scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEKISTONDA IJTIMOIY TABAQALASHUVNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA ULARNI MONITORING QILISHNING INNOVATSION IMKONIYATLARI

Xakimov Ziyodulla Axmadovich

Abstract

Tadqiqotda Oʻzbekistonda ijtimoiy tabaqalashuvning zamonaviy shakllari va raqamli transformatsiya jarayonlarining tengsizlikka ta'siri tahlil qilindi. Empirik tahlillar Jini koeffitsiyenti, Lorenz egri va DAD dasturi asosida olib borilib, ijtimoiy va raqamli tafovutlarning oʻzaro bogʻliqligi aniqlangan. Natijalar raqamli infratuzilma, ma'lumotga kirish va imkoniyatlar tengligi oʻrtasida muvozanat zarurligini koʻrsatadi. Tadqiqot ijtimoiy tenglikni ta'minlash uchun innovatsion monitoring tizimini ishlab chiqish boʻyicha amaliy takliflarni ilgari suradi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari OʻZBEKISTONDA IJTIMOIY TABAQALASHUVNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA ULARNI MONITORING QILISHNING INNOVATSION IMKONIYATLARI Muallif: Xakimov Ziyodulla Axmadovich 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi professori, i.f.d 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17355999 ANNOTATSIYA Tadqiqotda Oʻzbekistonda ijtimoiy tabaqalashuvning zamonaviy shakllari va raqamli transformatsiya jarayonlarining tengsizlikka taʼsiri tahlil qilindi. Empirik tahlillar Jini koeffitsiyenti, Lorenz egri va DAD dasturi asosida olib borilib, ijtimoiy va raqamli tafovutlarning oʻzaro bogʻliqligi aniqlangan. Natijalar raqamli infratuzilma, maʼlumotga kirish va imkoniyatlar tengligi oʻrtasida muvozanat zarurligini koʻrsatadi. Tadqiqot ijtimoiy tenglikni taʼminlash uchun innovatsion monitoring tizimini ishlab chiqish boʻyicha amaliy takliflarni ilgari suradi. Kalit soʻzlar: ijtimoiy tabaqalashuv, raqamli transformatsiya, tengsizlik, monitoring tizimi, Jini koeffitsiyenti, raqamli infratuzilma, data inequality. KIRISH Jamiyatning barqaror rivojlanishi koʻp jihatdan undagi ijtimoiy tuzilmaning muvozanatiga bogʻliq. Har bir davlatda iqtisodiy oʻsish bilan bir qatorda, ijtimoiy qatlamlar oʻrtasidagi farqlarni yumshatish va teng imkoniyatlarni taʼminlash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Soʻnggi yillarda iqtisodiyotning raqamli yoʻnalishga oʻtishi, axborot texnologiyalarining hayotning barcha sohalariga kirib kelishi ijtimoiy jarayonlarning xarakterini tubdan oʻzgartirmoqda. Raqamli transformatsiya jarayonlari jamiyatda yangi imkoniyatlar yaratish bilan birga, mavjud ijtimoiy tafovutlarni ham oʻzgacha shaklda namoyon etmoqda. Shu sababli, ijtimoiy tabaqalashuv va raqamli tengsizlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganish ilmiy va amaliy jihatdan alohida ahamiyatga ega. Tadqiqotning markazida inson salohiyati, texnologik kirish imkoniyatlari va ijtimoiy adolat oʻrtasidagi muvozanat masalasi turadi. Raqamli infratuzilmaning kengayishi, axborot oqimlarining tezlashuvi va yangi iqtisodiy faoliyat turlari paydo boʻlishi insonlar oʻrtasidagi ijtimoiy masofani qayta shakllantirmoqda. Bu jarayonda ayrim ijtimoiy guruhlar texnologik oʻzgarishlardan faol foyda olayotgan boʻlsa, boshqalar esa raqamli imkoniyatlardan chetda qolmoqda. Shu sababli, tadqiqotda asosiy eʼtibor raqamli transformatsiya natijasida yuzaga kelayotgan yangi turdagi tengsizliklarni aniqlash va ularni muntazam monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratiladi. Tadqiqotning maqsadi — Oʻzbekistonda ijtimoiy tabaqalashuvning zamonaviy tendensiyalarini tahlil qilish, raqamli transformatsiya jarayonlarining ijtimoiy tengsizlikka taʼsirini baholash hamda bu jarayonlarni doimiy kuzatib boruvchi “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari innovatsion monitoring tizimini ishlab chiqishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan: 1. Ijtimoiy tabaqalashuvning nazariy asoslarini tahlil qilish va ularning Oʻzbekiston sharoitidagi koʻrinishlarini aniqlash. 2. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi jarayonida tengsizlikning yangi shakllarini aniqlash va ularning ijtimoiy oqibatlarini baholash. 3. Empirik maʼlumotlar asosida Jini koeffitsiyenti, Lorenz egri va DAD dasturi yordamida ijtimoiy tafovutlarni miqdoriy oʻlchash. 4. Ijtimoiy tengsizlikni muntazam kuzatish uchun raqamli indikatorlarga asoslangan monitoring tizimini ishlab chiqish. Mazkur mavzu boʻyicha xalqaro miqyosda koʻplab tadqiqotlar olib borilgan. Xitoydagi ijtimoiy harakatchanlik boʻyicha Xie va hamkorlari olib borgan tahlillar bozor islohotlari davrida ijtimoiy qatlamlar oʻrtasidagi oʻtish mexanizmlarining murakkablashganini koʻrsatgan. Fasang va Aisenbrey oʻz ishlarida gender va irqiy tafovutlarning iqtisodiy resurslar bilan kesishgan shaklda ijtimoiy iyerarxiyani mustahkamlashini asoslab bergan[4]. Cinnamon tomonidan ilgari surilgan “data inequality” konsepsiyasi esa raqamli davrda maʼlumotlarga kirishdagi nomutanosiblikning ijtimoiy adolatga bevosita taʼsirini ochib bergan. Ushbu ilmiy yondashuvlar asosida tadqiqot Oʻzbekiston sharoitida ijtimoiy tabaqalashuv va raqamli tafovutlarning oʻzaro taʼsir mexanizmini aniqlashga yoʻnaltirilgan. Mazkur mavzuni oʻrganish natijalari mamlakatda ijtimoiy siyosatning samaradorligini oshirish, teng imkoniyatlar siyosatini takomillashtirish va raqamli jamiyat qurish jarayonida inklyuziv yondashuvni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tadqiqot ijtimoiy adolat va raqamli barqarorlikni taʼminlash uchun ilmiy asoslangan monitoring tizimini shakllantirishga amaliy hissa qoʻshadi. METODOLOGIYA Tadqiqot metodologiyasi tizimli va kompleks tahlilga asoslanadi. Asosiy maqsad — Oʻzbekistonda ijtimoiy tabaqalashuvning zamonaviy tendensiyalarini aniqlash, raqamli transformatsiya jarayonlarining ijtimoiy tengsizlikka taʼsirini baholash va monitoring tizimini takomillashtirishdan iborat. Tadqiqot uch bosqichda olib borildi: nazariy tahlil, empirik maʼlumotlarni qayta ishlash va modellashtirish. Teoretik baza sifatida ijtimoiy tabaqalashuv va harakatchanlik nazariyalari (P. Sorokin, M. Veber, E. Giddens), raqamli tengsizlik modeli (Rogerson) hamda “data inequality” konsepsiyasi (Cinnamon)dan foydalanildi. Empirik maʼlumotlar 2010–2024-yillar oraligʻidagi Oʻzbekiston boʻyicha rasmiy statistik koʻrsatkichlarga asoslandi. Tahlilda Jini koeffitsienti, Lorenz egri chizigʻi, DAD dasturi va median indekslardan foydalanildi. Miqdoriy va sifatli tahlil usullari uygʻun qoʻllanilib, gender, hududiy va raqamli tafovutlar kontekstual baholandi. 1-rasm. Ijtimoiy tengsizlikni monitoring qilishning oqim modeli. 1 Ushbu model ijtimoiy tengsizlikni baholashda iqtisodiy, raqamli va sogʻliq indikatorlari oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni aks ettiradi. 1 Muallif ishlanmasi Raqamli infratuzilma Ma’lumotga kirish Ijtimoiy imkoniyatlar Barqarorlik 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari Mazkur metodologiya tadqiqot natijalarining ishonchliligini taʼminlab, ijtimoiy tengsizlikni raqamli transformatsiya sharoitida oʻlchash uchun konseptual asos yaratadi. TAHLIL VA NATIJALAR Zamonaviy ijtimoiy tuzilma iqtisodiy islohotlar, texnologik oʻzgarishlar va madaniy jarayonlarning uygʻunlashgan bosqichida shakllanmoqda. Ijtimoiy tabaqalashuv jarayonlari endilikda yanada murakkab, ammo tizimli tus olgan boʻlib, bu jarayon nafaqat iqtisodiy resurslar, balki bilim, innovatsion salohiyat va raqamli imkoniyatlardan foydalanish darajasi bilan ham belgilanadi. Bugungi globallashuv sharoitida ijtimoiy qatlamlar oʻrtasidagi tafovutlar mavjud boʻlishiga qaramay, davlatning ijtimoiy siyosati va taʼlim sohasidagi islohotlar ularni muvozanatlashtirishga qaratilmoqda. Shu bois, daromadlar farqi nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlar orqali, balki ijtimoiy ishtirok, imkoniyat va madaniy kapital oʻrtasidagi muvozanat orqali ham tahlil etilishi zarur. 2-rasm. Oʻzbekiston boʻyicha Lorenz egri (2010–2024-yillar oʻrtacha qiymat) 2 Iqtisodiy tizimlar transformatsiyasi ijtimoiy tabaqalashuv shaklini ham yangicha koʻrinishga keltirmoqda. Xitoyda olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlarida ijtimoiy harakatchanlik yuqori boʻlgan, biroq bozor mexanizmlarining kuchayishi bilan u sekinlashgan [1]. Oʻzbekiston sharoitida esa bozor islohotlari ijtimoiy qatlamlar oʻrtasida imkoniyatlarni kengaytirish bilan birga, yangi mehnat segmentlarini shakllantirdi. Ijtimoiy siyosatning yoʻnaltirilganligi, xususan, taʼlim va bandlik sohasidagi davlat dasturlari tufayli oʻrta sinfning 2 Muallif ishlanmasi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari asosida https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/living-standards-2 12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari mustahkamlanish jarayoni kuzatilmoqda. Shu bois, bozor iqtisodiyotining rivojlanishi mavjud tabaqalashuvni kuchaytirish oʻrniga, ijtimoiy mobilitetni qoʻllabquvvatlashning samarali mexanizmlarini yaratmoqda. 2-rasmda keltirilgan Lorenz egri Oʻzbekiston boʻyicha daromadlarning oʻrtacha taqsimlanishini aks ettiradi. Grafikda egri mutlaq tenglik chizigʻidan past joylashgan boʻlsa-da, u tengsizlikning chuqurlashmagan, barqaror va ijtimoiy nazorat ostidagi shaklda saqlanayotganini koʻrsatadi. 2010–2016-yillar oraligʻida egri tenglik chizigʻiga yaqinlashgan — bu ijtimoiy siyosatning samarali boʻlganidan dalolat beradi. 2020yildan keyingi biroz ogʻishlar pandemiya taʼsiri bilan izohlanadi, biroq 2024-yilga kelib egri chiziqning barqarorlashuvi iqtisodiy tiklanish va ijtimoiy himoya mexanizmlarining kuchayganini koʻrsatadi. Lorenz egri jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy oʻsish oʻrtasidagi muvozanat saqlanib turganini ifodalaydi. Ijtimoiy qatlamlar oʻrtasidagi tafovutlar, asosan, mafkuraviy, madaniy va tarixiy omillar bilan chambarchas bogʻliq. Zafirovski [10] ijtimoiy tizimlarning mafkuraviy asoslarini tahlil etar ekan, tarixan shakllangan axloqiy qadriyatlar ijtimoiy iyerarxiyani tartibga soluvchi mexanizm sifatida xizmat qilganini taʼkidlaydi. Oʻzbekiston jamiyatida esa milliy qadriyatlar va oʻzaro hurmat madaniyati ijtimoiy muvozanatni saqlab turuvchi omil boʻlib, tenglik tamoyillarining kuchayishiga xizmat qilmoqda. 3-rasm. Oʻzbekiston boʻyicha Jini koeffitsiyenti dinamikasi (2010–2024) 3 Madaniy kapital va taʼlim salohiyati zamonaviy tabaqalashuvning eng muhim omiliga aylangan. Yuqori ijtimoiy qatlamlar oʻz mavqeyini bilim, texnologik savodxonlik va innovatsion faoliyat orqali mustahkamlab borayotgan boʻlsa, quyi qatlamlar uchun ham bu imkoniyatlar kengaymoqda. Davlatning raqamli 3 Muallif ishlanmasi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari asosida https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/living-standards-2 13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari savodxonlikni oshirish, inklyuziv taʼlim va ayollar bandligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlari ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy tengsizlik masalasi tobora murakkablashib, endilikda u faqat iqtisodiy tafovutlar bilan emas, balki gender, irq, hududiy tafovut va madaniy identifikatsiya bilan ham bogʻliq shaklda namoyon boʻlmoqda. Kesishma tengsizlik (intersectionality) modeli bu holatni tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Fasang va Aisenbrey [4] tadqiqotlariga koʻra, gender, irq va ijtimoiy sinf oʻzaro bir-birini mustahkamlovchi tizimlar sifatida harakat qiladi. Shu bois, ijtimoiy siyosatda bitta qatlam emas, balki barcha kesimlarda inklyuzivlikni taʼminlash dolzarb hisoblanadi. 3-rasmda Oʻzbekiston boʻyicha Jini koeffitsiyenti dinamikasi tasvirlangan. 2010yilda 0,295 dan 2016-yilda 0,264 gacha pasayish — bu iqtisodiy oʻsish davrida ijtimoiy tengsizlikning kamayganini anglatadi. 2020-yildan keyingi davrda koʻrsatkich 0,288 gacha koʻtarilgan boʻlsa-da, bu holat vaqtinchalik boʻlib, 2024-yilda 0,286 da barqarorlashgan. Bu jarayon ijtimoiy siyosatning izchil yuritilayotganini va pandemiyadan keyingi davrda tenglik tendensiyalarining tiklanayotganini koʻrsatadi. Umuman olganda, Jini koeffitsiyentining 0,26–0,29 oraligʻida saqlanishi Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish bilan birga ijtimoiy adolat tamoyillari ham taʼminlanayotganini bildiradi. Texnologik taraqqiyot raqamli transformatsiya davrida ayollar va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Ular masofaviy taʼlim, onlayn bandlik va tadbirkorlikda faol ishtirok etish orqali ijtimoiy-iqtisodiy faollikni kuchaytirmoqda. Rogerson [5] taʼkidlaganidek, raqamli savodxonlik darajasi va texnologik kirish imkoniyatlari ijtimoiy tenglikning asosiy shartiga aylanmoqda. Shu jihatdan, Oʻzbekistonda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi nafaqat texnologik oʻsish, balki ijtimoiy inklyuziya uchun ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Rogerson [5] ilgari surgan raqamli tengsizlik modeli Oʻzbekiston tajribasida shuni koʻrsatadiki, texnologik resurslardan foydalanish imkoniyatlari gender va hududiy jihatdan muvozanatlashib bormoqda. Ayollar va yoshlarning IT sohasidagi ulushi ortib, raqamli tafovutlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Raqamli infratuzilma barqaror rivojlanishning asosiy omiliga aylanib, davlatning ochiqlik, hisobdorlik va ishtirok tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu jarayon ijtimoiy barqarorlik, raqamli inklyuziya va ijtimoiy adolatni taʼminlash yoʻlida muhim qadamlardan biridir. Oʻzbekiston tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, ijtimoiy tabaqalashuvning mavjud shakllari raqamli transformatsiya, innovatsion boshqaruv va inklyuziv siyosatlar orqali asta-sekin yumshamoqda. Lorenz egri va Jini koeffitsiyenti orqali kuzatilgan ijtimoiy barqarorlik ijobiy tendensiyani ifodalaydi. Bu esa raqamli davrda teng imkoniyatlar, ijtimoiy adolat va innovatsion rivojlanish oʻrtasidagi uygʻunlikni mustahkamlash uchun mustahkam asos yaratmoqda. XULOSA Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonda ijtimoiy tabaqalashuv jarayonlari iqtisodiy oʻzgarishlar, raqamli transformatsiya va madaniy omillar taʼsirida yangi koʻrinish kasb etmoqda. Daromadlar taqsimoti nisbatan barqarorlashgan boʻlsa-da, raqamli imkoniyatlardan foydalanishdagi farqlar ijtimoiy tengsizlikning yangi shakllarini yuzaga keltirmoqda. Raqamli infratuzilma, texnologik savodxonlik va maʼlumotlarga kirish darajasi oʻrtasidagi tafovutlar jamiyatda yangi ijtimoiy 14 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari pogʻonalarni shakllantirib, ularning iqtisodiy harakatchanligiga bevosita taʼsir koʻrsatmoqda. Tahlillar asosida aniqlanishicha, raqamli transformatsiya oʻz ichida ikki tomonlama taʼsirni mujassam etadi: bir tomondan, u taʼlim, sogʻliqni saqlash va bandlik sohalarida yangi imkoniyatlar yaratadi; boshqa tomondan esa, raqamli resurslardan teng foydalanish imkoniyati boʻlmaganda, mavjud ijtimoiy tafovutlarni chuqurlashtiradi. Shuning uchun ijtimoiy adolatni taʼminlash faqat iqtisodiy mexanizmlar orqali emas, balki raqamli siyosat, ochiq maʼlumot tizimlari va ijtimoiy innovatsiyalar yordamida amalga oshirilishi lozim. Jini koeffitsiyenti va Lorenz egri tahlillari ijtimoiy tengsizlik darajasi soʻnggi yillarda nisbatan pasayganini koʻrsatadi. Biroq bu oʻzgarish sifat jihatidan barqaror boʻlishi uchun raqamli kirish imkoniyatlarining hududlar, jinslar va yosh guruhlari boʻyicha teng taqsimlanishi muhimdir. DAD dasturi, median indekslar va fazoviy monitoring natijalari asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashda raqamli infratuzilma, maʼlumotlar siyosati va inson kapitali oʻrtasidagi muvozanat hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tadqiqotdan olingan natijalar asosida quyidagi asosiy tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Ijtimoiy tengsizlikni oʻlchash tizimini takomillashtirish. Mavjud monitoring tizimlariga raqamli tengsizlik, sogʻliq va taʼlimdagi kirish imkoniyatlari boʻyicha yangi indikatorlar qoʻshilishi zarur. Bu indikatorlar DAD dasturi, Lorenz egri va median indeks asosida kompleks tahlilni taʼminlaydi. 2. Raqamli infratuzilmani hududiy teng rivojlantirish. Shahar va qishloq hududlari oʻrtasidagi texnologik tafovutni kamaytirish, internet tarmogʻiga keng kirish imkoniyatini yaratish ijtimoiy adolatni taʼminlashning muhim sharti hisoblanadi. 3. Raqamli savodxonlikni oshirish. Taʼlim tizimida raqamli koʻnikmalarni rivojlantirish, ayniqsa ayollar, yoshlar va past daromadli qatlamlar uchun raqamli malaka dasturlarini kengaytirish lozim. Bu nafaqat texnologik imkoniyatlardan foydalanishni oshiradi, balki iqtisodiy harakatchanlikni ham kuchaytiradi. 4. Ochiq maʼlumot siyosatini rivojlantirish. Maʼlumotlar oqimi ustidan faqat markazlashgan nazoratni emas, balki fuqarolik ishtirokini taʼminlovchi ochiq tizimlarni yaratish ijtimoiy ishonchni mustahkamlaydi. Ochiq maʼlumot siyosati shaffoflikni oshiradi va ijtimoiy innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlaydi. 5. Ijtimoiy innovatsiyalarni boshqaruv tizimlariga integratsiya qilish. PROPER dasturi yoki Oʻrta yer dengizi modeli kabi tajribalardan foydalanib, ijtimoiy siyosatni baholashda innovatsion monitoring yondashuvlarini qoʻllash tavsiya etiladi. Bu ijtimoiy masʼuliyat, barqarorlik va fuqarolik ishtirokini kuchaytiradi. 6. Gender va yosh boʻyicha teng imkoniyat siyosatini mustahkamlash. Texnologik sohalarda ayollar va yoshlarning faol ishtirokini ragʻbatlantirish, ularni raqamli iqtisodiyotning toʻlaqonli subyektlariga aylantirish ijtimoiy tizimdagi muvozanatni taʼminlaydi. 7. Monitoring tizimlarini raqamli modellashtirish. Maʼlumotlarni tahlil qilish, vizualizatsiya va bashoratlash imkoniyatlariga ega yagona raqamli platforma ishlab chiqish orqali ijtimoiy tafovutlarni doimiy kuzatish va oldindan baholash mumkin boʻladi. Umuman olganda, raqamli transformatsiya sharoitida ijtimoiy tenglikni taʼminlash nafaqat iqtisodiy oʻsish, balki barqaror ijtimoiy rivojlanishning asosiy 15 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari kafolati hisoblanadi. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, ijtimoiy adolatni raqamli texnologiyalar yordamida taʼminlash uchun muvozanatli siyosat, ochiq maʼlumotlar boshqaruvi va innovatsion monitoring tizimlari uygʻun ishlashi zarur. Ana shunda raqamli rivojlanish har bir fuqaro uchun haqiqiy imkoniyatga aylanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Xie, Y., Dong, H., Zhou, X., & Song, X. (2022). Trends in social mobility in postrevolution China. Proceedings of the National Academy of Sciences, 119(7), e2117471119. https://doi.org/10.1073/pnas.2117471119 2. Williams, L. D. A., & Woodson, T. S. (2019). Enhancing socio-technical governance: Targeting inequality in innovation through inclusivity mainstreaming. Minerva, 57(4), 453–477. https://doi.org/10.1007/s11024-01909375-4 3. Zhang, Q. (2003). DAD: An innovative tool for income distribution analysis. Journal of Economic Inequality, 1, 281–284. https://doi.org/10.1023/A:1026197229770 4. Fasang, A. E., & Aisenbrey, S. (2021). Uncovering social stratification: Intersectional inequalities in work and family life courses by gender and race. Social Forces, 101(2), 575–605. https://doi.org/10.1093/sf/soab151 5. Rogerson, S. (2020). Digital inequalities: Contextualizing problems and solutions. Journal of Information, Communication and Ethics in Society, 18(3), 323–327. https://doi.org/10.1108/JICES-05-2020-0064 6. Judijanto, L., & Nastiar, M. F. (2025). Economic and social inequality in the digital era: A literature review of opportunities and challenges. ResearchGate Preprint. https://www.researchgate.net/publication/387939202_ECONOMIC_AND_SO CIAL_INEQUALITY_IN_THE_DIGITAL_ERA 7. Hadi, S. P., Ainuddin, I., Qomariah, A., Maulina, G., Wibisana, L., & Kuswara, B. H. (2025). The role of social innovation in dealing with social inequality: Case studies of PROPER in Indonesia. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 1537, 012047. https://doi.org/10.1088/17551315/1537/1/012047 8. Cinnamon, J. (2017). Data inequalities and why they matter for development. Information, Communication & Society, 20(3), 480–496. https://doi.org/10.1080/1369118X.2016.1181196 9. Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/living-standards-2 10. Zafirovski, M. (2020). The “First Shall Remain the First”: Social Stratification and Calvinism. Interdisciplinary Journal of Research on Religion, 16, 1–25. https://www.religjournal.com/articles/article_view.php?id=166