MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA XX ASR O'ZBEK MUSIQALARINI O'RGANISH USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada XX asr o‘zbek musiqasini musiqa madaniyati darslarida o‘rgatishning metodik asoslari, interaktiv va integrativ yondashuvlar, hamda o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Muallif milliy musiqa merosini o‘quv jarayoniga singdirish, noan’anaviy dars turlari orqali o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish va musiqiy tafakkurni rivojlantirish zarurligini asoslab beradi
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Sayfiddinov Muzaffar Mahammadjanovich Namangan viloyati Chortoq tumani MMTBga qarashli 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA XX ASR O’ZBEK MUSIQALARINI O‘RGANISH USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISH Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asr o‘zbek musiqasini musiqa madaniyati darslarida o‘rgatishning metodik asoslari, interaktiv va integrativ yondashuvlar, hamda o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Muallif milliy musiqa merosini o‘quv jarayoniga singdirish, noan’anaviy dars turlari orqali o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish va musiqiy tafakkurni rivojlantirish zarurligini asoslab beradi. Kalit so‘zlar: XX asr musiqasi, metodika, interaktiv usullar, integrativ yondashuv, milliy musiqa merosi, noan’anaviy dars turlari, ijodiy faollik, musiqa tahlili, o‘quvchilar qiziqishi. Аннотация. В статье рассматриваются методические основы преподавания узбекской музыки XX века на уроках музыкальной культуры, а также использование интерактивных и интегративных подходов для повышения творческой активности учащихся. Автор подчеркивает необходимость включения национального музыкального наследия в образовательный процесс, применения нетрадиционных форм уроков для формирования уважения к национальным ценностям и развития музыкального мышления. Ключевые слова: музыка XX века, методика, интерактивные методы, интегративный подход, национальное музыкальное наследие, нетрадиционные виды уроков, творческая активность, анализ музыки, интерес учащихся. Annotation. This article examines the methodological foundations of teaching 20th-century Uzbek music in music culture lessons, focusing on interactive and integrative approaches to enhance students’ creative activity. The author emphasizes the importance of incorporating national musical heritage into the educational process and applying non-traditional lesson types to foster respect for cultural values and develop musical thinking. Keywords: 20th century music, methodology, interactive methods, integrative approach, national musical heritage, non-traditional lesson types, creative activity, music analysis, students’ interest.Oʻzbek xalq musiqasi va madaniy merosi asrlar davomida shakllangan boʻlib, XX asr oʻzbek musiqasi esa oʻziga xos jihatlari va janrlari bilan boyib bordi. XX asrda Oʻzbekiston milliy musiqasi jahon musiqasi bilan uygʻunlashib, yangi uslub va yoʻnalishlarni oʻzida aks ettirdi. Bu davr musiqa ta’limi uchun qimmatli materiallarni taqdim etadi va oʻquvchilarni milliy musiqiy merosga jalb qilishda samarali usullarni qoʻllashni talab etadi. XX asrda Oʻzbekiston musiqasida milliy va zamonaviy yoʻnalishlar birgalikda rivojlandi. Bu davrda Abdulla Qodiriy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va Fitrat kabi ijodkorlarning milliy asarlarida xalq qoʻshiqlari va yangi bastakorlik usullari namoyon boʻldi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Musiqiy bilimlarni oʻzlashtirish deganda biz musiqaga oid boʻlgan barcha bilimlarni oʻzlashtirishni tushunamiz. Xususan: 1) Musiqa savodi (musiqa nazariyasining boshlangʻich bilimlari); 2) Musiqa tinglash va tahlil qilish; 3) Jamoa boʻlib qoʻshiq kuylash; 4) Musiqiy ijodkorlik (musiqaga mos harakatlar qilish, bolalar cholgʻu cholgʻularida chalib, musiqaga ritmik joʻr boʻlish). [1.110-b.] Musiqa darsining asosiy xususiyati shundaki, musiqa ta’limining toʻrt faoliyati mustaqil jarayon boʻlishi bilan birga, ular bir-biri bilan uzviy aloqada, oʻzaro bogʻliq ravishda olib borish kerak. Ushbu jarayonlarni oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi, ularni ijodiy shaxs boʻlib yetishishlariga zamin yaratadi. Darsning mohiyati, mazmuni va mavzusidan kelib chiqqan holda darsdagi biror bir faoliyat birinchi oʻringa chiqib qolishi mumkin. Musiqa darsining tuzilishi asosan, musiqiy ijrochilikni tashkil etadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, birgina ashula aytish uchun nota yozuvi, dinamikasi, shtrixlarini bilish zarurdir. Jamoa boʻlib kuylash jarayonida oʻquvchilarda jamoatchilik, doʻstlik, birdamlik kabi fazilatlar shakllanadi. Bu jarayonda butun sinf jamoa boʻlib, “bir yoqadan bosh chiqarib” faol ishtirok etadilar. Shu tufayli musiqiy qobiliyati sust boʻlgan oʻquvchilar faol va yaxshi musiqiy qobiliyatga ega boʻlgan oʻquvchilarga ergashadilar. Musiqiy qobiliyat faqatgina musiqiy amaliyot, musiqa san'atiga xos boʻlgan musiqiy material va maxsus usullar orqaligina rivojlantirilishi mumkin, ya’ni aynan musiqa insonning-musiqiy hislarini uygʻotadi. Musiqa darsi har xil musiqiy nazariy faoliyatlarni oʻz ichiga oladi: ashula aytish (vokal xor tarbiyasi, solfejio), musiqaning elemental nazariyasi (musiqa savodi), musiqa tinglash, musiqa tahlili, musiqa adabiyoti, musiqa ostida harakatlar bajarish. Quyida biz bir darsning tuzilishini misol tariqasida keltiramiz: Milliylik va modernizm: Xalq kuylarining zamonaviy vositalar bilan uygʻunlashishi. Janrlarning kengayishi: Opera, simfonik asarlar, estrada va estrada-jaz yoʻnalishlarining paydo boʻlishi. Bastakorlik va ijrochilikning rivoji: Kompozitorlar va ijrochilar oʻzbek musiqasiga yangi ohang va ranglar qoʻshdilar. [2.110-b.] Maktab va kollejdagi musiqa madaniyati darslarida milliy musiqa madaniyatini oʻrgatish orqali oʻquvchilarda oʻz madaniyatiga boʻlgan hurmatni shakllantirish muhimdir. XX asr oʻzbek musiqasini oʻrganish orqali oʻquvchilar musiqiy tafakkurini boyitishlari, musiqa orqali tarixiy va madaniy bilimlarini kengaytirishlari mumkin. XX asr oʻzbek musiqasini oʻrganish oʻrganishning afzalliklari: milliy oʻzlikni anglash va oʻzbek madaniy merosini oʻrganish. musiqiy tafakkur va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish. namunaviy va klassik musiqa janrlari oʻrtasidagi farq va uygʻunlikni tushunish.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL XX asr oʻzbek musiqasini oʻrganish uslublari Oʻquvchilarda milliy musiqa madaniyatiga qiziqishni oshirish uchun oʻqituvchilar quyidagi uslublardan foydalanishlari mumkin: 1Interaktiv oʻqitish: Multimedia texnologiyalari yordamida XX asr oʻzbek musiqasining namoyishlarini koʻrsatish va ularning tarixiy kontekstini tushuntirish. 2Ijodiy yondashuvlar: Oʻquvchilarni oʻz musiqiy kompozitsiyalarini yaratishga undash va ularni milliy musiqa elementlariga asoslangan tarzda ijod qilishga qiziqtirish. 3Tinglash va tahlil qilish: XX asr kompozitorlarining asarlarini tinglash va ularning musiqiy elementlarini tahlil qilish orqali oʻquvchilarning musiqiy didini rivojlantirish. 4Ochiq darslar va amaliy mashgʻulotlar: Maktabdan tashqari madaniy tadbirlar tashkil qilish va oʻzbek musiqasi san’atkorlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish. 5Musiqa va tarix integratsiyasi: Musiqaning tarixiy hodisalar va oʻzbek madaniyati bilan aloqadorligini koʻrsatish. [3.110-b.] Umumiy oʻrta ta’lim maktabining har bir bosqichi oʻqituvchi oldiga bir qator vazifalarni qoʻyadi. Oʻqituvchi oʻz imkoniyati va salohiyatidan kelib chiqqan holda, umumdidaktik metodlardan foydalanishi, bosqichlararo uzluksizlikni ta’minlashi, turli xil metodlardan unumli foydalanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllashi kerak. Uzluksiz ta’limning ayrim bosqichlarini oʻzaro aloqadorlikda oʻrganish muhimdir. Chunki oʻrganadigan mavzulari, bolalarning yosh xususiyatlari, oʻzlashtirish qobiliyatlari bu sinflarda deyarli bir xil boʻladi. Shuning uchun ham 56sinflarni uzviy holda oʻrganish mumkin. 4-sinfda boshlangʻich maktabning tugaganligini hisobga oladigan boʻlsak, 5-sinfda bolalar bevosita yangi bosqichga, ya’ni oʻrta ta’lim tizimining boshlangʻich bosqichiga oʻtadilar. Bu - sinfda barcha fanlar boʻyicha oʻqituvchilarning oʻzgarishi, sinf rahbarining oʻzgarishi oʻquvchilarning yangi sharoitlarga koʻnikishini talab qiladi, Bu jarayon ayrim oʻquvchilarga qiyinchiliklar tugʻdiradi. Oʻquvchilarining yosh xususiyatlariga umumiy xarakteristika Pedagogik-psixologik adabiyotlardan ma’lumki, bu yosh oʻsmirlik davriga toʻgʻri keladi. Oʻsmirlik davri chegaralari taxminan 5-8-sinfiga toʻgʻri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha boʻlgan davrni qamrab oladi, lekin oʻsmirlik yoshiga oʻtish 5-sinfga oʻtish bilan mos tushmasligi va bir yil oldin yoki keyin sodir boʻlishi ham mumkin. Oʻsmirlik davri “oʻtish”, “keskin oʻzgaruvchan”, “mushkul”, “qiyin” davr deb ham nomlanadi. Oʻquvchilarda bu yoshda sodir boʻladigan rivojlanish jarayonlarining murakkab va muhimligi qayd etish joiz. Bu hayotning bir davridan boshqasiga oʻtish bilan bogʻliq. Inson rivojlanishining barcha yoʻnalishlari boʻyicha (jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy, ijtimoiy) katta sifat va miqdoriy oʻzgarishlar roʻy beradi. [4.56-b.] 7-sinf oʻsmirlik davriga toʻgʻri kelib, qiyin oʻquvchi davr hisoblanadi. Bu koʻpgina olimlarning kuzatishlarida oʻz aksini topgan. Oʻquvchilar bu yoshda jismoniy yetiladilar. Bu davrda musiqa darslarini oʻsmirning holatiga qarab tashkillashtirish talab etiladi. Bu davrda oʻquvchilarda ovoz mutasiyasining eng rivojlangan paytidir. Ovoz apparati oʻsmir organizmida kechayotgan jarayonlar tufayli oʻzgaradi. Ovoz apparatining oʻsishi ravonligini yoʻqotib, notekis rivojlanadi. Ayrim oʻquvchilarda mutasiya 5-6-sinflarda boshlangan boʻlsa, ayrimlarida endi boshlanadi. Bu oʻqituvchidan nihoyatda katta mas'uliyatni talab etadi. Chunki sinfning yarmi mutasiyaning soʻnngi bosqichida boʻlsa, qolgan yarmi boshida boʻladi. Bu davrda
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL oʻquvchilarning ovoz diapazoni yuqori ovozlarda -1 “do”dan 2 “mi”gacha, quyi ovozlarda - kichik oktava “si”dan 2 oktava “re” gacha boʻladi. 7-sinf oʻquvchilarining ichki dunyosi ancha shakllangan va rivojlangan boʻladi. Ularning dunyoqarashi kengaygan boʻlib, oʻz fikr-mulohazalarini bemalol bayon eta oladilar. Musiqiy didlari ham yaxshi shakllangan boʻlib, oʻqituvchi repertuar tanlashda uilarning qiziqishlarini hisobga olmogʻi kerak. 7-sinf oʻquvchilari ixtiyoriy diqqatga ega boʻladilar va qiyinchiliklarsiz yirik musiqa shakllarini idrok eta oladilar (uvertyura, simfoniya sonata, maqom va hokazo). Oʻquvchilar asarga nisbatan paydo boʻlgan his-tuygʻulari, tasavvurlarini hikoya tarzida aytib bera oladilar. [5.41-b.] Shuningdek, 7sinf oʻquvchilari kompozitor yoki bastakor haqida referatlar, bukletlar va nutqlar tayyorlay oladilar. Musiqa oʻqituvchisi oʻquvchilarning mana shunday ijodiy xislatlaridan unumli foydalangan holda, ularni musiqiy toʻgaraklar, xor jamoalariga jalb qilishi, qolaversa, oʻquvchilar orasida oʻtkaziladigan tanlov, musobaqa va olimpiadalarga jalb etishi muhim. Bu oʻquvchilarning musiqaga boʻlgan qiziqishlarini orttirib qolmay, balki yetti yil davomida olgan bilim, koʻnikma va malakalarini ham mustahkamlashga yordam beradi. Qoʻshiq kuylash faoliyati 5-6-sinfda qoʻshiq kuylash faoliyati oʻquvchilarda melodik, garmonik eshituv, ladni his etish, sof intonatsiya kabi musiqiy qobiliyatlarni rivojlantiradi. Ovoz apparati oʻsmir organizmida kechayotgan jarayonlar tufayli oʻzgaradi. Jismoniy oʻsish ham ovoz apparatining oʻsishi ham ravonligini yoʻqotib, notekis ravishda shakllanadi. Bu davrda mutatsiya davom etadi. Shuning uchun ham ularga ovoz diapazoni keng, baland dinamikadagi asarlarni kuylash tavsiya etilmaydi. Oʻquvchilar qoʻshiqlari past-yarim ovozda baqirmasdan, ehtiyotkorlik bilan kuylashlari kerak. Bu sinf oʻquvchilari bilan bir ovozli qoʻshiqlar bilan birga ikki ovozli qoʻshiqlar ustida ham ish olib boriladi. [6.45-b.] Buning uchun kichik hajmdagi kanonlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Qoʻshiqlar oʻrtacha sur’atda yozilgan boʻlishi, katta intervallarga sakrashlarning boʻlmasligi bu davrda muhim ahamiyat kasb etadi. 7-sinfda qoʻshiq kuylash jarayonida oʻtgan sinflardagi vokal-xor malakalari mustahkamlanadi va aralash xorda kuylashning boshlangʻich malakalari shakllanadi.[7.47-b.] Shuni e'tiborga olshi kerakki, bolalarning ovoz apparati oʻzgarishi natijasida ular oʻzlarining “yangi ovoz”laridan uyalib, qoʻshiqni kuylamasligi mumkin. Bu paytda oʻqituvchi ehtiyotkorlik bilan yondashib, kerakli chora-tadbirlarni qoʻllashi kerk. Musiqa tinglash faoliyati 5-sinf musiqiy asarni tinglash jarayonida oʻquvchilarga asarni tinchlikni saqlagan holda, gaplashmay madaniyatli tinglash odobini oʻrgatish muhimdir. Asar boshidan oxirigacha ifodali, badiiy ijroda magnit tasma yoki oʻqituvchining jonli ijrosi orqali eshittiriladi. Musiqa yangrashi bilan barcha sinfdagilar, jumladan oʻqituvchining oʻzi ham berilgan holda, barcha ishlarini chetga surib diqqat bilan tinglashi kerak. Bu yoshdagi oʻquvchilar murakkab ichki dunyo, histuygʻular, ichki kechinmalarga boy, muhabbat mavzularidagi, qahramonlik ruhidagi, tragediya va satira kabi janrlardagi musiqiy asarlarni bajonidil kuylaydilar. 6-sinfda esa oʻquvchilar bevosita mumtoz musiqa haqida tushunchalarga ega boʻladilar. Mumtoz musiqa namunalaridan tinglaydilar. Shuningdek, sharh xalqlari mumtoz musiqalaridan namunalar tinglab oʻz bilimlarini oshiradilar.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 7-sinf oʻquvchilarida tinglash jarayonida ixtiyoriy diqqat ancha rivoj topgan boʻladi. Buning natijasida oʻquvchilar ancha katta hajmdagi asarlami uzoq muddat tinglay oladilar. Shuni hisobga olgan holda 7-sinfda mumtoz musiqiy merosimizga salmoqli oʻrin ajratilgan boʻlib, oʻquvchilar oʻzbek maqomlari va maxalliy uslublarini oʻzlashtiradilar. Ular dars jarayonida turli xil xalq va kasbiy ashula namuna (Mustahzod, Savti suvora, Mugʻulchai Dugoh Qashqarcha va hokazo) lardan tinglaydilar. Bu kabi namunalarni tinglash oʻquvchilarda oʻzbek mumtoz musiqa merosiga boʻlgan qiziqishlarini orttiradi, ularning estetik dunyoqarashini boyitadi. Bu sinfda oʻquvchilarga uyga beriladigan vazifalar ham ahamiyatlidir. Oʻqituvchi oʻquvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularga simfoniya, kantata, operalardan, maqomlardan, katta ashulalardan namunalar tinglashga berishi mumkin. Musiqa savodi faoliyati 5-6-sifnda musiqa savodi faoliyatida asosan musiqa nazariyasiga oid bilimlar oʻrgatiladi. Oʻquvchi musiqa savodini oʻzlashtirib borar ekan, u musiqiy asarlarini bemalol nazariy jihatdan tahlil qila oladi. Bu sinflarga kelib oʻquvchilar tovush, ritm, oʻlchov, sur’at, alteratsiya belgilari, major va minor ladlari, ikkita belgigacha boʻlgan tonliklarni biladilar. Oʻqituvchi oʻquvchilarning mazkur faoliyatda egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini boshqa faoliyat turlarida unumli qoʻllay bilishi kerak. Bu oʻz navbatida oʻquvchilarning bilimlarini chuqurlashtiradi hamda boshqa faoliyatlardagi bilimlarini ham orttiradi. 7-sinf musiqa darsiga qoʻyilgan talablarga binoan oʻquvchilar musiqiy asarning mazmuni, xarakteri, janr va shaklini, lad va tonligini aniqlay olishlari zarur. Mazkur sinf oʻquvchilari musiqa savodi faoliyati orqali oʻzlashtirgan materiallarini takrorlaydilar va mustahkamlaydilar. Bundan tashqari yangi tushuncha va atamalar bilan ham tanishadilar (katta ashula, dugoh, segoh, tuzuk, uffor va hokazo). Har bir chorakdan soʻng yozilgan musiqa lugʻati bolalar uchun juda qulaydir. [8.80-b.] 7-sinfda oʻquvchilar kichik hajmdagi musiqa asarlarini tahlil qilishni oʻrganadilar. Ular musiqiy asarning kaliti, tonligi, oʻlchovi, ritmi, tempi, mazmuni, xarakteri va janri haqida ma’lumot bera olishlari kerak. XX asr oʻzbek musiqasini oʻrganish usullarini takomillashtirish uchun quyidagi yondashuvlarni tavsiya etish mumkin: Innovatsion texnologiyalardan foydalanish: Masalan, video darslar, onlayn platformalar va virtual konsertlar orqali oʻquvchilarni XX asr oʻzbek musiqasi bilan tanishtirish. Analitik va ijodiy koʻnikmalarni rivojlantirish: Oʻquvchilarga XX asr musiqasining har xil janrlarini va ularning oʻziga xos musiqiy tilini tahlil qilishni oʻrgatish. Milliy va xalqaro ta’lim dasturlarini uygʻunlashtirish: Jahon musiqasi bilan oʻzbek musiqasini solishtirish orqali milliy oʻzlik va oʻzga madaniyatlarni tushunishga yordam berish. Madaniy hamkorlik va almashuv dasturlarini tashkil qilish: Maktab va kollejlar oʻrtasida madaniy hamkorlik qilish orqali oʻquvchilarni musiqiy bilimlarini boyitish. XX asr oʻzbek musiqasi milliy madaniyatning yorqin namunalaridan biri boʻlib, uni oʻrganish oʻquvchilarga milliy qadriyatlarni chuqurroq anglashga va ularning madaniy dunyoqarashini boyitishga yordam beradi. Musiqa madaniyati darslarida XX asr oʻzbek musiqasini oʻrganish uslublarini takomillashtirish esa ta’lim jarayonini qiziqarli va samarali qiladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Арчайникова Л.Г. Профессия-ВУЗ-музыка, -М.: Просвещение, 1984.-110 с. 2. Baxritdinova N.A. O‘zbekiston bolalar xor madaniyati. T., 2002, -110 b. 3. Васильева А. Организационные принципы работы детского хора. Вопросы методики проведения музыкальных дисциплин. Т., 1991 г. C -110. 4. G‘oziyev E. Psixologiya . Yosh davrlari psixologiyasi. -T., “O‘qituvchi”. 1994. B.56. 5. Musiqa madaniyati fani o‘quv dasturi (1-7-sinf). T., 2017. – B. 41. 6. Mustafoyev. B. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa . Buxoro – 2013. B.45. 7. Mustafoyev. B. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa . Buxoro – 2013. B.47. 8. Музыкальная психология: Методика преподавания. / автор сост. Кадыров Р.Г., -Т.: Музыка, 2005. -80 с.