AXBOROT RESURSLARI TURLARI VA ULARNING MUAMMOLARI
Abstract
Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri axborot resurs turlari bilan ishlash toʻplash qayt ishlash va uzatish foydalanish Shu bilan birga qidiruv tizimlarida axborot ma'lumotlarini olish uchun himoyalash uchun muhim tavsiya va maslahatlar berib oʻtilgan.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari AXBOROT RESURSLARI TURLARI VA ULARNING MUAMMOLARI Muallif: Sofoyeva Fotima Davlatyorovna 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik Universitetining assistent oʻqituvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17355912 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri axborot resurs turlari bilan ishlash toʻplash qayt ishlash va uzatish foydalanish Shu bilan birga qidiruv tizimlarida axborot maʼlumotlarini olish uchun himoyalash uchun muhim tavsiya va maslahatlar berib oʻtilgan. Kalit soʻzlar: axborot xizmatlari, aloqa operatorlari, moddiy resurslar, tabiiy resurslar, axborot zaxiralari, axborot - kommunikatsiya texnologiyalari axborot resurslari. KIRISH Har qanday bozor kabi axborot bozorida ham xaridorlar va sotuvchilar mavjud boʻladi. Axborot isteʼmolchilari – jismoniy shaxslar, tashkilotlar, xukumat organlari va xokazo. Axborot xizmatlari – axborot bozoridagi alohida tovar turi boʻlib hisoblanadi. Masalan, kutubxona xizmatchilari tomonidan mijozlar buyurtmsi boʻyicha konkret mavzudagi adabiyot yoki boshqa turdagi materialni toʻplash kabi xizmatlar. Axborot xizmatlarini faqat kutubxonalargina koʻrsatmaydilar. Koʻpgina davlatlarda turli bilin sohalari boʻyicha ilmiy-texnikaviy axborotlarni qayta ishlovchi institutlar mavjud boʻlib, toʻplangan maʼlumotlar boʻyicha obzorlar, referatlar, maʼlumotnomalar tayyorlaydilar. Biznes sohasidagi axborot xizmatlariga maʼlum mavzu boʻyicha axborotlarni taqdim etish, konkret masala boʻyicha maslahat berish va boshqalar kiradi. ASOSIY QISM Kommunukatsiya sohasida aloqa operatorlari, Internet provayderlar xizmat koʻrsatadi. Axborot xizmatlari sohasining rivojlanish darajasi jamiyat axborotlashuvi darajasini belgilaydi. Axborot tovarlari va xizmatlari bozori bir necha rivojlanish bosqichlarini oʻtadi. Bozorning shakllanish bosqichi XX asrning 50yillariga toʻgʻri keladi. 80yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga oʻtdi. Jaxon axborot tovarlari va xizmatlari bozorida AQSh, Yaponiya, Angliya, Fransiya va boshqa Gʻarbiy Evropa davlatlari asosiy rol oʻynaydi. Resurs – maʼlum shakllantirish yordamida kutilgan natijalarga erishish imkonini beruvchi shart – sharoitda u yoki bu faoliyatni amalga oshirish mumkinligining miqdoriy koʻrsatkichi. Mamlakat milliy iqtisodiyotining har qanday tarmogʻi tahlil etilayotganida uning moddiy, tabiiy, mehnat, moliyaviy, energetik resurslarini ajratib koʻrsatish mumkin. Bu tushuncha iqtisodiy kategoriya sanaladi. Moddiy resurslar jamiyat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun moʻljallangan mehnat va xomashyolar majmuidir. Masalan, xomashyo, “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari materiallar, yoqilgʻi, energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va hakozo. Tabiiy resurslar insonlarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan obyektlar, jarayonlar hamda tabiiy sharoitlardir. Mehnat resurslari jamiyatda ishlash uchun umumtaʼlim bilimga ega kisxilar. Moliyaviy resurslar davlat yoki tijorat tarkibi ixtiyoridagi pul manbalaridir. Energetik resurslar energiya omillari: koʻmir, neft, neft mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektroenergiya va hokazo. Shuni qayd etish lozimki, har qanday koʻlamdagi tashkilotning kerakli darajada ishlashi uchun faqat ushbu resurslarning oʻzi yetarli emas, chunki ishlab chiqarish uchun moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari mavjudligining oʻzi kifoya qilinmaydi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni maʼlumotlarning ulkan oqimida axborotlarni koʻrib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni koʻzda tutadi. Uni qanday ishlatishni bilish, bu sohadagi texnologiyalar haqida koʻplab axborotga ham ega boʻlish talab etiladi. Shu bois ham axborot, axborot resurslari hozirgi kunda alohida iqtisodiy kategoriya sifatida qabul qilinmoqda. Ахbоrоt rеsurslаri, оmmаviy ахbоrоt vа ахbоrоt tizimlаri gа Oʻzbеkistоn Rеspublikаsining 2003 yil 11 dеkаbrdаgi 560-II sоn “Ахbоrоtlаshtirish toʻgʻrisidа”gi Qоnunigа binоаn quyidаgichа tаʼrif bеrish mumkin: Ахbоrоt rеsurslаri аlоhidа hujjаtlаr, hujjаtlаrning аlоhidа toʻplаmlаri, ахbоrоt tizimlаridаgi (kutubхоnаlаrdаgi, аrхivlаrdаgi, fоndlаrdаgi, mаʼlumоtlаr bаnklаridаgi vа bоshqа ахbоrоt tizimlаridаgi) hujjаtlаr vа hujjаtlаrning toʻplаmlаri. Оmmаviy ахbоrоt – bungа chеklаnmаgаn dоirаdаgi shахslаr uchun moʻljаllаngаn hujjаtlаshtirilgаn ахbоrоt, bоsmа, аudiо, аudiоvizuаl hаmdа bоshqа хаbаrlаr vа mаtеriаllаr kirаdi. Ахbоrоt tizimi – ахbоrоtni toʻplаsh, sаqlаsh, izlаsh, ungа ishlоv bеrish hаmdа undаn fоydаlаnish imkоnini bеrаdigаn, tаshkiliy jihаtdаn tаrtibgа sоlingаn jаmi ахbоrоt rеsurslаri, ахbоrоt tехnоlоgiyalаri vа аlоqа vоsitаlаri. Agar axborot resurslari oqilona tashkil etilsa va oʻrinli foydalanilsa, u mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida ishtirok etishi mumkin. Axborot zaxiralari – alohida hujjat, hujjatlar toʻplami hamda axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, maʼlumotlar banklari, turli axborot tizimlari)dagi hujjatlar toʻplamidir. Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish - yuridik vа jismоniy shахslаrning ахbоrоtgа boʻlgаn ehtiyojlаrini qоndirish uchun ахbоrоt rеsurslаri, ахbоrоt tехnоlоgiyalаri hаmdа ахbоrоt tizimlаridаn fоydаlаngаn hоldа shаrоit yarаtishning tаshkiliy ijtimоiy iqtisоdiy vа ilmiy - tехnikаviy jаrаyonidir. Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish jаrаyoni quyidаgi qаtоr muаmmоlаrning hаl etilishini tаlаb etаdi: 1.Hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаrini jаmiyat fаоliyatining bаrchа tаrmоqlаrigа tаdbiq qilish. 2.Jаmiyat аʼzоlаrini hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаridаn sаmаrаli fоydаlаnishgа oʻrgаtish. 3.Jаmiyat аʼzоlаrining turli xil ehtiyojlаrini qоndirishdа ахbоrоt rеsurslаridаn toʻlа vа sаmаrаli fоydаlаnishlаrini tаʼminlаsh. Jamiyatni axborotlashtirishda axborot zaxiralari muhim rol oʻynaydi. Uni talqin etish va muhokama qilish axborotlashgan jamiyatga oʻtish davri haqida gap borgan davrdan davom etib keladi. Bu masala boʻyicha koʻplab nashrlar eʼlon qilingan, ularda turli fikrlar, tushunchalar oʻz aksini topgan.
11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni maʼlumotlarning ulkan oqimida axborotlarni koʻrib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni koʻzda tutadi. Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, yaʼni qimmat turadigan jarayondir. Hozirgi kunda axborot resurslari murakkab va koʻpqirrali obyekt sifatida namoyon boʻlib, uni quyidagi parametrlar bilan izohlash mumkin: o axborotlarning mazmuni; o axborotga boʻlgan mulkchilik shakli: jamoatchilik mulki, davlat mulki, jamoa tashkilotlari mulki, yuridik shaxs mulki, jismoniy shaxs mulki; o axborotlarga kirish imkoniyatlari: ochiq, yopiq, maxfiy, tijorat siri, xizmat siri, kasbiy sir; o axborotlarni taqdim etish shakllari: matn hujjatlari, obzorlar, tarkiblashtirilgan maʼlumotlar – maʼlumotlar ombori, maʼlumotlar banki. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni maʼlumotlarning ulkan oqimida axborotlarni koʻrib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni koʻzda tutadi. Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, yaʼni qimmat turadigan jarayondir. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonlarini tubdan oʻzgartirib yuborib, quyidagilarni taʼminlamoqda: · katta hajmdagi axborotlami ixcham holatda saqlash; · axborotlarni tezkor izlab topish; · uzoq masofada joylashgan resurslarga kirish imkoniyati; · bitta axborot tashuvchisida turli axborotlarni saqlash; · bibliografik va toʻliq matnli maʼlumotlar bazalarini umumlashtirish; · faktografik va bibliografik axborotlarni oʻzida saqlovchi maʼlumotlar omborining paydo boʻlishi. Axborotli jarayonlarning sanoat asosiga oʻtishi axborot sohasining rivojlanishini jadallashtirmoqda, dasturiy texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish esa uni biznesning istiqbolli turlaridan biriga aylantirmoqda. Bularga xorijiy mamlakatlardan kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarining yetkazib berilishi, ichki kompyuter bozorining vujudga kelishiga koʻmaklashmoqda. XULOSA Mazkur tezis ishida axborot resurslarining himoyalanganligini baholash uslubiyatlarini ishlab chiqish boʻyicha qoʻyilgan vazifalar bajarildi va quyidagi natijalar olindi: Axborot resurslarini himoyalanganlik darajasiga qoʻyiladigan umumiy talablar oʻrganildi. Axborot tizimi resurslari va ularning asosiy turlari nomli rejada resurs turlari, axborot tizimi resurslari tahlili keltirildi. Bundan tashqari jamiyatni axborotlashtirish, axborot zahiralari, hamda jamiyatni axborotlashtirishda bir qator mavjud muammolar hal etilishi aniqlandi. Milliy va oliy oʻquv yurti axborot resurslari qiyosiy tahlili va tashkilotning axborot resurslarini shakllantirish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. “2022 – 2026 - yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 28.01.2022 yildagi PF-60 sonli Oʻzbekiston Respublikasi
12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari 2. Toʻrayeva, G.H., Fayziyeva D.H. / [Matn]: oʻquv qoʻllanma - Buxoro : “BUXORO DETERMINANTI” MCHJning Kamolot nashriyoti, 2023. - 156 b. 3. Tahirov, B.N. Axborot xavfsizligi asoslari [Matn] : oʻquv qoʻllanma / Fan va taʼlim, 2022.-156 b.