scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANGʻICH TA'LIMDA FANLARARO INTEGRATSIYA ORQALI TA'LIM SIFATINI OSHIRISH: ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR VA TEXNOLOGIYALAR

Alimardonova Umida Erkinovna; Nuraliyeva Sevinch O'rol qizi

Full text

143 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA FANLARARO INTEGRATSIYA ORQALI TAʼLIM SIFATINI OSHIRISH: ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR VA TEXNOLOGIYALAR Alimardonova Umida Erkinovna Nuraliyeva Sevinch O’rol qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 6-BT-S-22 ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi +998 91 580 61 77 https://doi.org/10.5281/zenodo.17352281 Annotatsiya: Mazkur tezisda boshlangʻich taʼlimda fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, taʼlim sifatini oshirish masalalari yoritilgan. Integratsiya jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligi, o‘quvchilarning tafakkurini faollashtirish va ijodiy fikrlashni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: fanlararo integratsiya, innovatsion texnologiyalar, pedagogik yondashuv, taʼlim sifati, kompetensiya. Annotation: This thesis analyzes the effectiveness of improving the quality of primary education through interdisciplinary integration. It highlights modern pedagogical approaches and innovative technologies used in the teaching process. The study emphasizes the role of integration in developing students’ critical thinking, creativity, and practical competencies. Keywords: interdisciplinary integration, innovative technology, pedagogical approach, education quality, competence. Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы повышения качества начального образования через межпредметную интеграцию. Анализируется эффективность применения современных педагогических подходов и инновационных технологий в учебном процессе. Особое внимание уделено развитию критического мышления и творческих способностей учащихся. Ключевые слова: межпредметная интеграция, инновационные технологии, педагогический подход, качество образования, компетентность. Bugungi kunda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar taʼlim sifatini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy yondashuvini rivojlantirishni talab etmoqda. Boshlangʻich taʼlimda fanlararo integratsiya bu jarayonning eng muhim vositalaridan biridir. Fanlararo integratsiya o‘qituvchiga o‘quv fanlari mazmunini yagona tizim sifatida shakllantirish, o‘quvchilarning olamni yaxlit idrok etishlariga yordam berish imkonini beradi. Masalan, tabiatshunoslik darslarida matematika elementlarini, ona tili darslarida atrof-muhit tushunchalarini uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilar bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishga o‘rganadilar. Integratsion taʼlimda o‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quv faoliyatini yo‘naltiruvchi, rag‘batlantiruvchi shaxsga aylanadi. Bu jarayonda “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Tushunchalar tahlili”, “Bumerang” kabi interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) hamda multimedia vositalari keng qo‘llanilishi lozim. Shuningdek, STEAM yondashuvi (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) asosida fanlararo integratsiya o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, muammoni tahlil qilish va 144 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz yechim topish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu esa taʼlim sifatini oshirishning zamonaviy yo‘nalishidir Integratsiyalashgan darslarda o‘quvchilar faollashadi, ijodiy fikrlash, jamoada ishlash, o‘z fikrini asoslash malakalari rivojlanadi. Har bir dars o‘quvchi faoliyatiga yo‘naltirilgan holda tashkil etilganda natijadorlik yuqori bo‘ladi. Integrativ o'qitishning maqsadi boshlang'ich ta'limda tarbiyalashning rivojlantirish asosi bo'lgan tabiat va jamiyat haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish, ularni rivojlanish qonunlariga o'z munosabatini shakllantirishdan iborat. Dastlabki boshlang'ich integratsiyalashgan darslar bu ona tili-o'qish, tabiatshunoslik-o'qish, o'qishmusiqa, tabiatshunoslik-matematika, tabiatshunoslik-texnologiya, matematikatexnologiya, matematikajismoniy tarbiya va hakozo kabi fanlarni qo'shib olib o'tkazishdir. Boshlang'ich sinf o`qituvchisiga integratsiyalangan darslar o'tish mumkin, chunki bir o'zi hamma fanlarni o'qitadi. O'quvchi qanchalar yosh bo'lsa, u shuncha kam biladi. Shuning uchun boshlang'ich ta'limda integratsiya imkonlari chegaralangan. Bolalar boshlang'ich ta'limda juda ko'p hodisa, tushuncha, fanlar bilan tanishishadi, lekin ular to'g'risida elementar tushuncha olishadi. Keyingi yillarda mavjud bilimlarini to'ldirib va kengaytirib borishadi. Shuning uchun o'qituvchi bir xillikdan qochishi va rang - barang shakl va usullarda dars o'tishi talab etiladi. Integratsiyalangan darslar charchoqni va taranglikni o'quvchilardan oladi faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o'tishi hisobidan ziyraklik va hozirjavoblikka o'rgatadi. Integratsiyalashgan dars o'qituvchidan qo'shimcha tayyorgarlik, katta bilimdonlik, yuqori kasb mahoratini talab qiladi. O'qituvchi integratsiyalashgan darsda quyidagilarni e'tiborga olishi kerak:darsning maqsadini, yangi ma'lumot manbalarini, har xil fanlarning ma'lumotlarini birlashtirish, bilimlarning funksional yo'nalishini, fan mazmunini qayta ishlash, eski shakllarni buzish, tizimda alohida bo'lgan elementlar orasida aloqalar yaratish. Fanlararo integratsiyaning yana bir muhim maqsadidan biri, o'zi ishlayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog'liqlik ta'minlashdan iborat. Misol sifatida matematika fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligini ko'rib o'tamiz. Bu jarayonda bolalar misollarni ishlab chiqishadi, ishlab bo'lgandan so'ng ular javoblariga qarab, rasm tagidagi ko'rsatmaga binoan bo'yashadi bo'yalgan rasmda tabiat manzarasi hosil bo'ladi. Misol yechish bilan bir qatorda tabiatni asrab-avaylash, uning g'aroyibotlaridan boxabar bo'lish imkoni tug'iladi, ona tabiat go'zalligiga muhabbat uyg'onadi. Boshlang'ich maktabda fanlararo aloqadorlikni amalga oshiruvchi bo'g'in vazifasini o'qituvchining o'zi bajaradi. U bolalarni arifmetikaga, o'qishga, yozishga, tabiatga, mehnat qilishga va yana ko'pgina narsalarga o'rgatadi, o'z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Fanlararo aloqadorlikni amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon bo'lishi mumkin. Muammoning mohiyati shundaki, usullarning biridan yuz o'girib , ikkinchisida o'qituvchilar pedagogik mahoratini qo'llay olishi natijasida oladigan integratsion usullar kiritishdir. Masalaning bunday qo'yilishi fanlararo aloqadorlikning turli ta'lim pog'onalarida turli xususiyatlarga egaligidir. Boshlang'ich ta'limda integratsiya bir-biriga nisbatan yaqin fanlarning birlashtirilishini ko'zda tutadi Fanlararo integratsiya — taʼlim mazmunini yangilash, o‘quvchilarning ijodiy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning eng samarali vositalaridan biridir. 145 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Boshlangʻich taʼlimda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan integratsion yondashuv taʼlim sifatini oshiradi, o‘quvchilarda keng dunyoqarash, kompetensiyalar va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. References: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni. – 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston – yangi taʼlim” konsepsiyasi. – 2021. 3. Abdullaeva, N. “Boshlangʻich taʼlimda integratsion yondashuvning ahamiyati”. – Toshkent, 2022. 4. Xodjieva, M. “Interfaol metodlar asosida fanlararo bogʻlanishlar”. – Samarqand, 2023.