BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING KOGNITIVPRAGMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLАNTIRISH METODLARI
Full text
16 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KOGNITIVPRAGMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLАNTIRISH METODLARI Djumayeva Zoxidaxon Muhammadjonovna Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17346268 Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kognitivpragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishda talabalar va boshlang samarali ich sinf o‘quvchilarida samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan metodlar tasnif qilingan. Berilgan metodlarning amaliyotda qay tartibda qo‘llanilishi metodik jihatdan yoritilganligi maqolaning qiymatini belgilaydi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, metod, kognitivlik, pragmatiklik, “Xatoni top” metodi, “Tovushni top” metodi, “So‘zni top” metodi, “Quyonchaga yordam” metodi. Аннотация: В данной статье классифицированы методы, которые могут быть эффективно использованы у студентов и учащихся начальных классов в развитии когнитивно-прагматических компетенций будущих учителей начальных классов. Методическое освещение порядка применения данных методов на практике определяет ценность статьи. Ключевые слова: начальный класс, метод, когнитивность, прагматичность, метод "Найди ошибку," метод "Найди звук," метод "Найди слово," метод "Помощь крольчику." Annotation. This article classifies methods that can be effectively used in the development of cognitive-pragmatic competencies of future elementary school teachers in students and elementary school students. The methodological coverage of the order in which the given methods are used in practice determines the value of the article. Key words: elementary school, method, cognitive, pragmatic, "Find the error" method, "Find the sound" method, "Find the word" method, "Help the rabbit" method. Metodist bilimlarni olish manbaidan kelib chiqib, ona tili o‘qitish metodlarini quyidagicha tasniflaydi: o‘qituvchining bayoni; suhbat; til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish; grammatik tahlil; mashq; darslik ustida ishlash; ko‘rgazmali qurollardan foydalanish; sayohat1 . Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarini ta’limning maqsadiga muvofiq tashkil etishda suhbat metodini qo‘llash o‘quvchi tafakkuri va bilim olishdagi mustaqilligining nisbatan baland darajasini ta’minlash lozim. Mazkur metodda o‘qituvchining vazifasi o‘zlashtirilgan axborotlarni yodga soladigan, ma’lum maqsadga xizmat qiladigan, ayni zamonda qiziqarli, bilimlarni yangi vaziyatga muvofiqlashtirish va qayta ishlashga yo‘llaydigan, xulosa chiqarishga undaydigan, chiqarilgan xulosalarni asoslashni talab qiladigan tarzdagi savol va topshiriqlarni tuzishdan iborat. O‘quvchining faoliyati esa vaziyatni tahlil etish, o‘zlashtirilgan axborotlarni yodga soladigan savollar qayd etish, ularga javob izlash, javob berish, yarim mustaqil va mustaqil xulosalar chiqarish, fikrlarini asoslashdan iborat bo‘ladi. “O‘qish savodxonligi” darsligidan o‘rin olgan badiiy matnlarni o‘rganishda qo‘llanadigan suhbat metodi nafaqat o‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan, balki o‘quvchilarning o‘zaro dialogik hamkorligini ham nazarda tutadi. Bu metodning mohiyati o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialidagi yetakchi,
17 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz o‘quvchi ko‘nglidan o‘tsa u yerda o‘zidan ijobiy iz qoldirishi mumkin bo‘lgan qarashlarni qiziqarli tarzda savol yoki topshiriqqa aylantira bilish, o‘quvchilarni javob topish yo‘llarini izlashga, bilim va ma’naviy sifatlar, xulosa, qonuniyat va qoidalarning bolalar tomonidan qayta kashf etilishiga, tarbiyalanuvchilarini yaratish lazzatini tuyishga jalb qilishdan iboratdir2 . A.Tojiyevning “Adabiyot darslarida suhbat” kitobida bu metodning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan3 . “Xatoni top” metodi Berilgan gaplardan xato yozilgan so‘zlarni toping va to‘g‘risini yozing. 1. O‘quv qund beradi, bilm – sharav-shon, Shu ikkov tuvayli ulug‘dir inson (Mahmud Koshg‘ariy). 2. Noqobul o‘qtuvchi xaqiqatni shunchaki aydadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi (V.O.Distervig). 3. Qiyn fanlar yo‘q, faqat xazm etilishi qiyin bo‘lgan izoxlargna bor (A.I.Gersen). 4. Qobilyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulumkorlik va noqobul odamga tarbiya xayfdir. Tarbiyangni ayap unisini nobut qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketqazma (Alisher Navoiy). Mazkur o‘yinni talabalarni guruhlarga bo‘lgan holatda bajartirish tavsiya etiladi. Bu usulda bajarish orqali talabalar bahs-munozara qilib, o‘z fikrlarini ilmiy izohlab, asoslash orqali topshiriqni bajaradilar. Bu esa ularda kognitiv-pragmatik kompetentlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. “Tovushni top” metodi Nutqalar o‘rniga kerakli undoshlarni qo‘yib yozing. Kito…, avlo…, …isob, …ozo…, yal…iz, ko‘cha…, ba…nafs, tala…uz, soa… . “So‘zni top” metodi Berilgan namuna asosida topshiriqni bajaring. Namuna: bol – l + y = boy moy – y + sh = bog‘ – b + t = lola – l + b = Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun shu kabi topshiqlar tuzing. Bunda o‘quvchi ham mantiqan, ham uslubiy jihatda mulohaza qilib to‘g‘ri so‘zlarni topadi. Bunday topshiriqlar tuzish esa bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining zehnini va bilimini kengaytirishga xizmat qiladi. “Quyonchaga yordam” metodi Quyonchaga sabzini qo‘lga kiritishi uchun ko‘maklashing. Faqat imloviy xatosi yo‘q so‘zlargina quyonchani sabziga olib boradi! Ushbu metodni bajarish davomida o‘quvchilar har bir katakdagi so‘zni o‘qib chiqadilar va unda imlo xatosi bor yoki yo‘qligini tahlil (analiz) qilish orqali o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar va imlosini bilmagan so‘zlarini lug‘at kitoblar yoki internetdan foydalangan holda to‘g‘risini topishga majbur bo‘ladilar. Bu orqali o‘quvchilarda imloviy savodxonlik rivojlanadi va olingan axborotlardan aniq va ishonchlilarini ajratish ko‘nikmasi takomillashib boradi. Refrences: 1. Y.Y. Azimov, R.A.Qo'ldoshev. «Husnixatga o 'rgatishning amaliy asoslari» (Metodik qo'llanma)-Toshkent. «Turon Zamin Ziyo» nashriyoti, 2017.-132 b. 2. Safarova R., M. Inoyatova, M. Shokirova, L. Shermamatova "Alifbe" (qayta ishlangan 16nashri). Toshkent. "Ma'naviyat" 2018 yil. 3. Murodova, M. F., Sattorova, F., & Jumayeva, Z. M. (2025). Bolalar mehribonlik uylarida amalga oshirilayotgan taʼlim va tarbiya jarayonlari. Shokh library. 4. Jumayeva, Z., Choriyeva, D., & Berdimurodova, M. (2024). Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib borilayotgan ijtimoiy-pedagogik jarayonlarning mazmun va mohiyati. молодые ученые, 2(36), 78-81. 5. Jumayeva, Z. (2022, october). Yoshlarni milliy tarbiya asosida tarbiyalash. in archive of conferences (pp. 9-19).bo’lajak o’qituvchilarda innovatsion pedagogik-faoliyatni shakllantirishning nazariy asoslari
18 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 6. Jumayeva, Z., Abdullayeva, Z., & Abdullayeva, N. (2024). Imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat. молодые ученые, 2(36), 135-138. 7. Jummayeva, Z., Salomova, U., & Joʻrayeva, K. (2024). Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat mazmun va mohiyati. молодые ученые, 2(37), 27-30.