scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI FANINING O'QUVCHILAR FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANITIRISHDAGI AHAMIYATI

Mamatqulova Gulshana Keldiyor qizi

Abstract

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda ona tili fanining o'quchilar fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ona tili darslari o'quvchilarning mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, va ijodiy yondashuv ko'nikmalarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada o'qitish usullari, dars jarayonida foydalaniladigan metodlar va faoliyatlar orqali fikrlash qobiliyatini oshirish yo'llari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, ona tili fani o'quvchilarning til madaniyati va kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishga qanday ta'sir ko'rsatishi haqida ham ma'lumot beriladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 590 BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI FANINING O‘QUVCHILAR FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANITIRISHDAGI AHAMIYATI Mamatqulova Gulshana Keldiyor qizi +99897-178-03-26 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17352337 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda ona tili fanining o'quchilar fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ona tili darslari o'quvchilarning mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, va ijodiy yondashuv ko'nikmalarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada o'qitish usullari, dars jarayonida foydalaniladigan metodlar va faoliyatlar orqali fikrlash qobiliyatini oshirish yo'llari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, ona tili fani o'quvchilarning til madaniyati va kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishga qanday ta'sir ko'rsatishi haqida ham ma'lumot beriladi. Kalit so'zlar: boshlang'ich sinflar, ona tili, fikrlash qobiliyati, o'quvchilar, ta'lim jarayoni, mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashuv, o'qitish usullari Аннотация. В данной статье анализируется значение родного языка в развитии мыслительных способностей учащихся начальных классов. Уроки родного языка играют важную роль в формировании логического мышления, аналитического мышления и навыков творческого подхода у учащихся. В статье рассматриваются методы обучения, используемые в учебном процессе методы и способы развития мыслительных способностей посредством деятельности. Также представлена информация о влиянии родного языка на развитие языковой культуры и коммуникативных навыков учащихся. Ключевые слова: начальные классы, родной язык, мыслительные способности, учащиеся, образовательный процесс, логическое мышление, творческий подход, методы обучения. Abstract. This article analyzes the importance of the mother tongue subject in the development of students' thinking skills in primary grades. Mother tongue lessons play an important role in the formation of students' logical thinking, analytical, and creative approach skills. The article examines teaching methods, methods used in the lesson process, and ways to improve thinking skills through activities. It also provides information on how mother tongue subject affects the development of students' language culture and communicative skills. Keywords: primary grades, mother tongue, thinking skills, students, educational process, logical thinking, creative approach, teaching methods Ona tili bu har bir millatning iftixori, yurtning borligini bildirib turuvchi eng asosiy manbasi sanaladi. Til bu - shu millatning tafakkur manbai, har bir yurt fuqorosining g’ururi, yurtdagi ma’naviy boyliklarning ko’zgusi hisoblanadi. Abdulla Avloniy bobomiz aytganlaridek: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”. Yangilanish yo’lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan O’zbekistonning bugungi bosqichida – milliylik kasb etgan, yuksalish talablaridan kelib chiqqan holda, hozirda ona tilimizga bo’lgan e’tibor va uning nufuzi yanada oshib bormoqda. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 591 Ona tilimizning asoschisi bo’lgan Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot universitetining tashkil qilinganligi bizga tilimizni tarixini yanada chuqurroq o’rganishga, unda yaratilgan ilmiy asarlarni har tomonlama rivojlantirishga va ona tilimizdan foydalanuvchilarning doirasini kengaytirishga zamin yaratadi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilangan bo’lib, unda ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; o’rta ta’limning majburiyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari ( DTS ) doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtrish o’z ifodasini topgan. Maktabda ona tilining o’qitilishi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda belgilangan ana shu prinsiplarga tayanadi.1 O’sib kelayotgan yangi avlod vakillarining asosiy vazifalaridan biri bu tarixdagi bilimlarni o’rganish va ularni rivojlantirishdir. Bugungi kundagi taraqqiyot va jamiyat rivojini busiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Hozirgi kunda nafaqat 1sinfdan balki maktabga qadam qo’ymasdan ham o’quvchilar o’z tilidan tashqari boshqa tillarni ham o’rganib kelishmoqda. Chunki, zamon talabi hozirda aloqani o’rnatish va og’izaki nutq orqali o’z fikrini erkin namoyon qilishdir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 - yil 13 - maydagi “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida” gi 203 - sonli qarorida umumiy o’rta ta’lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi: 1. Boshlang’ich ta’lim. 2. Umumiy o’rta ta’lim. 3.Demak, yuqoridagi qonunga ko’ra, 1-4-sinf o’quvchilariga ona tili va o’qish fanlarining boshlang’ich tushunchalari va predmetlari, o’qishning to’g’ri, tez, ongli, ifodali kabi texnikasini o’zlashtirishlari, berilgan matnga yoki keltirilgan biror munosabatni yoki fikrlarni tushunish malakasi, og’izaki ifoda etgan fikrini yozma bayon qila olish malakasi bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalar berishning minimla darajasi mutaxasislar tomonidan belgilab berildi. Shu tufayli ona tiliga katta vazifa yuklatildi: ona tili faniga faqatgina fan sifatida emas, balki butunlar fanlarni, ta’lim tizimini uyushturuvchi ta’lim tizimi sifatida qaraldi. Ona tili faniga qo’yilgan minimal talablar asosan uch bosqichni o’z ichiga oladi: ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilari ona tili va o’qish fanlaridan o’qish texnikalarini egallashlari, o’qigan yoki yozgan matnni va fikrni tushuna olishlari, bildirilgan fikrni yozma bayon qila olishlari kerak. Bu talablarni amalda qo’llab o’quvchilarda sinash uchun yangicha o’qitish tizimi va texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish talab etiladi. Hozirgi kunda o’quvchilarga bilim berish, o’rgangan bilimlarini oshirish va hayotiga amaliy tatbiq etishda mustaqil va loyiha ishlari uyushtirilmoqda. O’quvchilar bilim darajasini hisobga olgan holda asta sekin yuqori sinf materiallari bosqichma bosqich boshlang’ich sinflarga olib kirilmoqda. Zamonaviy asrda texnik vositalar bilan darsni yanada qiziqarli qilib o’tish, grammatik ta’limiy o’yinlardan foydalanish va ta’limga joriy etish juda ommalashmoqda. Ta’lim jarayonida turli xildagi mantiqiy topshiriqlar va interfaol metodlardan foydalangan holda dars mashg’ulotlari uyushtirilmoqda. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 592 Ona tili darslarida o’quvchilarga uzundan uzun grammatik qoidalarni yodlashga majbur qilmasdan, balki ularda o’z tilida erkin muloqot qilishi uchun va sof o’zbek tilida so’zlashishi uchun, mustaqil fikralishini, so’zdan lazzatlana olishini rivojlantirishimiz kerak. Ona tili fanidan kutilayotgan natija ham shu aslida. 4. XV asrdan XIX asrning 2-yarmigacha o’tgan davrda O’rta Osiyoda pedagogik, metodik fikr o’sdi. Bu davrda o’nga yaqin lug’atlar va tilshunoslik asarlari (Tali Imoniyning “Badoe al-lug’at”I (XV asr), Muhib Ali Shabluning “Lug’ati Navoiy”i (XVI asr), Mustafo Binni Sodiqning “Abushqa”si (XVI asr), Fazlulloxning “Lug’ati turkiy”i (XVIII), Mirza Mehdixonning “Sangloh”i (XVIII), Fatx Alixonning “Kitobi lug’ati atrokiya”si (XIX asr) yuzaga keldi. Ularda tovush va harf, imlo va talaffuz, so’z ma’nosi va tarjima kabi masalalarni o’zlashtirishga qaratilgan metodik fikrlar mavjud. 5. 1918-1923yillar oralig’i ona tili va adabiyoti faning rivojlanishi uchun asosiy yillar vazifasini bajardi. Bu yillarda maktablar uchun darsliklar o’quv rejalar tuzish uchun tajribali o’qituvchi va metodistlar shu tizimga qamrab olindi. 6. Dastlabki dastur V-VII sinflar uchun ona tili va adabiyot fanlaridan ishlab chiqilgan. Boshlang’ich sinflar uchun 1920-1921-o’quv yillari uchun chiqarilgan dastur birinchi dastur hisoblanadi. Biz yuqoridagilardan ko’rishimiz mumkinki, ona tili fani bugungi fan sifatida shakllanib rivojlanishi uchun juda murakkab bo’lgan yo’lni bosib o’tgan va hozirda ham shu yo’lda. Til vositasida o’quvchilar boshqa fanlarni ham o’zlashtirib og’izaki va yozma tarzda o’z fikrlarini bayon qilishadi. O’z tillarini mukkamal egallash shu til orqali amalga oshadi. 7. O‘quvchilarga maktabda ona tili fanini o’rgatmay turib biz ularga milliy til, an’ana, qadriyat, marosimlar, tarix haqida ma’lumot berolmaymiz va bu narsalarni o’rgata olmaymiz. Ona tili fani bu avlodlarni avlodlarga bog’lovchi zanjirdir, Sababi agar bizning yozma yodgorliklarimiz, yozma nutqimiz bo’lmaganda edi fan, texnika iqtisosdiyot va boshqa yo’nalishlarda bo’lgan yangiliklarni avlodlarga yetkaza olmagan bo’lardik. “Ma’lumki, o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. On atili bu - millatning ruhidir”,- deb muhtaram Birinchi Prezidentimiz ona tilini ulug’lagan edi. Ona tilimiz bo’lgan o’zbek tili maktab darsliklaridan joy olgunga qadar bir qancha yo’llarni bosib o’tdi. Ular quyidagi bosqichlarga bo’linadi: 1. Birinchi bosqich. 1910-1930-yillar. Bu davrda madrasad o’qigan bolalrga savod chiqargandan keyin, qofiya (grammatika) va qofiyaning bo’limlari: sarf(morfologiya) va nahv(sintaksis) o’rgatilgan. Bolalarning xat-savod chiqarishi, qiroatxonligiga katta e’tibor berilgan. 9. XX asrning boshlarida garchi hali ona tilimiz maktablarda fan sifatida o’rgatilmagan bo’lsa ham lekin o’quvchilarga til qoidalari o’rgatilar, ularning savodlarini chiqarish harakatlari boshlangandi. Bu yillarda Zahiriy, Fahriddinov kabi olimlarning tilga oid kitoblarida grammatik qoidalar berilayotgan edi. 1916-1917-yillarga kelib Zahiriyning “Imlo” kitobi maktablarda darslik sifatida o’rgatila boshalndi. 2. Ikkinchi bosqich.1930-1960-yillar. Bu davrga kelib ona tili fani yuksala boshlandi. Maktablar uchun maxsus darsliklar, o’quv qo’llanmalari ishlab chiqila boshalandi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 593 3. Uchinchi bosqich. 1960-1970-yillar. Bu yillar yana ona tilimiz uchun tarixda qolarlik yillar bo’ldi. Hatto yuqori sinflarga ona tili fani chuqurroq o’rgatila boshalandi. 4. To’rtinchi bosqich. 1970-1990-yillar. Anchayin o’zgarishlar, yangilanishlar olib kirilgan ona tilimizdagi ma’lumotlar darsliklarga kiritila boshlandi. V sinf darsligiga putktuatsiya va sintaksisga oid qoidalar kiritila boshlandi. So’z yasalishi bo’limi esa ajralib chiqdi. 5. Beshinchi bosqich. 1991-yildan keyingi davr. Bu davrning eng asosiy kashfiyoti bu ona tili to’g’risidagi konsepsiyani ishalb chiqilishidir. Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rganishga katta ahamiyat beriladi. Ona tili – nutq, o’qish va yozish sohasidagi ko’nikma va malakalar o’quvchilar o’quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o’qish ko’nikmalarini egallash bilan birinchi navbatda, o’z ona tilini o’rganishi zarur. Chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarni o’qitish vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham alohida rol o’ynaydi. Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o’qigan bola o’zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi. Muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang’ich sinfda asosiy o’rinni egallar ekan, har bir o’quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur. Boshlang’ich sinflarda ona tili mashg’ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1. O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog’liq holda ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish. 2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularni elementar o’qish va yozishga o’rgatish, bu kamchiliklarni malakaga aylantirish. 3. Adabiy til normalarini, ya’ni imloviy va punktuasiyasi savodli yozuvni, orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rganish nutq va uslubiy elementlarni egallash. 4. Grammatika, fonetika, leksikadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan ilmiy tushunchalarni shakllantirish. 5. O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda adabiy asarni idrok etish ko’nikmasini hosil qilish 10. Yuqoridagi vazifalarning barchasini ona tili fani asosiy predmet sifatida o’rgatadi. Ularda ifodalangan barcha mashg’ulotlar ona tili dasturida aks etgan. Dastur davlat hujjati hisoblanib, unda boshlang’ich sinf o’quvchisi o’rganishi lozim bo’lgan barcha bilim, ko’nikma va malakalar berilgan bo’ladi. O’qituvchi va o’quvchilar ona tili fanini shu dastur asosida olib boradilar va unda berilgan talablarga ko’ra ish tutadilar. Boshlang’ich sinflarning ona tili dasturi ikki qismdan iborat: 1. Uqtirish xati. 2. Asosiy qismi. Uqtirish xatida ona tili fanining tutgan o’rni, uning vazifalari ko’rsatilib, metodik yo’l yo’riqlar beriladi. 11 Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, ona tili juda uzoq yillar davomida, qanchadan qancha olimlarning fidoyiligi evaziga bugungi darajaga yetdi. Biz yoshlar bu fidoyiliklarni bilgan holda o’z ona tilimizni asrashimiz va bu boyligimizni kelajak avlodga hozirgidan ham mukammalroq ilib yetkazishimiz kerak. Zero, ona tili yashasa butun bir millat yashaydi. REFERENCES: 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T. : “Manaviyat”,2008. 2. G’ulomov A, Qodirov M, Ernazarova M, Bobomurodova A, Alavudinova N, Karimjonova V. ONA TILI O’QITISH METODIKASI.Toshkent-2012. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 594 3. Qosimova K. Matchonov S. G’ulomova X. Yo’ldosheva Sh. Sariyev Sh. ONA TILI O’QITISH METODIKASI.”Bayoz”Toshkent.2022.12-13-bet 4. Normatov U. “Ona tili o‘qitishning dolzrb muammolari”, -T.: 2008 y 5. www.pedagog.uz 6. www.tdpu.uz 7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ona_tili