BOSHLANGʻICH TA'LIMDA INTEGRATSIYA
Full text
283 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA INTEGRATSIYA Pardayeva Shahlo Usmonovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 6-BT-S-22 taʼlim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17357275 Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim jarayonida fanlararo integratsiyaning ahamiyati, mazmuni va uni amalga oshirishning samarali yoʻllari tahlil qilinadi. Integratsion yondashuv o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini bir butun tizimda shakllantirish, ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda o‘quv faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim omil ekanligi yoritiladi. Kalit soʻzlar: boshlangʻich taʼlim, integratsiya, fanlararo aloqadorlik, kompetensiya, ijodiy fikrlash, taʼlim samaradorligi. Аннотация: В данной статье рассматриваются значение межпредметной интеграции в начальном образовании, её содержание и эффективные пути реализации. Интеграционный подход способствует формированию у учащихся системы знаний, умений и навыков, развитию их мышления и повышению интереса к учебному процессу. Ключевые слова: начальное образование, интеграция, межпредметные связи, компетенция, творческое мышление, эффективность обучения. Abstract: This article analyzes the importance of interdisciplinary integration in primary education, its content, and effective ways of implementation. The integrative approach helps develop students’ knowledge, skills, and abilities as a unified system, enhances their thinking abilities, and increases interest in the learning process. Keywords: primary education, integration, interdisciplinary connection, competence, creative thinking, learning effectiveness. Bugungi kunda taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida o‘qitish jarayonini zamon talablari darajasida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, boshlang‘ich taʼlimda integratsiya — o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiluvchi eng samarali yondashuv. Integratsiya deganda fanlararo aloqadorlikni taʼminlash, turli fanlardagi bilimlarni yagona tizimda o‘zaro bog‘lab o‘qitish tushuniladi. Bu usul o‘quvchining atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi, mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlik ta'minlangan sharoitda o'quvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. Fanlararo aloqadorlik tushunchasi o'quvchi shaxsida mustaqil ishlash, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish, darslarda faol ishtirokning yuzaga kelishi orqali bilim, ko'nikma va malakalarni egallay olishda asosiy vosita bo'ladi. Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida fanlararo aloqadorlik asosida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ta'limda fanlararo aloqadorlikning asosiy maqsadi boshlang'ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo'yish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini
284 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz shakllantirishdir. Dars jarayonida o'quv materialini mavzular bo'yicha tahlil etish yo'li bilan turli o'quv fanlarini qaysi mavzulari birbiri bilan aloqadorligi yuzaki ravishda aniqlansa, tarkibiy tahlil etish orqali o'quv materialining tashkil etuvchi tushunchalari, dalillari, qonuniyatlari, hukm, xulosalari, tasavvurlari orasidagi aloqadorlik o'rnatiladi. Fanlararo aloqadorlik o'rnatish uchun o'quv materiali mazmuni mantiqan, psixologik, didaktik, metodik va boshqa jihatlardan tahlil etadi. Demak, boshlang‘ich taʼlimda integratsiya - bu zamonaviy taʼlimning ajralmas qismi bo‘lib, u o‘quvchilarning mustaqil fikrlovchi, bilimni turli yo‘nalishlarda qo‘llay oladigan shaxs sifatida shakllanishiga zamin yaratadi. Integrativ o'qitishning maqsadi boshlang'ich ta'limda tarbiyalashning rivojlantirish asosi bo'lgan tabiat va jamiyat haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish, ularni rivojlanish qonunlariga o'z munosabatini shakllantirishdan iborat. Dastlabki boshlang'ich integratsiyalashgan darslar bu ona tili-o'qish, tabiatshunoslik-o'qish, o'qish-musiqa, tabiatshunoslik-matematika, tabiatshunoslik-texnologiya, matematikatexnologiya, matematikajismoniy tarbiya va hakozo kabi fanlarni qo'shib olib o'tkazishdir. Boshlang‘ich taʼlimda integratsion yondashuv o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, fanlararo bog‘liqlikni anglash va o‘quv jarayonini hayotiy misollar bilan boyitish imkonini beradi. Shu boisdan, o‘qituvchilar integratsiyalashgan darslarni tashkil etishda yangicha yondashuvlardan foydalanishlari zarur. References: 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 2. To‘raqulova Sh., Raximova D. Boshlang‘ich ta’limda integratsion yondashuv. — Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 3. Xo‘jayev A. Pedagogika nazariyasi va metodikasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–6108-sonli qarori. — 2020-yil 6-oktabr. 5. Hasanov A. Boshlang‘ich sinflarda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash metodikasi. — Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021.