ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI FANIDA PIRLS MATNNI TUSHUNISH MEZONLARI
Abstract
Ushbu maqolada ONA TILI va O’QISH SAVODXONLIGI fanida PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) matnni tushunish mezonlari tahlil qilinadi. Maqola, o’quvchilarning o’qish savodxonligini oshirishda muhim rol o’ynaydigan matnlarni tushunish ko’nikmalarini baholashga qaratilgan. PIRLS tadqiqoti orqali o’quvchilarning o’qish qobiliyatlari, matnlarni anglash darajalari va ularning ta'lim jarayonidagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada o’qituvchilar va ta'lim muassasalari uchun tavsiyalar beriladi, bu esa o’quvchilarning o’qish savodxonligini rivojlantirishga yordam beradi.
Full text
Sentabr, 2025-Yil 241 ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANIDA PIRLS MATNNI TUSHUNISH MEZONLARI Bòriyeva Ruxshona Nusratillo qizi 99-226-84-04 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17355666 Annotatsiya. Ushbu maqolada ONA TILI va O’QISH SAVODXONLIGI fanida PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) matnni tushunish mezonlari tahlil qilinadi. Maqola, o’quvchilarning o’qish savodxonligini oshirishda muhim rol o’ynaydigan matnlarni tushunish ko’nikmalarini baholashga qaratilgan. PIRLS tadqiqoti orqali o’quvchilarning o’qish qobiliyatlari, matnlarni anglash darajalari va ularning ta'lim jarayonidagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada o’qituvchilar va ta'lim muassasalari uchun tavsiyalar beriladi, bu esa o’quvchilarning o’qish savodxonligini rivojlantirishga yordam beradi. Kalit so'zlar: Ona tili, o'qish savodxonligi, PIRLS, matnni tushunish, o'quvchilar, ta'lim jarayoni, o'qituvchilar, savodxonlik mezonlari. Аннотация. В данной статье анализируются критерии понимания текста PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) по предметам «РОДНОЙ ЯЗЫК» и «ЧИТАТЕЛЬСКАЯ ГРАМОТНОСТЬ». Целью статьи является оценка навыков понимания текста у учащихся, которые играют важную роль в повышении их читательской грамотности. В рамках исследования PIRLS изучаются навыки чтения у учащихся, уровень понимания текста и их значение в образовательном процессе. В статье также даются рекомендации для учителей и образовательных учреждений, которые помогут развить читательскую грамотность у учащихся. Ключевые слова: Родной язык, читательская грамотность, PIRLS, понимание текста, учащиеся, образовательный процесс, учителя, критерии грамотности. Abstract. This article analyzes the PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) text comprehension criteria in the subjects of MOTHER LANGUAGE and READING LITERACY. The article is aimed at assessing students' text comprehension skills, which play an important role in improving their reading literacy. Through the PIRLS study, students' reading skills, levels of text comprehension and their importance in the educational process are examined. The article also provides recommendations for teachers and educational institutions, which will help develop students' reading literacy. Keywords: Mother tongue, reading literacy, PIRLS, text comprehension, students, educational process, teachers, literacy criteria. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar rivojlanib borayotgan davrda kitobning ahamiyatini oshirish muhimdir. O‘quvchilarni kitob mutolaasiga qiziqtirish yo‘llari haqida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali o‘quvchilarni tarbiyalash omillarini oshirish lozim. Boshlang’ich sinflarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llabquvvatlash, yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifadir. O’quvchilarda kitob o’qish ishtiyoqini hosil qilish haqida ko’rsatmalar berilgan. Maqolada jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga bo`lgan yondoshuv va boshlang`ich sinf o`quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda PIRLS tadqiqotining o`rni haqida fikr bildirilgan.
Sentabr, 2025-Yil 242 Ma’lumki, Vazirlar mahkamasining “2020-2025 yillarga mo’ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi to’g’risida’’gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Bunga ko’ra yurtimizda barcha sohada kitobxonlikni targ’ib etish, turli xil loyihalar va tanlovlar ishlab chiqish, u orqali yoshlarda kitob mutolaasiga qiziqish uyg’otish maqsad qilib qo’yildi. Kitob o’qish inson dunyoqarashini kengaytirib, bilimini oshiradi, fikrlash qobilyatini yuksaltiradi. Yosh avlod bizning vatanimizning ertangi egalari, ularning bilimli, aqlli, manan yetuk qilib tarbiyalashda ota-onalarining, ustozlarning o’rni beqiyosdir. “Yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqsh kabidir’’ deb bejizga aytilmagan bolalar yoshlikdan otaonalarining aytgan alla, ertak, hikoyalarini maktabda boshlang’ich sinfda o’zlari o’qishni boshlagan hikoya, ertaklar orqali kitob, kitob mutolaasi dunyosiga kirib boradilar. Shu sababli bu davrlar bolalarda alohida e’tiborni talab qiladi. Bu davrda bolada poydevor shakllana boshlaydi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’yinqaroq, ko’proq kompyuter o’yinlari, telefon o’ynashni yoqtirishadi, ota - onalari bolalarini kitob o’qishlarini xohlashdi. Ota-onalar bolalariga zamonaviy texnologiyalardan foydalanib audio ertaklar, rasmli kitoblar quyib berishlari maqsadga muvofiqdir. Statistika ma'lumotlariga qaraganda, kitob o'quvchilarsoniga qaraganda kitob o'qimaydiganlar soni juda ham ko'p. Bunga juda ko'p narsalarni sabab qilib ko'rsatishimiz mumkin. Shiddat bilan rivojlanib borayotdan axborot asrida yashayapmiz. Har qadamimizda kompyuter, telefon, dron va shu kabi ko'plab gadjetlarga duch kelamiz. Bularning barchasi hayotimizga shu darajada shiddat bilan kirib kelyaptiki, ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz xatto. Gadjetlar turmush tarzimizni yengillashtirdi. Buni tan olishimiz kerak. Ammo, ularning zararli oqibatlari ham juda ko'p. Eng achinarlisi "kitobxonlik"ning sezilarli darajada kamayib ketganidir. Biz pedagoglarning kelajagimiz bolmish yosh avlodni talim-tarbiya olishlari uchun shart-sharoit yaratish, sog-salomat ulgaytirish, ularga ota-ona kabi mehr berish oliy maqsadimiz. Bolaning barkamol shaxs bo'lib ulg'ayishida ularning hayotida kitobning hayoti beqiyosdir. Ular qachon kitobga mehr beradi degan savolga yagona javob bor. Qachonki bolalarga o'zlarining dunyo qarashi va yoshiga mos kitob tanlay olsak, bolada kitobga muhabbat uyg'otadi. Aslida, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yosh o'quvchilar o'z adabiyotlarini to'g'ri tanlaganlarida, ular yaxshi o'qiydiganlar bo'ladi. O'qituvchilarning asosiy vazifasi, o'quvchilarning qaysi turdagi kitoblarni o'qishlariga yordam berishini aniqlaydi. O'qituvchi bolalarning xarakteri, qiziqishlarini inobatga olib ularga, sarguzasht, komedia, sheriy, drama, rivoyat va h.k tavfsiya qilish mumkin. Bolalarni kitob o'qishga qiziqishtirishning yana bir usuli kitob o'qishni yaxshi ko'radigan, ularga yaxshi tanish bo'lgan buyuk shaxslarni, asr qahramonlari hayotini, yutuqlarini misol keltirishdir. Masalan hammaga birdek tanish bo'lgan MICROSOFT asoschisi Bill Geyts haqidagi hikoya bo'lishi mumkin. Hikoya ta'sirli va asosli bo'lishi kerak. Kitob – insonning yaqin do`sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashi, so`z boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko`rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan bolalar kelajakda bezori bo`lib ulg`ayishi ehtimoli yuqori ekan. Shu bilan birga, kitob o`qish odamlarni empatiyaga faqat o`z xohish-istaklari va manfaatlarini o`ylashdan voz kechib, umumiy maqsad yo`lida birlashishga undaydi. Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli davrlarda turlicha bo`lgan.
Sentabr, 2025-Yil 243 Har bir davrning o`z ehtiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi belgilangan. Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o`z fuqarolarining ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e`tibor berilgan. Bugungi kunda “Mutolaa madaniyati”, “Kitobxonlik madaniyati”, “O`qish madaniyati” kabi atamalar bilan qo`llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir. O`qish – axborot olish madaniyati bo`lib, badiiy adabiyotni to`g`ri tushunish, undan estetik zavq olish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma`lumotbibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan o`zini qiziqtirgan ma`lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot oqimlari orasidan kerakli, muhim bo`lgan ma`lumotlarni ola bilish, o`z kasbiy malakalarini oshirishda foydalanish, axborot-kutubxona muassasasidan to`g`ri foydalanish yo`llarini o`rganish ham axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning bir qancha usullari, yo`llari mavjud bo`lib, shu kunlarda O`zbekiston yoshlari, boshlang`ich sinf o`quvchilari ilk bor qatnashayotgan PIRLS tadqiqotining o`rni beqiyosdir. PIRLS - (inglizcha – Progressin International Reading Literacy Study) matnni o`qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot bo`lib, maqsadi turli xil ta`lim tizimidan iborat bo`lgan davlatlardagi boshlang`ich sinf o`quvchilarining matnni o`qish va qabul qilish bo`yicha tayyorgarligi hamda o`quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo`luvchi ta`lim tizimidagi o`ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta`limi sohasidagi mutaxassislar, olimlar, metodistlar, o`qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga ega. PIRLS dunyoning turli mamlakatlari boshlang`ich sinf o`quvchilarining matnni tushunish darajasini taqqoslash, shuningdek, milliy ta`lim tizimlarining o`qish savodxonligi o`rtasidagi tafovutlarni aniqlaydi. PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi; • Eng yuqori daraja( 625 ball va undan yuqori )- O‘quvchilar matnni yaxlit o‘zlashtira oladi va ayni patda uning alohida qismlarini bir -biri bilan bog’liq xolda tushunadi. Muallifning g‘oyasini izohlashda o‘z fikrini izohlash uchun matnga tayana • Yuqori daraja( 550ball)- O‘quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o’z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning til xususiyatlariga e‘tibor qarata oladi. • O‘rta daraja(475 ball)-O‘quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba‘zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o‘z xulosalarini chiqaradi. • Quyi daraja( 400 ba)- O‘quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo‘lgan xabarni ajratib oladi. Tadqiqotda O’zbekiston Respublikasi boshlang’ich sinf bitiruvchilari boshqa davlatdagi tengdoshlariga nisbatan qanchalik darajada yaxshi o‘qiydi? O‘zbekiston o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi qay darajada? O‘qish 4-sinf o‘quvchilari uchun sevimli mashg’ulotmi? Oila tomonidan savodxonlikni rivojlantirishda qanday hissa qo‘shilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda o‘qishni o‘rgatish jarayoni qanday tashkil etilgan? O‘zbekiston o‘qishni o‘rgatish jarayoning boshqa davlatlarga nisbatan o‘ziga xosligi bormi, agar shunday bo’lsa u nimada namoyon bo’ladi? Boshlang’ich sinflarimizning o‘qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa davlatdagi o‘qituvchilarning foydalanayotgan metodlaridan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar o‘rganiladi. Shuningdek, tadqiqotda ta‘lim sifatiga ta‘sir etuvchi omillarni o‘rganish va tahlil qilish maqsadida anketa so‘rovnomalar o‘tkazilganda o‘quvchilarining so‘rovnomasi orqali, ishtirokchi
Sentabr, 2025-Yil 244 haqida ma‘lumotlar, oilada ta’limiy resurslar , maktabga ,o‘qituvchiga, maktabdagi o‘quv faniga bo‘lgan munosabat, o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zini baholash , sinfdan tashqari mashg’ulotlar to’g’risida ma‘lumotlar to‘planadi. O‘qituvchilarning so‘rovnomalari o‘qituvchilar to’g’risida ma‘lumotlar, maktabning jihozlanishi , xavfsizlik, maktab muhiti, o‘qitish usuli, malaka oshirish masalalarini o‘z ichiga oladi. Ota-onalar so‘rovnomalarida ota-onalar haqidagi ma‘lumotlar, oiladagi ta‘limiy resurslar, farzandini maktabga tayyorlash, maktabga qabul qilishdan avvalgi ko‘nikma va malakalar, otaonalarning maktabga va o‘qishga munosabati o‘rganiladi. Maktab ma’muriyati so‘rovnomasi orqali maktab quvvati, joylashuvi , jihozlanishi, ta‘limiy resurslar, maktabda o‘quv jarayonining tashkil etilishi, maktab muhiti o‘rganilib, tahlil etiladi. Tadqiqotning 2016-yil natijalariga ko‘ra, 50ta mamlakat ichida, Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlandiya mamlakatlari natijalarini qayt etgan bo‘lsa, shular orasida singapurlik va gonkonglik o‘quvchilar matnni o‘qish va tushunish bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Shuningdek, Rossiyaning boshlang’ich sinf o’quvchilari ushbu mezon bo‘yicha dunyoda yetakchilik qildi. Mazkur davlatlarda o‘qish savodxonligi bo‘yicha yuqori natijalar quyidagi omillar bilan bog’liq; undagi kitoblar va raqamli qurilmalarning mavjudligi, ziyoli otaonalar va ularning kitobga bo‘lgan muhabbati, bola maktabga borgunga qadar o‘qish va yozishga o‘rgatganligi va maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichining yuqoriligi. Tadqiqotning xalqaro lug`atiga ko`ra, “o`qish savodxonligi” – o`quvchining matn shaklida berilgan maʻlumotlarni tushuna olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, oʻqigan maʻlumotlaridan hayoti davomida toʻgʻri foydalana olishi, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqatidir. PIRLSda o`qish savodxonligining asosi matnlar bilan to`liq ishlash uchun zarur bo`lgan o`qish qobiliyatlarini shakllantirish hisoblanadi. Bu o`quvchi tomonidan kerakli ma`lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma`lum qismi bo`yicha xulosalar chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash kabilardir. PIRLS tadqiqotidao`quvchilarga ikki turdagi matn taqdim etiladi, badiiy matn va axborotli matn. Shuning uchun o`quvchilar bilimi quyidagi ikki mezon asosida baholanadi: 1. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadida o`qish. 2. Axborotni o`zlashtirish va foydalanish maqsadida o`qish. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o‘qish uchun quyidagi mahorat tavsiflari belgilangan: - matnning muayyan qismlarini ajratib ko`rsatish va ulardan oddiy xulosalarni ifodalashda foydalanish; - voqealar o`rtasidagi o`zaro aloqalarni ko`rsatish; - matnning umumiy g`oyasini aniqlash; - matn tarkibining elimentlarini ochib berish; - qahramonlar xatti-harakatiga izoh berish; - asar qahramonlarining xatti-harakatlari va his –tuyg`ularini taqqoslash va qiyoslash; - matnda qo`llangan til vositalarining xususiyatlari ustida birlamchi tahlil x o`tkazish; - matnning asosiy g`oyasini tushunish, yashiringan axborotlarni aniqlash va umumlashtirish; -matndagi savollarga qahramonlarni asosiy tavsiflari, ularning intilishlari va histuyg`ularini izohlash orqali javob berish; - matndan misollar keltirgan holda, javoblarni asoslash. Axborotni o‘zlashtirish va foydalanish maqsadidagi o‘qish uchun quyidagi mahorat tavsiflari belgilangan: - matnda keltirilgan dalillarni aniqlash va tasvirlash; - kerakli axborotni o`zida mujassamlashtirgan gapni ajratish; - xulosalarni izohlash uchun olingan axborotdan
Sentabr, 2025-Yil 245 foydalanish; - matnda yaqqol taqdim etilgan axborotga muvofiq xulosa chiqarish; - matnning turli qismlarini tahlil qilish va kerakli axborotni ajratish; - matnda yashirin berilgan axborotni aniqlash; - matndagi alohida gaplar o`rtasidagi mazmuniy aloqalar asosida xulosalarni ifodalash; - matn mazmunini izohlab berish; - turli tipdagi matnlardan foydalanish va alohida tavsiflarni belgilash; - matnning turli qismlaridagi murakkab ma`lumotlarni anglash va asoslash; - matndagi ma`lumotlarni tushunish uchun aniq va noaniq elimentlarni baholash va ahamiyatini tushuntirish; - matnlar, xaritalar, illuystrasiyalar, diagrammalar va rasmlar kiritilgan materiallar asosida turli matnlardagi ma`lumotlarni umumlashtirish. PIRLS tadqiqotida belgilangan mahorat tavsiflaridan ko`rinib turibdiki, o`quvchilar matnni nafaqat tushunishadi balki, matnda berilgan maʻlumotlarni tushuna olish va ularga o`zining shaxsiy munosabatini bildira olish koʻnikmasi, olgan maʻlumotlaridan hayoti davomida toʻgʻri foydalana olishi, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati ham shakllanib, rivojlanib boradi. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi PF 5712 sonli Farmoni 2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’lim tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish to’g’risida” gi 2018-yil 8dekabrdagi 997 -sonli qarori. 3. Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish - inson kapitalini rivojlantirish omilidir” mavzusidagi xalqaro vebinar, Sidorova Galina Aleksandrova, Rossiya ta’lim akademiyasining ta’limini rivojlantirish strategiyasi instituti, ta‘lim sifatini baholash markazining katta ilmiy xodimi, pedagogik fanlar nomzodi. 4. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash ( Boshlang’ich sinf o‘qituvchilar, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo’llanma). Ta‘lim instituti huzuridagi Ta‘lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi. Toshkent 2019-yil. 92b.