ANIQ VA TABIIY FANLARNI O'QITISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YONDASHUVNING AFZALLIKLARI
Full text
270 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ANIQ VA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YONDASHUVNING AFZALLIKLARI Sharipova Durdona Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 113-BT-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17357197 ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada, aniq va tabiiy fanlarni o'qitishda, pedagoglarga qo'yilgan vazifalari, oqilona qaror chiqarish, mustaqil fikrlash, xalqaro baholash dasturi, AKT va ta'lim texnologiyasi fanlar orasidagi integratsiyani ta'minlovchi asosiy vosita yondashuvning afzalliklari yoritilgan. Tayanch so'zlar: baholash xalqaro tadqiqoti, PIRLS, TIMS, PISA, TALIS, STEAM, AKT, ta'lim, ijodkorlik, kreativlik, fikrlash, tafakkur, ko'nikma, robototexnika. АННОТАТЦИЯ: В данной статье выделены преимущества основного инструментального подхода, обеспечивающего интеграцию между предметами, задачами, поставленными перед педагогами, рациональное принятие решений, креативное мышление, программу международной оценки, ИКТ и образовательные технологии в преподавании естественных наук. Ключевые слова: оценка международные исследования, PIRLS, TIMS, PISA, TALIS, STEAM, ИКТ, образование, творчество, креативность, мышление, мышление, навыки, робототехника. ABSTRACT: This article highlights the advantages of the basic instrumental approach, providing integration between subjects, tasks assigned to teachers, rational decision making, creative thinking, international assessment program, ICT and educational technologies in science teaching. Key words: assessment international research, PIRLS, TIMS, PISA, TALIS, STEAM, ICT, education, creativity, thinking, skills, robotics. Kirish. Jahon talablari darajasida ta'lim oli-shi va kasb egallashi, pedagoglarimizning ilmiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Mamlakatimizda mus-taqillik-yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar ta'lim tizimini mustahkamlash uchun muhim poydevor asos soldi. Mavzuning dolzarbligi. Integratsiyalashgan ta'lim o'z samarasini ko'rsata olishi, mamlakat-larda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo'llash va amaliyotga tatbiq etish usullati STEAM-ta'lim texnologiyalari bilan boq'liq ustu-vor ahamiyatga ega: • yaqin kelajakda dunyoda va shun-ing uchun O'zbekistonda muhandislar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori bo'ladi; • uzoq kelajakda biz tabiiy fanlar bilan birgalikda texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan kasblarga ega bo'lamiz, ayniqsa bio va nanotexnologiya mutaxassislariga katta talab bo'ladi; • mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning turli sohalaridan keng qamrovli ta'lim va tajribaga muhtoj bo'ladi; • robototexnika faniga katta qiziqish bilan o'quvchilar qatnashadilar va hozirgi davr talabiga binoan bir qancha loyihalar ishlab chiqib va kelgusi loyihalar ustida izlanishlar olib boriladi.
271 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Tadqiqotning vazifalari esa quyidagilar bilan belgilangan: - aniq va tabiiy fanlarni o'qitishda AKT va STEAM texnologiyalarini qo'llash jarayonida ijodko'rlik, tanqidiy fikrlash, kommunikativ yon-dashuv, nazariy bilimlarini amliyotga tadbiq etish qobiliyatlarini aniqlashtirish; - ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashti-rish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etishda pedagogik-psixologik imkoniyatlarini ochib berishsh; - professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, maktabgacha va maktab ta'limi sohasiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, STEAM texnologiyalari, ta'limda raqamli texnologiyalar va innovatsion loyihalarni joriy etishni takomil-lashtirish; - ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me'yoriy asosla-rini yaratilishini takomillashtirish. Maqsad. Ta'lim mazmunini takomil-lashtirishga qaratilgan maqsad va vazifa-lar, ta'limning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish o'quvchilarda, o'z faniga qiziq-ishini o'yg'otish, qobiliyatlarini aniqlashti-rish, fan o'qiyuvchilari shakllantirib borish talab etiladi. Zamonaviy va modernizatsiyalan-gan bugungi kun talablariga tayanish jaray-oni, innovatsion yondashuv asosida barkamol avlodni tarbiyalashga garatilgan bo'lib, maktab o'qituvchilariga voyaga yetkazishdek ma'suliyatli vazifa yuklangan. Jahon standartlariga muvofiq javob berishlari aniqdir. Pedagogning kasbiy kompetentligi va maho-rati, elektron-ta'lim muhitini rivojlantirish, imlo savodxonligi, AKT, umumiy o'rta ta'limda STEAM yondashuvi elementlaridan foydalanish, dasturlash asoslari, vizualizatsiya va das-turlash tillarini o'rganish usullari, bulutli hisoblash, katta ma'lumotlar va virtual reallik tizim-laridan foydalanish, o'quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini o'z ichiga oladi va ular bo'yicha tegishli yangi bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirish lozimdir. Shuningdek, aniq va tabiiy fan va shu jumladan informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilarining ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun zarur bo'ladigan fanga oid bilim, ko'nikma va malakalarni yangilash hamda ularni mustaqil amaliy faoliyatga yo'naltirish maqsadlidir. Davlat ta'lim standartining maqsadi — umumiy o'rta ta'lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivo-jlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommuni-katsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma'naviy barkamol va intellektual rivo-jlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Umumiy o'rta ta'limda STEAM yondashuvi pedagogik texnologiyalaridan qo'llashda ta'lim oluvchilarning bilish faolligini oshirish va mus-taqil ta'limini tashkil etish asosidagi innovatsion ta'lim texnologiyalari: amaliy o'yinlar, muammoli o'qitish, interfaol ta'lim, blended learning (aral-ash o'qitish), case study (keys stady), masofadan o'qitish, mahorat darslari, vebinar texnologi-yalari, assesment metodlaridan o'quv jarayonida pedagoglar foydalanishi. STEAM - ta'lim (Science - aniq fanlar, Technology - texnologiyalar, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - ijodiy san'at, Mathematics -matematika) va STREAM-ta'lim (fan, texnologiyalar, robototexnika, injeneriya, san'at va matematika) xususiyatlari. Maqolaning asosiy mazmuni. Bugungi kunda dunyoda to'rtinchi texnologik inqi-lob mavjud: tezkor axborot oqimlari, yuqori texnologiyali innovatsiyalar va rivojlanishlar hay-
272 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz otimizning barcha sohalarini o'zgartirib bormo-qda. Shu bilan birgalikda jamiyatning talablari, shaxsning manfaatlari ham shunga ko'ra o'zgarib bormoqda. "Milliy o'quv dasturi bo'yicha yangi meto-dikalarga o'qituvchilarni o'qitish maqsadida elektron malaka oshirish platformasi uchun 2026-yilga qadar jami 769 ta videodars yarat-ish" muhim ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini metodik tayyorgarliklarini yangi pedagogik texnologiyalar va xalqaro baholash dasturlari asosida takomillashtirish imkoniyatla-rini kengaytiradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli, 2020-yil 7-maydagi "Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirishvi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4708-sonli Farmon-lari, 2018-yil 5-iyundagi "Oliy ta'lim muassa-salarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mam-lakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775-sonli, 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-sonli Qarorlari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasin-ing 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarorlari asosida amaliy ishlarni amalga oshirish bugungi kunning dol-zarb vazifalari deb hisoblanadi. STEAM va AKT ta'limini joriy etishning me'yoriy-huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tas-diqlash to'g'risida'gi PF-5712-son Farmoniga ko'ra, innovatsion ta'lim jarayoniga o'tish, zamonaviy kadrlarga bo'lgan ehtiyojni ino-batga olish, AKT va ta"lim berishning yangi metodlarini joriy etish, dars jarayonini STEAM ta'lim texnologiyasi talablari asosida tashkil etish, STEAM (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, dizayn va matematika) fanla-rini o'qitish bo'yicha o'quv kurslaridan o'tgan pedagoglar 2023-yilda 10%, 2030-yilga kelib 50%ga yetishi, yangi kasbiy kompetensiyalarni o'zlashtirish uchun zarur bilimlar bazasini shak-llantirish kabi vazifalar belgilangan1. Ta'lim sifatini yangi bosqichga ko'tarish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Pre1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni. https:// lex.uz. ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133) zidentining 2018-yil 5-sentabrdagi "Xalq ta'limi boshqaruv tizimini takomillashti-rish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5538-son Farmoni qabul qil-indi. Asosiy urg'u xalq ta'limi tizimini isloh qilish-ning asosiy yo'nalishlari sifatida: Xalq ta'limi tizimiga ilg'or xorijiy tajribani, o'quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologi-yalarni, shu jumladan ta'lim berishning inno-vatsion usullarini joriy etish, o'quv va o'quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yarat-ish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tad-birlari to'g'risida"gi 997-sonli qarorida keltiril-gan bo'lib, qarorda xalqaro baholash dasturlari (PIRLS) - boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash uchun,
273 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz (TIMSS) - 4va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash uchun, (PISA) -15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash uchun hamda (TALIS) - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o'rta ta'lim muas-sasalarida o'qitish va ta'lim olish muhitini hamda o'qituvchilarning ish sharoitlarini o'rganish bo'yicha aniq va zarur bo'lgan yo'nalishlar ko'rsatib berilgan2. Bugungi kunda o'quvchilarni robototexnika, 3D dizayn, modellashtirish, dasturlashga bo'lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Ushbu manfaat-larni ro'yobga chiqarish uchun mahorat va kom-petentlik talab etiladi. Faqat bilish va anglash emas, balki tadqiqot va ixtiro qilish ham muhim-dir. STEM integratsiyalashgan ta'lim yondashuvi jahon ta'limidagi asosiy tendensiyalardan biridir. U o'z ichiga matematika, texnologiya, ijodkorlik, muhandislik san'ati va tabiiy fanlarni o'rganishni qamrab oladi. Integratsiyalashgan ta'lim jarayoni muhandislik, dizayn va modellashtirish soha-sida talab qilinadigan mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi. STEM - real hayot talablaridan kelib chiqqan holda ilmiy-texnikaviy konsepsiya doirasida integratsiyalashgan holda o'qitishdir. Integratsiyalashgan ta'limni joriy etishdan ko'zlangan maqsad - bu ta'lim, jamiyat, ish va dunyoni bir butun holda tasavvur etish va ular o'rtasida barqaror aloqa o'rnatishdir. STEM ta'limi - maktabgacha ta'limdan boshlab texnologiya va muhandislik ishlarini o'rganishga hissa qo'shadigan ta'lim faoliyat majmui hisoblanadi. STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) asosida ushbu kon-sepsiyaning yangi variantlari paydo bo'ldi, ularning eng keng tarqalgani STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika) va STREAM (fan, texnologiya, robototexnika, muhandislik, san'at va matematika). Bugungi kunda STEAM jahon ta'limidagi asosiy tendensiyalardan biridir. Texnologiyaning jadal rivojlanishi tufayli yangi kasblar paydo bo'ladi. STEM mutaxassislariga bo'lgan talab hamma joyda o'sib bormoqda. Turli hisob-kitoblarga ko'ra, yuqori o'sish darajasiga ega bo'lgan har 10 ta mutaxassisliklardan 9 tasida STEAM bilimlari talab etiladi. Xususan, 2018 yil-gacha kimyo muhandislari, dasturiy ta'minot ish-lab chiquvchilar, neft muhandislari, kompyuter tizimlari tahlilchilari, mexanik muhandislar, quril-ish muhandislari, robototexnika, yadroviy tibbi-yot muhandislari, suv osti inshooti me'morlari, aerokosmik muhandislar kabi mutaxassisliklarga bo'lgan ehtiyojning oshishi kutilmoqda. STEAM ta'limi esa o'quvchilarni texnologik jihatdan rivojlangan dunyoga tayyorlaydi. O'tgan 60 yil mobaynida texnologiya jadal sur'atlar bilan o'sdi. Jumladan: Internet (1960 yil) va GPS texnologiyalardan (1978 yil) to DNKni skanerlash (1984 yil) hamda albatta iPod (2001 yil) hamda boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bugungi kunda deyarli har bir kishi smartfon-lardan foydalanmoqda. Bizning dunyomizni texnologiyasiz tasavvur etishning iloji yo'q. Bun-dan keyin ham texnologik rivojlanish davom etadi va STEAM ko'nikmalari bu rivojlanishning asosi bo'lib hisoblanadi. O'qituvchining izlanishi, bugungi kun talablari asosida o'z-o'zini tarbiyalashi, o'z ustida tinim-siz izlanishi, zamonaviy pedagogik texnologi-yalarni mukammal o'zlashtirishi va ularni ta'lim jarayonida qo'llashi ta'lim samaradorligini oshiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonining ta'sirchanligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish esa ulardan amaliyotda erkin foy-dalanish ko'nikma va malakalarini
274 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz shakllantiradi. Matematika o'qitish jarayonining eng asosiy yo'nalishlari quyidagi to'rt qismdan iborat: - matematik tushunchalar to'plamini bilish; - matematik mulohaza yurita olish; - matematik masala va muammolarni yechish; - matematik tilni egallash. Matematika darslarida zamonaviy metodik vositalardan foydalanish o'qituvchiga mavzun-ing to'liq o'zlashtirilishiga yordam beribgina qolmasdan, o'quv jarayonida o'quvchilarning o'zlari faol ishtirok etishlarini ham ta'minlaydi. Bu esa matematika fanini o'qitishda ijobiy nati-jalarga erishish garovi bo'lib xizmat qiladi. O'qitishga qo'yilgan maqsad va rejalashtirilgan natijalarni, asosan, didaktik texnologiyalarn-ing to'g'ri tanlanishi, o'quv jarayonini va o'quv faoliyatini uyushtirish usullarini mulohaza qilib tanlanganligini ta'minlaydi. Ta'lim jarayoning qiziqarli bo'lishi turli didaktik tizimlar majmuin-ing qanday tanlanishiga bog'liq. Masalan, quyidagi didaktik tamoyillar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin: • yuqori qiyinchilik darajasida o'qitish; • nazariy bilimlarning ustuvorligi; • katta tezlikda bilim berilishi; • o'quvchilarning ta'lim olish jarayonini tushunib yetishi; • har bir fuqaro va kasb egasida matematik kompetentlikning bo'lishi; • matematik ta'limga AKT larning tatbiq etilishi jahon miqyosidagi ilg'orlik garovidir; • matematik ta'limning barcha segment, qatlam va darajalarining o'zaro bog'liqligi (o'qitishning bog'cha bolalaridan to ilg'or matematika o'qituvchilarigacha, maktabgacha muassasa xodimlari va ota-onalargacha qamrab olish); • maktab va pedagog faoliyatining sifatini faqat bitiruvchilar va pedagoglarning absolyut natijalari darajasi bilangina emas, matematik kompetentlikni qay darajada egallaganligi bilan o'lchash. Natijada kam vaqt davomida katta hajm-dagi ma'lumotlar o'quvchilar tomonidan egallanib, ta'lim samaradorligi keskin oshirilishiga erishiladi. Matematik kompetensiya bilan bog'liq bo'lgan zarur bilim, malakalar va fanga bo'lgan qiziqish: - matematika fanidan zaruriy bilimlar son-lar, kattaliklar va strukturalar, asosiy amallar va ma'lumotlarni taqdim etish usullari, matematik tushuncha va terminlar haqida qat'iy bilimlarni, hamda matematika javob bera oladigan savol-larni anglashlarni o'z ichiga oladi; - inson matematikaga xos mulohaza yuri-tish, matematikada isbotni va matematikaning tilini tushunishi, hamda buning uchun mos vositalardan foydalanishi malakalariga ega bo'lishi kerak; - inson uyida va ishdagi kundalik vazi-yatlarda asosiy matematik qonunlar va asosiy matematik usullarni tatbiq etish hamda asoslan-gan mushohada yuritish ketma-ketligini qurish va uni baholash malakalariga ega bo'lishi kerak. Matematikaga ijobiy munosabat haqiqa-tga nisbatdan hurmat, isbotlash uchun dalil-larni izlash, ularning asoslanganligini baholay olish orqali shakllanadi. «Matematik kompetensiya» bu - vaziyatni strukturalash, matematik bog'lanishlarni aniqlash, jarayonlarni matema-tik modellarini tuzish, ularni tahlil qilish va ko'rinishlarini o'zgartirish, olingan natijalar bo'yicha
275 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz tegishli asoslangan va maqbul xulosa-lar chiqarish orqali ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyor bo'lish. O'qitish usuli haqida. Kompe-tensiyaviy yondashuv asosida ta'lim berish sharoitida o'qituvchilarning o'z faoliyatiga yon-dashuvi ham o'zgarishi kerak. O'qituvchi bundan buyon darslik bilan birgalikda o'quvchilarga — "ob'yektiv bilimlarni" yetkazuvchisi bo'lib qol-maydi. Matematika fanidan egallagan kompetensi-yalari darajalariga qo'yiladigan talablar ta'lim mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim bo'yicha uzviy bo'lib, Xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ta'lim mazmuni va matematik kompetensiya deskriptorlari (Trends in international matematis and siene studi enter (TIMSS)) baholash standartlariga o'zaro bog'liq holda olindi hamda ular sodda va tushunarli shaklda berildi. Egallangan bilim, ko'nikma va malaka darajalariga qo'yiladigan talablardan kelib chiqib, deskriptorlar1: • har bir darajani to'liq egallanganlikni ta'minlash uchun ta'limning barcha bosqichlar-ida o'quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiq-ishda tuzuvchilar tomonidan inobatga olinishi; • O'zbekiston Respublikasida uzluksiz maj-buriy ta'limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining davlat attestatsiyasi uchun baholash mezonlarini ishlab chiqishda nazarda tutiladi. Tadqiqot obyekti va qo'llanilgan metodlar. Tadqiqot obyekti sifatida STEAM va AKT kreativ o'qitish metodikasi asosida metodlari tavsiya etilgan. Tadqiqot mavzusini yoritishda ta'lim-tarbiya, muammoli o'qitish, ijodkorlik, tafakkur usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida o'quvchilar kashfiyotchilar va olimlar sifatida tadqiqotlar olib borishadi, texnologiyalarning imkoniyatlarini bilishadi, muhandislar sifatida loyihalashadi, rassomlar sifatida ijod qilishadi, matematiklar kabi fikrlashadi va albatta bolalar zavqlanib o'ynashadi. STEM - o'quvchining intellektual qobiliyat-larini ilmiy va texnologik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan rivojlantiradi. U o'quvchilarning aniq, tabiiy fanlarga bo'lgan qiziqishlarini rivo-jlanishiga qaratilgan o'quv dasturiga asoslanadi. STEM - olti bosqichdan iborat: savol, muho-kama, dizayn, tuzilish, test, rivojlanish. Ushbu bosqichlar loyihaning asosi hisoblanadi. O'z navbatida o'quvchilar bir jamoa sifatida barcha imkoniyatlardan foydalanish, birgalikda hara-kat qilish, undan foydalanish ijodkorlik va innovatsiyalarning asosidir. Shunday qilib, ilm-fan va texnologiyalarni bir vaqtning o'zida o'rganish va uni qo'llash ko'plab yangi innovatsion loyi-halarni yaratishga yordam beradi. Bu loyihalarda albatta "san'at"ning imkoniyatlari kengdir. Tabiiy va ijtimoiy fanlar bo'yicha maktabga-cha o'qishdan yoki maktabga kirishdan keyin darrov qiziqish ortib, o'rta maktabda STEM muvaffaqiyatli bo'lish ehtimoli ancha yaxshilani-shi mumkin. Maktabning integratsiyasi har xil irqli talabalarning bir-biri bilan yaqinroq tan-ishib olishiga yordam beradi1. STEM har bir fanning muhandislik ishini ken-gaytirishni qo'llab-quvvatlaydi va boshlang'ich maktabni kichik sinflarda muhandislik darsla-rini bilan boshlaydi. Bundan tashqari, nafaqat iste'dodli talabalar, balki boshqa barcha tala-balar ham standart STEM ta'limini olib keladi. Amerika Qo'shma Shtatlarining 2012 yilgi byud-jetida «Matematika va fan hamkorligi» (MSP) nomini o'zgartirdi va kengaytirdi. 2015 yilda Xalqaro talabalar baholari (PISA) dasturini xalqaro baholash testida amerikalik talabalar 109 ta mamlakatdan matematika bo'yicha 35, o'qish bo'yicha 24 va fanlarda 25o'rinni oldi. Amerika Qo'shma Shtatlari tala-balari 24 yoshdagi fan yoki matematika daraja-siga ega bo'lganlar orasida 29-o'rinni egalladi.
276 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz STEM ta'limi STEM maydonlarida qiziqishni rag'batlantirish uchun RepRap 3D printerlari kabi yangi texnologiyalarni qo'llaydi(AKT)[9]. Matematika fani yordamida o'quvchilar kor-pusning shakli va hajmiga nisbatan hisobkitob ishlarini amalga oshiradilar. Fizika va kimyo darslari yordamida barcha sensorlarni to'g'ri kalibrlash uchun tajribalar o'tkazadilar. Informatika fani yordamida meteostansiyani masofadan turib boshqarish uchun dasturiy ta'minotini ishlab chiqishadi va qurilmalardagi ko'rsatkichlarni saqlab qolish uchun sozlash ishlari bilan shug'ullanadilar. Xulosa qilib aytganda STEM hozirgi kunda jahon ta'limidagi asosiy tendensiyalardan biridir. Hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasi dunyo bo'ylab jadal sur'atlarda o'sib bormoqda. Shu bois, ilm-fan, texnologiya, injinir-ing va matematika fizikasohalaridagi malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj, aksariyat hollarda, taklifga nisbatan ancha oshayapti. Bu texnologiyaning jadal rivojlanishi tufayli yangi kasblar paydo bo'layotganligidan dalolat beradi. STEM mutaxassislariga bo'lgan talab hamma joyda o'sib bormoqda. Shuning uchun Avstraliya, Xitoy, Buyuk Britaniya, isroil, Koreya, Singapur, AQSh kabi ko'plab mamlakatlar STEM ta'limida davlat dasturlarini amalga oshiradi-lar. References: 1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarori. 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi "Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4199-sonli qarori. 3. Utanbayeva D.A. Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari. // 20-to'plam iyul 2023. https://www.pedagoglar.uz/ 4. Omanova M.A. PIRLS xalqaro dasturi asosida 4-sinf o'quvchilarida matnni o'qish va tushunish malakasini rivojlantirish. Tezis. PIRLS xalqaro baholash dasturi: nazariya va tatbiq etish istiqbollari. Xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari. Tohkent, 2020-yil 13.03. 5. STEM Integration in K-12 Education: Status, Prospects, and an Agenda for Research. Copyright 2014 by the National Academy of Sciyences. All rights reserved. http://nap. edu/18612