DEVIANT XULQNING NAZARIY ASOSLARI VA UNING O'SMIRLIK DAVRIDA NAMOYON BO'LISH XUSUSIYATLARI
Abstract
Deviant xulq deganda, jamiyat tomonidan qabul qilingan umumiy ijtimoiy me’yor va qoidalarga zid, ulardan farq qiluvchi xatti-harakatlar majmui tushuniladi. Bunday harakatlar odatda ijtimoiy muhitda norozilik, tanqidiy munosabat va salbiy baholarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa bolaning o’smirlik yosh davrida bu jaroyon jadal suratlar bilan tezlashadi. Bola tashqaridan kelayotgan har qanday ta’sirlarga tez moslashuvchan va har xil oqimlarni tez qabul qiluvchi bo’ladi. Ushbu tezisda ushbu hususiyatlarning nazariy asoslarini va xususiyatlarini tahlil qilinadi.
Full text
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 87 DEVIANT XULQNING NAZARIY ASOSLARI VA UNING O‘SMIRLIK DAVRIDA NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI Abdumalikova O’g’iloy Ismatbek qizi Andijon viloyati Baliqchi tumani 31DMTT psihologi https://doi.org/10.5281/zenodo.17347560 Annotatsiya. Deviant xulq deganda, jamiyat tomonidan qabul qilingan umumiy ijtimoiy me’yor va qoidalarga zid, ulardan farq qiluvchi xatti-harakatlar majmui tushuniladi. Bunday harakatlar odatda ijtimoiy muhitda norozilik, tanqidiy munosabat va salbiy baholarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa bolaning o’smirlik yosh davrida bu jaroyon jadal suratlar bilan tezlashadi. Bola tashqaridan kelayotgan har qanday ta’sirlarga tez moslashuvchan va har xil oqimlarni tez qabul qiluvchi bo’ladi. Ushbu tezisda ushbu hususiyatlarning nazariy asoslarini va xususiyatlarini tahlil qilinadi. Deviant xatti-harakatlar faqat huquqiy normalarga zid bo‘lgan holatlar bilan cheklanmaydi; ular madaniy, axloqiy hamda ijtimoiy qadriyatlardan chetga chiqish holatlarini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu og‘ishlar psixologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy muhitning ta’siri natijasida shakllanishi mumkin. Xulqi og‘ishgan bolalarning psixologiyasi muammosiga ijtimoiy hayotda qadim Sharq tamaddunlarida e’tibor berilgan bo‘lsa-da, bu tushunchaning ilmiy kategoriyaga aylanishi G‘arb fani doirasida boshlangan. Jumladan, fransuz sotsiologi E. Dyurkgeym bu sohaga jiddiy e’tibor qaratib, deviant xulqni ijtimoiy hayotning muhim, qadimiy muammolaridan biri sifatida o‘rganishni ilgari surgan. Uning fikricha, deviant holatlar har qanday jamiyatda mavjud bo‘lib, ularning ildizi ijtimoiy tizimdagi muvozanatsizliklar bilan bog‘liq. Qadimiy sivilizatsiyalar — Misr, Hindiston, Xitoy va Yaqin Sharq xalqlari diniyma’naviy qarashlarida ham deviant xulqqa doir dastlabki tasavvurlar mavjud bo‘lgan. Bu qarashlar ularning axloqiy-me’yoriy tizimlarida, diniy qonun-qoidalarida aks etgan. G‘arbiy Yevropada esa XVIII asrga kelib ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar fonida jamiyatdagi me’yorlardan og‘ish muammosi dolzarb masalaga aylanadi. Shu sababli ijtimoiy fikr namoyandalari tomonidan deviant xulq masalasi chuqurroq ilmiy tahlil qilina boshlanadi. Mazkur o‘zgarishlar, tabiiyki, jamiyatning siyosiy tuzilmasi, iqtisodiy tizimi hamda boshqaruv shakllari bilan uzviy bog‘liqdir. Shu bilan birga, jamiyat a’zolarining me’yorlarga mos yashashini ta’minlab turuvchi ijtimoiy institutlar mavjud bo‘lib, ular orqali ijtimoiy nazorat amalga oshiriladi. Bu nazorat nafaqat davlat va nodavlat organlari orqali, balki bevosita jamiyat ichki mexanizmlari orqali ham olib boriladi va u ijtimoiy nazorat institutlari deb ataladi. Bu holatlarning asosida psixologik va ijtimoiy omillar yotadi. Xulq-atvordagi og‘ishlar masalasiga qadim Sharq jamiyatlarida ham e’tibor qaratilgan bo‘lsa-da, bu tushunchaning ilmiy tahliliga ilk bor G‘arbda kirishilgan. Jumladan, fransuz sotsiologi E. Dyurkgeym deviant xulqni jiddiy tahlil qilib, uni sotsiologiya faniga olib kirgan. Uning fikricha, deviant xatti-harakatlar har qanday jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy hodisalardandir. Haqiqatan ham qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy va Yaqin Sharq xalqlarining diniy-axloqiy qarashlarida xatti-harakatdagi og‘ishlar muammosiga oid dastlabki ijtimoiy fikrlar mavjud bo‘lgan.
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 88 Yevropada esa XVIII asrga kelib, yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar natijasida deviant xulqqa bo‘lgan ilmiy qiziqish kuchayib bordi. Jamiyatdagi ijtimoiy me’yor va axloqiy qadriyatlarga amal qilinmaslik holatlari tobora ko‘paygani sababli, bu masala turli fanlar — sotsiologiya, psixologiya, pedagogika va tibbiyot tomonidan ham o‘rganila boshlandi. Shu nuqtai nazardan deviant xulq masalasida turli ilmiy yondashuvlar shakllandi. Jamiyatda ushbu me’yorlarni saqlash va nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan ijtimoiy institutlar mavjud. Ular ichki nazorat mexanizmlari sifatida faoliyat yuritadi va odatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: oila, maktab, bog‘cha, mahalla, diniy muassasalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, diniy yetakchilar va tasavvufchilarning diniy-ma’rifiy faoliyati, tarbiyachi va murabbiylar (ularning faoliyati davlat va diniy tashkilotlardan mustaqil bo‘lishi mumkin). Bu ijtimoiy institutlar odamlarning ijtimoiy qoidalarga muvofiq yashashlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Deviant xulq bir nechta psixik holatlar doirasida o‘rganiladi va bu sohada ikkita asosiy yondashuv mavjud Tibbiy yondashuv—bu yondashuvda deviant xatti-harakatlar "sog‘lomlik – kasallikka moyillik – kasallik" ko‘riladi. Ijtimoiy-psixologik yondashuv — bu yondashuv esa shaxsning ijtimoiy muhitga moslashuvi nuqtai nazaridan "sotsializatsiya – moslashmaslik – izolyatsiya" bosqichlari orqali tahlil qilinadi. Har ikkala yondashuvni ham birgalikda hisobga olish muhimdir, chunki deviant xulq — bu fanlararo hodisa bo‘lib, uning tahlilida psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va tibbiyot fanlari o‘zaro integratsiyada ishlaydi. Shaxs axloqining shakllanishiga jamiyat va ijtimoiy guruhlarning bevosita ta’siri mavjud. Bu jarayon asosan sotsiologik va ijtimoiy yondashuvlar doirasida tahlil qilinadi. Ayniqsa mikroijtimoiy sharoitlar (masalan, oila va sinf jamoasi) psixologik-pedagogik tadqiqotlarda alohida o‘rganiladi. Sotsiologik nazariyalar deviant xulqni jamiyatda mavjud bo‘lgan normalar va jamoatchilik munosabatlari kontekstida tahlil qiladi. Ijtimoiy deviatsiya jamiyatdagi ijtimoiy qonunchilikka bo‘ysunadi va bu holatlar vaqt, madaniyat va tarixiy kontekstga bog‘liq holda o‘zgaradi. Shu sababli, ayrim hollarda ularni prognozlash va boshqarish mumkin. Mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritgan mashhur olimlar qatoriga A. Kont, G. Dyetard, A. Ketle, E. Dyurkgeym, M. Veyber, T. Parsons va R. Merton kiradi. Jumladan, fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeym (1858–1917) deviant xulq sotsiologiyasining asoschilaridan biri sifatida tan olingan. Uning “Jinoyatchilik sotsiologiyasi” va “O‘z joniga qasd qilish”ga oid ishlari sotsiologiya tarixida muhim ahamiyatga ega klassik tadqiqotlar sirasiga kiradi. Dyurkgeym deviant xulqni tushuntirishda “anomiya” tushunchasini ilgari surgan. “Anomiya” — bu ijtimoiy tizimda qadriyatlar va me’yorlarning eskirishi, yangi qadriyatlarning esa hali mustahkamlanmaganligi tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy dezorganizatsiya holatidir. Unga ko‘ra, ijtimoiy patologiya — ya’ni jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish va boshqa deviant holatlar — jamiyatdagi beqarorlik, qadriyatlar inqirozi va ijtimoiy uyushmaganlik natijasidir.
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 89 Dyurkgeym o‘zining tadqiqotlarida o‘z joniga qasd qilish holatlarini shaxsning ichki holatidan ko‘ra, uni o‘rab turgan ijtimoiy omillar (oilaviy ajralishlar, ishsizlik, ijtimoiy ajratish va h.k.) bilan bog‘lab tushuntiradi. Fransuz sotsiologi E. Dyurkgeym ijtimoiy og‘ish (deviatsiya)larni jamiyat hayotining ajralmas, ob’yektiv tarkibiy qismi sifatida baholagan. Uning ta’kidlashicha, hatto jinoyat ham me’yoriy hodisa sifatida e’tirof etilishi mumkin, chunki u barcha jamiyatlarda mavjud bo‘lib, insoniyat taraqqiyotining istalgan bosqichida to‘xtab qolmaydi. Dyurkgeymning fikricha: “Jinoyat zarur, u axloqiy va huquqiy qadriyatlarning tabiiy evolyutsiyasi uchun xizmat qiladi. Jinoyat ijtimoiy o‘zgarishlarga tayyorgarlik vazifasini bajaradi”[15]. Shu munosabat bilan Dyurkgeym qadimiy Afinadagi faylasuf Suqrot misolini keltiradi. O‘sha davr qonunlariga ko‘ra, Suqrot yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalar bilan chalg‘itgan jinoyatchi sifatida ko‘rilgan. Biroq zamonaviy nuqtayi nazardan u fikr mustaqilligi va yangi axloqiy qadriyatlar tarafdori sifatida qadrlanadi. Bu esa shuni anglatadiki, ijtimoiy og‘ish ba'zida jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanishi mumkin. Dyurkgeymning bu yondashuvi keyinchalik ko‘plab olimlar, jumladan, V. Pareto, L. Kozyer va ayniqsa R. Merton tomonidan yanada rivojlantirildi. R. Merton ijtimoiy deviatsiyani madaniy jihatdan belgilangan maqsadlar bilan ularga erishish uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlar o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi sifatida izohlaydi. U zamonaviy amerika jamiyatida boylik va muvaffaqiyatga erishish asosiy ijtimoiy qadriyat sifatida talqin qilinishi, ammo unga erishish imkoniyatlarining barcha qatlamlar uchun teng bo‘lmasligi jamiyatda deviant harakatlarga olib kelishini asoslab beradi. Merton besh turdagi moslashuv strategiyalarini ajratib ko‘rsatadi: Konformizm – ijtimoiy qabul qilingan maqsadlar va ularga erishish vositalarini to‘liq qabul qilish; Innovatsiya – maqsadlarni qabul qilish, biroq ularga erishishning legitim vositalarini rad etish (masalan, noqonuniy yo‘llar orqali boylikka intilish); Ritualizm – maqsadlarga erishishga qiziqmasdan, faqat vositalarni ortiqcha qat’iyat bilan bajarish; Retreatizm (chekinish) – ijtimoiy me’yorlardan butunlay voz kechish va passiv hayot tarzini tanlash (masalan, giyohvandlik); Isyon – mavjud ijtimoiy tizim va me’yorlarga nisbatan radikal qarshilik ko‘rsatish, ularni o‘zgartirishga urinish. Bu yondashuvlar orqali Merton deviant xatti-harakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini ochib beradi, ayniqsa kambag‘allik yoki past ijtimoiy qatlamlarda jinoyatchilikning yuqoriligi shu model bilan izohlanadi. Ijtimoiy deviatsiyaning boshqa ob’ektiv omillari sifatida quyidagilar ham ta’kidlanadi: T. Parsons – individning kutgan natijalari va ijtimoiy tizim imkoniyatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik; P. Sorokin – shaxsiy fazilatlar va jamiyatda mavjud resurslar (yaxshiliklar)ning adolatsiz taqsimoti; R. Cloward va L. Ohlin – deviant submadaniyatlarning ta’siri va ta’limdagi normativ buzilishlar.
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 90 Erta yoshdan jinoiy yoki ijtimoiy chekkadagi submadaniyatlar ta’sirida bo‘lgan shaxslar deviant xatti-harakatlarni namoyon etishga moyil bo‘ladilar. Bu submadaniyatlar odatda jamiyatning asosiy qadriyatlariga zid bo‘lgan guruhlar tomonidan shakllantiriladi. Masalan, hippi, metallistlar, skinxedlar, radikal diniy yoki siyosiy guruhlar ko‘pincha deviant yondashuvlarni ilgari suradi. Zamonaviy jamiyatda deviant submadaniyatlarning roli dolzarb va chuqur o‘rganilishi zarur bo‘lgan masalalardan biridir. Guruhga mansublik hissi, unga ergashish ehtiyoji, o‘zini boshqa guruhlarga nisbatan ajratish holatlari deviant xatti-harakatlar uchun ijtimoiy asos yaratadi. Bu esa ekstremizm, radikalizm, rasizm, fashizm kabi ommaviy deviatsiyalarni shakllantiruvchi omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy deviatsiy–bu faqat salbiy ijtimoiy hodisa emas, balki ba’zan jamiyatning yangilanishi va rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi zaruriy element bo‘lishi ham mumkin. Durkgeym va Mertonning nazariyalari ushbu masalani chuqur anglash uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Deviatsiya sabablarini aniqlash va oldini olish choralarini ishlab chiqish uchun esa nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy omillar, balki shaxsiy, madaniy va guruhlararo munosabatlar doirasidagi omillarni ham kompleks tarzda o‘rganish zarur. Hozirgi vaqtda ijtimoiy muhit, ayniqsa, professional faoliyat sohasi inson shaxsining rivojlanishiga va xulq-atvoriga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, kasbiy muhitning shaxsning deviant (ya’ni me’yordan og‘ishgan) xulqiga ta’siri muammosi hanuzgacha yetarli darajada ilmiy o‘rganilmagan. Maxsus adabiyotlarda bu masalaga oid mustaqil tadqiqotlar deyarli mavjud emas, bu esa ushbu sohada ilmiy bo‘shliq mavjudligini ko‘rsatadi. Deviant xulq faqat ob’yektiv ijtimoiy omillar bilan emas, balki sub’yektiv psixologik omillar orqali ham shakllanadi. Masalan, stigmatizatsiya nazariyasi (E. Lyemert, G. Bekker)ga ko‘ra, shaxsga deviant yorliqni jamiyat yoki ijtimoiy guruh o‘zi yopishtiradi. Dastlabki deviantlik me’yorga mos kelmaydigan harakat sifatida namoyon bo‘lsa, ikkilamchi deviantlik bu harakat asosida shaxsga ijtimoiy yorliq yopishtirilishi va u shaxsning ichki identifikatsiyasiga aylanish jarayonidir. Natijada shaxs o‘zini deviant sifatida qabul qiladi va bu rolda mustahkamlanadi. Tadqiqotchilardan Yu.A. Klebergning qarashlari alohida e’tiborga loyiqdir. U o‘smirlar deviantligi misolida og‘ishgan xulqni shaxsning madaniy me’yorlarga munosabati asosida izohlaydi. Unga ko‘ra, deviant xulq – bu ijtimoiy me’yorlarni shaxs uchun qadrli bo‘lgan boshqa qadriyatlar orqali rad etish shaklidir. Bunday xulq-atvor sleng, moda, ramzlar, tana harakatlari, o‘ziga xos kiyinish uslublari orqali ifodalanadi. O‘smirlar uchun bu vositalar o‘zini ifodalash, tan olinishga erishish yoki ichki taranglikdan qutulish mexanizmiga aylanadi. Shu tarzda, sotsiologik va ijtimoiy-psixologik yondoshuvlar deviant xulqni shaxs va jamiyat o‘rtasidagi murakkab o‘zaro ta’sirlar mahsuli sifatida ko‘rib chiqadi. "Og‘ishgan xulq" atamasi esa ko‘pincha "deviant xulq" iborasi bilan sinonim sifatida ishlatiladi. Lotin tilidagi deviatio – og‘ish, yo‘ldan chekinish ma’nolarini anglatadi. Ushbu qo‘llanma doirasida har ikki atamadan foydalaniladi, biroq “og‘ishgan xulq” atamasi aniqroq va ilmiyroq bo‘lganligi sababli ko‘proq afzallik beriladi[17]. Deviant xulq ilmiy fanlararo tushuncha bo‘lib, ikki asosiy yondashuvda talqin qilinadi:
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 91 Psixologik-pedagogik yondashuv–deviant xulqni shaxsning rasmiy yoki norasmiy ijtimoiy me’yorlarga mos kelmaydigan harakati sifatida ko‘radi. Sotsiologik-huquqiy yondashuv–deviant xulqni ommaviy, barqaror ko‘rinishdagi inson faoliyati sifatida, jamiyatdagi mavjud me’yor va umidlar bilan ziddiyatli holatda ifodalaydi. Mazkur tahlilda biz deviant xulqni birinchi jihatga ko‘ra – individual faollikning og‘ishgan shakli sifatida o‘rganamiz. Deviant xulqni aniqlashda uning asosiy belgilari quyidagilar bilan ajralib turadi: Bu xulq umumiy qabul qilingan yoki rasmiy me’yorlarga zid bo‘ladi. Bunday harakat mavjud qonun, odat, ijtimoiy qoidalar va qadriyatlarni inkor etadi. Deviant xulq tarixiy va madaniy sharoitga bog‘liq holda o‘zgaruvchan bo‘lib, muayyan davrda me’yor deb hisoblangan narsa boshqa bir davrda deviant deb baholanishi mumkin. Masalan, chekishga bo‘lgan munosabat turli davrlar va jamiyatlarda farqlanadi – bu holat deviantlik mezonlarining tarixiy nisbiyligini ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday me’yorning buzilishi emas, balki jamiyat uchun dolzarb va asosiy hisoblangan me’yorlarning buzilishi deviant xulq deb qaraladi. Bunday xulq odatda salbiy ijtimoiy baho oladi va jamoatchilik tomonidan muhokama qilinadi, ijtimoiy sanktsiyalar, hatto jinoyat jazosigacha olib kelishi mumkin. Stigmatizatsiya – bu shaxsga doimiy ravishda salbiy yorliq yopishtirishdir (masalan: "jinoyatchi", "giyohvand", "muammoli bola"). Bu tamg‘a shaxsning ijtimoiy o‘zini anglashiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, u o‘zini aynan shunday rolga moslashtirishiga olib keladi. Natijada, shaxsni qayta ijtimoiylashuv orqali ijobiy yo‘lga yo‘naltirish qiyinlashadi. Stigmatizatsiya ijtimoiy ajratilish, psixologik izolyatsiya, va hatto o‘z joniga qasd qilish xavfini kuchaytiradi. Deviant xulqning xavfli jihatlaridan yana biri – u shaxsga yoki atrofdagilarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bu zararlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: Ma’naviy va moddiy yo‘qotishlar; Jismoniy zo‘ravonlik yoki tahdid; Ruhiy salomatlikka putur yetkazilishi; Hayot sifati va xavfsizligining pasayishi. Deviant xulqning eng keskin shakllari inson hayoti uchun bevosita xavf tug‘diradi. Og‘ishgan xulq-atvor, u destruktiv (boshqalarga zarar yetkazuvchi) yoki autodestruktiv (shaxsning o‘ziga zarar yetkazuvchi) shaklga ega bo‘lishidan qat’i nazar, jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy, axloqiy yoki huquqiy me’yorlar tizimini parchalovchi, buzuvchi xususiyatga ega. Shu boisdan, bu turdagi xulqni ijtimoiy muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida baholash mumkin. Shunga qaramay, radikallik, kreativlik (ijodkorlik) va marginallik kabi hodisalar ko‘p hollarda og‘ishgan xulq sifatida baholanmaydi. Garchi bu holatlar ham an’anaviy qadriyatlar va konservativ ijtimoiy fikrga zid bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, ular jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratadigan konstruktiv (ijobiy) o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Jumladan, radikal qarashga ega shaxslar mavjud ijtimoiy tizimni tubdan yangilashga intiladilar; kreativ insonlar esa yangilik yaratish, ilmiy yoki badiiy kashfiyotlar orqali jamiyatni boyitishga xizmat qiladilar; marginallar esa ijtimoiy me’yorlarning chegarasini kengaytirish orqali ijtimoiy tafakkurning rivojiga turtki beradilar.
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 92 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Do‘stmuxammedova Sh.A., Nishanova Z.T. va boshq. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. – T.: “Fan va texnologiya”, 2016. – 343 b. 2. Дюркгейм Э. Самоубийство. Социологический этюд. – Москва, 2020. – 316 с. – ISBN 978-5-534-10054-9. 3. Зауторова Э.В. Предупреждение и профилактика девиантного поведения подростков // Вопросы педагогики. – 2019. – № 8. – С. 31–33. 4. Змановская Е.В. Девиантология: Учебное пособие для студентов высших учебных заведений. Москва, 2017.– 288 с. – ISBN 978-5-7695-4921-2. 5. Змановская Е.В. Психология отклоняющегося поведения. – Москва, 2019. – 288 с. – ISBN 5-7695-1248-2.