YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA OILA VA MAKTAB HAMKORLIGI
Abstract
Mazkur maqolada yosh avlodni tarbiyalash jarayonida oila va maktab o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Oila va maktab birgalikda harakat qilgan holda bolalarda sog‘lom psixologik muhit yaratishi, ijtimoiy faollikni oshirishi va to‘g‘ri tarbiyani shakllantirishda muhim omil bo‘lishi yoritib berilgan. Hamkorlik shakllari va mavjud muammolar, shuningdek, ularni hal etish yo‘llari haqida ham fikr yuritilgan.
Full text
Oktabr, 2025-Yil 124 YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA OILA VA MAKTAB HAMKORLIGI Gʻaniyeva Malika Sherali qizi Innovatsion texnologiyalar universiteti Innovatsion pedagogika fakulteti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim kafedrasi Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 3-kurs talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17356448 Annotatsiya. Mazkur maqolada yosh avlodni tarbiyalash jarayonida oila va maktab o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Oila va maktab birgalikda harakat qilgan holda bolalarda sog‘lom psixologik muhit yaratishi, ijtimoiy faollikni oshirishi va to‘g‘ri tarbiyani shakllantirishda muhim omil bo‘lishi yoritib berilgan. Hamkorlik shakllari va mavjud muammolar, shuningdek, ularni hal etish yo‘llari haqida ham fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Oila, maktab, hamkorlik, tarbiya, ta’lim, ota-ona, pedagog, bolalar rivoji. Аннотация. В данной статье рассматривается важность сотрудничества между семьёй и школой в процессе воспитания подрастающего поколения. Подчёркивается, что совместные усилия семьи и школы создают благоприятную психологическую среду, способствуют социальной активности ребёнка и формированию правильных жизненных установок. Также анализируются формы взаимодействия, существующие проблемы и пути их решения. Ключевые слова: Семья, школа, сотрудничество, воспитание, образование, родители, педагог, развитие детей. Abstract. This article explores the importance of collaboration between the family and school in the upbringing of the younger generation. It emphasizes that joint efforts between parents and educators help create a healthy psych ological environment, enhance children's social engagement, and contribute to effective moral development. The article also discusses forms of cooperation, existing challenges, and possible solutions Keywords: Family, school, cooperation, upbringing, education, parents, teacher, child development. Kirish. Yosh avlod tarbiyasi har qanday jamiyatning eng muhim strategik vazifasi hisoblanadi. Zero, bugunning o‘quvchisi - ertaning yetakchisi, mutaxassisi va fuqarosidir. Shu sababli ham farzandlarning barkamol shaxs bo‘lib kamol topishi, ularning ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy rivoji masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Yosh avlodni tarbiyalash jarayonida ikki asosiy muhit – oila va maktabdagi tarbiya hal qiluvchi o‘rin tutadi. Oila - bolaga dastlabki ijtimoiy tajriba, axloqiy me’yor va qadriyatlarni singdiruvchi muhit bo‘lsa, maktab - bu bilim, ko‘nikma va hayotiy tamoyillarni shakllantiruvchi tizimdir. Biroq bu ikki muhit o‘z faoliyatini bir - biridan ajralgan holda emas, balki hamkorlikda olib borgan taqdirdagina ta’lim -tarbiya jarayoni samarali kechadi. Afsuski, amaliyotda oila va maktab o‘rtasida uzviy aloqa yetarli darajada emasligi sababli ko‘plab tarbiyaviy muammolar yuzaga chiqmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-iyuldagi PQ-3775-sonli qarorida ham oila va maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash, ota - onalarni ta’lim jarayoniga faol jalb etish
Oktabr, 2025-Yil 125 orqali yoshlar tarbiyasini yangi bosqichga olib chiqish zarurligi qayd etilgan. Demak, zamonaviy pedagogik yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki, oila va maktab bir - birini to‘ldiruvchi ikki asosiy tarbiya muhitdir. Maqolada yosh avlod tarbiyasida oila va maktab hamkorligining mazmun - mohiyati, hamkorlik shakllari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’limda samarali hamkorlik madaniyatini shakllantirish borasidagi taklif va tavsiyalar ham ilgari suriladi. Asosiy qism. Oila - bu bolani atrof-muhit bilan ilk tanishtiruvchi, axloqiy qadriyatlarni singdiruvchi, ijtimoiy me’yorlarni o‘rgatuvchi eng asosiy muhitdir. Bola tug‘ilgandan so‘ng, u ilk psixologik va axloqiy tajribalarni aynan oiladan oladi. Oiladagi muhit bolaning shaxs sifatida shakllanishiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Agar oilada o‘zaro hurmat, mehr - oqibat, tartib - intizom hukm sursa, bu farzandning ichki dunyosida ijobiy his - tuyg‘ularni shakllantiradi. Aksincha, befarqlik, ziddiyatli muhit, nazoratning yetishmasligi bolaning psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘qish darajadi muvaffaqiyatli bo‘lgan o‘quvchilar va ijtimoiy faol yoshlarning aksariyati sog‘lom ijtimoiy -psixologik oilada voyaga yetganini ko‘rishimiz mumkin. Shu bois ota -onalar faqat moddiy ta’minot emas, balki tarbiyaviy mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olishlari zarur. Yosh avlod tarbiyasida maktabning tarbiyaviy vazifasi va pedagoglarning roli muhum ro‘l o‘ynaydi. Maktab - bu nafaqat bilim beruvchi muassasa, balki shaxsning ijtimoiy, axloqiy va intellektual jihatdan kamol topishiga xizmat qiluvchi asosiy tizimdir. Maktabda bola o‘z tengdoshlari bilan muloqot qiladi, jamoa hayotini o‘rganadi, mehnatga, mas’uliyatga o‘rgatiladi. Bu esa tarbiyaning keyingi bosqichi hisoblanadi. O‘qituvchi bu jarayonning markazida turadi. U faqat dars beruvchi emas, balki tarbiya beruvchi, shaxsni yo‘naltiruvchi, hayotiy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi murabbiydir. Shu sababdan pedagoglardan nafaqat fan bilimlari, balki psixologik savodxonlik, muloqot madaniyati va didaktik yondashuvlar bo‘yicha ham yuqori tayyorgarlik talab etiladi. Biroq, o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyati ota -onalar bilan uzviy aloqada olib borilmasa, bu jarayon to‘liq bo‘lmaydi. Ota - onalar farzandining maktabdagi holatidan xabardor bo‘lishi, pedagoglar esa oilaviy muhit haqida ma’lumotga ega bo‘lishi zarur. Bu ikki tomonlama muloqot tarbiyaning muvaffaqiyat kalitidir. Oila va maktab hamkorligi turli shakllarda, muammolarga yechim topish orqali amalga oshiriladi. Oila va maktab o‘rtasidagi hamkorlik turli shakllarda tashkil etilishi mumkin: otaonalar yig‘ilishlari, seminar-treninglar, maktab tadbirlarida ishtirok, individual suhbatlar, psixologik maslahatlar, uyga tashriflar, elektron platformalar orqali aloqa kabi. Bu shakllar orqali ikki tomon o‘zaro fikr almashadi, bola haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladi va tarbiyadagi muammolarni vaqtida bartaraf etadi. Ammo amaliyotda ayrim muammolar mavjud: - Ota-onalarning befarqligi yoki bandligi; - Maktab tomonidan yetarlicha tashabbus bo‘lmasligi; - Pedagogik savodxonlikning yetishmasligi; - Muloqotning faqat salbiy holatlarda yuzaga chiqishi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi chora-tadbirlar muhim:
Oktabr, 2025-Yil 126 - Ota-onalarning pedagogik savodini oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazish; - Maktabda “ota-onalar klubi” kabi ijtimoiy tuzilmalarni tashkil etish; - O‘qituvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish; - Har bir o‘quvchi uchun individual yondashuvni joriy qilish. Bunday yondashuv oila va maktab o‘rtasidagi ishonchli munosabatni mustahkamlaydi, yosh avlod tarbiyasining sifati esa ancha yuqori bo‘ladi. Xulosa. Yosh avlodni tarbiyalashda oila va maktabning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyatning barqaror rivoji va milliy ma’naviyatning asosi hisoblanadi. Oila bolaning dastlabki tarbiyaviy muhitini yaratadi, uning shaxsiyati va axloqiy tamoyillarini shakllantiradi. Maktab esa bu jarayonni davom ettiradi, bolaga bilim va ko‘nikmalar bilan birga ijtimoiylashish imkoniyatini taqdim etadi. Ammo samarali tarbiya faqatgina oila va maktab birgalikda harakat qilganida amalga oshadi. Shu sababli, ikki muhit o‘rtasida doimiy, samarali va uzviy muloqot o‘rnatilishi zarur. Bu esa bolaning har tomonlama rivojlanishiga, uning ijtimoiy faolligi va axloqiy barkamolligiga olib keladi. Shuningdek, maqolada oila va maktab hamkorligining shakllari, yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilindi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasida ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash yosh avlod tarbiyasini yangi darajaga olib chiqadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3775-son qarori, 2018-yil 6-iyul - “Maktab va oila hamkorligini mustahkamlash to‘g‘risida”. 3. G‘ofurov K. Pedagogika asoslari. Toshkent: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2020. 4. Abduqodirov A.A. Pedagogik texnologiyalar asoslari. Toshkent: Fan, 2017. 5. Rahmonov A. Oila va maktab hamkorligi. “Ta’lim va tarbiya” jurnali, 2022, №2, 45-52betlar.