scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FAOLIYATGA YO'NALTIRILGAN SAMARALI METODLAR USULI

Yo'ldosheva Surayyo

Full text

191 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz FAOLIYATGA YO’NALTIRILGAN SAMARALI METODLAR USULI Yo‘ldosheva Surayyo Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakuklteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi 3-kurs (tojik) [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17355391 Annotatsiya: Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo’llash tobora keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo’llash ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarning o’qish motivlarini o’stiradi. “Innovatsiya” inglizcha – innovation yangilik yaratish, yangilik ma’nolarini anglatadi. Bunda an’anaviy ta’limdagi kabi bir xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayoninig ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalaniladi. Mashg’ulotlar jarayonida pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o’quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini muvaffaqiyatli amlga oshirishga yordam beradi. Ta’lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun, avvalo, darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. Kalit so’zlar: Dars loyihasini tuzishda o'qituvchi o'zining ish shakllari va o’quvchilarning ko’nikmani egallash jaroyonidagi ishlari doirasini aniq belgilab olishi lozim. Shuningdek, uning qanday o’qitish metodlaridan foydalanishi ham muhim ahamiyatga ega. Annotation: nowadays, the application of innovative technologies and interactive techniques in the educational process is becoming more and more widespread. The use of such techniques increases educational effectiveness and effectiveness, cultivating students ' reading motives. "Innovation" in English – innovation refers to the meaning of innovation, innovation. It uses a form of work aimed at increasing the effectiveness of the educational process on the basis of innovations, and not on the basis of the same templates as in traditional education. Building on pedagogical technologies and striving for innovation in the process of training, the use of various interactive techniques aimed at activating students will help to successfully increase the educational goal to AML. To organize the educational process using innovative methods, first of all, it is necessary to clearly develop the plan and project of the lesson. Keywords: when drawing up a lesson project, the teacher has his own forms of work and arrow. Аннотация: В настоящее время использование инновационных технологий и интерактивных методов в образовательном процессе приобретает все более широкий размах. Применение таких методов повышает эффективность и результативность обучения, повышает мотивацию учащихся к обучению. "Инновация" по – английскиинновация означает создание инноваций, инновации. При этом используется форма работы, направленная на повышение эффективности образовательного процесса на основе инноваций, а не на основе тех же шаблонов, что и в традиционном образовании. Опираясь на педагогические технологии и стремясь к инновациям в процессе обучения, использование различных интерактивных методов, направленных на активизацию учащихся, способствует успешной реализации образовательной цели ООП. Для организации образовательного процесса с использованием инновационных методов необходимо, прежде всего, четко разработать план и проект урока. 192 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Ключевые слова: формы и ось работы учителя при составлении проекта урока FSMU texnologiya: Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahsmunozaralar o’tkazishda yoki umumlashtirish darslarida , yoki o’quv rejasi asosida biror bo’lim o’rganib bo’lingach, qo’llanilishi mumkin. Bu texnologiya o’quvchilarning o’z fikrini himoya qilish, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazish, ochiq holda bahslashishga va yana o’quvchilarni o’quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etish, baholash hamda tinglovchilarni bahslshish madaniyatiga o’rgatishi bilam ahamiyatlidir. Qo’llashdan maqsad: Mazkur texnologiya o'quvchilarning ularga tarqatilgan oddiy qog'ozga o'z fikrlarini aniq va qisqa ifodalab, tsdiqlovchi dalillar yoki inkor qiluvchi fikrlarni o’z o’rnida bayon etishga yordam beradi. O’tkazish texnologiyasi: U bir necha bosqichda o’tkaziladi. 1-bosqich:O’qituvchi o’quvchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo’lgan muammoni, shuningdek, o’rganilgan bo’limni belgilab oladi; U o’quv mashg’ulotida avval har bir o’quvchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat, dars oxirida jamoa bo’lib ishlashi haqida kerakli ma’lumotlarni beradi; Mashg’ulot davomida har bir o’quvchi o’z fikrini mustaqil va erkin holda, to’liq bayon etishi mumkinligi eslatib o’tiladi. 2-bosqich: Har bir o’quvchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog’ozlar tarqatiladi: F - Fikringizni bayon eting. S – Fikringizni bayoniga sabab ko’rsating. M – ko’rsatgan sababingizni isbotlab misol ( dalil ) keltiring. U – fikringizni umumlashtiring. Ular yakka tartibda tarqatilgan qog’ozdagi FSMUning barcha bosqichini o’z fikrlarini yozma bayon rtgan holda to’ldiradilar. 3-bosqich:Har bir tinglovchi o’z qog’ozlarini to’ldirib bo’lgach, o’qituvchi ularni kichik guruhllarga bo’linishlarini aytadi yoki o’zi bu vazifani bajaradi, ya’ni turli guruhlarga bo’lish usullaridan foydalangan holda tinglovchilarni kichik guruhlarga bo’lib yuboradi. Har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan kata formatdagi qog’ozlar tarqatiladi; O’qituvchi kichik guruhlarning har birlari yozgan qog’ozlardagi fikr va dalillarni kata formatdagi qog’ozga umumlashtirgan holda 4 bosqich bo’yicha yozishlarini taklif etadi. 4-bosqich: Kichik guruhlardagi har bir o’quvchi barcha bosqichga doir o’zi yozgan fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o’tadi. Guruh a’zolarining jami fikri o’rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi. Guruh a’zolari FSMUning 4 bosqichi bo’yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik ko’radilar. Fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir o’quvchi o’z fikrini himoya etishi, isbotlashi lozim bo’ladi. 5-bosqich: Kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarni himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni iloji boricha izoh bermagan holda alohida o’qiydi. Ba’zi bo’limlarni isbotlashi ya’ni guruhning aynan nima uchun shu fikrga kelganini aytib o’tishi mumkin. 193 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 6-bosqich; O’qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydi, guruh a’zolari fikriga o’z munosabatini bildiradi; Shundan so’ng o’quvchilarga quyidagi savllor bilan murojaat qiladi: - Ushbu mashg’ulot yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarni o’rgandingiz? - Ushbu texnologiyani o’quv jarayonida qo’llash qanday samara berdi?Sizningcha, qo’lga kiritilgan natijalar qanday ahamiyatga ega? Tarqatma materialning taxminiy nusxasi (F)- fikringizni bayon eting. (S)- fikringiz bayonida biror sabab ko’rsating. (M) – ko’rsatgan sababingizni isbotlab misol ( dalil ) keltiring. (U) – fikringizni umumlashtiring Trening “ Muloqot” Ushbu trening o’quvchilarning dars jarayonida mustaqil fikrlashiga, o’z fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, odatda bunday mashg’ulotlar tinglovchilarni kichik guruhlarga bo;lgan holda o’tkaziladi. Tanlangan mavzu, muammo asosida o’quvchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo’lgan munosabtlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy umumiy fikrga kelishlariga va to’g’ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin bahslashishlariga sharoit yaratish asosiy maqsad qilib qo’yiladi. References: 1. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv asosida o‘qitish jarayonini loyihalash texnologiyasi. Savriyeva Iqbol Bahodirovna 2. Interfaol ta’lim usullari. Sh.K.Shayakubov, R.X.Ayupov (o‘quv qo‘llanma) 3. https://in-academy.uz/index.php/yopa/article/download/16296/11301/13910 4. https://uzresearchers.com/index.php/ijrs/article/download/99/80/153 5. https://interscience.uz/index.php/home/article/download/3710/3410/8712