scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA ZOONIM FRAZEOLOGIZMLARNING SEMANTIK TASNIFI

G'oziyeva Malikaxon Adxamjon qizi

Abstract

Ma’lumki har bir tilda farazeologik birliklar o’z o’rniga ega va odatda ular ma’noni kuchaytirib berish hamda so’zlarning bo’yoqdorligini oshirish maqsadida qo’llaniladi. Frazeologizmlarning semantik tasnifida A.V. Kunin, V.N. Telia, Z.M. Abduazizova, M. Baker kabi olimlarning tasniflari muhim o‘rin tutadi. Masalan, Kunin frazeologizmlarni semantik funksional jihatdan idiomatik birliklar, metaforik birliklar, metonimik birliklar kabi turlarga ajratgan. Ushbu maqolada esa frazeologik birliklar inson faoliyati, shaxsiy sifatlari, emotsional holatlari, ijtimoiy mavqelari va psixologik kechinmalariga asoslangan semantik mezonlarga ko‘ra tasniflanadi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL G’oziyeva Malikaxon Adxamjon qizi Andijon davlat chet tillar instituti, 2-bosqich magistratura talabasi INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ZOONIM FRAZEOLOGIZMLARNING SEMANTIK TASNIFI Annotatsiya. Ma’lumki har bir tilda farazeologik birliklar o’z o’rniga ega va odatda ular ma’noni kuchaytirib berish hamda so’zlarning bo’yoqdorligini oshirish maqsadida qo’llaniladi. Frazeologizmlarning semantik tasnifida A.V. Kunin, V.N. Telia, Z.M. Abduazizova, M. Baker kabi olimlarning tasniflari muhim o‘rin tutadi. Masalan, Kunin frazeologizmlarni semantikfunksional jihatdan idiomatik birliklar, metaforik birliklar, metonimik birliklar kabi turlarga ajratgan. Ushbu maqolada esa frazeologik birliklar inson faoliyati, shaxsiy sifatlari, emotsional holatlari, ijtimoiy mavqelari va psixologik kechinmalariga asoslangan semantik mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Kalit so’zlar: zoonim frazeologizmlar, semantik tasnif, ingliz va o‘zbek tillari, lingvokulturologiya, qiyosiy tahlil. Аннотация: Как известно, фразеологические единицы занимают особое место в каждом языке и, как правило, используются для усиления значения и повышения экспрессивности речи. В семантической классификации фразеологизмов важную роль играют типологии таких ученых, как А.В. Кунин, В.Н. Телия, З.М. Абдуазизова, М. Бейкер. Например, Кунин классифицирует фразеологические единицы на идиоматические, метафорические и метонимические по их семантико-функциональным особенностям. В данной статье фразеологизмы классифицируются на основе семантических признаков, связанных с человеческой деятельностью, личными качествами, эмоциональными состояниями, социальным положением и психологическими переживаниями. Ключевые слова: зоонимные фразеологизмы, семантическая классификация, английский и узбекский языки, лингвокультурология, сопоставительный анализ. Abstract: It is well known that phraseological units hold a significant place in every language and are generally used to intensify meaning and enhance the expressiveness of speech. In the semantic classification of phraseological units, the typologies proposed by scholars such as A.V. Kunin, V.N. Telia, Z.M. Abduazizova, and M. Baker play an important role. For instance, Kunin classifies phraseological units into idiomatic, metaphoric, and metonymic types based on their semantic-functional features. In this article, phraseological expressions are classified according to semantic criteria related to human activity, personal traits, emotional states, social status, and psychological experiences. Keywords: zoonymic phraseological units, semantic classification, English and Uzbek languages, linguoculturology, comparative analysis. So‘nggi paytlarda tilshunoslar xalq ma’naviyatini aks ettiruvchi til frazeologiyasiga tobora ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Frazeologik birliklar orqali insonlarning kundalik hayoti, tarixi va JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL axloqiy me’yorlari aniq namoyon bo‘ladi. Tilning frazeologik boyligini o‘zlashtirish nafaqat nutqni ravon va ta’sirchan qiladi, balki jamiyatning mentalitetini yaxshiroq tushunishga ham yordam beradi. Frazeologik birliklar har qanday tilning ajralmas qismi bo‘lib, so‘zlovchilarning madaniy tarixi hamda dunyoqarashini aks ettiradi. Xususan, ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarni, ayniqsa, zoonim komponentli frazeologizmlarni taqqoslab o‘rganish, ushbu tillar orasidagi lingvistik va madaniy o‘xshashlik hamda farqlar haqida chuqurroq tushuncha hosil qilish imkonini beradi. Nutqning bo’yoqdor va ta’sirchan bo’lishi albatta undagi frazeologizmlar, maqol, matallar kabi til birliklariga ham bog’liq. O’zbek tili bunday birliklarga boy til hisoblanadi va shu sababdan bunday birliklarga kundalik hayotimizda juda ko’p duch kelamiz. Ayniqsa, tilimizda frazeologik birliklar, xususan hayvon nomlari bilan bog’liq bo’lgan frazeologik birlikarga ko’p murojaat qilamiz. Ingliz tilida ham zoonim frazeologik birliklardan ko’p foydalaniladi. Zoonim frazeologizmlar inson harakterini, uning hissiyotlari, ijtimoiy mavqeyi va hayot tarzini tasvirlash uchun ishlatilinadi. O’zbek va ingliz tillarida zoonim frazeologik birliklarni quyidagi semantic guruhlarga bo’lish mumkin: - harakat va faoliyat bilan bog’liq frazeologizmlar. Ayrim frazeologik birliklar inson harakati va holatini ifodalaydi. Misol uchun: “to kill two birds with one stone” – “bir o’q bilan ikki quyonni urmoq”(ikki ishni bir aqtda bajarish). Bu kabi frazeologizmlarning mazmuni ikkala tilda ham o’xshash bo’ladi. - jismoniy va aqliy xususiyatlar bilan bog’liq frazeologizmlar. Ingliz va o’zbek tillarida hayvonlar orqali insonning jismoniy kuchi yoki aqliy xusuxiyatlari ham ifodalanadi. Masalan: “as strong as an ox” – “buqadek baquvvat”(o’ta kuchli). Bunda ayrim hayvon nomlari ikkala tilda ham bir xil ma’noni anglatsa ham, ayrimlari madaniy farqlarga bog’liq ravishda faqr qilishi mumkin. - hissiyotlar va ruhiy holatni ifodalovchi frazeologizmlar. Yuqorida aytilganidek frazeologizmlar asosan ma’noni kuchaytirishda va nutq bo’yoqdorligini oshirishda foydalaniladi. Inson hissiy holatini hayvonlar orqali jonlantirib ifodalash esa juda samarali usul hisoblanadi. Misol uchun: “to have butterflies in one’s stomache” – “ko’ngli g’ash bo’lmoq(hayajon yoki qo’rquvni ifodalash uchun) - ijtimoiy maqom va munosabatni bildiruvchi frazeologizmlar. Ba’zan zoonim frazeologik bbirliklar insonning jamiyatdagi tutgan o’rnini tasvirlashda ham ishlatilinishi mumkin va bu ham ko’p hollarda ingliz va o’zbek tillarida o’xshash tarzda yuz beradi. Masalan: “the black sheep of the family” – “ oilaning qora qo’yi(ishonchsiz odam), “to be a lone wolf” –“yolg’iz bo’ri”(yolg’izlikni xush ko’radigan, yolg’iz yashaydigan, mustaqil odam). Endi esa ingliz va o’zbek tillarida zoonim frazeologik briklarda hayvon obrazlarining o’xshash va farqli jixatlarini ko’rib chiqsak. Har ikki til ham hayvon komponentlik frazeologizmlarga juda boy. Tabiiyki ular orasidagi faqrlar va o’xshashliklar ham ko’p. Ingliz va o’zbek tilida quyidagi hayvon obrazlari deyarli bir xil hisoblanadi: - tulki – hiylakorlik, ayyorlik(“as cunning as a fox” – “tulki kallasini yegan, tulkidek ayyor”) - bo’ri – yolg’izlik, kuchlilik, mustaqqillik(“a lone wolf” – “yolg’iz bo’ri”) Ammo madaniy farqlar tufayli ayrim hayvon nomlari ma’nolarida farq qiladi. Misol uchun, “boyo’g’li”(ukki,owl) – ingliz tilida donolik ramzi hisoblanadi, o’zbek tilida esa ba’zi holatlarda negativ konnotatsiyaga ega. “Buqa”(ox) ingliz tilida kuchlilik ma’nosida ishlatilinsa, o’zbek tilida u ba’zan yalqovlik(ho’kiz), dangasalik ma’nosida ham ishlatilinadi. “Quyon” obrazi ingliz tilida yuvosh ma’nosida ham ishlatilinadi, o’zek tilida esa “quyon” qo’rqoqlik, “qo’y” obrazi esa yuvoshlik ma’nolarini ifodalaydi. Zoonim frazeologizmlar tildagi metaforik fikrlashning, milliy dunyoqarashning va madaniy stereotiplar tizimining mahsulidir. Ingliz va o‘zbek tillaridagi zoonim frazeologizmlarni semantik jihatdan tasniflash ularning til birliklari sifatidagi funksiyasini yanada teran tushunishga yordam beradi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Frazeologik birliklardagi hayvon obrazlari faqatgina real hayvon emas, balki inson jamiyatidagi muayyan rolda aks ettirilgan ijtimoiy tipdir. Shu bois, bunday birliklarni tarjima qilishda ham literal tarjima emas, madaniyatlararo moslik va semantik muvofiqlik ustuvor bo‘lishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Абдуазизова З.М. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. – Т.: Фан, 2005. 2. Камолиддинов Ш.К. Ўзбек тили фразеологияси. – Т.: Universitet, 2007. 3. Telia V.N. Russian Phraseology as a Language System. – Moscow: Nauka, 1996. 4. Baker, M. In Other Words: A Coursebook on Translation. – London: Routledge, 2011. 5. Kovecses, Z. Metaphor: A Practical Introduction. – Oxford: Oxford University Press, 2010. 6. Sharipova D. Cross-cultural Aspects of Animal Idioms in Uzbek and English // Journal of Language and Culture, 2022. 7. Savitskaya N.A. Comparative Analysis of Animal-Based Idioms in English and Russian // Linguistics Studies, 2018. 8. Newmark, P. A Textbook of Translation. – London: Prentice Hall, 1988. 9. Yoldosheva M. Frazeologik birliklarda milliy madaniyat ifodasi. – Samarqand: 2020.