scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINFLARDA PALETKADAN FOYDALANISH METODIKASI

Oripov, San'at Otaqulovich

Abstract

Bugungi kunda amalda foydalanib kelayotgan yangi darsliklar o‘quvchilar fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradigan, dunyoqarashini boyitadigan amaliy va mantiqiy topshiriqlar berilgan. Ushbu darsliklarda berilgan masalalarning yechimi mantiqiy yondashuvni talab etadi. Maqolada ushbu matematika darslarida innovatsion usullarni qo‘llash muammolarning yechimi sifatida yaxlitlash va paletkadan foydalanish metodikasi keltirilgan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 125 DOI: https://10.5281/zenodo.17344974 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA PALETKADAN FOYDALANISH METODIKASI Oripov San’at Otaqulovich Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlang‘ich ta’lim metodisti ANNOTATSIYA Bugungi kunda amalda foydalanib kelayotgan yangi darsliklar o‘quvchilar fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradigan, dunyoqarashini boyitadigan amaliy va mantiqiy topshiriqlar berilgan. Ushbu darsliklarda berilgan masalalarning yechimi mantiqiy yondashuvni talab etadi. Maqolada ushbu matematika darslarida innovatsion usullarni qo‘llash muammolarning yechimi sifatida yaxlitlash va paletkadan foydalanish metodikasi keltirilgan. Kalit so‘zlar: kommunikatsiya, tanqidiy fikrlash, kreativlik, vazifa, maqsad, masala, dunyoqarash, hisoblash, yechim, yuza, paletka, yaxlitlash, taqribiy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yilga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni loyihasida “2023-2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan yangi o‘quv dasturlarini amaliyotga kiritilish” vazifasi belgilangan. Buning uchun 1−4sinflarni “ilg‘or xorijiy tajriba” asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish tarzida belgilangan. Ya’ni 2023-yil davlat dasturida bu vazifa “boshlang‘ich sinf darsliklarini xalqaro standartlar asosida joriy etish” belgilangan. 2023-2024-o‘quv yilida ishlab chiqilgan darsliklar “XXI asr kishisi uchun eng zarur bo‘lgan ko‘nikmalar” — tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoa bo‘lib ishlash, muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Amalda foydalanib kelayotgan yangi darsliklar o‘quvchilar fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradigan, dunyoqarashini boyitadigan amaliy va mantiqiy topshiriqlar berilgan. 3-4-sinf matematika darsligida “Paletka nima” mavzusi berilgan. O‘quvchliarga ushbu mavzuni INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 126 tushuntirishdan oldin sonlarni yaxlitlash va chamalash kabi tushunchalarni o‘rgatishimiz lozim. Yaxlitlash nima? Sonni berilgan aniqlikda yaxlitlash uchun bu sonni 0 raqami bilan tugaydigan unga eng yaqin songa almashtirish yetarli. Bunda 0 raqamlari aniqligi hisobiga olinayotgan xonadanquyidagi barcha xonalarda turishi kerak. Bunda:  325 278=325 280 –o‘nliklargacha aniqlikda yaxlitlash.  325 278=325 200 –yuzliklargacha aniqlikda yaxlitlash.  325 278=325 000 –mingliklargacha aniqlikda yaxlitlash.  325 278=330 000 –o‘n mingliklargacha aniqlikda yaxlitlash.  325 278=300 000 –yuz mingliklargacha aniqlikda yaxlitlash. O‘nliklargacha aniqlikda yaxlitlash.  Agar son bitta nol bilan tugaydigan eng yaqin son bilan almashtirilsa, son o‘nliklargacha yaxlitlangan deyiladi.  47 soni 40 soniga qaraganda 50 soniga yaqinroq.  Shuning uchun 47=50  5 raqami bilan tugaydigan son har doim katta songacha yaxlitlanadi. 65=70 45=50 85=90 Amaliy mashg‘ulot  Namuna.  170<174<180 174 ≈ 170 Yuzliklargacha aniqlikda yaxlitlash.  Agar son ikkita nol bilan tugaydigan unga yaqin son bilan almashtirilsa, son yuzliklargacha aniqlikda yaxlitlangan deyiladi.  632 soni 600 va 700 sonlari orasida yotadi. 632 soni 600 soniga yaqin yotadi. Shuning uchun 632=600  50 bilan tugaydigan son har doim katta songacha yaxlitlanadi.  350=400 850=900 150=200 Chamalash  Amaliy hayotda biz ko‘pincha kattalikning aniq qiymatini bilmaymiz. Shuning uchun, soddalik maqsadida biz uning taqribiy qiymatlaridan foydalanamiz.Buning uchun yozma ravishda taqribiy tenglik belgisi “=” ishlatiladi.  Misol uchun. Xom g‘ishtning massasi =6kg. Pishiq g‘ishtning massasi =4kg Qiymatlarni chamalash  Hisobkitoblarda adashmaslik uchun hisoblashlar natijasini oldindan chamalab qo‘yish kerak.  Qo‘shiluvchilar yig‘indisini chamalash juda oson. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 127  Har bir qo‘shiluvchidan kichikroq bo‘lgan ikkita yaxlit sonni topamiz. Ularning yig‘indisi izlanayotgan yig‘indining quyi chegarasi bo‘ladi.  Har bir qo‘shiluvchidan kattaroq bo‘lgan ikkita yaxlit sonni topamiz. Ularning yig‘indisi izlanayotgan yig‘indining yuqori chegarasi bo‘ladi.  Yig‘indini chamalash hisoblashlardagi qo‘pol xatolatni topishda yordam beradi. Amaliy mashg‘ulot  Uydan maktabgacha bo‘lgan masofa 1550m.Ali uydan chiqib maktabgacha bo‘lgan masofani 1445 mni bosib o‘tdi. Ali maktabga yetib bordimi?  Alida 1445 so‘m puli bor. Ali dokondagi narxi 1550 so‘m bo‘lgan ko‘ylakni sotib olib biladimi?  1-holatda Ali maktabga yetib bordi deyish mumkin. 2-holatda esa Ali do‘kondan ko‘ylakni sotib ololmasligini bilamiz. Xulosa qiladigan bo‘lsak har bir holatni chamalab aniqlashimiz mumkin. Paletka nima? Paletka - Shaffof qog‘ozda aks ettirilgan kvadratlar to‘plami. Paletka yordamida turli xildagi tomonlari noodatiy bo‘lgan shakllarning yuzasini topish mumkin. Paletka yordamida o‘lchangan figura yuzasi quyidagi formula yordamida hisoblanadi. S=a+b:2 ato‘liq kvadrat kataklar bto‘liq bo‘lmagan kvadrat kataklar 1-Amaliy mashg‘ulot. Berilgan shakl yuzini paletka yordamida hisoblang. Yechimi: Masala bo‘yicha mulohaza yuritamiz. Rasmda berilgan shakl ustiga Paletka o‘lchash qog‘ozi qo‘yilgan. Berilgan shakldagi to‘liq va to‘liq bo‘lmagan kvadrat kataklarini sanaymiz. Demak to‘liq kvadratlar soni 6 ta, to‘liq bo‘lmagan kvadratlar soni 13 ta. a=6 b=14 Shakl yuzini formula yordamida hisoblaymiz . S=6+14:2=6+7=13cm S=13cm Demak, shakl yuzi taqriban 13 cm ga teng. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 128 Amaliy mashg‘ulot Chap va o‘ngda ayni bir uchburchak tasvirlangan. Faqat o‘ngdagi rasmda u biroz yuqoriga siljigan. Ushbu uchburchaklarning yuzlari bir xil bo‘lishi kerakmi yoki har xilmi? Paletka yordamida ularning yuzlarini toping. Natijani qanday izohlaysiz? 1-chap tomondagi uchburchak yuzini hisoblaymiz. To‘liq bo‘lgan kvadratlar soni 12 ta, to‘liq bo‘lmagan kvadratlar soni 8 ta. S=12+8:2=12+4=16 cm S=16cm 2-o‘ng tomondagi uchburchak yuzini hisoblaymiz. . To‘liq bo‘lgan kvadratlar soni 6 ta, to‘liq bo‘lmagan kvadratlar soni 22 ta. S=6+22:2=6+11=17 cm S=17cm Masala yuzasidan xulosa qilamiz. Yaxlitlash, chamalash ko‘nikmalaridan kelib chiqib, masaladagi chap tomondagi uchburchak yuzitaqriban 16 cm, o‘ng tomondagi uchburchak yuzi taqriban 17 cm ga tengligini ko‘rdik. Masala javobi taxminiy aniqlanadi. Masala javobini taqriban 16 cm deb belgilashimiz mumkin. Yuqoridagi tushunchalarni o‘quvchilarga to‘g‘ri va aniq tushuntirish kerak. Zero, o‘quvchi bugun egallagan bilimini hayotda qiynalmay qo‘llay olsin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Matematika.Umumiy o‘rta maktablarning 3-sinfi uchun darslik.I.V.Repyova. Toshkent. “Novda Edatainment”nashriyoti.2023 2.Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi.N.U.Bikbayeva. 3.Mantiqiy masalalar. A.Q.Qo‘chqorov.Sh.Ismoilov.Toshkent 2008 4.Matematika.Umumiy o‘rta maktablarning 4-sinfi uchun darslik.I.V.Repyova. Toshkent. “Novda Edatainment”nashriyoti.2023 =5612 𝒌𝒎𝟐