scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANGʻICH SINFDA STEAM TA'LIM YONDASHUVI

Fayzullayeva Sarvinoz Karomat qizi; Ibodullayeva Manzura Hikmatullo qizi

Full text

241 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANGʻICH SINFDA STEAM TAʼLIM YONDASHUVI Fayzullayeva Sarvinoz Karomat qizi Ibodullayeva Manzura Hikmatullo qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 6-BT-S-22 ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi +998 95 313 31 02 https://doi.org/10.5281/zenodo.17356959 Annotatsiya: Ushbu tezisda boshlangʻich taʼlim jarayoniga STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvini joriy etishning ahamiyati yoritilgan. STEAM taʼlimi o‘quvchilarda ijodkorlik, mantiqiy fikrlash, muammoni hal qilish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur yondashuv orqali fanlararo integratsiya amalga oshirilib, o‘quvchilar nazariy bilimni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Kalit soʻzlar: STEAM taʼlimi, integratsiya, ijodiy fikrlash, innovatsiya, loyihaviy faoliyat. Аннотация: В данной тезисе раскрывается значение внедрения подхода STEAM (наука, технологии, инженерия, искусство, математика) в процесс начального образования. STEAM-обучение способствует развитию творческого мышления, логики, навыков решения проблем и практических умений учащихся. Такой подход обеспечивает междисциплинарную интеграцию и сочетает теоретические знания с практической деятельностью. Ключевые слова: STEAM-обучение, интеграция, творческое мышление, инновация, проектная деятельность. Annotation: This thesis highlights the importance of implementing the STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) approach in primary education. STEAM education fosters creativity, logical thinking, problem-solving, and practical skills among students. This approach promotes interdisciplinary integration and helps students connect theoretical knowledge with practical experience. Keywords: STEAM education, integration, creative thinking, innovation, project-based learning. Bugungi kunda taʼlim tizimida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, muammoni hal etish qobiliyatini va ijodkorligini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan STEAM taʼlim yondashuvi zamonaviy pedagogik texnologiyalar orasida alohida ahamiyatga ega. STEAM modeli beshta asosiy komponentdan iborat: S (Science) – tabiatshunoslik fanlari orqali kuzatish, tajriba o‘tkazish; T (Technology) – texnologik jarayonlar va raqamli vositalardan foydalanish; E (Engineering) – amaliy muammolarni loyihalash orqali hal qilish; A (Art) – ijodkorlik, dizayn, tasviriy san’at orqali estetik fikrlashni rivojlantirish; M (Mathematics) – hisob-kitob, tahlil va mantiqiy fikrlashni shakllantirish. Boshlangʻich sinfda bu yondashuvni qo‘llash o‘quvchilarda fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash, amaliy natijaga yo‘naltirilgan o‘qishni shakllantiradi. Masalan, matematika darsida geometrik shakllarni o‘rganish jarayonida tasviriy san’at elementlari bilan ishlash yoki 242 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz tabiatshunoslik darsida suv aylanishini o‘rganayotganda texnologiya vositalari bilan tajriba o‘tkazish — bu STEAM integratsiyasining amaliy ko‘rinishidir. Talabalarga boshlang‘ich ta’lim yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual jihatdan tarbiyalashda turli faoliyatlari mazmunini integratsiya qilishga o‘rgatish; STEAM ta’lim texnologiyasini boshlang‘ich ta’limda qo‘llashning me’yoriy - uslubiy asoslarini o‘rgatish; STEAM ta’lim texnologiyasini boshlang‘ich ta’limda qo‘llash bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rgatish; integratsion mashg‘ulotlarni tashkil etish; boshlang‘ich ta’lim tashkilotlarida STEAM ta’lim texnologiyasini amaliy qo‘llash usullari haqida bilim va ma’lumotlar berish. Boshlang‘ich ta’limda steam texnologiyasi fanining vazifasi - talabalarga STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish usullarini o‘rgatish, STEAM ta’lim texnologiyasini ta’limtarbiya jarayonida qo‘llashda turli xil faoliyatlarni integratsiyalash, boshlang‘ich yoshdagi bolalarni ilk tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash vazifalarini bajaradi. STEAM bu maktabda va maktabdan tashqarida loyiha va o‘quv−tadqiqot faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion texnologiyadir. Ushbu metod yordamida fanlar alohida tarmoqlarda emas, balki integratsiyalashgan holda, umumiy bog‘liqligini ko‘rsatib o‘rgatiladi. Fanlarni kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatishdan tashqari, texnologiya o‘quvchilarning ijodkorligini ham ko‘rsatib berishi mumkin. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning faoliyatiga bir qancha vazifalarni taqdim etadi, o‘quvchi ularni hal qilishida ijodkorligini namoyon qilishni o‘rganadi. Bunday vazifalar yordamida o‘quvchi g‘oyalarni nafaqat o‘ylab topadi, balki ularni kundalik hayotida amalga oshirishni ham o‘rganadi. Shu tariqa, o‘quvchi o‘z faoliyatini oldiga qo‘yilgan vazifalari va mavjud imkoniyatlari doirasida hal qilishga o‘rganadi. Davlat va jamiyat boshlang‘ich yoshda bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo‘yadi. Shunga ko‘ra, «boshlang‘ich yoshdagi bolalar ta’limtarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari»ga tayangan holda boshlang‘ich yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida 2002-yilda «Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturi o‘zbek olimlari tomonidan yaratildi. STEM ta’lim tizimini kitoblar orqali kichik yoshdagi bolaning hayotiga olib kirish samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi. Kitob bolani STEM tizimiga olib kirishda kuchli tramplin bo‘la oladi. Kitob bola uchun faoliyat va jarayon orasidagi bog‘lovchi vosita bo‘ladi. Misol uchun kitobdagi baliqcha haqida bolalar bilan suhbat qurib,maktab jonli burchagidagi akvariumda yashovchi baliqlarni o‘rgansa bo‘ladi. Kitob bolani yoshligidan ilmfanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi, kitob orqali bolada fanga oid so‘z boyligi ortadi. Bu yerda muhim jihat STEM tamoyillariga asoslangan kitobni ensiklopediya kitoblari bilan adashtirmaslik. O‘qituvchi bu jarayonda rahbar, yo‘lko‘rsatuvchi va motivator sifatida ishtirok etadi. U o‘quvchilarning qiziqishini uyg‘otuvchi savollar beradi, loyihaviy ishlarni tashkil etadi va har bir o‘quvchining ijodiy fikrlashini rag‘batlantiradi. Boshlangʻich sinflarda STEAM yondashuvini qo‘llash o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga, o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Bu yondashuv kelajakda raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi shaxsni shakllantirishning poydevorini yaratadi. 243 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz References: 1. Karimova D. “Zamonaviy taʼlimda innovatsion yondashuvlar”. – Toshkent, 2022. 2. Ismoilov A. “Boshlangʻich taʼlim metodikasi”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021. 3. Begmatov B. “STEAM yondashuvining taʼlimdagi o‘rni”. – “Pedagogik izlanishlar” jurnali, №3, 2023. 4. www.steamlearninglab.uz 5. www.eduportal.uz