scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FUQAROLIK JAMIYATINING MA'NAVIY HAYOTIDA HUQUQIY TARBIYANING O'RNI

Harifov Sobir Zokir o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishida huquqiy tarbiya hamda ma’naviy qadriyatlarning tutgan o‘rni yoritib berilgan. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev, birinchi prezident I.A. Karimov, ma’rifatparvar Abdulla Avloniy kabi mutafakkirlarning fikrlari orqali fuqarolik jamiyatining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishda huquqiy tarbiyaning ahamiyati, ayniqsa ta’lim tizimidagi o‘rni haqida taklif va yechimlar bildirilgan. Shuningdek, Sh. Xudoyberganov va Q. Islomovlarning ilmiy qarashlariga tayanib, huquqiy tarbiyaning metodik va nazariy jihatlari izohlangan. Maqola yakunida huquqiy va ma’naviy tarbiya orqali kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan.

Full text

2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 109 FUQAROLIK JAMIYATINING MA’NAVIY HAYOTIDA HUQUQIY TARBIYANING O‘RNI Harifov Sobir Zokir o‘g‘li Toshkent shahar, Shayxontohur tuman, 186-maktab huquq fan o‘qituvchisi Email adress: [email protected] Telefon raqam: +99877 311 16 99 https://doi.org/10.5281/zenodo.17358344 Annotatsiya. Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishida huquqiy tarbiya hamda ma’naviy qadriyatlarning tutgan o‘rni yoritib berilgan. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev, birinchi prezident I.A. Karimov, ma’rifatparvar Abdulla Avloniy kabi mutafakkirlarning fikrlari orqali fuqarolik jamiyatining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishda huquqiy tarbiyaning ahamiyati, ayniqsa ta’lim tizimidagi o‘rni haqida taklif va yechimlar bildirilgan. Shuningdek, Sh. Xudoyberganov va Q. Islomovlarning ilmiy qarashlariga tayanib, huquqiy tarbiyaning metodik va nazariy jihatlari izohlangan. Maqola yakunida huquqiy va ma’naviy tarbiya orqali kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Fuqarolik jamiyati, huquqiy tarbiya, ma’naviyat, huquqiy ong, ta’lim tizimi, huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi. Kirish: Bugungi globallashuv davrida har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti, eng avvalo, kuchli fuqarolik jamiyatining mavjudligiga bog‘liq. Fuqarolik jamiyati — bu inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy va madaniy faolligini rag‘batlantiruvchi muhim ijtimoiy tizimdir. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va uni rivojlantirishga davlat siyosati darajasida yondashilmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, har qanday islohot jamiyat a’zolarining huquqiy va ma’naviy ongidan, ongli fuqarolik pozitsiyasidan boshlanishi lozim. Bu jarayonda, ayniqsa, huquqiy tarbiya — jamiyat a’zolarida qonunlarga hurmat, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantiruvchi vosita sifatida muhim o‘rin tutadi. Huquqiy tarbiya fuqarolik jamiyatining ijtimoiy poydevorini mustahkamlash, insonlarni qonunlarga itoatkorlikka va faol fuqarolik pozitsiyasiga undashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham huquqiy tarbiyani faqat ta’lim muassasalarida emas, balki keng ijtimoiy muhitda — ommaviy axborot vositalari, oilada, jamoat tashkilotlari orqali olib borish zarurdir. Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining shakllanishi, bu jarayonda huquqiy tarbiyaning tutgan o‘rni, huquqiy ong va ma’naviyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, sohani chuqur o‘rgangan olimlar — Sh. Xudoyberganov, Q. Islomov, A. Avloniy va boshqa mutafakkirlarning qarashlari orqali mavzuning nazariy va amaliy jihatlari yoritib beriladi. Asosiy qism: So‘nggi yillarda davlatimizda fuqarolik jamiyatda katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlar turli xil usullarda o‘zining aksini topmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev fuqarolik jamiyati tushunchasini shunday ta’riflaydi, “Bizga, birinchi navbatda, kuchli fuqarolik jamiyati zarur, chunki har qanday islohot har birimizning yuragimizdan, ongimizdan boshlanishi lozim. Adolatli qonunlar bo‘yicha vijdonan yashashga tayyor 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 110 bo‘lishimiz, mamlakat kelajagi uchun bir yoqadan bosh chiqarib, olg‘a qadam bosmog‘imiz kerak.” 1 Bu ham fuqarolik jamiyatining rivojlanishi uchun asosiy turtki desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun rivojlangan fuqarolik jamiyatini shakllantirish haqida gap borar ekan, buni so‘z va matbuot erkinligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Butun dunyoda jurnalistlar o‘zlari va jamiyatni o‘ylantirayotgan, xavotirga solayotgan mavzular haqida gapirish va yozish huquqi uchun kurashlar avjida, va bu muvaffaqiyatga davlatimizda erishilmoqda. Abdulla Avloniy ham ko‘plab fikrlar aytgan: “Millat ravnaqi — ma’rifatli, huquqiy ongli va tarbiyali fuqarolar bilan bo‘lur.” 2 Bundan ko‘rinib turibdiki, fuqarolik jamiyati davlatimizda tarixdan eng kuchli masala sifatida shakllanib kelayotganligi, bugun ham o‘zining ta’sirini keng miqyosda ko‘rsatayotganligi va ma’rifatparvarlarimiz ham bu o‘rinda ko‘plab ishlar qilganligi hammaga ma’lum. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov 1998-yilda chop etilgan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” asarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish zarurligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, kuchli davlat fuqarolik jamiyatining rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak. 3 Bundan tashqari, birinchi prezidentimiz davrida fuqarolik jamiyati borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi, bu o‘zining xususan, ta’lim, ilm-fan va insonlarning yashash jarayonlarida xususiyatlarini ko‘rsatdi. Bizning bugungi jamiyatimizda bu jarayonlar asosiy o‘rin tutmoqda. Fuqarolik jamiyati — bu davlat tuzilmalaridan nisbatan mustaqil, fuqarolarning o‘z manfaatlarini ifoda etuvchi va himoya qiluvchi, ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat yurituvchi institutlar, uyushmalar va alohida shaxslarning o‘zaro hamkorlikdagi tizimi hisoblanadi. U jamiyatda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi faolligini kuchaytirish, ularni davlat boshqaruvi va jamoaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etish orqali demokratik jamiyat asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyati davlatning muvozanatli va ochiq faoliyat yuritishini nazorat qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. U jamiyatda “davlat – fuqaro” munosabatlarining tenglik, ishonch va hamkorlik asosida shakllanishini ta’minlaydi. Bugungi kunda eng yuqori turuvchi ma’naviyat tushunchasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, Ma’naviyat — bu insonning ichki dunyosi, ruhiy-axloqiy fazilatlari, iymon-e’tiqodi, aqliy salohiyati, estetik didi, vijdoni va jamiyatdagi ijtimoiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan holda shakllanadigan murakkab ijtimoiy hodisadir. U insonning o‘zini anglash, yaxshilik va yomonlikni farqlash, adolatga intilish, go‘zallikni qadrlash kabi fazilatlarini o‘z ichiga oladi. Ma’naviyat shaxsning hayotiy pozitsiyasi, jamiyatdagi o‘rni va faoliyatini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. “Ma’naviyat — inson qalbidagi ilohiy nur. Ma’naviyat — inson qalbida, ko‘ngil ko‘zgusida aks etgan haqiqat nuridir’’ 4 deb keltirgan Muhammad Imomnazarov o‘zining nutqlarida. Ma’naviyat tushunchasiga birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ham shunday ta’rif bergan: “Ma’naviyat — avvalo odamni ruhan poklanishga, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, 1 https://daryo.uz/2023/08/31/bizga-birinchi-navbatda-kuchli-fuqarolik-jamiyati-zarur-shavkatmirziyoyev?daryo.com 2 Abdulla Avloniy ‘‘Turkiy guliston yohud axloq’’ 3 I.A.Karimov “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” 4 https://efayl.uz/document/manaviyatning-bilish-jarayonlari-bilan-bogliqligi/?yulduzcom 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 111 inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan kuchdir.” 5 Bugun fuqarolik jamiyatida ma’naviyat tushunchasining o‘rni beqiyosdir. Chunki, insonlar fikrlaydi va tafakkur qiladi, ularning qilayotgan ishlarining rivoji esa ma’naviyat bilan aloqador bo‘ladi. Misol uchun, ma’lum bir shaxs fuqarolik jamiyatiga foyda keltiradigan bir nechta jarayonlarni o‘ylab topdi, ammo fuqaro buni hech kimga berishni xohlamadi. Bu esa ma’naviyatning o‘z kuchini yo‘qotganligidadir, insonlar qachonki beg ‘araz bir biriga yordam bersa, bu asosiy ma’naviy hayotning yuksalishi bilan bog‘liqdir. Bu o‘rinda huquqiy tarbiya tushunchasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, Huquqiy tarbiya — bu shaxsda huquqiy ong, huquqiy madaniyat va qonunlarga hurmatni shakllantirishga qaratilgan uzluksiz pedagogik jarayondir. U jamiyat a’zolarining huquqiy bilimlarini oshirish, huquqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va qonunlarga rioya qilish odatini o‘rgatish orqali amalga oshiriladi. Huquqiy tarbiya keng ma’noda, jamiyatning huquqiy ongini shakllantirish, tor ma’noda esa alohida shaxsning huquqiy xulq-atvorini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan faoliyatni anglatadi. Sh.Xudoyberganovning ta’kidlashicha, huquqiy tarbiya — bu jamiyat a’zolarining huquqiy ongini shakllantirish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish va huquqqa hurmat ruhida tarbiyalash jarayonidir. Bu jarayon orqali shaxslar o‘z huquq va majburiyatlarini anglab, qonunlarga rioya qilish madaniyatini egallaydilar. 6 Bu ham bugungi kunimizning asosiy jarayonlaridan hisoblanadi. Chunki, fuqarolik jamiyatida huquqiy ong va huquqiy madaniyat asosiy o‘rin tutadi. Bugun jamiyatimizda huquqiy ong mavjud, chunki fuqarolar o‘zining huquqi haqida hamma ma’lumotlarga ega va bu haqida ularda tushunchalar mavjud. Huquqiy madaniyatga kelganda esa bugun bizning asosiy muammolarimiz kelib chiqmoqda. Bugungi kunda huquqiy tarbiya bo‘yicha ham ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Buni esa biz Q. Islomovning ilmiy izlanishlaridan ham ko‘rishimiz mumkin. Huquqiy tarbiyaning tarixiy rivojlanishi, asosiy nazariy jihatlari va amaliyotdagi o‘z o’rniga alohida e’tibor qaratilgan. Muallif huquqiy tarbiyani insonning ijtimoiy hayotidagi qonuniylik, adolat va mas’uliyat hissini shakllantirish vositasi deb hisoblaydi. U asarida huquqiy tarbiyaga shunday ta’rif ‘‘Huquqiy tarbiya inson ongini chuqurlashtirib, jamiyatdagi nizom va qonunlarga hurmatni mustahkamlaydi.’’ 7 Bundan tashqari, birinchi prezidentimiz ham o‘zining asarida fikrlarini keltirib o‘tgan, ushbu asarda prezident tomonidan ilgari surilgan g‘oya, ya’ni kuchli davlat asosida mustahkam huquqiy tarbiya tizimini shakllantirish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ta’kidlangan. Bu asar huquqiy tarbiya orqali jamiyatning barqarorligi va adolatliligini oshirishga urg‘u beradi. Shu bilan birga prezidentimiz shunday jumlalarni ham keltirib o‘tgan, ‘‘Kuchli davlat asosida fuqarolarning qonuniy ongini oshirish va huquqiy qadriyatlarni mustahkamlash zarur’’. 8 Fuqarolik jamiyatida huquqiy tarbiyani rivojlantirishda asosan biz ta’lim sohasiga e’tibor qaratishimiz lozim, deb hisoblaymiz. Chunki, bugungi kunda davlatimizda aholining deyarli 6570 % yoshlardan iborat va bizning davlatda majburiy 11 yillik ta’lim mavjud, biz bu vaqtdan unumli foydalangan holda o‘zimizning maqsadimizga erishishimiz mumkin. Bu yerda biz bir 5 I.A.Karimov ‘‘ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch’’ 6 Sh. Xudoyberganov. ‘‘Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari’’ (Qqon, 2022) 7 Ismoilov, Q. – ‘‘Huquqiy tarbiya va uning tarixi’’(2015) 8 Prezident Islom Karimov – ‘‘Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari’’ 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 112 necha takliflarni keltirib o‘tsak, birinchidan, maktablarda huquq dars soatlarini ko‘paytirish, bu orqali biz yaxshigina ijobiy natijaga erishishimiz mumkin. Inson – so‘zining ma’nosi ham ‘‘unutuvchi’’ degan ma’noni anglatadi. Bundan biz bilishimiz mumkinki, o‘quvchilar ularning ustozlari qanchalik darsni qiziqarli qilishiga qaramasdan keyingi haftaga yana bir xil ko‘rinishda kelishadi. ikkinchidan, o‘quvchilarga 5-6 sinflarda huquq fanining joriy qilinishi, bu ham mening fikrimcha asosiy o‘rinni egallaydi. Buning foyda keltirishini esa Buyuk Britaniya misolida ko‘rsak bo‘ladi. Chunki, bu davlat o‘zining o‘qitish tizimini bolaning yoshlik davridan boshlaydilar. Ya’ni, bolalarga to‘rt bosqichda ularning bilimiga qarab darslarni o‘tishadi. Ya’ni qiziqishi bo‘lganlar boshlang‘ich sinflardan ajratib olinadi va ularda A* li sertifikatlar berilishi, maktab va universitetni tugatgunicha, o‘zining ilmiy faoliyati yuritishda ko‘rinadi. Uchinchidan, dars jarayonlarida texnologiyalardan foydalanib simulatsiyani shakllantirib berish. Insonda turli xil sezgi organlari bo‘lib ko‘rish, eslab qolishning 1/3 tashkil qiladi, qolgan to‘rt sezgi organlari 2/3 qismini tashkil qiladi. Ya’ni bolalarga ko‘ringan holda tasvirlash orqali ta’lim sifatini yaxshilash. To‘rtinchidan, ustoz va murabbiylarning maoshini ko‘tarish va ularni shartnoma asosida kamida 5 yilga ishga olish bu esa davlatimizda ta’lim tizimining oshishiga xizmat qiladi. Xulosa Fuqarolik jamiyati — bu shunchaki siyosiy yoki ijtimoiy institutlar tizimi emas, balki jamiyatda adolat, qonun ustuvorligi, inson erkinligi va fuqarolik faolligini ta’minlovchi muhim omildir. So‘nggi yillarda yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezident Sh. Mirziyoyevning “kuchli fuqarolik jamiyati” haqidagi fikrlari, birinchi prezident I.A. Karimovning “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” g‘oyasi bu yo‘nalishdagi siyosiy irodani yaqqol namoyon etadi. Tariximizda ma’rifatparvarlar, xususan, Abdulla Avloniyning “Millat ravnaqi — ma’rifatli, huquqiy ongli va tarbiyali fuqarolar bilan bo‘lur” degan so‘zlari esa bu yo‘nalishda ma’naviyat va huquqiy tarbiyaning naqadar muhim ekanligini anglatadi. Ma’naviyat — inson qalbining, iymon-e’tiqodining va axloqiy qarashlarining mujassamidir. U fuqarolik jamiyatining asosi bo‘lib, insonlarni ezgulikka, o‘zaro hurmat va mas’uliyatga chorlaydi. Shu o‘rinda, huquqiy tarbiya — fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi bo‘lib, u shaxsda qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish orqali jamiyatda qonuniylik va adolat muhitini qaror toptirishga xizmat qiladi. Sh. Xudoyberganov va Q. Islomovlar tomonidan huquqiy tarbiyaning shakllari, metodlari, va jamiyatdagi o‘rni chuqur yoritilgan bo‘lib, bu boradagi ilmiy yondashuvlar bugungi kundagi islohotlar uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bois, jamiyatimizda huquqiy tarbiyani yanada rivojlantirish uchun ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu borada boshlang‘ich sinflardan huquqiy fanlarni joriy qilish, darslarda texnologik yondashuvlarni qo‘llash, o‘qituvchilarning moddiy rag‘batini oshirish kabi takliflar amaliy ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, fuqarolik jamiyatining shakllanishi, undagi ma’naviy qadriyatlarning mustahkamlanishi va huquqiy tarbiyaning izchil olib borilishi — barqaror, adolatli va taraqqiyotga yo‘naltirilgan davlatning asosi hisoblanadi. Bu esa har bir fuqaroning faol ishtiroki va ongli munosabati bilan amalga oshadi. 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 113 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. — Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. 2. Karimov I.A. Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari. — Toshkent: O‘zbekiston, 1998. 3. Xudoyberganov Sh. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari. — Qo‘qon: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, 2022. 4. Islomov Q. Huquqiy tarbiyaning nazariy va amaliy masalalari. — Toshkent: TDYU, 2019. 5. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. — Toshkent: “Fan”, 1992. 6. Imomnazarov M. Ma’naviyat va ma’rifat asoslari. — Toshkent: Ma’naviyat, 2016. 7. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Toshkent: O‘zbekiston, 2023-yilgi tahrir. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti — https://president.uz 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi veb-sayti — https://parliament.gov.uz