scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SODDA GAP VA ULARNING MURAKKABLASHUVI

Rustamov Mirjalol Azamat o'g'li, SamDCHTI, O'zbek tili, jurnalistika va kompyuter lingvistikasi kafedrasi o'qituvchisi

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilida sodda gaplar tahlil qilingan. Bundan tashqari uyushiq sodda gaplarning yuzaga keltiruvchi birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilish tadqiqi xususida bahs-munozaralar yuritilgan. Kalit so‘zlar: sodda gaplar va uning turlari, grammatik shaxs, zamon, kommunikativlik, ifoda maqsadi, modallik kategoriyalari, egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar.

Full text

SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 8. 19 SODDA GAP VA ULARNING MURAKKABLASHUVI Rustamov Mirjalol Azamat o‘g‘li, SamDCHTI, O‘zbek tili, jurnalistika va kompyuter lingvistikasi kafedrasi o‘qituvchisi, [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek tilida sodda gaplar tahlil qilingan. Bundan tashqari uyushiq sodda gaplarning yuzaga keltiruvchi birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilish tadqiqi xususida bahs-munozaralar yuritilgan. Kalit so‘zlar: sodda gaplar va uning turlari, grammatik shaxs, zamon, kommunikativlik, ifoda maqsadi, modallik kategoriyalari, egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar. Obyektiv borliq va unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilib, nisbiy tugal fikr yoki his-tuyg‘u anglatib, tugal intonatsiyaga ega bo‘lgan so‘z hamda grammatik qonun-qoidalar asosida o‘zaro birikkan so‘zlar bog‘lanmasini biz gap deb ataymiz. Gapning grammatik kategoriyasi gapni gap bo‘lmagan boshqa birliklardan farqlab turgan kategorial ma’no va bu ma’noni ifodalovchi shakllar tizimi sifatida, birinchi navbatda, gapning grammatik kategoriyasi sifatida predikativlikdir. Predikativlik bir butunlik sifatida bir necha uzvlardan: grammatik shaxs, zamon, kommunikativlik, ifoda maqsadi, modallik kategoriyalaridan tashkil topadi. Gaplar kommunikativ maqsadga ko‘ra, emotsionallikka, voqelikka, bosh bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra, tuzilishiga ko‘ra tasnif qilinadi. Tasnifda gapning tashqi tomoni – tuzilishi va ichki tomoni – mazmuni hisobga olinadi. Gaplar tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: sodda gaplar va qo‘shma gaplar. Sodda gaplarning struktura asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni ifodalaydi. Qo‘shma gaplarning struktura asosida esa ikki yoki undan ortiq gap bo‘lib, bir murakkab fikrni ifodalaydi. Ammo, gap deganda, odatda sodda gap tushuniladi: “Biz gap SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 8. 20 deganda asosan sodda gapni nazarda tutamiz. U odatda grammatik jihatdan so‘z birikmasiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Qo‘shma gaplar – sodda gaplarning sintaktik aloqa asosidagi o‘zaro birikishidan tashkil topadi. Demak, sodda gap alohida sintaktik birlik bo‘lsa, qo‘shma gap esa boshqa bir alohida sintaktik birlikdir”. 1 Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: Egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar: Biz kecha konsertga bordik – kecha konsertga bordik. Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirok etishiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: sodda yig‘iq gap (Malika kirib keldi), sodda yoyiq gap: (Malika darvozadan shoshilgancha kirib keldi). Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko‘ra esa ikkiga bo‘linadi: egasi mavjud gaplar (Biz yangi kinoni tomosha qildik.) va egasiz gaplar (Yangi kinoni tomosha qildik). Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirok etgani yoki etmaganiga ko‘ra: sodda yig‘iq gaplar (Kamola kirib keldi.), sodda yoyiq gaplarga (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi.) bo‘linadi. Gapda so‘zlar o‘zaro grammatik munosabatga kirishib, gap bo‘laklarini hosil qiladi. Gap bo‘laklari vazifasini mustaqil so‘zlargina bajaradi. Har bir gap bo‘lagi boshqa gap bo‘laklari bilan bo‘lgan grammatik munosabatlariga ko‘ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo‘lagi o‘zi munosabatga kirishgan so‘z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo‘ladi. Masalan, “Muxlisa kecha uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi - gapida quyidagi gap bo‘laklari mavjud: Muxlisa (kim?) - ega, kechagi (qachongi? qaysi?) - aniqlovchi, uchrashuv haqida (nima haqida?) – to‘ldiruvchi, zavqlanib (qay tarzda?) - hol, gapirdi (nima qildi?) - kesim. So‘zlar quyidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1) Muxlisa gapirdi; 2) zavqlanib gapirdi; 3) uchrashuv haqida gapirdi. Kesim xususida so‘z borar ekan, kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markaz hisoblanadi. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish harakatning 1 Нурмонов А., Аxмедов А., Махмудов Н., Солиxўжаева С. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. – Тошкент: Фан, 1992. –Б.7. SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 8. 21 bajaruvchisini ko‘rsatib keladi. Kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: fe’l kesim va ot kesimga bo‘linadi. Tuzilishiga ko‘ra esa sodda kesim va murakkab kesimga bo‘linadi. Murakkab kesim ikki yoki undan ortiq so‘z bilan ifodalanadi: Ayozli kunlar asta-sekin o‘tib boryapti. Murakkab ot kesimlar ot+bog‘lama vazifasida kelgan yordamchi fe’l yoki ko‘makchi fe’l tarzidagi qo‘shilishdan hosil bo‘ladi. Bunda asosiy ma’no otdan anglashiladi. Bog‘lama kesim bilan egani bog‘lovchi so‘zlardir. Ular mustaqil ma’nosini to‘la yoki qisman yo‘qotib, yordamchi vazifaga ko‘chgan so‘zlardir. Bularning vazifasi fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘shilib, kesimni shakllantirishdir, ya’ni mayl, zamon, shaxs son ma’nolrini ifodalashdan iborat. Kesimni shakllantirishga xizmat qiladigan bunday bog‘lamalar bo‘l, qil, edi, ekan, emish, hisoblan, sana kabi yordamchilardir. Kerak, zarur, darkor so‘zlari ham bog‘lama vazifasida qo‘llanadi. Xursand edi, qiziqarli bo‘ldi, yaxshilik qildi, obod qildi, ozod bo‘ldi, oz emish, xursand bo‘ldi, to‘g‘ri chiqdi, ko‘p edi. Kesim birikmalar va iboralar bilan ham ifodalanadi. Kengaygan birikma va iboralar gapda yaxlit holda bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi va o‘z ichida boshqa bo‘laklarga ajratilmaydi: Vazifamiz – bilim maskanlarida hamisha a’lo o‘qish. Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad – milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. Baquvvat xotiraning mohiyati – unutmaslik. Komil insonlardagi olijanob xislat – o‘tmishni unutmaslik. Gapning sintaktik qatlami tahlil qilinganda gapda ega yoki kesimning muhim ahamiyatga ega ekanligi ham ayrim bahslarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. A. G‘ulomov va M. Asqarovalar bu haqda shunday deydi: “Bosh bo‘laklar gapning asosini tashkil etadi: ular gap konstruksiyasining asosidir, markazidir – gapdagi ikki uyushtiruvchi markazdir. Lekin bosh bo‘laklarning yolg‘iz o‘zi ham mustaqil gapni tashkil qiladi, biroq ba’zi o‘rinlarda ularning o‘zidan to‘liq fikr ifodalanmaydi”, deb yozadilar. Bu olimlar egani hokim tarkibning grammatik markazi, shuningdek, uni tobe SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 8. 22 tarkibdagi bosh bo‘lakka – kesimga ham hokimdir, deb ta’kidlashadi 2 . Kesim haqidagi bunday talqin 1980-yillargacha, ya’ni fanimizga sistem-struktur sintaktik tadqiqotlar kirib kelgunga qadar davom etib keldi. Ammo H. Ne’matov, N. Mahmudov, A. Nurmonov, R. Sayfullayeva, M. Abuzalova kabi o‘zbek hamda boshqa xorijiy tadqiqotchilarning ishlarida kesimning mavqyeyi yangicha baholandi – kesim gap qurilishidagi mutloq hokim bo‘lak, gap markazi sifatida talqin etildi". 3 Formal grammatikada (fanimiz asoschisi profеssor A.G‘ulomov bo‘lgan yo‘nalishda) gap bo‘laklarni bosh bo‘laklar (ega va kеsim), ikkinchi darajali bo‘laklar (aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol) va gap bo‘laklari mavqеida bo‘lmagan, lеkin uni murakkablashtirishga xizmat qiluvchi undalma, kirish, kiritma hamda ajratilgan bo‘laklar sifatida tasnif etish qabul qilindi. A.Sayfullaеv tadqiqotlarida esa undalma va kiritmalar uchinchi darajali bo‘laklar sifatida talqin etilgan edi. Dеmak, formal grammatikada gap bo‘laklari quyidagicha joylashtirilgan holda o‘rganilgan: 1.Bosh bo‘laklar(ega, kеsim ). 2.Ikkinchi darajali bo‘laklar (aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol). 3.Uchinchi darajali yoki murakkablashtiruvchi bo‘laklar (undalma, kiritma, ajratilgan bo‘laklar). 2 Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Тошкент: Ўқитувчи, 1987. – Б.72-77.; Жигадло В.Н., Иванова И.П., Иофик Л.Л. Современный английский язык (теоретический курс грамматики). - М.: Лит. на иностр. языке, 1956. – С.244. 3 Теньер Л. Основа структурного синтаксиса: Перевод с франц. – Редкол.: Г.В.Степанов (Предисловие) и др. - Вступ. статья и общ. ред. В.Г. Гака. - М.: Прогресс, 1988. - 656 с. ; Ne'matov H., Mahmudov N., Sayfullaeva R., G‘ulomov A., Abduraimova M. Ona till. 8-sinf uchun darslik. – Toshkent, 2002. – B.37. SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 8. 23 Formal grammatikada gap bo‘laklarini bеlgilashda nutq voqеlangan gapning zaruriy va qo‘shimcha – zaruriy qismni to‘ldiruvchi, uni muayyanlashtiruvchi qismlarga ajratish tamoyiliga tayaniladi. Nutqda voqеlangan va so‘zlar kеtma-kеtligidan iborat bo‘lgan gap bo‘laklarini zaruriy va qo‘shimcha (to‘ldiruvchi, muayyanlashtiruvchi, murakkablashtiruvchi) qismlarga ajratish va shu jihatdan gap bo‘laklarining yuqoridagi iеrarxiyasini bеrish o‘z ichida ma’lum bir mantiqiy qarama-qarshilikka egadir. Chunki, A.Sayfullaеv to‘g‘ri ta’kidlaganidеk, voqеlangan qismlar kеtma-kеtligidan iborat bo‘lgan bir yaxlit sistеmada - nutqiy gapda zaruriy va nozaruriy bo‘laklarni ajratish to‘g‘ri emas. Voqеlangan gapda, ma’lum bir matn ichida gap uchun kеraksiz qism bo‘lishi mumkin emas. Agar gap dеganda nutqiy voqеlangan gap emas, balki fikrni shakllantirish, uni uzatish va qabul qilishning eng kichik birligi qurilishi, ya’ni gap qolipi (modеli) tushunilsa, tabiiyki, unda holat tamoman o‘zgaradi. Gapning kichik qolipi nutqda voqеlanganda, albatta, uning tarkibida ham zaruriy, ham qo‘shimcha qismlar bo‘lishi, tabiiy. Agar formal grammatika bosh bo‘laklar dеganda gapning eng kichik qurilish qolipining zaruriy qismlarini nazarda tutgan bo‘lsa, unda bu qarash bugungi tilshunosligimizda formal-funksional (shaklvazifaviy) sintaksis namoyandalari asoslab bеrganidеk, ega kеsim bilan bir darajada, hatto kеsimdan yuqori mavqеda bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun grammatikada gap bo‘laklari va ularning iеrarxiyasini izchil, mantiqiy nuqtayi nazardan muayyanlashtirish vazifasi kun tartibida turadi. Gapning bosh bo‘laklaridan bo‘lgan kesim va uning mavqeyi haqida keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida qator tadqiqotlar yuzaga keldi. Ayniqsa, V.Egamberdiyev, J.Omonturdiyev tadqiqotlaridan so‘ng va ular asosida substansial tadqiq usullarida ish olib borgan M.Abuzalova, R.Sayfullayeva, L.Raupova, R.Bobokalonov kabi tadqiqotchilarning ishlarida, oliy va o‘rta maktab darslik va qo‘llanmalarida ham maxsus bo‘lmasa-da, yo‘l-yo‘lakay kesim haqida bahs bordi. Mazkur olimlarning tadqiqotlarida kesimning o‘ziga xos morfologik belgilarga ega ekanligi, kesimni ifoda etadigan so‘z o‘zining grammatik SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 8. 24 strukturasi bilan boshqa bo‘laklardan ajralib turishi, ba’zi bir gaplarda ega maxsus so‘z bilan ifodalanmasa-da, kesim orqali egani aniqlash mumkinligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, faqat kesimdan iborat so‘z-gap bo‘lib kelishi mumkinligi, buning uchun u kesimlik maqomiga ega bo‘lishi lozimligi bayon qilindi. Tadqiqot ishimiz bo‘yicha olib borilgan kuzatishlar mobaynida kesimni o‘rganish borasida bir qancha ilmiy ishlar olib borilganiga guvoh bo‘ldik. Jumladan, S.Nurmonovaning “O‘zbek tili gap qurilishida struktur va chiziqli tartib munosabati” deb nomlangan nomzodlik dissertatsiyasida predikatlarning konstitutiv bo‘lmagan aniqlovchilarining ikki ma’nosi: xarakterlovchi va situativ ma’nolarining qarama-qarshi qo‘yilishi sintaktik qimmatga ega: birinchi turi kesim bilan chambarchas bog‘lansa, ikkinchi turi kesim bilan juda kuchsiz bog‘langani holda, gapning umumiy mazmuni bilan bog‘langani va shuning uchun bunday bo‘laklarni V.V.Vinogradov “gapni yoyiq tusga kirituvchilar” deb hisoblaydi degan fikrlarni aytadi. Shuningdek N.Yu.Shvedova esa mazkur fikrni determinantlar haqidagi ta’limotida yanada rivojlantirganligini keltirib o‘tadi. 4 Ba’zan gap bo‘laklarini belgilashda uning qaysi so‘z turkumiga taalluqli ekanligi ham e’tiborga olinadi. Lekin bu usul ham to‘liq asos bo‘la olmaydi. Ega va kesim gapning grammatik asosi hisoblanadi. Gapni gap bo‘laklariga ajratishda bir necha usullardan foydalaniladi. Ulardan ko‘p qo‘llaniladigani gap tarkibidagi so‘zlarga so‘roq berish usulidir. Biroq, bu usul har doim ham o‘zini oqlamaydi. Chunki gapda so‘roqqa javob bo‘la oladigan, ammo gap bo‘lagi vazifasida kelmaydigan bo‘laklar – undalmalar ham ishtirok etadi. Masalan: Bolalar, ilm olish – yuksalishdir. Gapida bolalar so‘zi so‘roqqa javob bo‘lsada lekin gap bo‘lagi vazifasida kelmagan. Shuningdek gapni gap bo‘laklariga ajratishda ularning grammatik shakliga ham e’tibor beriladi. Ammo bu usul ham to‘liq o‘zini oqlamaydi. Masalan, qaratqich kelishigidagi so‘z qaratqichli 4 S.Nurmonova. O‘zbek tili gap qurilishida struktur va chiziqli tartib munosabati: Филол.фан.номз….дисс.– Andijon, 2014. –Б.55. SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 8. 25 aniqlovchi vazifasini bajarishi mumkin, ammo jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi so‘zlar to‘ldiruvchi ham, hol ham bo‘lishi mumkin. S.Nurmonova, shuningdek, V.A.Beloshapkovaning gap bo‘laklari haqidagi fikrlarini umumlashtirib, quyidagi chizmani beradi: 5 O‘zbek tilshunosligida bosh bo‘laklarning xususiyatlari mukammal darajada tadqiq etilgan va bu masalaga bag‘ishlangan bir qator ilmiy ishlar mavjud. Ushbu tadqiqot ishlarida eganing tarkibi, tuzilishi haqida fikr-mulohazalar bayon etiladi. Xususan, A.R.Sayfullayev gap bo‘laklarining semantik-leksik xususiyatlarini 5 Nurmonova. O‘zbek tili gap qurilishida struktur va chiziqli tartib munosabati: Филол.фан.номз….дисс. –Andijon, 2014. –B.56. Predikativ asosga kiruvchi bo‘laklar Nominativ minimumga kirmaydigan Predikativ asosga kirmaydigan bo‘laklar GAP BO‘LAKLARI Predikativ kategoriyani tashuvchi bo‘lak Predikativ kategoriya mavjud bo‘lmagan bo‘lak Nominativ minimumga kiruvchi bo‘laklar Predikat bo‘lmagan aniqlovchila Kesim Predmet otlar (aktantlar) Predikatning konstitutiv aniqlovchila Predikat aniqlovchila ri Bir sostavli bosh gap bo‘lagi Situativ ma’no ifodalovchi Xarakterlov chilar “o‘ng” “chap” “o‘ng” “chap” SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 8. 26 tadqiq etar ekan, egani tuzilishiga ko‘ra uch turga bo‘ladi: sodda, qo‘shma va murakkab egalar. Shuningdek, ega leksik-semantik belgilariga ko‘ra olti guruhga ajratiladi: shaxs; predmet; belgi; miqdor; harakat-holat; o‘rin-joy tushunchasini bildiruvchi egalar. 6 A.Safayev o‘zbek tilidagi gapning bosh bo‘laklarini tadqiq etgan bo‘lsa-da, tilshunos eganing tuzilishiga ko‘ra turlarini farqlamagan edi. Chunki tilshunos gapning bosh bo‘laklarini ularning ishtirok etish-etmasligi nuqtayi nazaridan tadqiq etgandi. 7 Sodda gap tarkibida kesimlik shakllariga ega bo‘lgan bitta kesim mavjud bo‘ladi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo‘laklar shu kesim atrofida birlashadi. Qo‘shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyushmagan) kesim bo‘ladi. Grammatik asoslarning miqdoriga ko‘ra gaplar sodda (bir grammatik asosli) va qo‘shma (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo‘linadi. Qiyoslang: Bu shaharda tanish-bilish yo‘qligi Mardonovga shu bugun bilindi. Kampirning ko‘zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi. Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: egasi mavjud gaplar (Biz yangi filmni tomosha qildik.) va egasiz gaplardan iborat (Yangi filmni tomosha qildik). Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirok etgani yoki etmaganiga ko‘ra: sodda yig‘iq gaplar (Muxlisa kirib keldi.), sodda yoyiq gaplarga (Muxlisa darvozadan shoshilib kirib keldi.) bo‘linadi. Sodda gaplarning nutqda murakkablashish xususiyati mavjud. Bu murakkablashuv undalmalar (murojaat shakllari), kirish bo‘laklar, kirish gaplar va boshqa vositalar orqali amalga oshadi. Mazkur murakkablashuv jarayoni sintaktik qurilma sanalmish sodda gapga mazmunan emotsionallik, badiiylik, ta’sirchanlik baxsh etadi. Ushbu birliklarning gap qurilishi bilan bog‘liq jihatlari o‘zbеk tilshunosligida kеng tadqiq etilgan. 6 Сайфуллаев A.Р. Семантико-грамматическые особенности членов предложения в современном узбекском литературном языке. – Ташкент: Фан, 1984. –С.37-42. 7 Cафаев A. Главные члени предложения в современном узбекском языке. – Ташкент: СAГU, 1958. SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 8. 27 Ma’lumki, undalma so‘zlovchi bilan tinglovchining o‘zaro munosabatini bildiradi. U gap tarkibida kelib, o‘zi ishtirok etgan gapning mazmuniga tegishli bo‘ladi. Undalma gap bo‘laklaridan farqli ravishda maxsus intonatsiya bilan ajratib aytiladi. Undalmaning umumiy tasnifi, leksik-semantik xususiyatlari, morfologiksintaktik ifodalanishi, tarkibi, gapdagi o‘rni va undalmada ohang maxsus tadqiq qilingan. Shuni ham ta’kidlash lozimki, murojaat shakli xalqning o‘zligini anglashi qay darajada ekanligini ko‘rsatuvchi mеzonlardan biridir. Kiritmalar ham sodda gap tarkibini murakkablashtiruvchi hamda muayyanlashtiruvchi bo‘laklardan sanaladi. Darsliklarda kirish bo‘lak (kiritma)ning so‘zlovchining aytilayotgan fikrga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi quyidagi ichki bo‘linishlari – ma’nolari bеriladi: 1)ishonch yoki tasdiqni ifodalaydi (albatta, shubhasiz, darhaqiqat...); 2)gumonni ifodalaydi (balki, ehtimol...); shodlikni ifodalaydi (baxtimizga, tolеimizga...); afsus, taajjubni ifodalaydi (afsus, attang, esiz...) va hk. Xullas, sodda gap va uning turlari sintaksisning bir bo‘limi sanaladi va matnda eng ko‘p qo‘llaniladigan birliklar ham sodda gaplardir. Gap – obyektiv borliq va unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilib, nisbiy tugal fikr yoki his-tuyg‘u anglatib, tugal intonatsiyaga ega bo‘lgan so‘z hamda grammatik qonun-qoidalar asosida o‘zaro birikkan so‘zlar bog‘lanmasi deyiladi. Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat bo‘lgan bir butunlikdir. Gapning bu ikki tomoni o‘zaro dialektik aloqda bo‘lsa ham, bir butunlikni tashkil etuvchi alohida tuzilmadir. Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: Egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar: Biz yangi filmni tomosha qildik – yangi filmni tomosha qildik. Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: sodda yig‘iq gap (Madina kirib keldi), sodda yoyiq gap: (Madina darvozadan shoshilib kirib keldi). Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Нурмонов А., Аxмедов А., Махмудов Н., Солиxўжаева С. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. –Тошкент: Фан, 1992. –Б.7.