UQTIRISH USULI VA TA'LIM SAMARADORLIGI
Abstract
Maqolada ta’lim jarayonida uqtirish usulidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. Muallif psixologiya va pedagogika fanlarida uqtirish usulini yoritishga yondoshuvlarni tahlil qiladi va bu muammoga o‘zining munosabatini bildiradi.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari UQTIRISH USULI VA TA’LIM SAMARADORLIGI Muallif: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich 1 Affiliyatsiya: Falsafa fanlari doktori, professor, Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17349069 ANNOTATSIYA Maqolada ta’lim jarayonida uqtirish usulidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. Muallif psixologiya va pedagogika fanlarida uqtirish usulini yoritishga yondoshuvlarni tahlil qiladi va bu muammoga o‘zining munosabatini bildiradi. Kalit soʻzlar: ta’lim, tarbiya, uqtirish usuli, ta’lim samaradorligi. KIRISH Oʻqituvchi va murabbiylar obroʻyi va mavqeini koʻtarishni, deyiladi Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning shu yil Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yoʻllagan tabrigida, biz hal qiluvchi masala, deb hisoblaymiz. Prezidentning mazkur tabrigida mamlakatimiz ta’lim tizimida soʻnggi yillarda amalga oshirilgan va yaqin kelajakda amalga oshirish rejalashtirilayotgan ulkan rejalar ham koʻrsatib oʻtildi. Jumladan, soʻnggi 8 yil davomida fan va ta’limga sarflanayotgan mablagʻlar hajmi 6 baravar ortdi, qisqa muddatda bolalar bogʻchalari soni 5200 tadan 38 mingtaga etkazildi, ularda bolalarni qamrab olish hajmi esa 27%dan 78% ga koʻtarildi, 500ta yangi maktab binolari qurish va mavjudlarini kengaytirish hisobiga 1 million yangi oʻquvchi oʻrinlari yaratildi. Mamlakatimiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha bundan ham ulkan ishlarni amalga oshirish boshlab yuborildi. Bu ishlarni qisqa muddatlarda va muvaffaqiyatli yakunlash uchun mazkur tizimning barcha boʻgʻinlarida oʻqituvchi va murabbiylar faoliyati samaradorligini keskin koʻtarish talab etiladi. Bunga erishish uchun esa pedagoglarimizni ta’lim va tarbiyaning zamonaviy va samarali usullari bilan qurollantirish zarur. Oʻqituvchi va muruabbiylarning koʻp qirrali faoliyatlari negizida ta’lim va tarbiya usullarini qay darajada egallaganliklari yotadi. Maktablarda va barcha ta’lim muassalarida ta’lim va tarbiyaning koʻplab usullaridan foydalaniladi. Pedagoglarimiz foydalanayotgan ta’lim va tarbiya usullari orasida ishontirish va uqtirish usullari asosiy usullar hisoblanadi. Mazkur maqolada ta’lim jarayonida uqtirish usulidan qanday foydalanilayotgani haqida fikr yuritiladi. ASOSIY QISM Oʻquvchilarga berilayotgan bilimlarning yuqori saviyada boʻlishi, ular xotirasida olingan bilimlarning uzoq vaqt saqlanishini ta’minlashda uqtirish usuli alohida ahamiyatga ega. Lekin mamlakatimizda oʻquvchilarga berilayotgan ta’lim jarayonida “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari qoʻllanilayotgan usullarni tahlil qilish asosan ishontirish usulidan foydalanilayotgani, uqtirish usuliga kamdan kam hollardagina murojaat qiliayotganini koʻrsatmoqda. Biz bunday holning sabablarini oʻrganishga harakat qildik. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida uqtirish soʻziga quyidagicha izoh beriladi: izohlash, sharhlash, ishontirish. Bunday izoh “uqtirish” soʻzining ogʻzaki va yozma nutqdagi ma’nolariga berilgan boʻlib uni mazkur soʻzning psixologiya kategoriyasi sifatidagi ma’nosiga qoʻllab boʻlmaydi. Buni shundan ham bilsa boʻladiki, bu oʻrinda uqtirish soʻzining ma’nosini, jumladan, ishontirish soʻzi orqali izohlanmoqda. Holbuki, psixologiya va pedagogika fanlarida “uqtirish” va “ishontirish” alohida va alohida kategoriyalarni anglatadi. Kategoriya boʻlganda ham ularning har biri mazkur fanlarning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. “Uqtirish” soʻzi (rus tiliga-vnushenie, lotin tiliga “suggestiya” shaklida tarjima qilinadi.) inson psixikasidagi ongni chetlab oʻtib ongostiga ta’sir oʻtkazishni anglatadi. Bu usul ta’sir oʻtkazilayotgan shaxs-ob’ektning mantiqiy sohasini chetlab oʻtib, avvlo, uning hissiyotiga, ustanovkalariga ta’sir oʻtkazishni nazarda tutadi. Oʻrnida va mohirlik bilan foydalanganda bu usul yaxshi natijalar beradi. Aksar holatlarda bu usulning natijalari ishontirish usulining natijalaridan koʻra ham yuqoriroq boʻladi. Uqtirish ongosti bilan bogʻliq boʻlgani sababli shaxsning fantaziyasidan foydalanish yordamida uning ongi va ong osti oʻrtasidagi chegarani sezdirmay bosib oʻtish mumkin. Ana shunday vaziyatlarda shaxs har qanday ta’sirlarga sezuvchan va beriluvchan boʻlib qoladi. Shaxsning ana shunday holatga tushganini yuzidagi muskullar boʻshashganidan va atrofdagi voqea-hodisalarga befarq qarashidan bilib olsa boʻladi. Uqtirish muayyan fikr yoki gʻoyani shaxsning diqqatini, mantiqiy fikrlashini chetlab oʻtib, uning ongostiga payvand qilishdir. Uqtirish odamlarning oʻzaro verbal yoki noverbal vositalar yordamida muloqotga kirishishi jarayonida yuzaga keladi. Uqtirish faqat tashqaridan emas, balki ob’ektning oʻziga-oʻzi ta’sir oʻtkazishi oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Tashqaridan amalga oshirilgan uqtirish yoki shaxsning oʻziga-oʻzi uqtirishi oʻrtasida jiddiy tafovut yoʻq. Ularning har ikkisini tasavvur birlashtiradi. Tashqaridan oʻtkazilgan uqtirish oʻziga-oʻzi uqtirish motiviga aylanadi. Tashqaridan uzatilayotgan axborot passiv qabul qilinmaydi, balki hayotiy tajriba nuqtai-nazaridan ishlov berilgan holda qabul qiladi. Aslida, tashqaridan ta’sir oʻtkazib uqtirilayotgan odam shu uqtirishning hammuallifi boʻladi. U chetdan uzatilayotgan axborotni oʻzining tasavvuri yordamida boyitadi. Bunday holda tasavvurning roli shaxsning emosionalligi, hayotiy tajribasi, madaniyati ehtiyojlari va jismoniy holatiga bogʻliq boʻladi. Hozirgi zamon fani uqtirishning psixologik va fiziologik jihatlari bir-birini oʻzaro toʻldirishini e’tirof etadi. Uqtirishning fiziologik jihatlari bosh miya va tana funksiyalarida namoyon boʻladi. Psixologiya fanini birinchi navbatda uqtirishning psixologik jihatlari qiziqtiradi. XVIII asr boshlaridayoq obroʻli ilmiy komissiya Mesmerning “Moʻjizali hayvonot magnitizmi” nomli ma’ruzasini tahlil qilar ekan ma’ruzaning nomini “Moʻjizali tasavvur” deb oʻzgartirgan edi. Haqiqattan ham uqtirish tasavvursiz yuz berishi mumkin emas. Tasavvur axborot modelini timsol yoki gʻoya shaklida rekombinasiya qilish yordamida shakllantirilishidir. Tasavvur voqea-hodisalarning juda keng doirasini qamrab oladi. Insonning har qanday koʻrinishdagi faoliyatida tasavvur ishtirok etadi. Tasavvur oʻtmishga, hozirgi kunga yoki kelajakka qaratilgan boʻlishi
11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari mumkin. Ayni paytda u real, utopik yoki fantastik koʻrinishlarga ega boʻlishi ham mumkin. Pedagoglar faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatlardan biri oʻquvchilarga bilim berish, ularni vatanparvarlik va yuksak ahloqiy sifatlar ruhida tarbiyalashda yuqori natijalarga erishilishini ta’minlashi mumkin boʻlgan usulni, ya’ni ta’limda uqtirish usulini keng qoʻllash zaruratidir. Ta’limni samaradorligini oshirish masalasini muhokama qilar ekanmiz, bunday samaradorlikni ta’minlashi mumkin boʻlgan asosiy usul uqtirish usuli ekanini yodda tutish zarur. Ayni paytda bu usulning mohiyati, xususiyati va funksiyalarini atroflicha ishlab chiqish va amaliyotda qoʻllash psixolog va pedagoglarimizning e’tiboridan chetda qolmoqda. Biz oʻqituvchilarga metodik maslahatlar berish, ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish asosiy vazifasi boʻlgan va mamlakatimizda chop etilayotgan pedagogogika va psixologiyaga oid hamda aloqador jurnallarda keyingi oʻttiz yil davomida bu mavzudagi materiallar qancha chop etilayotganini oʻrganish maqsadida murojaat qildik. Ma’lum boʻldiki, bu jurnallarda biz oʻrgangan davrda uqtirish mavzusiga bagʻishlangan birorta ham maqola e’lon qilinmagan ekan. Tabiiyki, bunday holat bizni taajjublantirdi. Uqtirish usulining ta’rifi pedagogika va psixologiya boʻyicha adabiyotlarda, qolaversa, internetdagi maqolalarda koʻplab keltirilgan. Bu ta’riflarning qisqa mazmuni uqtirishning shaxs ongini chetlab oʻtib ongostiga ta’sir oʻtkazishi bilan bogʻliqligida. Bu ta’rifni koʻpchilik biladi, lekin uni amalda qanday qoʻllash mumkinligi haqidagi savolimizga mamlakatimizdagi biror psixolog yoki pedagogdan javob topa olmadik. Bunday koʻngilsiz holatning sababini hozircha topa olganimiz yoʻq. Har qanday nutqning, xoh u yozma, xoh ogʻzaki boʻlsin, asosiy vazifalaridan biri uqtirish ekanida. Kundalik muloqotlardagi uqtirish bilan uqtirishning ilmiy tushunchasi oʻrtasidagi asosiy tafovut, kundalik munosabatlarda uni anglanmagan holda qoʻllash boʻlsa, bu usulning ilmiy tavsifi uning tegishli dalillar, vositalar yordamida va ongli ravishda qoʻllanishida. Bizningcha, shuni ham yodda tutish zarurki, ta’lim va tarbiyaning barcha usuli oʻquvchi va tarbiyalanuvchilarning ongiga ta’sir oʻtkazishni koʻzda tutadi. Ma’lumki, inson psixikasi ikki qatlam: ong va ongostidan iborat. Jahondagi koʻpchilik psixologlarning fikriga koʻra ong psixikaning oʻn foizini tashkil qilsa, ongosti 90 foizni tashkil qiladi. Oʻquvchi va tarbiyalanuvchilarning ongostiga ta’sir oʻtkazish shuning uchun ham muhimki, uzoq muddatli xotira ongostida joylashgan boʻladi. Unga ta’sir oʻtkazish usulini egallamas ekanmiz oʻquvchilarga bergan bilimlarimiz psixikaning yuqori qatlami-ongda qoladi va oradan koʻp oʻtmay unutilib ketadi. Bunga koʻplab misollar keltirish mumkin. Ongostiga tasir oʻtkazishi mumkin boʻlgan va oʻquvchilarga berilgan bilimlarning uzoq mudda saqlanishi mumkin boʻlgan usul uqtirish usulidir. Fanda uqtirish usulining ikki turi farqlanadi: pedagogik uqtirish va gipnotik, ya’ni gipnozdagi uqtirish. Bu usul turlarining mohiyati bir xil boʻlsa ham, ularni qoʻllashdagi maqsad turlicha boʻladi. Pedagogik jarayonda uqtirish usulidan foydalanilganda koʻzlanadigan maqsad uqtirish ob’ektiga ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir oʻtkazishdan iborat. Uqtirish usuli ta’lim jarayonida qoʻllanganida berilgan bilimlar uning xotirasida uzoq muddat saqlanishini ta’minlash koʻzda tutiladi. Shuningdek, uqtirish usulini bemorlarga nisabtan qoʻllanganda uning davolovchi yoki boʻlmasa, tinchlantiruvchi va uxlatuvchi ta’siri koʻzda tutiladi.
12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari Bu usulning ob’ekti sportchilar boʻlganida ularning oʻziga boʻlgan ishonchini orttirish, gʻalabaga ishonchni yuksaltirish kabi maqsadlar koʻzlanadi. Oʻtgan asrning 20-yillarida sobiq ittifoqdagi ta’lim jarayonlarida uqtirish usulini qoʻllashga jiddiy ahamiyat berila boshlagan edi. Oʻsha davrlarda pedagogikaning suggestopediya deb nomlangan tarmogʻi boʻlib uning mohiyati ta’lim va tarbiya jarayonlarida uqtirish usulidan foydalanishga qaratilgan edi. Keyinchalik, psixologiya fani va uning tarmoqlariga e’tibor susaygan, ba’zi tarmoqlar esa keskin tanqid ostiga olingandan keyin suggestopediya ham e’tibordan chetda qola boshladi. Bu haqda oʻsha davrlarda uqtirish usuli bilan jiddiy shugʻullangan E.Shvars shunday yozgan edi: “Ma’lumki, uqtirish anglanmaydigan sohaga qaratiladi va shuning uchun ba’zan, uni sovet maktabida pedagogik usul sifatida qoʻllash mumkin emas, degan fikrlar bildiriladi. Oshkoralikka koʻproq e’tibor berila boshlagan oʻtgan asrning 80-yillari oʻrtalari va oxirlarida men Moskva shahrida ilmiy ish olib borish bilan band edim. Oʻsha paytlarda gipnoz toʻgʻrisidagi maqtovlar va gipnoz yordamida ishonish qiyin boʻlgan natijalarga erishish mumkinligi toʻgʻrisidagi maqola va risolalarni oʻqigan va ularning ta’sirida gipnozni oʻrganishga kirisha boshlaganman. Gapning rostini aytsam, gipnozni taniqli mutaxassis va olimlardan oʻrgangan boʻlsam ham, u keltirishi mumkin boʻlgan natijalar menga mubolagʻaday tuyulgan edi. Shunday boʻlsa ham, Oʻzbekistonga qaytgandan keyin farzandlarimdan ikkitasiga chet tillarni gipnoz yordamida oʻrgatmoqchi boʻldim. Shu maqsadda ularning ongostiga chet tillarni tez va oson oʻrganishlari toʻgʻrisida ustanovka berdim. Bu farzandlarimdan kattarogʻi maktabni tugatib universitetga kirayotgan paytda ona tilidan tashqari beshta, ikkinchisi esa uchta chet tilda erkin gaplashadigan boʻlgan edi. Chet tillarni oʻrganishda uqtirish usulining samaradorligi toʻgʻrisida izchil tadqiqotlar olib borgan olimlardan biri bolgariyalik mutaxassis G. Lozanov edi. Uqtirish boʻyicha tadqiqotlar olib borgan olimlarning aksariyati uning ongostiga ta’sir oʻtkazishi toʻgʻrisida yozishadi. Shu munosabat bilan ongosti oʻzi nima, degan savol boʻlishi tabiiy. Bu savolga javob topish uqtirishning mohiyatini tushunishga jiddiy yordam beradi. Psixologiya va unga yondosh fanlarda ongostiga berilgan ta’riflar ham juda koʻp. Bu ta’riflarni umumlashtirib unga quyidagicha ta’rif berish mumkin, deb hisoblaymiz: ongosti ongdan tashqarida, lekin shaxs psixikasi doirasida yuz berayotgan barcha psixik jarayonlarning jamlanmasidir. Ba’zi qomusiy va akademik nashrlarda ongostining yuqorida keltirilgan ta’rifiga qoʻshimcha tarzda uni bevosita hissiy qabul qilish yoki idrok qilishning imkoni yoʻqligi qoʻshib qoʻyiladi. Ongosti muammosini oʻrgangan ba’zi olimlar u inson psixikasining 85-90 foizini tashkil qilishini qayd etish bilan birga, unga faqat uqtirish usuli yordamida ta’sir oʻtkazish mumkinligi haqidagi xulosalarini bayon qilishadi. Psixologiyaga oid adabiyotlarda ta’kidlanishicha “Uqtirish usulidan mohirona foydalanish ta’lim, tarbiya va boshqaruv faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi.” Shu munosabat bilan ham mazkur usulni oʻrganish va undan samarali foydalanish ta’lim va umuman ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uqtirish usulining samaradorligi oʻquvchilarga berilayotgan bilimlar bevosita ularning ongostiga oʻtkazilishi bilan bogʻliq. Ongostiga har qanday bilim va ma’lumotlar oʻtavermaydi. Bilim va ma’lumotlarni qabul qilayotgan shaxs yoki oʻquvchi oʻsha ma’lumotlar oʻzi uchun juda muhim ekanini anglaganda yoki bu bilimlar uqtirish usuli yordamida berilgandagina ular ongostiga joylashadi.
13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari Uqtirish usuliga e’tiborsizlik va unga mensimay munosabatda boʻlish sobiq sovet tuzumi davrida avj olgan edi. Taassufki, bunday yondoshuv va munosabatdan mustaqillik davrida ham qutula olganimiz yoʻq. Bunday holning zararli oqibatlarini shundan ham bilish mumkinki, mustaqillik davrida mamlakatimizda chop etilgan va etilayotgan, pedagogika va psixologiyaga oid yoki aloqador 30 dan ortiq jurnallarning birontasida ishontirish usuli boʻyicha e’lon qilingan birorta ham maqolani topa olmadik. Ishontirish usuliga yuqorida bayon etilgan e’tiborsizlik va beparvolik oʻzining salbiy jihatlarini namoyon etmay qolmadi. Buni quyidagi holatlarda koʻrish mumkin: oxirgi oʻn yilliklar davomida mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga (OTMlarga) kirish imtihonlari test shaklida oʻtkazildi. Test natijalari koʻrsatishicha, umumta’lim maktablarining bitiruvchilari test imtihoni topshirganlarida ularning 40-50 foizi 56 balldan past, ya’ni “qoniqarsiz” baho oldi. Hayratlanarli joyi shundaki, ularning aksariyati bundan bir oy avval maktabni bitirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan va qoʻllariga etuklik attestati olgan edilar. Lekin hechkimni bu bitiruvchilar maktabni bitirish imtihonlaridan oʻtganlariga qaramay nega OTMga kirish imtihonlarida “qoniqarsiz” baho olganlari hech kimni qiziqtirmadi. XULOSA Biz umumta’lim maktablarida oʻqituvchilik qilayotgan oʻzimizning yaqinlarimiz, anchagina tanish-bilimlarimiz bilan oʻtkazgan suhbatlarimiz shuni koʻrsatdiki, ular mazkur usul toʻgʻrisida ma’lumotga ega emas ekanlar. Bunday holning sabablari oʻqituvchilar tayyorlanayotgan universitetlar va pedagogika institutlari bilan bogʻliqmikan, degn savol bizni qiziqtira boshladi. Biz endi oʻsha universitetlar va pedagogika institutlarining, shuningdek, barcha viloyatlrda mavjud boʻlgan pedagogik mahorat maktablarining dasturlari va oʻquv rejalarini oʻrganmoqchi boʻldik. Shu yoʻnalishdagi harakatlarimizning dastlabki natijalari shuni koʻrsatdiki, na oʻsha universitetlarning, na pedagogika institutlari va na pedagogik mahorat markazlarining dasturlari va oʻquv rejalarida odamlarning, shu jumladan, oʻquvchilarning ongosti qanday tuzilma ekani, unda nimalar joylashgani va unga qanday kirish mumkinligini oʻrganish koʻzda tutilmagan ekan. Ongosti qanday tuzilma ekani va unga qanday ta’sir oʻtkazish mumkinligi oʻsha dastur va oʻquv rejalarni tuzuvchi psixolog va pedagoglarni qiziqtirmas ekan, tabiiyki, unga kirishni ta’minlashi mumkin boʻlgan uqtirish usulini oʻrganish ham hech kimni qiziqtirmagan. Biz endi bunday holning sabablarini ham oʻrganmoqchi boʻldik. Lekin bu masala ancha nozik va murakkab boʻlgani uchun u alohida suhbatni taqozo etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Oʻzbek tilining izohli lugʻati.2-jild Moskva, “Rus tili” nashriyoti, 1991 291-bet 2. I.E.Shvars. Vnushenie v pedagogicheskom prosesse, Perm, Knijniy mir, 2009 3. Lozanov G. Suggestologiya. Sofiya 1989 4. https://cyberleninka.ru/article/n/vnushenie-kak-metod-motivatsii. Obr. 07 09 2025