AI ETIKASI: AQILLI TIZIMLAR QARORLARINI BOSHQARISH MASALALARI
Abstract
Ushbu maqolada sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan murakkab axloqiy, ijtimoiy va huquqiy muammolar keng koʻlamda tahlil qilinadi. AI tizimlarining qaror qabul qilish jarayonida shaffoflik, javobgarlik, adolat va inson nazorati bilan bogʻliq masalalar chuqur yoritilgan. Shuningdek, maqolada aqlli tizimlarning qarorlarini boshqarish va tartibga solishning zamonaviy mexanizmlari, xalqaro tajribadan olinayotgan saboqlar hamda Oʻzbekiston uchun dolzarb boʻlgan yoʻnalishlar koʻrib chiqiladi.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari AI ETIKASI: AQILLI TIZIMLAR QARORLARINI BOSHQARISH MASALALARI Muallif: Fayziyeva Maftuna Ilxomovna 1 Affiliyatsiya: Iqtisodiyot va pedagogika universiteti, “Iqtisodiyot va muxandislik fanlari” kafedrasi assistenti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17349718 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan murakkab axloqiy, ijtimoiy va huquqiy muammolar keng koʻlamda tahlil qilinadi. AI tizimlarining qaror qabul qilish jarayonida shaffoflik, javobgarlik, adolat va inson nazorati bilan bogʻliq masalalar chuqur yoritilgan. Shuningdek, maqolada aqlli tizimlarning qarorlarini boshqarish va tartibga solishning zamonaviy mexanizmlari, xalqaro tajribadan olinayotgan saboqlar hamda Oʻzbekiston uchun dolzarb boʻlgan yoʻnalishlar koʻrib chiqiladi. Kalit soʻzlar: Sunʼiy intellekt etikasi, shaffoflik, tarafkashlik, javobgarlik, inson nazorati. KIRISH Raqamli inqilob davri sunʼiy intellekt texnologiyalarining keng qoʻllanilishi bilan tavsiflanadi. AI sogʻliqni saqlash, transport, taʼlim, moliya va davlat boshqaruvi kabi sohalarda katta oʻzgarishlarni amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, AI qarorlari inson hayotiga bevosita taʼsir qilishi tufayli etik va huquqiy masalalarni oʻrganish dolzarbdir. Ushbu tadqiqotning maqsadi AI tizimlarining qarorlarini boshqarish mexanizmlari, ularning shaffoflik, javobgarlik va adolat tamoyillari asosida tahlil qilishdan iborat. METODOLOGIYA Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: - Tahliliy usul: xalqaro va milliy tajribalarni qiyosiy oʻrganish; - Nazariy asos: AI etikasi boʻyicha ilmiy adabiyotlar, xalqaro standartlar va qonun hujjatlari; - Amaliy misollar: sogʻliqni saqlash, moliya, sud tizimi va ijtimoiy tarmoqlardagi real holatlar tahlili. AI qarorlaridagi shaffoflik muammosi. Sunʼiy intellekt tizimlarining qaror qabul qilish jarayonida eng muhim va bahsli masalalardan biri – bu shaffoflik muammosidir. AI ishlayotganida u qanday algoritmlar asosida yakuniy qarorga kelgani koʻpincha inson uchun tushunarsiz boʻlib qoladi. Shu sababli bu jarayon “qora quti” deb ataladi. Shaffoflik yetishmasligining sabablari Birinchidan, zamonaviy AI modellarining asosiy qismi, ayniqsa chuqur oʻrganish (deep learning) usuliga tayangan neyron tarmoqlar juda katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlaydi va millionlab parametrlar asosida hisob-kitob olib boradi. Bu parametrlarning har birini tahlil qilib, yakuniy qarorni qanday shakllantirganini oddiy foydalanuvchi tushunishi juda murakkab. Ikkinchidan, AI modellarining aksariyatida qaror qabul qilish jarayonini izohlab beruvchi maxsus modul mavjud emas. Algoritmlar natija chiqaradi, ammo ushbu natijaning sababi haqida toʻliq izoh berolmaydi. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari Uchinchidan, AI texnologiyalari juda murakkab matematik va texnik asosga ega boʻlgani uchun mutaxassis boʻlmaganlar emas, baʼzan tajribali dasturchilar ham qarorlarni tushuntirib bera olmaydilar. Shaffof boʻlmagan qarorlar jamiyatda bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi: 1. Ishonchning pasayishi – Foydalanuvchilar va jamoatchilik AI natijalariga ishonmay qoʻyishi mumkin. 2. Xatolarni aniqlash qiyinligi – Qaror notoʻgʻri boʻlsa, nima uchun xato yuz berganini bilish mushkul. 3. Javobgarlikni aniqlashdagi murakkablik – Qaror uchun kim javobgar: algoritmni ishlab chiqqan dasturchi, tizimdan foydalanuvchi tashkilot yoki platformaning oʻzi? Amaliy misollarda koʻrib chiqadigan boʻlsak. Bank sektorida kredit berish jarayonida AI tizimi baʼzi mijozlarning soʻrovini qondiradi, boshqasiniki rad etadi. Agar qaror sabablari koʻrsatilmasa, bu adolatsizlik sifatida qabul qilinadi. Tibbiyotda AI rentgen tasviri asosida kasallikni aniqlaydi, ammo qaror ortidagi mantiq tushuntirilmasa, shifokor ushbu tavsiyani toʻliq qabul qilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda kontentni filtrlash yoki bloklash qarorlari ham koʻpincha tushuntirilmaydi, natijada foydalanuvchi oʻz erkinliklari cheklangan deb hisoblaydi. Soʻnggi yillarda shaffoflik muammosini bartaraf etish uchun bir qator yondashuvlar taklif qilinmoqda: 1. Explainable AI (XAI) – qarorlarni izohlaydigan, qaror qabul qilish jarayonini tushuntira oladigan algoritmlar ishlab chiqilmoqda. 2. Huquqiy talablar – Yevropa Ittifoqida foydalanuvchi oʻziga taʼsir qiluvchi AI qarori haqida tushuntirish olish huquqiga ega boʻlishini belgilovchi qonunlar ishlab chiqilgan. 3. Ochiq manba (open-source) platformalar – ayrim AI tizimlari kodini ochiq qilish orqali shaffoflikni oshirishga urinishlar mavjud. 4. Etik standartlar – xalqaro miqyosda AI tizimlari uchun axloqiy kodeks va standartlar ishlab chiqilmoqda. Sunʼiy intellekt tizimlari insonlar tomonidan yaratilgan maʼlumotlar asosida oʻqitiladi. Shu sababli ularning qarorlari koʻpincha ushbu maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan noxolislik (tarafkashlik) va xatolarni ham takrorlaydi. Bu hodisa algoritmik tarafkashlik (algorithmic bias) deb ataladi. Tarafkashlikning asosiy sabablari 1. Maʼlumotlarning notoʻgʻri yoki biryoqlama boʻlishi. Agar oʻquv maʼlumotlari toʻliq boʻlmasa, tarixiy stereotiplar yoki notoʻgʻri tasniflangan maʼlumotlar boʻlsa, AI ularni avtomatik ravishda takrorlaydi. 2. Dizayn bosqichida insonning xatolari. Modelni yaratish jarayonida ishlab chiquvchilar tomonidan notoʻgʻri tanlangan parametrlar yoki algoritmlar ham tarafkashlikni keltirib chiqarishi mumkin. 3. Texnologik imkoniyatlarning cheklanganligi. Baʼzan maʼlumotlar hajmi yetarli emas yoki bir guruh maʼlumotlari boshqa guruhlarnikiga nisbatan koʻproq boʻladi. Bu modelni bir tomonlama qaror qabul qilishga olib keladi va buning oqibatida. AI qarorlari ayrim ijtimoiy, etnik yoki jinsiy guruhlarni kamsitishi mumkin. Noxolis qarorlar foydalanuvchilar orasida ishonchsizlikni kuchaytiradi.
11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari NATIJALAR Tadqiqot natijalariga koʻra quyidagi xulosalar olindi: AI texnologiyalari notoʻgʻri ishlatilganda mavjud muammolarni yanada chuqurlashtiradi. Misol uchun Sud qarorlarini baholash tizimlari (AQSh): Ayrim algoritmlar afroamerikaliklarni yuqori xavfli deb baholab, oq tanlilarga nisbatan qattiqroq jazolar tavsiya qilgan. Ishga qabul qilish algoritmlari: Baʼzi AI dasturlari erkaklar haqidagi tarixiy maʼlumotlar koʻpligi sababli erkak nomzodlarni afzal koʻrgan, ayollarni esa kamroq tanlagan. Yuzni aniqlash texnologiyalari: Koʻpincha oq tanli yuzlarni toʻgʻri tanib oladi, ammo qora tanli yoki osiyolik yuzlarda xato ehtimoli yuqori. Bunday kamchiliklarni kamaytirish uchun 1. Maʼlumotlar bazasini toʻgʻri shakllantirish. Oʻquv maʼlumotlarining balansli, toʻliq va sifatli boʻlishini taʼminlash. 2. Audit va nazorat. AI tizimlarining muntazam ravishda mustaqil ekspertlar tomonidan tekshirilishi. 3. Algoritmik adolat (fairness) yondashuvlari. Modelni yaratishda adolatni taʼminlaydigan matematik usullarni qoʻllash. 4. Xalqaro standartlar Jahonda ishlab chiqilayotgan etik qoidalar va standartlarga amal qilish. Javobgarlik va nazorat. Sunʼiy intellektning keng joriy etilishi bilan bogʻliq eng dolzarb savollardan biri — AI qarorlariga kim javobgar boʻlishi va qarorlar ustidan qanday nazorat oʻrnatilishi masalasidir. AI tizimlari mustaqil qarorlar qabul qila boshlagan sari, ularning notoʻgʻri yoki salbiy oqibatlarga olib kelgan qarorlarida javobgarlikni aniqlash qiyinlashib bormoqda.Asosiy savollar quyidagilardan iborat: 1. Xatoga algoritmni yaratgan dasturchi javob beradimi? 2. Texnologiyani ishlatgan tashkilot masʼul boʻladimi? yoki foydalanuvchi javobgar boʻladimi? Masalan, avtonom avtomobil avariyaga sabab boʻlsa, kim javobgar: mashinani ishlab chiqargan kompaniya, dastur tuzgan muhandislar, yoʻl harakati sharoitlari yoki avtomobil egasimi? AI qarorlarini inson tomonidan nazorat qilish (human oversight) – xavfsizlikning asosiy kafolatidir. Nazoratning ikki asosiy shakli mavjud: 1. Oldindan nazorat – AI modellarini ishlab chiqish va oʻqitish jarayonida sinov, audit, axloqiy ekspertiza oʻtkazish. Keyingi nazorat – AI qarorlarini kuzatib borish, ularni tushuntirish, kerak boʻlsa qarorlarni bekor qilish. Xalqaro tajriba. Sunʼiy intellektning jadal rivojlanishi dunyo miqyosida yangi tartibga solish va axloqiy nazorat mexanizmlarini talab qilmoqda. Raqamli texnologiyalar tezkor joriy etilayotgani sababli koʻplab davlatlar AI etikasi boʻyicha maxsus strategiya va huquqiy hujjatlarni ishlab chiqmoqda. Quyida eng muhim yondashuvlar koʻrib chiqiladi. Yevropa Ittifoqi sunʼiy intellektni tartibga solish borasida eng faol hududlardan biridir. 2021-yilda ishlab chiqilgan Artificial Intelligence Act loyihasi quyidagilarni koʻzda tutadi: a) AI tizimlarini xavf darajasiga koʻra toifalarga ajratish; b) Yuqori xavfli AI modellarida inson nazoratini majburiy qilish;
12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari c) Qaror qabul qilish jarayonida shaffoflikni taʼminlash; d) Foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish. Bundan tashqari, Yevropa Komissiyasi tomonidan “Etik tamoyillar asosida ishonchli AI” (Ethics Guidelines for Trustworthy AI) hujjati qabul qilingan. AQShda AI texnologiyalarini toʻliq federal qonun bilan emas, balki soha boʻyicha tavsiya va standartlar orqali tartibga solish amaliyoti mavjud. 2023-yilda NIST (National Institute of Standards and Technology) AI Risk Management Frameworkni taqdim etdi. Ushbu hujjat: AI xavflarini boshqarish; Algoritmlardagi noxolislikni kamaytirish; AI qarorlarini izohlash va nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan. Kanadada hukumat davlat xizmatlarida AI texnologiyalarini joriy etishdan oldin Algorithmic Impact Assessment (algoritmik taʼsir bahosi) usulini qoʻllaydi. Bu usul: AI loyihasining jamiyatga taʼsirini baholash; Shaffoflik va javobgarlikni oshirishni maqsad qiladi. Yaponiya “Jamiyat 5.0” konsepsiyasi doirasida inson markazida sunʼiy intellektni rivojlantirish siyosatini yuritmoqda. Bu yondashuvda: Texnologiya inson hayotini qulaylashtirishga xizmat qilishi; Avtomatlashtirish jarayonida inson qadriyatlari birinchi oʻrinda boʻlishi koʻzda tutiladi. 2021-yilda UNESCO tomonidan “AI etikasi boʻyicha xalqaro tavsiyalar” qabul qilindi. Ushbu hujjat: AI texnologiyalaridan foydalanganda inson huquqlarini taʼminlash; Adolat, shaffoflik va javobgarlik tamoyillarini mustahkamlash; Xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Dunyo tajribasi shuni koʻrsatadiki: AI rivoji bilan birga inson huquqlari va etik masalalar birinchi oʻringa chiqmoqda. Har bir davlat oʻz sharoitidan kelib chiqib tartibga solish yondashuvini tanlamoqda. Global standartlar va tamoyillar asta-sekin shakllanib bormoqda, bu esa barcha mamlakatlar uchun yagona etik maydon yaratishga yordam beradi. Oʻzbekiston tajribasi. Oʻzbekiston soʻnggi yillarda raqamli texnologiyalar, shu jumladan sunʼiy intellekt (AI) sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratmoqda. Davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri – raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va barcha sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etishdir. Shu bilan birga, AI bilan bogʻliq huquqiy, axloqiy va xavfsizlik masalalari ham asta-sekin kun tartibiga chiqmoqda. 2020-yilda qabul qilingan “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” davlat dasturi: Raqamli texnologiyalarni barcha sohalarga keng joriy etish; Axborot xavfsizligi va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash; Sunʼiy intellektni rivojlantirishga doir ilmiy markazlar tashkil etishni maqsad qilgan. Bu dastur AI sohasidagi tadqiqotlar va innovatsion loyihalar uchun umumiy strategik asos yaratmoqda. Soʻnggi yillarda qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi:
13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari • “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun (2020-yilda yangilangan); • Axborot xavfsizligi konsepsiyasi; • Raqamli iqtisodiyot va kiberxavfsizlikni rivojlantirish strategiyalari. Mazkur hujjatlar bevosita AI faoliyatini toʻliq tartibga solmasa-da, shaxsiy maʼlumotlar bilan ishlashda himoya choralarini belgilab beradi va kelajakda AI texnologiyalari uchun normativ asos boʻlib xizmat qiladi. ✓ Toshkent shahrida Sunʼiy intellekt markazi faoliyat yuritmoqda. ✓ Turli universitetlarda AI va maʼlumotlar tahlili boʻyicha yangi taʼlim yoʻnalishlari ochildi. Bank, tibbiyot va davlat xizmatlarida AI asosidagi dasturiy yechimlar joriy qilinmoqda. Hozirgi bosqichda Oʻzbekistonda AI texnologiyalarining keng qoʻllanilishi bilan bogʻliq bir qator masalalar dolzarbligicha qolmoqda. MUHOKAMA Natijalar shuni koʻrsatadiki, AI etikasi nafaqat texnik, balki huquqiy, falsafiy va ijtimoiy masalalar bilan bevosita bogʻliqdir. Inson nazorati AI qarorlarining xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro tajribadan foydalanib, Oʻzbekiston sharoitiga mos qonunchilik va etik standartlar ishlab chiqilishi zarur. Kelajakda AI mustaqil qaror qabul qiluvchi subyektga aylanishi ehtimoli mavjud boʻlgani sababli, bu borada inson qadriyatlari ustuvor boʻlishi lozim. XULOSA Kelgusida aqlli tizimlar nafaqat yordamchi, balki mustaqil qaror qabul qiluvchi subyekt sifatida faoliyat yuritishi ehtimoli katta. Shunday vaziyatda AI etikasi nafaqat texnik fan, balki huquqshunoslik, sotsiologiya va falsafa bilan ham uzviy bogʻliq holda rivojlanadi. Bu esa insonning texnologiyalar ustidan yakuniy nazoratini saqlab qolishning yagona yoʻli boʻlib qoladi. Xulosa qilib aytganda, AI texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi. Ammo ularning qarorlarini boshqarish va nazorat qilish, inson huquqlarini himoya qilish hamda adolatni taʼminlash jamiyat oldida eng muhim vazifa sifatida turibdi. Kelgusida texnologiya imkoniyatlaridan oqilona foydalanish orqali AI jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Floridi, L., & Cowls, J. (2021). A Unified Framework of Five Principles for AI in Society. Harvard Data Science Review. 2. Jobin, A., Ienca, M., & Vayena, E. (2019). The global landscape of AI ethics guidelines. Nature Machine Intelligence, 1(9), 389–399. 3. European Commission. (2021). Proposal for a Regulation laying down harmonised rules on artificial intelligence (Artificial Intelligence Act). 4. Bostrom, N. (2014). Superintelligence: Paths, Dangers, Strategies. Oxford University Press. 5. Bryson, J. J. (2019). The Past Decade and Future of AIʼs Impact on Society. In Towards a New Enlightenment? A Transcendent Decade. 6. Ilkhomovna F. M. (2025). Pedagogical Conditions of Realisation of Educational Functions in The Process of Educational Activity in Universities. Academia Open, 10(1).