scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTAB VA OʻSMIRLAR MUHITIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TAʼSIRI VA KIBERBULLING MUAMMOSI

Gʻaffоrova Madiхa Ixtiyor qizi

Abstract

Ushbu maqolada maktab va oʻsmirlar muhitida raqamli texnologiyalarning taʼsiri hamda kiberbulling muammosi yoritilgan. Oʻsmirlik davrining psixologik xususiyatlari, kiberbulling tushunchasi, uning shakl va xususiyatlari, taʼsir mexanizmlari hamda oqibatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, A.A. Bocharev tasnifi asosida kiberbulling ishtirokchilari turlari koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijalari kiberbullingning oʻsmirlar orasida keng tarqalganini va ularning ruhiy salomatligi, shaxsiy identiteti hamda ijtimoiylashuv jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatishini koʻrsatdi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari MAKTAB VA OʻSMIRLAR MUHITIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TAʼSIRI VA KIBERBULLING MUAMMOSI Muallif: Gʻaffоrova Madiхa Ixtiyor qizi 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti oʻqituvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17349783 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada maktab va oʻsmirlar muhitida raqamli texnologiyalarning taʼsiri hamda kiberbulling muammosi yoritilgan. Oʻsmirlik davrining psixologik xususiyatlari, kiberbulling tushunchasi, uning shakl va xususiyatlari, taʼsir mexanizmlari hamda oqibatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, A.A. Bocharev tasnifi asosida kiberbulling ishtirokchilari turlari koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijalari kiberbullingning oʻsmirlar orasida keng tarqalganini va ularning ruhiy salomatligi, shaxsiy identiteti hamda ijtimoiylashuv jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatishini koʻrsatdi. Kalit soʻzlar: Oʻsmirlik davri, bulling, kiberbulling, maktab muhiti, zoʻravonlik, raqamli texnologiyalar, ijtimoiylashuv, ruhiy salomatlik, pedagogik-psixologik profilaktika. KIRISH Longityud tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bolalik davrida shakllanadigan tajovuzkorlik keyingi hayot davomida ham barqaror xususiyat sifatida saqlanib qoladi. Ushbu izlanishlarda tajovuzkor xulqning darajalari va ularga taʼsir qiluvchi omillar aniqlangan. Ularga oilaviy tarbiyaning oʻziga xos jihatlari, oʻsmirlar ommaviy axborot vositalarida, televideniye yoki kompyuter oʻyinlarida kuzatadigan tajovuz namunalari, hissiy tanglik va frustratsiya darajasi kiradi. Shu bois, maktabdagi zoʻravonlik – bu oʻquvchilar orasida namoyon boʻladigan tajovuzkorlikning shakli boʻlib, maqsad jabrlanuvchiga jismoniy zarar yoki psixologik jarohat yetkazishdir. ASOSIY QISM Bulling tushunchasi va tarixiy talqinlar. D.Olveus 1993-yilda bullingga birinchi taʼrif bergan boʻlib, uni “qasddan, muntazam ravishda takrorlanadigan tajovuzkor xatti-harakat, kuchlar notekisligi yoki ijtimoiy ustunlikka asoslangan zoʻravonlik” sifatida izohlagan [8, 115-b]. Skandinaviya olimlari A.Pikas, Ye.Roland va P.P.Xayneman esa maktab zoʻravonligini “taʼqib, kamsitish va doimiy bosim” sifatida taʼriflagan [2, 120-b]. Adabiyotlarda bu atama haqida ilk eslatmalar I.S.Kondada uchraydi. Unga koʻra, “bulling (bully – qoʻpol, bezori, urishqoq) — bu qoʻrqitish, jismoniy yoki psixologik tazyiq boʻlib, boshqa shaxsda qoʻrquv uygʻotib, uni oʻziga boʻysundirishga qaratilgan” [3, 68-b]. Bulling hodisasi qadimdan mavjud boʻlsa-da, uning ilmiy oʻrganilishi nisbatan yangi hisoblanadi. Masalan, 1997-yilda AQShda birinchi marta ushbu muammo chuqur tahlil qilina boshlagan. Oʻsha davrda faqat bir nechta shtatda maktabdagi zoʻravonlikka qarshi rasmiy meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan edi. Tadqiqotchilar “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari anʼanaviy bulling hali ham kiberbullingga qaraganda kengroq tarqalganini qayd etganlar. Mashhur “Kolumbayn” maktabidagi fojiali voqeadan soʻng kiberbulling masalasi yanada dolzarb boʻlib qoldi. Ikki nafar yuqori sinf oʻquvchisi Xarris va Klibold tomonidan sodir etilgan ommaviy otishmada 37 kishi jarohat olgan, 13 kishi halok boʻlgan. Tergov natijalari shuni koʻrsatdiki, ushbu oʻsmirlar muntazam ravishda haqorat va tahqirlarga duch kelgan, internet orqali ham kiberzoʻravonlikka uchragan. Bu ularning jamiyatga qarshi keskin gʻazabini kuchaytirgan va fojiali oqibatlarga olib kelgan. Shundan soʻng maktab muhitidagi zoʻravonlikka federal darajada eʼtibor qaratila boshlandi. Bulling koʻpincha guruhli jarayon sifatida taʼriflansa-da, ayrim olimlar uni yakka shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini ham taʼkidlashadi. Agar ilgari maktab bezoriligi asosan jismoniy yoki ogʻzaki shakllarda namoyon boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda kiberbulling yanada murakkab koʻrinishga ega: u axloqiy va psixologik bosim, ijtimoiy izolyatsiya, majburlash va qoʻrqitishni oʻz ichiga oladi. Internet rivoji tufayli kiberbulling nafaqat oʻsmirlar, balki kattalar orasida ham uchramoqda. Kiberzoʻravonlik qurboni boʻlgan kattalar oʻz hayotini nazorat qila olmayotgandek his qiladi, oʻziga boʻlgan ishonchi susayadi, ish qobiliyati pasayib ketishi mumkin. Koʻpincha kattalar buni tan olishdan qoʻrqadi va yordam soʻramaydi. Internet paydo boʻlishidan oldin, maktabdagi tahqir oʻquvchi uchun xavfsiz joy – uyga qaytganda tugagan boʻlsa, hozirda virtual tarmoqlar tufayli bu jarayon uzluksiz davom etadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali tahqirli xabarlar, fotosuratlar, yolgʻon maʼlumotlar tarqatilishi keng tarqalgan. Soʻnggi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, oʻsmirlarning muayyan qismi (taxminan uchdan biri) kiberbulling jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan. Koʻpchiligi bu haqda ota-onalari yoki doʻstlariga aytadi, biroq aksariyat hollarda eʼtiborsiz qoldirishga harakat qilishadi. Kiberbulling qurbonlari koʻpincha past oʻzini baholash, xavotir va ijtimoiy qoʻrquvni boshdan kechirishadi. Qizlar ham, oʻgʻil bolalar ham teng darajada kiberbulling qurboni boʻlishi mumkin, biroq tajribalar shuni koʻrsatadiki, viktimlikka moyillik, yaʼni jabrlanuvchilikka yaqinlik, koʻproq psixologik xususiyatlar va ijtimoiy rol bilan bogʻliq. Jabrlanuvchanlik shaxsning tashqi omillarga koʻproq bogʻliqligi, past oʻzini baholash, qaror qabul qilishda mustaqillik yetishmasligi bilan izohlanadi. Shunday qilib, raqamli texnologiyalar maktab va oʻsmirlar muhitida zoʻravonlikning yangi bosqichini yuzaga keltirdi. Kiberbulling nafaqat oʻquvchilarning psixologik salomatligiga, balki ularning taʼlimdagi muvaffaqiyatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Shu sababli ota-onalar, oʻqituvchilar va mutaxassislar birgalikda chora koʻrishi, xavfsiz virtual muhit yaratishga eʼtibor qaratishi zarur. Oʻsmirlar orasida taʼqib va tajovuz muammosi barcha davrlarda dolzarb boʻlib kelmoqda. Bu holat, asosan, oʻsmirlik davrida ijtimoiy vaziyatning tubdan oʻzgarishi, organizmda fiziologik va gormonal qayta shakllanish jarayonlarining tez surʼatlarda kechishi, shuningdek, faoliyatning yetakchi turi oʻzgarishi bilan bogʻliq. Koʻplab manbalarda ushbu bosqich “oʻtish davri” deb ataladi. Bu nom bejiz emas, chunki oʻsmir hayotining barcha jabhalarida bolalikdan kattalik sari oʻtish bir vaqtda amalga oshadi. Oʻz oʻrnini jamoada topish, qobiliyatlarini koʻrsatish, kuchini sinab koʻrishga boʻlgan ehtiyoj, ammo tajribaning yetishmasligi sababli, boshqa yosh bosqichlariga qaraganda koʻproq ijtimoiylashuvdagi buzilishlarga olib keladi. Bu esa koʻpincha xulq-atvordagi ogʻishlarda, jumladan bulling hodisasida namoyon boʻladi. 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari 2019-yilda Moskva maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalarida respondentlarning 71,6 foizi kiberbullingga duch kelganini aytishgan. Bu esa tadqiqotchilarni kiberbullingni zamonaviy maktab oʻquvchilarining kundalik hayotiy tajribasining bir qismi deb hisoblashga olib keldi [4, 74-b]. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish kiberbullingning tez surʼatlarda kengayib borayotganini koʻrsatadi. U yangi koʻrinishlar kasb etmoqda, turli platformalarda faol tarqalmoqda va salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Shuning uchun kiberbulling masalasi bugungi kunda eng dolzarb muhokama mavzularidan biridir. Bullingning asosiy belgilariga takrorlanish, maqsadga yoʻnaltirilganlik, salbiy xarakter va kuchlarning notengligi kiradi. Chet ellik tadqiqotchilar kiber hujumni “elektron muhitda amalga oshiriladigan, jabrlanuvchini kamsituvchi va obroʻsizlantiruvchi maʼlumotlarni tarqatish bilan bogʻliq tajovuz” sifatida talqin qiladilar [1]. P.K.Smit esa uni “muayyan vaqt davomida shaxs yoki guruh tomonidan elektron vositalardan foydalanib, himoyalanib ulgurmaydigan jabrlanuvchiga nisbatan amalga oshiriladigan qasddan zoʻravonlik” deb taʼriflaydi [7, 43-b]. A.I.Cherkasenkoning fikricha, kiberbullingning maqsadi — “jabrlanuvchining hissiy barqarorligini izdan chiqarish yoki uning ijtimoiy munosabatlarini buzish”dir [1]. Kiberbulling xususiyatlariga quyidagilar kiradi: • Anonimlik — hujumchi koʻpincha yashirin qoladi; • Qulaylik — istalgan qurilma orqali ijtimoiy tarmoqlar va forumlarga kirish mumkin; • Xarajatning yoʻqligi — koʻplab platformalar bepul. Bugungi kunda turli ilovalar va ijtimoiy tarmoqlarda odamlar anonim ravishda kamsituvchi xabarlarni yozishi mumkin. Natijada qurbon keng auditoriya oldida tahqirlanadi. A.A.Bocharev oʻz tadqiqotida kiberbulling bilan shugʻullanuvchi oʻquvchilarni toʻrt guruhga boʻladi: 1. Avval bulling qurboni boʻlgan va qasos olishni istovchilar (“Qasos farishtasi”). 2. Kuch va hokimiyat orqali obroʻ topishni xohlaydiganlar (“Hokimiyatga chanqoq”). 3. Oʻyin-kulgi sifatida boshqalarni haqorat qiluvchilar (“Koʻngilocharlar”). Taʼqibni anglamagan holda zarar yetkazuvchilar (“Beixtiyor ishtirokchi”). [1, 123b]. TADQIQOT VA NATIJALAR Kiberbulling boʻyicha mahalliy va xorijiy tadqiqotlar koʻrib chiqilishi bizga “jabrlanuvchilar” va “tajovuzkorlar”ning psixologik xususiyatlarini quyidagi koʻrsatkichlar asosida tizimlashtirish imkonini berdi: qurbonlikka moyillik; tomonlarning muloqot qobiliyatlari; dushmanlik va agressivlik darajasi; ijtimoiy maqom (sotsiometrik holat); emotsional-psixologik xususiyatlar; nizoli vaziyatlarda oʻzini tutish strategiyalari. Eʼtirof etish kerakki, tadqiqotchilar koʻproq kiberbulling “qurboni”ni batafsil tavsiflab, guvohlarni hamda “hujumchilar”ni yetarlicha yoritmaganlar. Bu holat kiberbulling ishtirokchilarining psixologik tomonlari chuqur oʻrganilmaganidan dalolat beradi va shu bilan izlanishimizning dolzarbligini taʼkidlaydi. Kiberbullingni tashkillashtiruvchilar va amalga oshiruvchilar jismonan va axloqan kuchli boʻlsalarda, intellektual jihatdan yetuk boʻlmagan bolalar hisoblanadi. Ular shu yoʻl bilan oʻzlarining aqliy va ijtimoiy ojizligini yashirishga urinadilar. Anʼanaviy maktab bezoriligi davrida ham aynan jismoniy kuch ustun boʻlgan. 12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari Endilikda esa internetdan “bulling vositasi” sifatida foydalanish va jazodan chetda qolish uchun aqliy yetuklik, fikrlashning moslashuvchanligi talab etiladi. Bunda zarar, asosan, psixologik koʻrinishda namoyon boʻladi: oʻzini haddan ortiq sevish (narsissizm), maqsad sari har qanday yoʻl bilan intilish, empatiya yetishmasligi, buzilgan axloqiy mezonlar, rahbarlikka yoki arzon obroʻ-eʼtiborga oʻchlik, tajovuzkorlik, hukmronlik, printsipsizlik va kinoyabozlik. Har qanday zoʻravonlikning psixologik oqibatlari yillar davomida sezilishi mumkin. Jabrlanuvchi oʻsmirlar voyaga yetgach koʻpincha uyqusizlik, ruhiy muvozanatsizlik, shubha va xavotir, tushkunlik hamda oʻz joniga qasd qilish kabi xulq-atvorlarga moyillik koʻrsatadilar. “Maktab bezorilari”ning oʻzlari ham deviant xatti-harakatlarining oqibatida aziyat chekadi: ular ulgʻaygach, yolgʻizlikka mahkum boʻlish ehtimoli yuqori, chunki bulling ularning shaxsiyatida narsissizm, qattiqqoʻllik, avtoritarlik, ustunlik kompleksi kabi salbiy sifatlarni shakllantiradi. Oʻsmirlikdagi tajovuzkor xatti-harakatlar odatda ijtimoiy moslashuvda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi – masalan, oila yoki ish joyida. Bullingning guvohlari ham bundan chetda qolmaydi – kelajakda ular hissiy muvozanatsizlik, kayfiyat oʻzgarishi, asabiylik, ishonchsizlikdan aziyat chekishlari mumkin. Ular hayot davomida oʻz “raqamli makoni”ni doim himoya qilishga intiladilar, guruhiy uchrashuvlardan qochadilar, mobil xabar yoki elektron maktublarni olishda ortiqcha xavotir sezadilar. Londondagi Qirollik kolleji tadqiqotchilari olib borgan kuzatuvlar bunga dalil boʻla oladi. Angliya, Shotlandiya va Uelsda 7 va 11 yoshida bullingda ishtirok etgan, qurbon boʻlgan yoki guvoh boʻlgan bolalar ustidan kuzatuv oʻtkazilib, keyinchalik 23, 33, 42, 45 va 50 yoshida ularning psixologik va ijtimoiy holati qayd etilgan. Amerika psixiatriya jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga koʻra, maktabda muntazam ravishda bulling qurboni boʻlganlar kattalashgach, koʻpincha ruhiy tushkunlik, asabiy buzilishlar va oʻz joniga qasd qilishga moyillikni namoyon etgan. Ularning mehnat faoliyatida muvaffaqiyati kam, daromadlari past, ishsizlik xavfi yuqori. Shaxsiy hayotda esa koʻpincha doʻstlari yoki oilasi boʻlmagan holda yolgʻiz yashashgan. Demak, “bolalikdagi xafagarchiliklar” keyinchalik kattalikdagi jiddiy muammolarga aylanadi. Soʻrovnomamizda turli davrlarda tahsil olgan TIU va E universitetlari talabalaridan 53 nafar ishtirokchi qatnashdi. Tadqiqotning maqsadi – muammoga eʼtibor qaratish, uning dolzarbligini koʻrsatish, savollar doirasini belgilash va keyingi izlanishlar uchun maʼlumot toʻplash edi. Soʻrovnoma talabalarning shaxsiy tajribalari va xotiralariga asoslandi. Tabiiyki, kichik noqulayliklar tezda unutiladi, biroq uzoq muddatli va takroriy kiberbulling inson ruhiyatida chuqur iz qoldiradi. Natijada, 53 kishidan 37 nafari kiberbulling qurboni boʻlganini aytib oʻtdi. Ulardan 37 foizi tez-tez, 20 foizi esa har kuni tarmoqda bullingni boshdan kechirganini tan oldi. Soʻrov natijalari oʻgʻil va qizlarning kiberbulling xavfiga teng darajada duchor boʻlayotganini koʻrsatdi. Oʻsmirlarning asosiy ijtimoiy hayoti internet tarmoqlarida kechadi. Ulardan Facebook, Twitter, Instagram va YouTube eng ommabop hisoblanadi. Shu tarmoqlardan Facebook va Twitter kiberbulling uchun eng qulay platforma sifatida qayd etildi. Facebook foydalanuvchilarining 54 foizi ushbu tarmoqda kiberhujumga duch kelganini tasdiqladi. Oʻsmirlar koʻp vaqtini maktabda oʻtkazgani bois, kiberbulling oʻqishdagi qiyinchiliklar va intizom muammolari bilan birga kechadi. Shu sababli pedagoglarning roli juda muhim. 13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari Pedagoglar kiberbulling aniqlanganda: • Jabrlanuvchi ota-onasini ogohlantirishlari; • Maktab maʼmuriyatiga xabar berishlari; • Ishtirokchi oʻquvchilar ota-onalari bilan uchrashishlari; • Suhbatlar, sinf soatlari va bagʻrikenglik mashgʻulotlari oʻtkazishlari; • Psixologlarni jalb etishlari; • Media savodxonligini oshirishlari lozim. Yakutiyada 154 nafar oʻsmir (98 nafar yigit va 56 nafar qiz) oʻrtasida 10 savoldan iborat soʻrovnoma oʻtkazilgan. Javob variantlari: “ha”, “baʼzan”, “yoʻq”. 1-jadval. Soʻrovnoma natijalari Savol № "Ha" soni "Ha" % "Ba’zan" soni "Ba’zan" % "Yo‘q" soni "Yo‘q" % 1 50 32,4 71 46,1 36 23,4 2 14 21,6 37 24,0 89 57,8 3 54 35,1 85 55,2 14 21,6 4 11 16,9 86 55,8 50 32,4 5 16 24,6 65 42,2 71 46,1 6 31 47,7 79 51,2 43 27,9 7 9 13,9 88 57,1 68 44,2 8 12 18,5 57 37,0 85 55,2 9 0 0 66 42,9 88 57,1 10 6 9,2 43 27,9 90 58,4 Soʻrov natijalariga koʻra, ishtirokchilarning 32,5 foizi turli darajada kiberbulling qurboni boʻlgan, 16,9 foizi esa ular haqida yolgʻon maʼlumot tarqatilganini bildirgan. Koʻpchilik bunday vaziyatlarni WhatsApp yozishmalarida koʻrgan. Shuningdek, respondentlarning 21,6 foizi kamida bir marta haqoratli xabar yuborganini tan olgan. 47,7 foizi esa tanishlarining shaxsiy maʼlumotlari tarqatilganiga guvoh boʻlgan. Bunday vaziyatlarda ota-onalarni jalb qilish muhim. Ular farzandlarining xulqidagi oʻzgarishlarga eʼtibor qaratishi, internetdagi faoliyatini nazorat qilishi kerak. Zarurat tugʻilganda ijtimoiy tarmoqlar administratorlariga, maktab rahbariyatiga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishlari zarur. XULOSA Shunday qilib, kiberbulling muammosi oʻsmirlar orasida keng tarqalgan boʻlib, uni oldini olish uchun tizimli, interaktiv va yoshlar uchun qiziqarli profilaktika ishlari olib borilishi lozim. Demak, kiberbulling nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy muammo sifatida ham oʻrganilishi lozim. Bu esa ota-onalar, pedagoglar va mutaxassislarning birgalikdagi profilaktik hamda psixologik yordam choralarini ishlab chiqishi zarurligini koʻrsatadi. Shu bilan birga, yoshlarning raqamli madaniyatini oshirish, onlayn xavfsizlikni mustahkamlash va ijtimoiy tarmoqlarda sogʻlom muhitni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 14 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Бочарев А.А. Кибербуллинг: травля в пространстве современных технологий / А.А. Бочарев // Психология. Журнал ВШЭ. – эл. ресурс. – https://cyberleninka.ru/] 2. Ермолова Т.В. Буллинг как групповой феномен: исследование буллинга в Финляндии и скандинавских странах за последние 20 лет / Т.В. Ермолова, Н.В. Савицкая // Современная зарубежная психология. – 2015. – Т.4. – №1 – С. 65-90. 3. Кон И.С. Что такое буллинг? Как с ним бороться? / И.С. Кон // Семья и школа. – 2006. – №11 – С. 15-18. 4. Хломов К.Д. Кибербуллинг в опыте российских подростков / К.Д. Хломов, Д.Г. Давыдов, А.А. Бочавер // Психология и право. – 2019. – Т. 9. – №2. – [https://psyjournals.ru/] Зиновьева Н. О., Михайлова Н. Ф. Психология и психотерапия насилия. Ребенок в кризисной ситуации. – СПб.: Речь, 2003. – 352 с. 5. Малкина-Пых И. Г. Психология поведения жертвы. – М.: Эксмо, 2006. – 1008 с. 6. Профилактика школьного буллинга: Методические материалы / Авторсоставитель А. Ненашева. – Южно-Сахалинск, 2015. – 56 с. 7. Olweus D. Bullying at School. – Oxford, UK: Blackwell, 1993. – 140 p. 8. Mehari K. R., Farrell A. D., Le Anh-Thuy H. Cyberbullying among adolescents: Measures in search of a construct // Psychology of Violence. – 2014. – V. 4 (4). – Pp. 399–415. 9. Wigderson S., Lynch M. Cyberand traditional peer victimization: Unique relationships with adolescent well-being // Psychology of Violence. – 2013. – V. 3 (4). – Pp. 297–309. 10. Arehart-Treichel J. Effects of Bullying Donʼt End When School Does // American Journal of Psychiatry. – 2013. – V. 48, no. 7. – Pp. 12–17.