ONA TILI FANIDA TEXNOLOGIYA ASOSIDA KREATIV FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH
Full text
156 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ONA TILI FANIDA TEXNOLOGIYA ASOSIDA KREATIV FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH Mengturayeva Sevinch Akmal qizi Eshboyeva E`zoza Abduvoxidovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta`lim 107BT-2024 guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17352349 Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish masalasi yoritilgan. Maqolada “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Venn diagrammasi”, “Insert” kabi interfaol metodlarning ahamiyati, shuningdek, interaktiv taxta, multimedia vositalari va onlayn platformalar yordamida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish yo‘llari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, texnologiya asosida tashkil etilgan dars jarayoni o‘quvchilarning nutq madaniyatini, mustaqil va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda ona tili faniga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Kalit so`zlar: ona tili, kreativ ko‘nikmalar, innovatsion metodlar, interfaol usullar, ijodiy tafakkur, lingvistik kompetensiya, mustaqil fikrlash, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik yondashuv Asosiy qism: Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma`naviyatining ajralmas qismi bo‘lib, shaxsni o‘z-o‘zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘p qirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilishda va o‘rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Kreativlik bevosita innovatsiyalar bilan bog‘liq jarayondir. Negaki o‘qituvchining kreativlik faoliyat yuritishi uchun, u albatta o‘zining sohasidagi eng so‘nggi yangiliklardan, shu bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan boxabar bo‘lishi, innovatsion yangiliklarni o‘z faoliyatida o‘rinli foydalana olishi lozim. Demak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi har qanday vaziyat, har qanday jarayon va har qanday paytda eng samarali yo‘lni izlab topishi va uni amaliyotga joriy qilish orqali dars jarayonini samarali tashkil etishi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga tez, tushunarli, qulay, oson va samarali tarzda yetkazib berishi ham kreativlikning bir ko‘rinishi deyish mumkin. Ta’limning asosiy roli o‘quvchilarni jamiyatda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalar bilan ta’minlashdan iborat. Lukas va Spenserning fikricha: “Kreativ fikrlash bugungi yoshlarning rivojlanishlari uchun kerakli kompetensiya hisoblanadi 1 [1]. Bu ularga globallashuv sharoitida jadallik bilan o‘zgarib borayotgan, savodxonlik va raqamlash ilgari surilgan hamda “21-asr” ko‘nikmalariga ega moslashuvchan ishchilarni talab qiladigan dunyoga moslashishga yordam beradi. Kreativ fikrlashni o‘rgatish bugungi kun o‘quvchilari va yoshlariga dolzarb muammolarni yechish uchun yangi texnologiyalardan foydalangan holda hali yaratib ulgurilmagan sektorlarda yoki vazifalarda ishlash, shu bilan birga mashinalar bajara olmaydigan ishlarni osonlikcha amalga oshira olish hamda murakkab mahalliy va global muammolarning yechimini topish qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi . Boshlangʻich 1 Abdurasulova A.M “Texnologiya fani bo‘yicha kreativ qobilyatlarni rivojlantirish metodik tavsiyalari” 2022. Samarqand ilmiy anjumanlar to‘plami.
157 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz sinflarda kreativ oʻqish madaniyatini shakllantirishning pedagogikpsixologik va gender xususiyatlarini aniqlagan F.A.Xayitova o’z izlanishlarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining kreativ oʻqish madaniyatini shakllantirish yoki kreativ oʻqish deganda istalgan oʻquv fani doirasida qoʻllash mumkin boʻlgan ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshlangʻich bilimlar sohasi tushunilishini ilmiy jihatdan asoslaydi. Olima tadqiqot obyekti bilan bogʻliqlikda “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining kreativ oʻqish madaniyatini shakllantirish” deganda “oʻquvchilarni turli oʻquv topshiriqlarini bajarishi, vaziyatlarni hal etishda noodatiy yondashuvni tarkib toptirish, yangi gʻoya va nuqtai nazarlarni erkin ifoda etish, fikrning egiluvchanligi va tasavvurning boyliligini tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayon tushuniladi”, - degan xulosaga keladi. Pedagogik-psixologik nuqtai nazardan, F.A.Xayitova kreativ oʻqish madaniyatiga tushunchasiga quydagicha izoh beradi: “kreativ oʻqish madaniyati – shaxs va jamiyat qiziqishlari bilan bogʻliqlikda oʻzgaruvchan ijtimoiy-madaniy shart sharoitlar doirasiga taalluqli vazifalarni hal etishda insonning konstruktiv va original fikrlashga tayyorligidir”. Olimaning fikrlarini rivojlantirgan holda biz ham ona tili darslarida o’quvchilarning kreativ ko’nikmalarini turli oʻquv topshiriqlarini bajartirish orqali, o’quv muammoli topshiriqlarni, muammoli vaziyatlarni hal etishda noodatiy yondashuvni tarkib toptirish, yangi gʻoya va nuqtai nazarlarni erkin ifoda etish, fikrning egiluvchanligi va tasavvurning boyliligini tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayonni tashkil etish imkoniyatlaridan samarali foydalandik. Ona tili darslarida oʻquvchilarning evristik qobiliyatini rivojlantirish masalalari xususida izlanishlar olib borgan tadqiqotchi R.Xurramov ogʻzaki mashqlarni ona tili darslarida qo’llash oʻquvchilarning fikrlash doirasini rivojlantirishda muhim oʻrin egallashini ta’kidlaydi. Uning fikricha “Ogʻzaki mashqlar oʻquvchilarga hodisaning mohiyatini tezda koʻrish, tushunish va uning bajarilishini toʻgʻri izohlay olish imkoniyatini beradi. Yozma mashqlarni bajarish davomida esa, ona tili darslarida oʻquvchilar voqea hodisaning mohiyatini anglab olishga qiynaladilar. Ogʻzaki mashqlar sinfdagi har bir oʻquvchi bilan individual ishlashga imkoniyat yaratadi” 2 [3].Demak, ogʻzaki mashqlarni oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyani qoʻllash vositasi hamda oʻquvchilarning fikrlash faoliyatini rivojlantirish, oʻquv jarayoni mahsuldorligini oshirish borasida katta imkoniyatlarga ega. Ona tili ta’limida oʻquvchilarning evristik qobiliyatini rivojlantirishda ijodiy izlanishlar, oʻqitishning nazariy asoslari toʻgʻrisidagi bilimlarning keng tizimiga tayangan holda muvaffaqiyatli sanaladi. Kreativ koʻnikmalarini samarali rivojlantirish uchun boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan fanlar boʻyicha integratsiya qilish muhimdir. Shuningdek, kreativ koʻnikmalarni mustaqil tarzda rivojlantirish sifatida ona tili fanidan sinfdan tashqari ishlar (to’garak) dasturiga kiritish oʻquvchilarga kreativ koʻnikmalarini real sharoitda qoʻllash imkonini beradi. Ushbu fanlararo yondashuv talabalarni muammolarni turli nuqtai nazardan tahlil qilishga undaydi va ularning kreativ koʻnikmalarini kelajakdagi faoliyatiga oʻtkazish uchun sharoit yaratadi. Ona tili darslarida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonini modellashtirish zarurati uning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘quvchilarda yangi g‘oyalarga intilishda va 2 Iѕhmuradova G., Raхmatov A. Teхnologik ta’lim o‘qituvchiѕining didaktik va teхnologik komрetenѕiyalarini takomillaѕhtiriѕh, monografiya INTELLEKT: 2022.-134 b
158 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz o‘rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o‘zgartirish, ularning tasavvurlarni ta’sirchan tarzda ifodalash, bilim olishni rag‘batlantiruvchi, original va samarali yechim topishga yo‘naltiruvchi g‘oyalarni shakllantirish, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarish, o‘quvchilarning g‘oyalar yaratish jarayonida qay darajada ishtirok etishi, g‘oyalarning ahamiyati va yangiligini inobatga olib, ularga nisbatan o‘z munosabatlarini qay tartibda bildirishini va o‘zlari kutgan natijaga erishmagunga qadar g‘oyalarni yaratishda davom etish jarayini bilan bevosita bog‘liqliq. Ona tili darslarida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonini modellashtirish metodologiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish uning pedagogik shartsharoitlari, imkoniyatlarini aniqlashga, o‘quvchilarda kreativ ko‘nikmalarni yanada rivojlantirishning maqbul shakl, usul, vosita va yo‘llarini aniqlashga yordam berdi, o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish sifati va motivatsiyasi barqarorligini ta'minlash kabi vazifalarni hal qildi. O‘quvchilarning kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarda o‘quv-tarbiya jarayoni natijaviyligiga alohida e’tibor qaratilib, takomillashtirilgan metodik tizimni ishlab chiqish zarurligiga urg‘u berilmoqda. Ushbu tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida takomillashgan metodik tizimni yaratishga oid ilmiy jihatdan asoslangan takliflar, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish, muloqot va o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyalarini shakllantirishga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Xulosa: Pedagogik innovatsiyalarni tabiiy fanlar ta’limiga tatbiq etish o‘quvchilarda nafaqat bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantiradi. STEAM integratsiyasi esa fanlararo aloqadorlikni mustahkamlab, o‘quvchilarning ilmiy izlanishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Shu tariqa, tabiiy fanlarni o‘qitish jarayoni zamonaviy, interfaol va samarali bo‘ladi. Ona tili fanida texnologiyalardan foydalanish o'quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Interaktiv darslar, multimedia resurslari, raqamli vositalar va sun'iy intellekt (SI) texnologiyalari o'quvchilarga mavzuni yanada chuqurroq tushunishga, ijodiy g'oyalar o'ylab topishga va o'z fikrlarini erkin ifoda etishga yordam beradi. Muhimi, texnologiyalardan maqsadli foydalanish, o'quvchilarga to'g'ri yo'nalish berish va ularning fikrlarini inobatga olishdir. Shunday ekan, texnologiyalarni dars jarayoniga integratsiya qilib, o'quvchilarning kreativ salohiyatini rivojlantirish va ularni XXI asr ko'nikmalariga ega bo'lishiga ko'maklashishimiz mumkin. References: 1. Abdurasulova A.M “Texnologiya fani bo‘yicha kreativ qobilyatlarni rivojlantirish metodik tavsiyalari” 2022. Samarqand ilmiy anjumanlar to‘plami. 2. Iѕhmuradova G., Raхmatov A. Teхnologik ta’lim o‘qituvchiѕining didaktik va teхnologik komрetenѕiyalarini takomillaѕhtiriѕh, monografiya INTELLEKT: 2022.-134 b. 3. Kadirova N.M “ Texnologiya fani darslarida o‘quvchilar kreativ faoliyatini tashkil etish masalalari” 2020 Toshkent 4. Xayitova Firuza Abdullaevna. Boshlangʻich sinflarda kreativ oʻqish madaniyatini shakllantirish texnologiyalari. Avtoreferat. Toshkent 2023 yil. 28 – b.