INDIGOFERA O'SIMLIGI POYASINING BIOMETERIK O'LCHOVLARIGA TURLI XIL BIOSTIMULYATORLARNING ME'YORLARINING TA'SIRI
Abstract
The effect of different rates of various biostimulants on the growth and development of the Feruz-1 variety of Indigofera tinctoria L., particularly on stem height and the number of lateral branches, was determined.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL K.X. Babajanov O.Sh. Raximberdiyev Urganch shahar 29-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o'qituvchisi, Urganch shahri, O’zbekiston e-mail: [email protected] [email protected] INDIGOFERA O’SIMLIGI POYASINING BIOMETERIK O’LCHOVLARIGA TURLI XIL BIOSTIMULYATORLARNING ME’YORLARINING TA’SIRI Abstract: The effect of different rates of various biostimulants on the growth and development of the Feruz-1 variety of Indigofera tinctoria L., particularly on stem height and the number of lateral branches, was determined. Keywords: Indigofera, stem, lateral branch, biostimulators, rates, growth, development. Аннотация: Было определено влияние различных норм применения биостимуляторов на рост и развитие Indigofera tinctoria L. сорта Феруз-1, в частности на высоту стебля и количество боковых побегов. Ключевые слова: Indigofera, стебель, боковой побег, биостимуляторы, нормы, рост, развитие. Hozirgi davrda eng sifatli mustahkam bo’lgan tabiiy bo’yoqlarga ehtiyoj ortmoqda. Tabiiy bo’yoqlar ekologik toza mahsulot bo’lib, ular bilan bo’yalgan matolar esa bir necha yillar o’tishi bilan quyoshda va har-xil sharoitda ham o’z rangini va sifatini yo’qotmaydi[1]. Karl Linney (1701-1778) tomonidan Indigofera, ya’ni “Indigo” tashuvchi deb nomlangan bo’lib, bu turdagi o’simliklardan mintaqalararo tijoratda keng foydalanilgan [2]. Tabiiy bo’yoqlarga bo’lgan talab har doim dolzarb bo’lib kelgan. Bizga ma’lumki, qadim zamonlarda insonlar qo’l san’atlari, matolar va me’moriy yodgorliklarni tabiiy o’simlik bo’yoqlari bilan ishlov berishgan. Qadim zamonlardan buyon ko’k rang barcha bo’yoqlarning "Qiroli" deb nomlangan. Odamlar ranglarni ajratib olishgan va ularni o’z butlarining ramzi sifatida qabul qilishgan. Tarixdan malumki, faqat fir’avnlar, sultonlar, imperatorlar va ularning oila a’zolariga ko’k rang kiyishga ruxsat berilgan [3]. Xususan, fir’avn Tutanxamonning moviy (indigo) bilan bo’yalgan kiyimlari 3500 yildan keyin ham o’z rangini yo’qotmagan. Ko’pincha faqat siyosiy hokimiyat yoki diniy mansub odamlar ko’k rangli kiyim kiyishlari mumkin edi. Qazilma ishlar paytida miloddan avvalgi ikkinchi va uchinchi asrlarga tegishli indigo kiyimlari topilgan [4.5]. Tabiiy ranglar ko’plab tabiiy manbalardan olinadi. Indigofera tinctoria L. o’simligi bu yerda alohida o’rin egallaydi [6]. Tadqiqot natijalari. Indigofera o’simligining shonalash fazasida poyasining uzunligi nazorat variantida 28.3 sm bo’lib ikkinchi variantda esa 30.1 sm ni tashkil qilgan va nazoratga nisbatan 1.8 sm ga ortgan. Uzgumin biostimulyatorini gektariga 0.5 l qo’llagan varyantda esa 32.8 sm ni tashkil qilgan bo’lib nazoratga nsbatan 4.5 sm ga, ikkinchi variantga nisbatan 2.7 sm ga ortgan. Uchinchi varianda esa o’simlik
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL poyasining uzunligi 36.7 sm bo’lib nazoratga nisbatan 8.4 sm, ikkinchi va to’rtinchi variantga nisbatan 6.6 va 3.9 sm ga ortganligi tajribada isbotlandi. Geogumant biostimulyatorini gektariga 1.0 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 31.7 sm bo’lib nazoratga nisbatan 3.4 sm uzun. Yetinchi variantdagi o’simlikning poyaning uzunligi 34.3 sm ni tashkil qilgan bo’lib nazoratga nisbatan 6.0 sm ga beshinchi variantga nisbatan 2.6 sm ga uzunligi isbotlandi. Geogumant biostimulyatorini gektariga 1.2 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 39.2 sm bo’lib nazoratga nisbatan 10.9 sm, besh va yettinchi variantga nisbatan 7.5 va 4.9 sm ga uzunligi aniqlandi. Bitta o’simlikdagi poya uzunligi shoxlar soniga biostimulyatorlar me’yorining ta’siri (2023) 1-jadval № Biostimulyotor meyori, l/ga Shonalash fazasidagi poya uzunligi sm Gullash fazasidagi poya uzunligi sm Dukkaklash fazasidagi poya uzunligi sm Pishish fazasidagi poya uzunligi sm Yon shohlar soni 1 Nazorat 28,3 42,6 77,8 103.6 8,2 2 Uzgumi-0.3 30,1 46,7 82,0 104.2 8,7 3 Uzgumi-0.4 36,7 56,9 99,9 123.5 10,6 4 Uzgumi-0.5 32,8 50,8 89,3 112.1 9,4 5 Geogumat-1.0 31,7 49,1 86,3 109.7 9,3 6 Geogumat-1.2 39,2 60,8 106,7 132.6 11,3 7 Geogumat-1.4 34,3 53,2 93,3 116.4 9,9 8 Fertilayf-0.5 30,8 47,8 83,0 105.9 8,9 9 Fertilayf-0.7 37,5 58,2 102,0 128.4 10,8 10 Fertilayf-0.9 35,9 55,7 97,7 119.2 10,3 Fertilayf biostimulyatorini gektariga 0.5 l qo’llagan variantda 30.8 sm bo’lib nazoratga nisbatan 2.5 sm ga uzun. O’ninchi variantda o’simlik poyasining uzunligi 35.9 sm bo’lib nazoratga nisbatan 7.7 sm ga, sakizinchi variantga nisbatan 5.1 sm ga uzunligi aniqlandi. Fertilayf biostimulyatorini gektariga 0.7 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 37.5 sm bo’lib nazoratga nisbatan 8.2 sm ga, sakkizinchi va o’ninchi variantga nisbatan 6.7, 1.6 sm ga uzunligi olib borilgan tajribada isbotlandi. 1-grafik
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Gullash fazasida poyasining uzunligi nazorat variantida 42.6 sm bo’lib ikkinchi variantda esa 46.7 sm ni tashkil qilgan va nazoratga nisbatan 4.1 sm ga ortgan. Uzgumin biostimulyatorini gektariga 0.5 l qo’llagan variantda esa 50.8 sm ni tashkil qilgan bo’lib nazoratga nisbatan 8.2 sm ga, ikkinchi variantga nisbatan 4.1 sm ga uzun. Uchinchi varianda esa o’simlik poyasining uzunligi 56.9 sm bo’lib nazoratga nisbatan 14.3 sm, ikkinchi va to’rtinchi variantga nisbatan 10.2va 6.1 sm ga ortganligi tajribada isbotlandi. Geogumant biostimulyatorini gektariga 1.0 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 49.1 sm bo’lib nazoratga nisbatan 6.5 sm uzun. Yetinchi variantdagi o’simlikning poyaning uzunligi 53.2 sm ni tashkil qilgan bo’lib nazoratga nisbatan 10.6 sm ga beshinchi variantga nisbatan 4.1 sm ga uzunligi isbotlandi. Geogumant biostimulyatorini gektariga 1.2 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 60.8 sm bo’lib nazoratga nisbatan 18.2 sm, besh va yettinchi variantga nisbatan 11.7, 7.6 sm ga uzunligi aniqlandi. Fertilayf biostimulyatorini gektariga 0.5 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 47.8 sm bo’lib nazoratga nisbatan 5.2 sm ga uzun. O’ninchi variantda o’simlik poyasining uzunligi 55.7 sm bo’lib nazoratga nisbatan 13.1 sm ga, sakkizinchi variantga nisbatan 7.9 sm ga uzunligi aniqlandi. Fertilayf biostimulyatorini gektariga 0.7 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 55.7 sm bo’lib nazoratga nisbatan 15.6 sm ga, sakkizinchi va o’ninchi variantga nisbatan 10.4, 2.5 sm ga uzunligi olib borilgan tajribada isbotlandi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 2-grafik. Dukkaklash fazasida poyasining uzunligi nazorat variantida 77.8 sm bo’lib ikkinchi variantda esa 82.0 sm ni tashkil qilgan va nazoratga nisbatan 4.2 sm ga ortgan. Uzgumin biostimulyatorini gektariga 0.5 l qo’llagan variantda esa 89.3 sm ni tashkil qilgan bo’lib nazoratga nisbatan 11.5 sm ga, ikkinchi variantga nisbatan 7.3 sm ga uzun. Uchinchi variatda esa o’simlik poyasining uzunligi 99.9 sm bo’lib nazoratga nisbatan 22.1 sm, ikkinchi va to’rtinchi variantga nisbatan 17.9 va 10.6 sm ga ortganligi tajribada isbotlandi. Geogumant biostimulyatorini gektariga 1.0 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 86.3 sm bo’lib nazoratga nisbatan 8.5 sm uzun. Yetinchi variantdagi o’simlikning poyaning uzunligi 93.3 sm ni tashkil qilgan bo’lib nazoratga nisbatan 15.5 sm ga beshinchi variantga nisbatan 7.0 sm ga uzunligi isbotlandi. Geogumant biostimulyatorini gektariga 1.2 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 86.3 sm bo’lib nazoratga nisbatan 28.9 sm, besh va yettinchi variantga nisbatan 20.4, 13.4 sm ga uzunligi aniqlandi. Fertilayf biostimulyatorini gektariga 0.5 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 83.0 sm bo’lib nazoratga nisbatan 5.2 sm ga uzun. O’ninchi variantda o’simlik poyasining uzunligi 97.7 sm bo’lib nazoratga nisbatan 19.9 sm ga, sakkizinchi variantga nisbatan 14.7 sm ga uzunligi aniqlandi. Fertilayf biostimulyatorini gektariga 0.7 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 102.0 sm bo’lib nazoratga nisbatan 24.2 sm ga, sakkizinchi va o’ninchi variantga nisbatan 19.0, 4.3 sm ga uzunligi olib borilgan tajribada isbotlandi. Pishish fazasida poyasining uzunligi nazorat variantida 103.6 sm bo’lib ikkinchi Uzgumin biostimulyatorini gektariga 0.5 l qo’llagan variantda esa 112.1 sm ni tashkil qilgan bo’lib nazoratga nisbatan 8.5 sm ga, ikkinchi variantga nisbatan 6.9 sm ga uzun. Uchinchi variatda esa o’simlik poyasining uzunligi 123.5 sm bo’lib nazoratga nisbatan 19.9 sm, ikkinchi va to’rtinchi variantga nisbatan 19.3 va 8.4 sm ga ortganligi tajribada isbotlandi. Geogumant biostimulyatorini gektariga 1.0 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 109.7 sm bo’lib nazoratga nisbatan 6.1 sm uzun. Yettinchi variantdagi o’simlikning poyaning uzunligi 116.4 sm ni tashkil qilgan bo’lib nazoratga nisbatan 12.8 sm ga beshinchi variantga nisbatan 6.7 sm ga uzunligi isbotlandi. Geogumant biostimulyatorini gektariga 1.2 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 132.6 sm bo’lib nazoratga nisbatan 29.0 sm, besh va yettinchi variantga nisbatan 22.7, 16.2 sm ga uzunligi aniqlandi. Fertilayf biostimulyatorini gektariga 0.5 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 105.9 sm bo’lib nazoratga nisbatan 2.3 sm ga uzun. O’ninchi variantda o’simlik poyasining uzunligi 119.2 sm bo’lib nazoratga nisbatan 15.6 sm ga, sakkizinchi variantga nisbatan 13.3 sm ga uzunligi aniqlandi. Fertilayf biostimulyatorini gektariga 0.7 l qo’llagan variantda o’simlik poyasining uzunligi 128.4 sm bo’lib nazoratga nisbatan 24.8 sm ga, sakkizinchi va o’ninchi variantga nisbatan 22.5, 9.2 sm ga uzunligi olib borilgan tajribada isbotlandi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Indigofera o`simligining yon shohlar soni nazorat variantida 8.2 ta bo’lib ikkinchi variantda esa 8.7 ta ni tashkil qilgan bo`lib nazoratga nisbatan 0.5 taga ortgan. Uzgumin biostimulyatorini gektariga 0.5 l qo’llagan variantda esa 9.4 tani tashkil qilgan bo’lib nazoratga nisbatan 1.2 taga, ikkinchi variantga nisbatan 0.7 taga uzun. Uchinchi variatda esa o’simlik yon shohlari 10.6 ta bo’lib nazoratga nisbatan 2.4 taga ikkinchi va to’rtinchi variantga nisbatan 1.9 va 1.2 taga ortganligi tajribada isbotlandi. Geogumant biostimulyatorini gektariga 1.0 l qo’llagan variantda o’simlik yon shohlari soni 9.3 ta bo’lib nazoratga nisbatan 1.1 taga ko`p. Yetinchi variantdagi o’simlikning yon shohlari 9.9 tani tashkil qilgan bo’lib nazoratga nisbatan 1.7 taga beshinchi variantga nisbatan 0.6 taga uzunligi isbotlandi. Geogumant biostimulyatorini gektariga 1.2 l qo’llagan variantda o’simlik yon shohlar soni 11.3 sm bo’lib nazoratga nisbatan 3.1 taga ko`p , besh va yettinchi variantga nisbatan 2.0, 1.4 taga ko`pligi aniqlandi. Fertilayf biostimulyatorini gektariga 0.5 l qo’llagan variantda o’simlik poyasidagi yon shohlar soni 8.9 sm bo’lib nazoratga nisbatan 0.7 taga ko`p. O’ninchi variantda o’simlik poyasining yon shohlari soni 10.3 ta bo’lib nazoratga nisbatan 2.1 taga, sakkizinchi variantga nisbatan 1.4 taga ko`pligi aniqlandi. Fertilayf biostimulyatorini gektariga 0.7 l qo’llagan variantda o’simlik poyasidagi yon shohlari soni 10.8 ta bo’lib nazoratga nisbatan 2.6 taga, sakkizinchi va o’ninchi variantga nisbatan 1.9, 0.5 taga ko`pligi olib borilgan tajribada isbotlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Flora O’zbekistana, -Tashkent. 1941.-1962.-301 b. 2. Yakovlev G. P. Botanika. – Moskva. – 2001. - 647 s. 3. Ernazarov Sh.I., Ernazarov N.I. Biologik usulda azot to’plash va saqlash // O’zbekistonda agroekologiya va tuproq eroziyasi muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konf. Materiallari to’plami. 2005 yil 20-21 may.- Qarshi, 2005.-B.82-83. 4. BISCHOF Michel, “Pastel-lsatis-Civit Out in Turkey” 1967; p.65-7. 5. FORTUNE Robert, 1846, “A Notice of the Tien-ching, or Chinese Indigo”, Royal Horticultural Society Journal: 269-71; and his Two Visits to the Tea Countries of China, London 1853, Vol. 1: 184, p. 234-5. 6. Jenny Balfour-Paul “Indigo” , 1998; p.1-265.