scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKSTONDA HUDUDLAR KESIMIDA TRANSPORT XIZMATLARI KO'RSATISHNING HOZIRGI HOLATI TAHLILI

Sharipova Bibijon Baxtiyorovna

Abstract

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida transport xizmatlari hajmi 145124,4 mlrd so‘mga yetdi, o‘sish sur’ati 2023-yilga nisbatan 108,6 % ni tashkil etgan. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 17,7 % ni tashkil etgan.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 116 O‘ZBEKSTONDA HUDUDLAR KESIMIDA TRANSPORT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING HOZIRGI HOLATI TAHLILI Sharipova Bibijon Baxtiyorovna Osiyo xalqaro universiteti o‘qituvchisi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi E-mail: [email protected] Telefon: +998-91-432-08-04 https://doi.org/10.5281/zenodo.17355937 Transport xizmatlarining hajmi – amaldagi narxlarda transport turlari bo‘yicha transport jarayoniga (yuklarni tushirish va yuklash ishlari, transport-ekspeditorlik xizmatlari, transport xizmati va boshqalar) bevosita bog‘liq bo‘lgan tashish va boshqa faoliyatdan olingan daromad summasi sifatida aniqlanadi. 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida transport xizmatlari hajmi 145124,4 mlrd so‘mga yetdi, o‘sish sur’ati 2023-yilga nisbatan 108,6 % ni tashkil etgan. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 17,7 % ni tashkil etgan. Transport xizmatlarining umumiy hajmida avtomobil transportining ulushi 50,0 % ni tashkil etgan. Havo transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar ulushi 14,5 % ni, quvurlar orqali – 13,9 % ni tashkil etgan. Yordamchi transport faoliyati 12,5 % ni tashkil etgan. O‘z navbatida, temir yo‘l transporti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar transport xizmatlarining umumiy hajmida 9,1 % ni tashkil etdi (1-rasm). 1-rasm. Transport xizmatlari hajmi va o‘sishi (kamayishi) (yanvar-dekabr) [1,2] ((1) Hududlar bo‘yicha taqsimlanmagan hajmlarni hisobga olgan holda)) Toshkent shahrida transport xizmatlari hajmi 28551,6 mlrd soʻmni tashkil etib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan mazkur hududda transport xizmatlarining o‘sishi 21,0 foiz darajasida qayd etildi (1-jadval). 1-jadval Hududlar kesimida transport xizmatlari 2024 yil yanvar dekabr [1,2] Oktabr, 2025-Yil 117 O‘sishi, % da Hajmi, mlrd so‘mda Sirdaryo +20,0 1116,1 Jizzax +13,2 2101,5 Navoiy +18,2 2635,9 Surxondaryo +10,7 3309,5 Xorazm +11,0 4164,3 Qoraqalpog‘iston Resp. +2,0 4265,3 Namangan +18,1 4978,4 Qashqadaryo +9,7 5642,8 Buxoro +9,9 5670,0 Andijon +15,5 6240,4 Farg‘ona +9,4 7205,6 Samarqand +17,9 9865,5 Toshkent +12,1 10246,5 Toshkent shahri +21,0 28551,6 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 72604,7 mlrd so‘mga yetgan. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 8,9 ni tashkil etdi (2-rasm). 2-rasm. Avtomobil transporti xizmatlari dinamikasi [1,2] O‘zbekistonda avtomobil transporti xizmatlari o‘sishi barqaror tendentsiyaga ega bo‘lmoqda. Xususan, 2023-yilda avtomobil transporti xizmatlari o‘sishi 7,2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024-yilda 12,4 foizni tashkil etdi (3-rasm). Oktabr, 2025-Yil 118 3-rasm. Avtomobil transporti xizmatlari o‘sishi, %[1,2] Hududlar kesimida ko‘rsatilgan avtomobil transporti xizmatlari ulushidagi farq yildanyilga kamayib bormoqda. Xususan, 2010-yilda avtomobil xizmatlari ulushida Toshkent shahri 20,2 foizni, Toshkent viloyati 15,7 foizni, Samarqand viloyati 13,0 foizni, Farg‘ona viloyati 7,6 foizni, Andijon va Buxoro viloyatlari 7,4 foizni, Qashqadaryo viloyati 6,5 foizni, Xorazm viloyati 5,0 foizni, Surxondaryo viloyati 4,2 foizni, Namangan viloyati 4,1 foizni, Navoiy viloyati 2,6 foizni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2,4 foizni, Jizzax viloyati 2,2 foizni, Sirdaryo viloyati 1,8 foizni tashkil etgan. 2024-yilda esa avtomobil xizmatlari ulushida Toshkent shahri 16,7 foizni, Toshkent viloyati 13,2 foizni, Samarqand viloyati 12,1 foizni, Farg‘ona viloyati 9,3 foizni, Andijon viloyati 8,5 foizni, Qashqadaryo viloyati 7,2 foizni, Buxoro viloyat 7,1 foizni, Namangan viloyati 5,5 foizni, Xorazm viloyati 5,3 foizni, Surxondaryo viloyati 4,2 foizni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3,3 foizni, Navoiy viloyati 3,2 foizni, Jizzax viloyati 2,9 foizni, Sirdaryo viloyati 1,8 foizni tashkil etgan (4-jadval). 2-jadval. Hududlar kesimida avtomobil transporti xizmatlari hajmi va ulushi [1,2] Yillar / hududlar 2010-yil 2015-yil 2020-yil 2023-yil 2024-yil Hajmi, mlrd. so‘mda Ulus hi, % da Hajmi, mlrd. so‘mda Ulus hi, % da Hajmi, mlrd. so‘mda Ulus hi, % da Hajmi, mlrd. so‘mda Ulus hi, % da Hajmi, mlrd. so‘mda Ulus hi, % da O‘zbekisto n Respublik asi 5124 100, 0 16032, 1 100, 0 28474, 1 100, 0 56858, 9 100, 0 72095, 3 100, 0 Qoraqalpo g‘iston Respublik asi 121,4 2,4 552,1 3,4 860,5 3,0 1752,5 3,1 2384,3 3,3 Andijon viloyati 379,7 7,4 1385,9 8,6 2441,4 8,6 4689,9 8,2 6095,6 8,5 Oktabr, 2025-Yil 119 Buxoro viloyati 378,4 7,4 1214,4 7,6 2128,1 7,5 4099,5 7,2 5153 7,1 Jizzax viloyati 115,1 2,2 435,3 2,7 808,2 2,8 1584,3 2,8 2084,9 2,9 Qashqadar yo viloyati 333 6,5 1164,5 7,3 2111,8 7,4 4380,5 7,7 5209,3 7,2 Navoiy viloyati 131,5 2,6 446 2,8 865,9 3,0 1824,4 3,2 2292,4 3,2 Namangan viloyati 211,9 4,1 755,4 4,7 1530,9 5,4 3306,6 5,8 4193,4 5,8 Samarqan d viloyati 665 13,0 1935,9 12,1 3252,1 11,4 6889,5 12,1 8734,8 12,1 Surxondar yo viloyati 213,6 4,2 710,3 4,4 1170,1 4,1 2355,5 4,1 2842,7 3,9 Sirdaryo viloyati 90,4 1,8 263,3 1,6 506,7 1,8 777,6 1,4 1038,9 1,4 Toshkent viloyati 805,5 15,7 2133,5 13,3 3793,4 13,3 7514,9 13,2 9504,8 13,2 Farg‘ona viloyati 387,6 7,6 1409,2 8,8 2551,9 9,0 5300,2 9,3 6698,7 9,3 Xorazm viloyati 255 5,0 881,1 5,5 1500,3 5,3 2905 5,1 3803,7 5,3 Toshkent shahri 1035,9 20,2 2744,6 17,1 4947,1 17,4 9476,8 16,7 12053, 9 16,7 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida yo‘lovchi avtomobil transporti xizmatlari ulushi 57,3 foizga yetgan. Avtomobil transporti xizmatlarining umumiy hajmida katta qismi taksi xizmatlariga to‘g‘ri keladi–46,1%. Avtomobil transporti xizmatlariga temir yo‘lda tashishdan tashqari, quruqlikdagi yo‘lovchi transportining boshqa xizmatlari, avtomobil transportida yuk tashish bo‘yicha xizmatlar va ko‘chish bo‘yicha xizmatlar kiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining (stat.uz) ma’lumotlari 2. Muallif ishlanmalari