scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK, QOZOQ VA TURK XALQ TOPISHMOQLARINING QIYOSIY TAHLILI

Muyassar SAPARNIYAZOVA; Muhammadsodiq SHODMONOV

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek, qozoq va turk xalqlarining topishmoqlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari, mazmun, shakl va badiiy ifoda vositalaridagi umumiylik va o‘ziga xosliklari tahlil etilgan

Full text

10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 32 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 O‘ZBEK, QOZOQ VA TURK XALQ TOPISHMOQLARINING QIYOSIY TAHLILI Muyassar SAPARNIYAZOVA, Filologiya fanlari doktori (DSc), Professor. Muhammadsodiq SHODMONOV, Alfraganus universiteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek, qozoq va turk xalqlarining topishmoqlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari, mazmun, shakl va badiiy ifoda vositalaridagi umumiylik va o‘ziga xosliklari tahlil etilgan Abstarct. This article presents a comparative analysis of the riddles of the Uzbek, Kazakh, and Turkish peoples, focusing on their similarities and differences, as well as the common and distinctive features in their content, structure, and artistic expression. Kalit so‘zlar: topishmoq, turkiy xalqlar, o‘zbek, qozoq, turk, qiyosiy tahlil, xalq og‘zaki ijodi Key words: Riddle, Turkic peoples, Uzbek, Kazakh, Turkish, Comparative analysis, Oral folklore Kirish. Topishmoq - bu narsaning nima ekanligini bilishni tinglovchi yoki o'quvchining ixtiyoriga qoldiradigan o'yin bo'lib, uning xususiyatlarini ismini tilga olmay, bilvosita aytib beradi Topishmoqlar bir necha so‘zdan tashkil topgan gap shaklida ham, juftlik yoki bayt shaklida ham bo‘lishi mumkin. Ko'p topishmoqlar qofiya holida keladi. 1 Xalq topishmoqlari 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Topishmoq 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 33 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 folklorning eng qadimiy janrlaridan biri bo‘lib hozirgacha o‘zining ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda. 2 Topishmoqlar hajmi va shakliga ko‘ra maqollarga o‘xshaydi. Ba’zan mazmuniga ko‘ra ham yaqinlik seziladi. Ammo yaratilish maqsadi boshqa hisoblanadi. Janrning nomlanishiga e’tibor bering. “Top” so‘zining talaffuz etilishidanoq o‘yla, axtar, solishtir, izla ma’nolari yetakchilik qiladi. Unga “ish” qo‘shimchasi qo‘shilganda, vazifa aniqlashadi. “-moq” harakat nomi qo‘shimchasidan keyin “qo'lingdan kelsa”, “eplasang”, “uddalay olsang” tushunchalari ifodalanadi. Mahmud Koshg‘ariy topishmoqni qadimda “tabzug‘” deyishganini qayd etadi. “Tabzug‘uq tabuzdim” (Men undan bir topishmoqni so'radim) jumlasini keltiradi. Bu ma’lumot topishmoqning tarixi qadimga borib taqalishini ko‘rsatadi. 3 Z.Xusainova o‘zining “O‘zbek topishmoqlari” kitobida o‘zbek topishmoqlarining XIX asrga qadar o‘rganilmagani va to‘plam holiga keltirilmaganini va o‘rganish va to‘plam holiga keltirish XIX asrdan boshlanganligini qayd etadi 4 Omonulla Madayev o‘zining “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi” nomli o‘quv qo‘llanmasida quyidagilarni keltiradi: “Topishmoqning paydo bo‘lishi haqida folklorshunoslikda aniq daliliy ma’lumotlar yo‘q. Ayrim olimlar uning qadimiy ekanini qayd qiladilar. Ammo maqollar namunalari ko'plab keltirilgan “Devonu lug'otit turk” asarida “tabzug‘” so‘zi uchragani holda topishmoq matni yo‘q. Topishmoq hajman, shaklan maqolga o‘xshaganligi uchun bu ikki janrning vujudga kelish vaqti ham bir xil bo‘lishi kerak, degan taxmin bildirilgan. Biz ham shu fikrga qo‘shilamiz” 5 - deb o‘tadi Prof. Dr. Shukru Elchin o‘zining “Türk bilmeceleri” (Turk topishmoqlari) asarida turkiy qardosh xalqlarida topishmoqning nomlanishi haqida ma’lumot beradi: Doğu ve Kuzey Türkleri ile Azeri sahası aynı manaya gelen tabmak filini ve bu kökten türeyen "tabzuğ", "tabmaca" kelimelerini kullanmaktadırlar. Ayrıca Türkmenlerde "matal" 2 Z.Xusainova “O‘zbek topishmoqlari” T.: O‘zbekiston SSR “Fan” nashriyoti 1996 B. 2 3 Omonulla Madayev “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi” “Mumtoz so‘z” nashriyoti T – 2010 B. 77 4 Z.Xusainova “O‘zbek topishmoqlari” O‘zbekiston SSR “Fan” nashriyoti T – 1996 B. 6 5 Omonulla Madayev “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi” “Mumtoz so‘z” nashriyoti T – 2010 B. 80 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 34 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 Kırgızlar, Kazaklar, Karakalpaklar arasında "cumbak", Kazanlilar'da "tabişmak" yanında "cumbak", Başkirtlarda ise yine bu kökten gelen "yumak" sözü yaygındır. Anadolu'nun bözi köy ve kasabalarında bilmaca umumî ismi yanında masal, mesel, matal, hikâye, metel, bulmaca, söz, dele, gıcık, gazelleme ... gibi kelimeler yasamaktadir 6 Tarjimasi: Sharqiy va shimoliy turklar hamda ozarbayjonlar bir xil ma’noga ega bo‘lgan tabmak fe’li va shu o‘zakdan olingan “tabzuğ” va “tabmaca” so‘zlarini ishlatadilar. Bundan tashqari, turkmanlarda “matal” so‘zi, qirg‘iz, qozoq va qoraqalpoqlarda “cumbak”, qozonlilarda “tabishmak” yonidagi “cumbak” va shu o‘zakdan kelib chiqqan “yumak” so‘zi keng tarqalgan. boshqirdlar. Anadoluning koʻpgina qishloq va shaharlarida ridaca umumiy nomidan tashqari ertak, masal, matal, hikoya, metel, boshqotirma, soʻz, dele, gıcık, gʻazallama... kabi soʻzlar ham qoʻllaniladi. Qozoq xalq adabiyotining yorqin vakili Muxtar Avezov Qozoq xalq topishmoqlari haqida quyidagilarni keltiradi: Мұхтар Әуезов қазақ халқы жұмбақтарының бүгінгі күнге дейін өз маңызын жоғалтпағанын атап өтеді. Ол жұмбақтардың Октябрь революциясынан кейін де жаңа мазмұнда, жаңа өмір шындығын бейнелеп, халық шығармашылығының дамуына зор үлес қосқанын айтады. Ғалымның пікірінше, қазақ жұмбақтарының өлең түрінде келуі — олардың поэзиялық табиғатын, эстетикалық күшін көрсететін ерекше құбылыс. Сондықтан бұл құбылысты қазақ халқының көркем ойлау жүйесі мен лингвистикалық дүниетанымын зерттеуде маңызды фактор ретінде қарастыру қажет. 7 Muxtor Avezov qozoq xalq topishmoqlari bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidlaydi. U, shuningdek, bu topishmoqlar Oktyabr inqilobidan keyin ham yangi mazmun bilan boyiganini, yangi hayot haqiqatini aks ettirganini va xalq ijodining rivojiga katta hissa qo‘shganini qayd etadi. Olimning fikricha, qozoq topishmoqlarining she’riy shaklda kelishi — ularning poetik tabiati va estetik kuchini ifodalaydigan o‘ziga xos hodisadir. Shu sababli bu hodisani qozoq 6 Elçin Şükrü. Türk bilmeceleri. Kültür bakanlığı yayınları. Ankara, 1989. S. 1. 7 М. Әуезов. Қазақ халық әдебиеті. Жұмбақтар туралы 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 35 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 xalqining badiiy tafakkur tizimi va lisoniy dunyoqarashini o‘rganishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqish lozim. Topishmoqlaming quyidagi janr xususiyatlari bor: 1. Hajm jihatdan qisqa va ixcham. 2. Shaklan she'riy, nasriy ko‘rinishga ega. 3. Yaratilish maqsadida matnda yashiringan narsani topish vazifasi qo‘yiladi. 4. Mazmunida hayvonot, o‘simlik, koinot, maishiy hayotdagi narsalarning xususiyatlari yashirin tarzda ifodalanadi, uni topishga da’vat etiladi. 5. Topilishi lozim bo'lgan narsa, ko'pincha, bitta, ba’zan ikki va undan ortiq miqdorga ega bo'ladi. 6. Topishmoqlarda qo'llangan asosiy badiiy san’at istiora (metafora) hisoblanadi. Topishmoqlarda topilishi lozim bo'lgan narsaning shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, ammo bu belgilar istiora san’atidan foydalanilgan holda boshqa narsa bilan bog'lanadi. 8 Qiyosiy tahlil — borliqdagi hodisalarni bilish va o‘zgartirish bo‘yicha metodologiya bosqichlaridan biridir. Qiyoslash metodologiyasi ma’lum bir makon va zamonda mavjud turli jarayonlarni qiyoslash uchun asoslarni shakllantiradi 9 Har qanday qiyosiy tadqiqotda adabiy hodisalarning mushtarak va o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bu esa adabiyotlararo umu miy nazariy qonuniyatlarning yuzaga kelishida asos bo‘ lib xizmat qiladi. 10 Quyida o‘zbek, qozoq va turk topishmoqlarining mushtarak va o‘ziga xos jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. 8 T.Mirzayev, Sh.Turdimov, M.Jo‘rayev, J.Eshonqulov, A.Tilavov “O‘zbek folklori” (darslik) T 2020 B. 205-206 9 Gulnoz Iskandarovna XALLIEVA Qiyosiy tahlil metodologiyasi Scientificmethodological electronic journal “Foreign Languages in Uzbekistan”, 2022, No 1 (42),180-189 https://journal.fledu.uz ISSN: 2181-8215 (online) 10 Gulnoz Xalliyeva Qiyosiy adabiyotshunoslik “Akademnashr” nashriyoti, T – 2020 B – 3 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 36 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 Har bir xalq tomonidan yaratilgan ijod namunalarida ushbu xalqning turmush tarzi, madaniyati, dini, axloq-odobi va urf-odatlari yaqqol ko‘rinib turadi. Buni topishmoqlarda ham ko‘rish mumkin: Zarga topilmas, zo‘rg‘a topilmas (vaqt) Ya’ni bunda vaqtning qadri naqadar ulug‘ ekani uni kishi zarga ham oltin-u javoharlarga ham kuch-u qudrat evaziga ham topa olmasligi ifoda etimoqda. Ushbu topishmoqning muallifi o‘zbek xalqi farzandi bo‘lgani va shu diyorda kamol topganiga e’tibor qaratilsa, o‘zbek xalqida vaqtga naqadar ahamiyat berilishi va qadrlanishini tushinish mumkin bo‘ladi. Turk xalqida vaqt haqida topishmoq: Ne su, ne rüzgar, Akar gider durmadan, Ne görülür, ne tutulur. (Suv emas, shamol emas, To‘xtamay oqib o‘tadi, Ko‘rinmaydi, ushlab bo‘lmaydi.) Cevap (javob): Zaman (Vaqt) Ushbu turk xalq topishmog‘ida vaqt obrazli vositalar orqali tasvirlanadi. “Suv emas, shamol emas” degan satrlar vaqtning ko‘rinmas, ammo seziladigan mohiyatini ifodalaydi. “To‘xtamasdan oqib o‘tadi” — vaqtning uzluksiz harakatini, “ko‘rinmaydi, ushlab bo‘lmaydi” esa uning qaytmasligini bildiradi. Bu topishmoq orqali turk xalqi vaqtni inson nazaridan yashirin, ammo hayotning asosiy o‘lchovi sifatida tasvirlaydi. Vaqtning to‘xtovsiz oqimi inson umrining o‘tkinchiligini, hayotning qadri va mazmunini anglash zarurligini eslatadi. 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 37 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 Qardosh xalq qozoq xalqida vaqt haqidagi topishmoq: Күні бойы ағады, қолмен ұстай алмайсың, Өтіп кеткенінен аңғармайсың, қайта келмейді. Kun davomida oqib o‘tadi, qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi, o‘tib ketganini payqamaysan, qaytib kelmaydi. Javob: Уақыт (Vaqt) Ushbu qozoq xalq topishmog‘ida “vaqt” tushunchasi obrazli ifoda vositalari orqali tasvirlangan. “Oqish”, “o‘tish”, “qaytmaslik” kabi so‘zlar orqali vaqtning to‘xtovsiz harakati, uni his qilish, ammo ushlab bo‘lmasligi lisoniy ifoda topgan. Bu yerda “vaqt” inson hayotidagi eng bebaho, ammo eng beqaror hodisa sifatida talqin etiladi. Qozoq xalq tafakkurida vaqt — tabiatdagi eng buyuk kuchlardan biri, inson hayoti, mehnati va taqdirini belgilovchi omil sifatida qaraladi. Bu topishmoqda ham vaqt “oqib o‘tuvchi daryo” sifatida timsollangan; u inson sezgisi orqali idrok etiladi, ammo moddiy shaklda mavjud emas. Ushbu uch xalqning topishmoqlarida “vaqt” tushunchasi o‘xshash tarzda – harakat, o‘tkinchilik va inson hayotining muhim mezoni sifatida talqin etilgan Sandiq to‘la pista-bodom, Ochib ko‘r, bo‘lsang odam. Xosiyati ko‘p, olam-olam, Terib ol uni har dam. (Kitob) Ushbu o‘zbek xalq topishmog‘ida inson zoti uchun kitob mol-dunyodan qadrliroq narsa ekani, inson uni boshqa qiymati bor narsalarga qaraganda ko‘proq qadrlashi lozimligiga urg‘u qaratilmoqda. Shu bilan birgalikda bunda kitob o‘qishlikka chorlov ham bor, topishmoq tarkibida kitobdan xosiyat olishlikka chaqiriq bor. Xosiyat so‘zi izohiga e’tibor qilinadigan bo‘lsa “ijobiy xususiyat, yaxshi fazilat, xislat” degan ma’nolarni 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 38 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 anglatadi. Bundan anglashiladiki kimda-kim o‘zida ijobiy fazilatlarni hosil qilishni istasa buni kitobdan axtarishi lozimligiga bir da’vatdir Turk xalqida kitob haqidagi topishmoq: Yaprağı var, ağaç değil, Dikilidir, ruba değil, Konuşur, insan değil. (Kitap) Tarjimasi Barglari bor, daraxt emas, Tikilgan, kiyim emas, Gapiradi, odam emas. (Kitob) Ushbu turk topishmog‘ida “Barglari bor, daraxt emas” iborasi orqali kitobning bahorda olamni yashillikka burkab insonlarga quvonch bag‘ishlovchi yaproqlar kabi ma’rifat taratishiga ishora qilinmoqda va bu orqali kitobning ma’rifat sarchashmasi ekani ta’kidlanmoqda. “Tikilgan, kiyim emas” jumlasi orqali esa kitobning yana bir o‘ziga xosligi ma’rifat va hikmat shodalarini bir yerda jamlashiga urg‘u qaratilmoqda. “Gapiradi, odam emas” so‘zlari orqali esa kitobning insonni o‘zining hikmatlari ila komillikka chorlashi aks ettirilmoqda. Qardosh qozoq xalq topishmoqlarida kitob haqida topishmoq: Тісі жоқ, тілі жоқ, Бірақ адамға сөйлейді. Tishi yo‘q, tili yo‘q, Ammo inson bilan so‘zlashadi. Javob: Кітап (Kitob) 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 39 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 Ushbu qozoq xalq topishmog‘ida kitob inson tafakkurining, ilm va ma’naviyat manbaining ramzi sifatida tasvirlanadi. “Tishi yo‘q, tili yo‘q, ammo inson bilan so‘zlashadi” degan ifoda orqali kitobning jonli mavjudot emasligi, ammo so‘zlar, bilim va ma’rifat orqali inson ruhiga ta’sir ko‘rsatishi obrazli tarzda ifodalangan. Qozoq xalq tafakkurida kitob — ilm va ziyo manbai, insonni komillikka yetaklovchi kuch sifatida qaraladi. Kitob so‘zlamaydi, biroq uning sahifalarida insoniyat tajribasi, tarix, axloq va donolik mujassamdir. Shu jihatdan bu topishmoq ma’naviy boylik va tafakkur mahsuli sifatida kitobning beqiyos o‘rnini ifodalaydi. O‘zbek, turk va qozoq xalqlarida kitob bilim, ma’naviyat va komillik timsoli sifatida talqin etiladi. Shu bilan birga o‘zbek topishmog‘ida kitob “xosiyat manbai” sifatida, turk topishmog‘ida “ma’rifat taratuvchi”, qozoq topishmog‘ida esa “so‘zsiz so‘zlovchi donolik manbai” sifatida yoritilgan. Bu uch yondashuv o‘zaro qiyoslanganda, umumturkiy ma’naviy birlikning ifodalanganini ko‘rishimiz mumkin O‘zbek xalqlarida til haqidagi topishmoq: Aqlga do‘st tutsang, a’lo so‘zlar, Yo‘qsa u suyaksiz balo so‘zlar. (Til) Bu topishmoqqa nazar solinadigan bo‘lsa, har kimki qayerda bo‘lmasin aql bilan so‘zlasa mazmunli va kerakli so‘zlarni topib gapira oladi. Agar u har qanday mavzuda so‘zlamasin aqlga tayanmasa, gapirgan so‘zi o‘z boshiga balo bo‘lishi tabiiy ekanligi juda chiroyli tasvirlab berilmoqda. Turk xalqida til haqida topishmoq: Altı mermer, üstü mermer, İçinde bir bülbül öter. (Dil) Tarjimasi: Osti marmar, usti marmar, Ichida bir bulbul kuylar. (Til) Bu topishmoqda tishlar marmarga qiyoslanib, ushbu marmarlar ichida bir bulbul kuylaydi deb ijobiy baho berilmoqda. Bulbul xonishi har kimga yoqqani kabi tildan ham 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 40 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 faqat hammani mamnun etadigan kalimalar chiqmog‘i lozimligi ushbu topishmoq misolida juda chiroyli tartibda ifodalab berilgan. Qozoq xalqida til haqida topishmoq: Астыңда ақ маржан, Ішінде бұлбұл сайрайды. Ostida oq marjan, ichida bulbul sayraydi. Javob: Тіл — Til Ushbu qozoq xalq topishmog‘ida til obrazli vositalar orqali tasvirlangan. “Ostida oq marjan” — bu tishlar, “ichida bulbul sayraydi” — bu insonning so‘zlash, nutq chiqarish qobiliyatidir. Bulbulning sayrashi so‘zning go‘zalligi, nutqning musiqiyligi va ma’naviy ta’sirini ifodalaydi. Bu topishmoqda til insonning eng nozik, ammo eng kuchli quroli sifatida talqin qilinadi. Til — aql, tafakkur va ma’naviyatning ko‘zgusi, insonni hayvondan ajratib turuvchi asosiy belgidir. Qozoq xalq tafakkurida tilga ehtiyotkorlik, to‘g‘rilik va odob bilan yondashish zarurligi ramziy ifoda topgan. Til haqidagi topishmoqlarda ham barcha xalqlarda nutqning ahamiyati, so‘zning qudrati va aql bilan so‘zlash zarurligi ta’kidlanadi. Alisher Navoiyning “Muhokamat ullug‘atayn” asarida aytilgani kabi “So‘z go‘yoki bir durdir, durning doimiy makoni dengiz tubi bo‘lsa, so‘zning muntazam makoni ko‘ngildir” 11 . Alisher Navoiy bobomiz ta’kidlaganlaridek so‘zning muntazam makoni ko‘ngil bo‘lishi kerakligini o‘zbek, qozoq va turk topishmoqlari misolida ham ko‘rdik. Topishmoqlarda ko‘rganimizdek faqatgina bir jumboq topilishi emas balkida har birida ilmga, ma’rifatga, ziyoga, to‘g‘riso‘zlikka va vaqtni zoye qilmaslikka undovchi nasihatomuz fikrlarning borligi bu uch turkiy xalqlarning o‘tmishi va bugunining naqadar umumbashariy ekanligini ko‘rsatmoqda. Xulosa 11 Xadjimetova Gulola Alisher Navoiy asarlarida til va nutq masalari Yangi O‘zbekiston pedagoglari axborotnomasi 2-jild 1-son (YO‘PA) B - 105