scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MADANIYATLARARO MOSLASHUVDA SHAXS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING ROLI

Jabborova Musharrafxon Zafarbek qizi

Abstract

Mazkur konferensiya maqolasi shaxsning qanday psixologik xususiyatlari madaniyatlararo moslashuv jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishini, bu xususiyatlar moslashuv mexanizmlarida qanday rol o'ynashini va ularni rivojlantirish orqali madaniyatlararo kompetensiyani qanday oshirish mumkinligini tadqiq etishga qaratilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Jabborova Musharrafxon Zafarbek qizi Andijon Davlat Universiteti 2-bosqich doktoranti, Qo’qon Universiteti andijon filiali o’qituvchisi [email protected] MADANIYATLARARO MOSLASHUVDA SHAXS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING ROLI ANNOTATSIYA: Mazkur konferensiya maqolasi shaxsning qanday psixologik xususiyatlari madaniyatlararo moslashuv jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishini, bu xususiyatlar moslashuv mexanizmlarida qanday rol o'ynashini va ularni rivojlantirish orqali madaniyatlararo kompetensiyani qanday oshirish mumkinligini tadqiq etishga qaratilgan. Kalit so’zlar: Madaniyatlararo moslashuv, akkulturatsiya, integratsiya, assimilyatsiya, separatsiya, madaniy intellekt, xulq-atvor, ekstrovertlik, nevrotizm. Abstract: This conference paper aims to investigate which psychological characteristics of an individual positively or negatively influence the process of cross-cultural adaptation, what role these characteristics play in adaptation mechanisms, and how intercultural competence can be enhanced through their development. KEYWORDS: Cross-cultural adaptation, acculturation, integration, assimilation, separation, cultural intelligence, behavior, extraversion, neuroticism АННОТАЦИЯ: Данная конференционная статья направлена на исследование того, какие психологические характеристики личности оказывают положительное или отрицательное влияние на процесс межкультурной адаптации, какую роль эти характеристики играют в механизмах адаптации, и как можно повысить межкультурную компетентность через их развитие. Ключевые слова: Межкультурная адаптация, аккультурация, интеграция, ассимиляция, сепарация, культурный интеллект, поведение, экстраверсия, невротизм Globallashuv jarayonlari tobora kuchayib borayotgan XXI asrda madaniyatlararo muloqot va aloqalar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanmoqda. Turli xalqlar, millatlar va etnik guruhlar o'rtasidagi munosabatlar kengayib, madaniyatlararo hamkorlik zarurati ortib bormoqda. Biroq, turli madaniyat vakillari o'rtasidagi samarali muloqot va hamkorlik o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. Bu murakkab jarayon shaxsning madaniyatlararo moslashuvi orqali amalga oshadi. Madaniyatlararo moslashuv - bu shaxsning yangi madaniy muhitga psixologik va ijtimoiy jihatdan moslashishi, uning qadriyatlari, xulq-atvor normalari va ijtimoiy munosabatlar tizimini o'zlashtirishini o'z ichiga oluvchi dinamik jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonning muvaffaqiyati shaxsning individual psixologik xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Ayrim shaxslar yangi madaniy muhitga osonlik bilan moslasha olsa, boshqalar uchun bu jarayon sezilarli qiyinchiliklar bilan kichadi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Madaniyatlararo moslashuv shaxsning yangi madaniy muhitga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ta'minlovchi ko'p qirrali jarayondir. Bu jarayon shunchaki yangi madaniy bilimlarni egallashdan iborat emas, balki chuqur psixologik o'zgarishlarni ham o'z ichiga oladi. Kanadalik psixolog J. Berry madaniyatlararo moslashuvni "akkultaratsiya" tushunchasi orqali izohlaydi va uni to'rt asosiy strategiyaga ajratadi: integratsiya, assimilyatsiya, separatsiya va marginalizatsiya. Integratsiya – eng muvaffaqiyatli strategiya bo'lib, unda shaxs o'z madaniy identifikatsiyasini saqlagan holda yangi madaniyatga moslashadi. Assimilyatsiya – o'z madaniy identifikatsiyasidan voz kechgan holda yangi madaniyatni to'liq qabul qilish. Separatsiya – o'z madaniy identifikatsiyasini saqlab, yangi madaniyatdan izolyatsiyalanish. Marginalizatsiya – ham o'z madaniy identifikatsiyasi, ham yangi madaniyatdan uzilib qolish. Qaysi strategiyani tanlash ko'p jihatdan shaxsning psixologik xususiyatlariga bog'liq. Masalan, ochiq fikrli, moslashuvchan va emotsional jihatdan barqaror shaxslar integratsiya strategiyasini tanlashga moyil bo'lsa, konservativ, o'zgarishlarga qarshilik ko'rsatuvchi shaxslar separatsiya strategiyasini afzal ko'rishi mumkin. Zamonaviy shaxs psixologiyasidagi eng keng tarqalgan modellardan biri - bu "Beshta katta faktor" yoki "Big Five" modelidir. Ushbu model shaxs xususiyatlarini beshta asosiy omil bo'yicha tasniflaydi: ochiqlik yangi tajribalarga, extrovertlik, yengillik, vijdonlilik yoki asabiylik. Bu omillarning har biri madaniyatlararo moslashuvda o'ziga xos rol o'ynaydi. Yangi tajribalarga ochiqlik xususiyati yangi g'oyalar, tajribalar va madaniyatlarga ochiqlikni, ijodkorlikni va qiziquvchanlikni o'z ichiga oladi. Turli tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ochiqlik darajasi yuqori bo'lgan shaxslar madaniyatlararo moslashuv jarayonida sezilarli ustunlikka ega bo'ladi. Ular yangi madaniy normalar va qadriyatlarni qiziqish bilan o'rganadi, madaniy farqlarni boylik sifatida qabul qiladi va nostandart vaziyatlarda kreativ yechimlar topa oladi. Masalan, Siem va boshqalar (2018) tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, ochiqlik darajasi yuqori bo'lgan talabalar chet elda o'qish paytida madaniy shokni yengilroq boshdan kechirgan va mahalliy talabalar bilan samaraliroq munosabat o'rnata olgan. Ekstrovertlik yoki ijtimoiylik deb atasak ham bo’ladi, faollik va o'ziga ishonchni o'z ichiga olgan xususiyat. Extrovert shaxslar yangi odamlar bilan tanishishga moyil, muloqotga kirishimli va ijtimoiy vaziyatlarda faol bo'ladi. Bu xususiyatlar madaniyatlararo moslashuv jarayonida qo'l keladi, chunki ular mezbon madaniyat vakillari bilan aloqalar o'rnatish, ijtimoiy tarmoqlar yaratish va til ko'nikmalarini amaliyotda qo'llash imkoniyatlarini kengaytiradi. Wilson va boshqalar (2013) tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, extrovert xalqaro talabalar mahalliy talabalar bilan tezroq do'stlashgan va bu ularning madaniy moslashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Moslashuv jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi yana bir shaxsiy xusuiyatlardan biri hamkorlikka moyillik, empatiya va boshqalarga g'amxo'rlikni o'z ichiga olgan xususiyat. Yengil tabiatli shaxslar madaniyatlararo to'qnashuvlarni yumshatish, kelishmovchiliklarni hal qilish va turli madaniyat vakillari bilan umumiy til topish qobiliyatiga ega. Ular madaniyatlararo hamjihatlikni qadrlaydi va turli nuqtai nazarlarni hurmat qiladi. Keyingisi vijdonlilik mas'uliyatlilik, tashkiliylik va maqsadga yo'naltirilganlikni o'z ichiga olgan xususiyat. Vijdonli shaxslar yangi madaniy normalar va qoidalarga ongli ravishda moslashadi, madaniyatlararo moslashuvni maqsadli va tizimli ravishda rejalashtiradi, hamda bu jarayondagi qiyinchiliklar ustida sabrli ishlab, ularni yengib o'tadi. Nevrotiklik ya’ni emotsional beqarorlik va stressga moyillikni o'z ichiga olgan xususiyat. Asabiylik darajasi past bo'lgan (ya'ni, emotsional barqaror) shaxslar madaniyatlararo moslashuv jarayonidagi noaniqlik va stressni yaxshiroq boshqaradi, madaniy shokka chidamliroq bo'ladi va moslashuv qiyinchiliklarini ijobiy qabul qiladi. Katta beshlik JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL nazariyasidan tashqari yana bir nazariya ham borki bu shaxsning kognitiv xususiyatlari bilan bog’laydi. Madaniy intellekt kontseptsiyasi P. Christopher Earley va Soon Ang tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u shaxsning turli madaniy kontekstlarda samarali harakat qila olish qobiliyatini ifodalaydi. CQ to'rt asosiy komponentdan tashkil topgan: bu madaniyatlararo tajribalarni ongli ravishda rejalashtirish, monitoring qilish va qayta ko'rib chiqish qobiliyati. Yuqori metakognitiv CQ ga ega shaxslar turli madaniyatlarga oid o'z tushunchalari va stereotiplarini tanqidiy baholay oladi, madaniy vaziyatlarni to'g'ri tahlil qiladi va madaniyatlararo muloqotda o'z strategiyalarini moslashtirib boradi. Kognitiv ya’ni turli madaniyatlarning qadriyatlari, normalari, amaliyoti va an'analari haqidagi bilimlar majmuasi. Bu madaniy farqlarni tushunish, madaniy kontekstni to'g'ri talqin qilish va madaniy nozikliklarni ilg'ab olish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Motivatsiya yoki ambitsiya bu turli madaniyatlar bilan o'zaro aloqada bo'lishga ichki kuch, madaniyatlararo o'zaro ta'sirdan zavqlanish va madaniy qiyinchiliklarni yengishga intilish. Yuqori motivatsiyaga ega shaxslar madaniyatlararo muloqotdan qochmasdan, uni qiziqarli va rivojlantiruvchi tajriba sifatida qabul qiladi. Turli madaniy kontekstlarda mos verbal va noverbal xatti-harakatlarni ko'rsatish qobiliyati. Bu qobiliyat til ko'nikmalaridan tortib, to'g'ri tanа tili va madaniy jihatdan mos xulq-atvorlarni namoyish etishgacha bo'lgan keng spektrni qamrab oladi. Ang va boshqalar (2007) tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, yuqori yuqori kognitiv qobilyat darajaga ega shaxslar turli madaniy vaziyatlarda yaxshiroq qaror qabul qilgan, madaniyatlararo muloqotda samaraliroq bo'lgan va madaniy farqlarni tezroq o'zlashtirgan. Moslashuvchanlik va chidamlilik madaniyatlararo moslashuv jarayonida alohida ahamiyatga ega bo'lgan psixologik xususiyatlardir. Moslashuvchanlik yangi sharoitlarga tez moslashish qobiliyatini ifodalasa, chidamlilik qiyinchiliklar va stressli vaziyatlarda bardosh berish hamda ularni yengib o'tish qobiliyatini anglatadi. Yuqori moslashuvchanlik darajasiga ega shaxslar Yuqori chidamlilik darajasiga ega shaxslar Yangi madaniy muhitga tez ko'nikadi. Madaniy shok va stressga bardosh bera oladi. O'z xulq-atvorini vaziyatga qarab o'zgartira oladi. Muvaffaqiyatsizliklardan tushkunlikka tushmaydi. Nostandart vaziyatlarda muammolarni ijodiy hal qiladi. Qiyinchiliklarni o'sish imkoniyati sifatida ko'radi. O'zgarishlarga ijobiy munosabatda bo'ladi. Murakkab vaziyatlarda ham optimistik kayfiyatni saqlaydi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, moslashuvchanlik va chidamlilik xususiyatlari yuqori bo'lgan shaxslar madaniyatlararo moslashuv jarayonida kamroq stress his qiladi, madaniy shokni tezroq yengib o'tadi va yangi madaniy muhitga yaxshiroq moslashadi. O'zini o'zi boshqarish qobiliyati ya’ni shaxsning o'z fikrlari, his-tuyg'ulari va xatti-harakatlarini nazorat qila olish qobiliyati yuqori bo’lsa madaniyatlararo moslashuv jarayonida, ayniqsa, madaniy shok va stress davrida muhim rol o'ynaydi. Madaniyatlararo moslashuv kontekstida o'zini o'zi boshqarish qobiliyati noto'g'ri tushunilishlar, madaniy to'qnashuvlar va kommunikativ qiyinchiliklar bilan bog'liq frustratsiyani boshqarishga yordam beradi. Bu qobiliyat shaxsga madaniy shok davrida emotsional barqarorlikni saqlash, JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL madaniyatlararo muloqotda sabrli bo'lish va uzoq muddatli moslashuv maqsadlariga yo'naltirilgan xatti-harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Baratov Sh.R. (2018). Psixologik xizmat asoslari. Toshkent: "Fan va texnologiyalar". 2. G'oziyev E.G. (2010). Umumiy psixologiya. Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 3. Davletov D.E. (2019). Madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning psixologik xususiyatlari. Psixologiya ilmiy jurnali, 3, 45-52. 4. Maxmudova D.A. (2020). Talabalarning madaniyatlararo moslashuviga ta'sir etuvchi omillar. Zamonaviy ta'lim, 5(90), 118-124. 5. Umarov B.M. (2017). Shaxs psixologiyasi. Toshkent: O'qituvchi. 1. Бондырева С.К., Колесов Д.В. (2007). Толерантность: введение в проблему. Москва: МОДЭК. 2. Гришина А.В., Зеленов А.А. (2019). Особенности межкультурной адаптации иностранных студентов. Известия ВГПУ, 3(284), 58-64. 3. Лебедева Н.М. (2012). Этническая и кросс-культурная психология. Москва: МАКС Пресс. 4. Стефаненко Т.Г. (2014). Этнопсихология: учебник для вузов. 5-е изд. Москва: Аспект Пресс. 5. Солдатова Г.У., Шайгерова Л.А. (2015). Психология межкультурной коммуникации. Москва: Смысл. 6. Хухлаев О.Е., Чибисова М.Ю. (2010). Теоретические и практические вопросы межкультурной коммуникации: современные тенденции. Психологическая наука и образование, 5, 168-179. 7. Янковский Л.В. (2004). Адаптация личности к новой социокультурной среде: тест Л.В. Янковского // Вопросы психологии. №6. С. 112–118. 1. Berry, J. W. (2005). Acculturation: Living successfully in two cultures. International Journal of Intercultural Relations, 29(6), 697-712. 2. Bochner, S. (2003). Culture shock due to contact with unfamiliar cultures. Online Readings in Psychology and Culture, 8(1), 1-12. 3. Deardorff, D. K. (2006). Identification and assessment of intercultural competence as a student outcome of internationalization. Journal of Studies in International Education, 10(3), 241-266. 4. Earley, P. C., & Ang, S. (2003). Cultural intelligence: Individual interactions across cultures. Stanford University Press. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 5. Heine, S. J. (2016). Cultural Psychology (3rd ed.). New York: W. W. Norton & Company. 6. Hofstede, G., Hofstede, G. J., & Minkov, M. (2010). Cultures and organizations: Software of the mind (3rd ed.). McGraw-Hill. 7. Kim, Y. Y. (2001). Becoming intercultural: An integrative theory of communication and crosscultural adaptation. Sage Publications. 8. Matsumoto, D., & Hwang, H. C. (2013). Assessing cross-cultural competence: A review of available tests. Journal of Cross-Cultural Psychology, 44(6), 849-873. 9. Sam, D. L., & Berry, J. W. (Eds.). (2016). The Cambridge handbook of acculturation psychology (2nd ed.). Cambridge University Press. 10. Schwartz, S. J., Unger, J. B., Zamboanga, B. L., & Szapocznik, J. (2010). Rethinking the concept of acculturation: Implications for theory and research. American Psychologist, 65(4), 237-251. 11. Van der Zee, K. I., & Van Oudenhoven, J. P. (2013). Culture shock or challenge? The role of personality as a determinant of intercultural competence. Journal of Cross-Cultural Psychology, 44(6), 928-940. 12. Ward, C., Bochner, S., & Furnham, A. (2020). The psychology of culture shock (2nd ed.). Routledge. 1. Jabborova M.Z. (2021). Chet ellik talabalarning O'zbekiston ta'lim muhitiga moslashuvida psixologik omillar. PhD dissertatsiyasi, O'zbekiston Milliy universiteti. 2. Wilson, J. K. (2013). Exploring the past, present, and future of cultural competency research: The revision and expansion of the sociocultural adaptation construct. (Doctoral dissertation, Victoria University of Wellington).