scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING SUG'ORILADIGAN TUPROQLARIDA SHO'RLANISH JARAYONINING AGROEKOLOGIK VA MELIORATIV BAHOLASH

A.Xojasov; Abdikarimov.A

Full text

Lat. Am. J. Educ. 5, 5 (October, 2025) 76 Latin American Journal of Education www.lajoe.org QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARIDA SHO‘RLANISH JARAYONINING AGROEKOLOGIK VA MELIORATIV BAHOLASH https://doi.org/10.5281/zenodo.17346120 A.Xojasov Abdikarimov.A ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida, xususan Kegeyli va Qonliko‘l tumanlari misolida sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi va uning hududiy tarqalishi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. KALIT SO`ZLARI: sho‘rlangan tuproqlar, meliorativ holat, agroekologik baholash, iqlim o‘zgarishi, sug‘oriladigan yerlar, fizik degradatsiya, tuproq unumdorligi, xlorid-sulfatli sho‘rlanish, melioratsiya, Kegeyli tumani, Qonliko‘l tumani, agrotexnik tadbirlar. АННОТАЦИЯ: В данной статье с научной точки зрения проанализирован уровень засоления орошаемых земель и его территориальное распространение в условиях Республики Каракалпакстан, в частности на примере Кегейлийского и Канлыкульского районов. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: засоленные почвы, мелиоративное состояние, агроэкологическая оценка, изменение климата, орошаемые земли, физическая деградация, плодородие почв, хлоридно-сульфатное засоление, мелиорация, Кегейлийский район, Канлыкульский район, агротехнические мероприятия. ABSTRACT: In this article, the level of salinity of irrigated lands and its territorial distribution in the conditions of the Republic of Karakalpakstan, in particular, on the example of Kegeyli and Kanlykul districts, were analyzed from a scientific point of view. KEY WORDS: saline soils, melioration status, agroecological assessment, climate change, irrigated lands, physical degradation, soil fertility, chloride-sulfate salinization, melioration, Kegeyli district, Kanlykul district, agrotechnical measures. KIRISH Bugungi kunda dunyoda qishloq xo„jaligining asosiy muammolaridan biri tuproqlar sho„rlanishi hisoblanadi. Iqlimning o„zgarishi, haroratning keskin ko„tarilishi natijasida qurg„oqchilikning kelib chiqishi sho„rlangan tuproqlar maydonining oshishiga sabab bo„lmoqda. «Hozirgi kunda еr yuzining 85% ni sho„rlangan tuproqlar egallagan. Bunda, qurg„oqchil va arid iqlim sharoitida cho„l va yarimcho„l mintaqalari tuproqlari sho„rlanish darajasining ayniqsa yuqoriligi bilan ajralib turadi». Tuproqning sho„rlanishi еrlarning fizik degradatsiyasiga va ularning qishloq xo„jaligi aylanmasidan chiqishiga olib keladi. Sho„rlangan tuproqlar maydonining keng tarqalishi va buning natijasida ekin Lat. Am. J. Educ. 5, 5 (October, 2025) 77 Latin American Journal of Education www.lajoe.org maydonlarining qisqarishi sho„rlangan tuproqlarni meliorativ holati nuqtai nazaridan agroekologik baholashni taqozo etadi. Shu sababli tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, tuproqqa minimal ishlov berish, o`simlik qoldiqlari yordamida tuproqlarni himoyalash, o`g`itlarni maqbul me„yor va muddatlarda qo`llash bilan birga yuqori hamda sifatli hosil olishning ilmiy asoslangan yechimlarini topish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. TADQIQOT NATIJALARI Tadqiqotlar davomida Kegeyli tumanida sug„oriladigan yerlar 50666,0 gektarni tashkil etib, shundan 46206,5 gektari (91,2% ) turli darajada sho„rlangan. Sho„rlanmagan tuproqlar esa 4459,5 gektarni, ya‟ni 8,8 % ni tashkil etadi.Tumanda kuchsiz sho„rlangan tuproqlar 16294,7 gektarni tashkil etadi, bu tuman sug„oriladigan yerlarining 32,2 % ga teng. Kuchsiz sho„rlangan tuproqlar barcha hududlarda tarqalgan. O„rtacha sho„rlangan tuproqlar 14259,4 gektar, ya‟ni sug„oriladiganerlarining 28,1 % ni, kuchli sho„rlangan tuproqlar 4296,6 gektar, ya‟ni sug„oriladiganerlarining 8,5 % ni, juda kuchli sho„rlangan tuproqlar maydoni 11355,8gektar, ya‟ni sug„oriladiganerlarining 22,4 % nitashkil etilishi aniqlangan. Sho„rlanish tipi, asosan, xlorid-sulfatli va sulfatli. Kuchli sho„rlangan tuproqlar tumanning “Daruazaqum”, “Yerkindaryo”, “Porlitov”, “Xalqobod”, “Qoraqalpoq boyan” va “O„rmon xo„jaligi” hududlarida ko„proq tarqalgan. Juda kuchli sho„rlangan tuproqlar ko„proq “Meyuzar”, “To„rtko„l”, “Daruazaqum”, “Kokshiyel”, “Yerkindaryo”, “Kazanketgen”, “Kegeyli”, “Karimberdiyev” va “Xalqobod” hududlarida tarqalgan. Qonliko„l tumanida esa sug„oriladigan yerlar 33512,0 gektar bo„lib, shundan 30367,0gektari (90,6 %) turli darajada sho„rlangan. Sho„rlanmagan tuproqlar 3145,0 gektar, ya‟ni tuman sug„oriladigan yerlarining 9,4 % ni tashkil etadi.Kuchsiz sho„rlangan tuproqlar tuman sug„oriladigan yerlarining 12098,8 gektar, ya‟ni sug„oriladigan yerlarning 36,1 % ni, o„rtacha sho„rlangan tuproqlar maydoni 8792,9 gektar, ya‟ni sug„oriladigan yerlarning 26,2 % ni, kuchli sho„rlangan tuproqlar maydoni 3591,7 gektar, ya‟ni sug„oriladiganerlarining 10,7 % ni, juda kuchli sho„rlangan tuproqlar 5883,6 gektarni, ya‟ni sug„oriladiganerlarining 17,6 % ni tashkil etilishi kuzatildi. Sho„rlanish tipi, asosan, xlorid-sulfatli va sulfatli. Kuchli sho„rlangan tuproqlar, asosan, “Oltinko„l”, “Sarioltin”, “Jayxun”, “Kindiko„zak”, “Qulamat Jirau”, “Qonliko„l” va “Beshko„pir” hududlarida ko„proq tarqalgan. Juda kuchli sho„rlangan tuproqlar, asosan, “Oltinko„l”, “Sarioltin”, “Jayxun”, “Kindiko„zak”, “Qulamat Jirau”, “Qonliko„l” va “Beshko„pir” hududlarida tarqalgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Tashkuziev M.M., Karimberdieva A.A., Berdiev T.T., Ochilov S.K. Sovremennoe sostoyanie degradirovannix pochv Priaral'ya i texnologii uluchsheniya ix plodorodiya. Upravlenie zemel'nimi resursami i ix otsenka: novie podxodi i innovatsionnie resheniya: sbornik statey: Respublikanskaya nauchno-prakticheskaya konferentsiya. Moskva-Tashkent:, 2019. – S. 249-252. Lat. Am. J. Educ. 5, 5 (October, 2025) 78 Latin American Journal of Education www.lajoe.org 2. Turapov I., Kurvantaev R., Piraxunov A., Kutbiddinova O. Vodnie i fizicheskie svoystva oroshaemix pochv Respubliki Karakalpakstan. Qishloq xo'jaligi taraqqiyotining ilmiy asoslari. Toshkent. - 2001. -S. 124-125 3. Tursunov A.A. Izmenenie pochvennogo pokrova sovremennoy del'ti Amudar'i pod vliyaniem opustinivaniya.: Avtoref. dis. … kand. s/x. nauk. - T.: 1987. – 22. 4. Tursunov L.T., Abdullaev S. Vliyanie sovremennogo antropogennogo opustinivaniya na pochvenno-meliorativnix usloviyax nizov'ev Amudar'i. Materiali nauchno-prakticheskoy konferentsii: Pochvi Uzbekistana i zemel'nie resursi: ratsional'noe ispol'zovanie i zashita ix. 14-16 maya, Tashkent, 2008, s. 49-52/