi Abdulla Qahhor o‘z xotiralarida. Abdulla Qahhorning muxtasar bu satrlarida ulkan tarixiy adolat va zamon fojiasi ufurib turibdi. G‘afur G‘ulomning insoniy va ijodiy taqdiri haqida gapirganda, bir muhim tarixiy faktni va uning sobiq sovet davrida nashr etilgan darslik va adabiyotshunoslik manbalaridagi talqin va izohlariga alohida to‘xtalish lozim. Aynan, ularda G‘afur G‘ulomning jahon adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘sha oladigan san’atkor bo‘lib yеtishishida hal qiluvchi omil Oktyabr revolyutsiyasi tufayli barpo etilgan sotsialistik jamiyat bo‘ldi, deb bo‘rttirib aytishlar keng tus olgan. Ya’ni G‘afur G‘ulomning so‘z san’atkori sifatida ulg‘ayishida sotsialistik voqelik asosiy rol o‘ynagan degan xulosalarga Mustaqillikdan so‘ng yangicha yondashuvlar ehtiyoji tug‘ildi. Bu shiorbozliklar tarixiy haqiqatga va real hayotga mutlaqo muvofiq kelmasligi endilikda butun fojea-asoratlari bilan ayon bo‘lmoqda. Shoirning “Lenin parvarishini, Topgan o‘zbek eliman. Bu kunimu, kelajagim, Barchasiga Lenin pesha.” 3 satrlari zamonasozlik ruhida bitilgan va ular davr talabi bo‘lgan. Bunday “qizilso‘zlik va madhiyabozlik”lar, albatta, mash’um tuzumning hukmron siyosati bilan izohlanishi lozim. “G‘afur G‘ulomning ulkan alloma va nodir iste’dod egasi ekanligini, uning hayotbaxsh an’analarni davom ettirgan talantli shoirlarimiz ham yoxud uni yaqindan bilgan Said Ahmad, Asqad Muxtor, Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov hamda Vahob Ro‘zimatov kabi adib va olimlarimiz ham yakdillik bilan e’tirof etishadi. G‘afur G‘ulom kabi ulkan adiblarimiz tug‘ma talant sohibi bo‘lish bilan birga, ular ham Sharq, ham rus va jahon ilg‘or adabiyotlaridan hamda xalqning bitmas-tuganmas og‘zaki ijodidan benihoya ko‘p o‘rganganligi, o‘rganish jarayonida iste’dodi yanada kamol topganligi bilan ibratlidir” 4 . Bu muhim 1 Abdulla Oripov. O‘zbekning o‘z shoiri. G‘afur G‘ulom. Tanlangan asarlar. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003.– B. 4. 2 Озод Шарафиддинов замондошлари хотирасида. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1987.– Б.184. 3 Шарафиддинов О. Биринчи мўъжиза. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1979. – Б. 213. 4 https://jdpu.uz/wp-content/uploads/2020/06/ U.Qosimov. Adabiyotimiz-sahifalari.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 88 haqiqat Ozod Sharafiddinovning G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asarlarida, ayniqsa, tanqid-adabiyotshunosligimizda rivoj topayotgan esse-xotiralarida chuqur aks ettirilganligini alohida ta’kidlash lozim. Ozod Sharafiddinovning G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda kabi ulug‘ siymolarga bag‘ishlangan salmoqli esse-portretlari, shuningdek, buyuk faylasufmutafakkir Suqrot haqidagi yoxud boshqa esse-badialari kabi turli mavzuda yaratgan rang-barang esse-badialari va xotira-esselari janr rivojiga ham salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. Ular XX asr tanqid-adabiyotshunosligida alohida o‘rin tutishi bilan birga, ayni vaqtda, xalqimiz ong-u tafakkuri va ma’naviyatida unutilmas iz qoldirganligi bilan alohida ajralib turadi. Atoqli adibning har bir asarida G‘afur G‘ulomga xos hayotiy kuzatuvchanlik, ibratomiz donishmandlik va ayni vaqtda, sof o‘zbekona milliy tafakkur va xalqona sodda hamda ravon tasvir-ifodalar bo‘rtib turishi uni “O‘zbekning o‘z shoiri” deb ta’riflashga to‘la asos beradi. Munaqqid asarlari chuqur bilimi, tadqiqotchilik mahorati va xolisona ilmiy pozitsityasi tufayli erishgan jiddiy bir yutug‘i sanaladi. Ularda butun ijodi bir-biriga hamohang bo‘lgan atoqli va yеtuk adiblarimizning sermazmun hayot yo‘li, unutilmas shaxsi hamda ma’naviy qiyofasi samimiy va haqqoniy aks ettirilganki, ularni tanqid-adabiyotshunosligimizning yorqin sahifalari deya ta’riflash mumkin. Bunday xususiyat Ozod Sharafiddinovning deyarli barcha asarlariga xos mushtarak fazilatdir. Ozod Sharafiddinov asarlari, ulardagi adabiy-tanqidiy maqola va taqrizlari qaysi mavzuga bag‘ishlanmasin, ularda so‘z san’atining milliy o‘ziga xoslik hamda badiiy mahorat masalalariga alohida e’tibor qaratilgani ham ustoz ijodiy faoliyatining izchil bir yo‘nalishini tashkil etadi. Jadid adabiyoti va uning buyuk namoyandalari hayoti hamda faoliyatini tazyiqlarga qaramasdan ijodiy jasorat bilan birinchilardan bo‘lib va umrining oxiriga qadar yuksak ishonch – e’tiqod hamda mehr bilan o‘rgangan fidoiy olimlardan biri Ozod Sharafiddinov edi. Bu sohada yaratgan ibratli ijod namunalari va haqiqat nurlari bilan yo‘g‘rilgan asarlari yangi Renessans zaminini yaratishda ham beqiyos manba hamda o‘ziga xos ijodiy mahorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Ozod Sharafiddinov asarlari teranligi, tahlil va xulosalari hayotiyligi hamda haqqoniyligi bilan ajralib turadi. Ular yеtuk ilmiy-adabiy saviyasi va munaqqidlik iste’dodi, badiiy-estetik tafakkuri yuksakligini ko‘rsatishi bilan allomani haqli ravishda XX asr tanqid hamda adabiyotshunosligimizning asoschilaridan edi, deb atashga to‘la asos beradi. Ozod Sharafiddinov tadqiqotlari, maqola hamda esselarida tarixiylik va badiiylik muammolari ham to‘g‘ri hal etib berilgani bilan ham alohida e’tiborga loyiq. Ozod Sharafiddinov, eng avvalo, talantli ijodkorlar, talabchan munaqqidlar e’tiborini adabiy jarayon va so‘z san’atining dolzarb muammolarini hal etishga yo‘naltirishda
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 89 jonbozlik qilib, adabiyotimiz hamda tanqidchiligimizni jahon badiiy-estetik tafakkuri mezonlari asosida rivojlantirishda ham mutasaddi bo‘ldi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Umirov S. Asqad Muxtorning elchilari. // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi 2005-yil 2-son. Pirimqul Qodirovning adabiy –nazariy qarashlari (arxiv.uz). Karimov N. Mirtemir (ma’rifiy biografik roman). – Toshkent: Meriyus, 2012. – B. 282. 2.Qo‘chqorova Marhabo. O‘zbek adabiyotida esse janri. Fil.fan.nom.diss.avtoreferati. – Toshkent: 2004.– B. 14-15. 3.Шомуҳамедов Ш., Мусаев Б. Амир Хусрав Деҳлавий. – Тошкент: Фан, 1971.– Б.18-25. 4. Nosirov A. Odil Yoqubov romanlari badiiyati. –Toshkent: Samarqand, 2024.– B.154. 5. Шарафиддинов О. Нутқ ёхуд адиб ҳаётининг юлдуз онлари. Ижодни англаш бахти. – Тошкент: Шарқ, 2004. – Б. 410-423. 6. Шарафиддинов О. Нутқ ёхуд адиб ҳаётининг юлдуз онлари. Ижодни англаш бахти. – Тошкент: Шарқ, 2004. – Б. 415. 7. https://api.ziyonet.uz/uploads/books/1363069/xVFGjq8biUpklBi.pdf 8. Mirziyoyev Sh. Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijodkorlar bilan uchrashuvidagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi, 2019-yil 9-fevral. 9. Abdulla Oripov. O‘zbekning o‘z shoiri. G‘afur G‘ulom. Tanlangan asarlar. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003.– B. 4. 10. Озод Шарафиддинов замондошлари хотирасида. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1987.– Б.184. 11. Шарафиддинов О. Биринчи мўъжиза. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1979. – Б. 213. 12. https://jdpu.uz/wp-content/uploads/2020/06/ U.Qosimov. Adabiyotimiz-sahifalari.