MAKTAGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM TIZIMIDA ÒRGATISHNING ZAMONAVIY TEXNALOGIYALARI
Full text
310 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz MAKTAGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM TIZIMIDA ÒRGATISHNING ZAMONAVIY TEXNALOGIYALARI Xoliyorova Xumora Husniddin qizi Denov Tadbirkorlik vaPedagogika instituti Pedagogika fakulteti sirtqi bòlim Boshlang'ich ta'lim yònalishi 4-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17358459 Annotatsiya: Maqolada maktagacha va boshlang'ich ta'lim tizimida òrgatishning zamonaviy texnalogiyalari, integratsiya va shu mavzu doirasida òtkazilgan xalqaro anjumanlar prezident qarorlari va zamonaviy texnalogiyalardan qanday foydalanishi ularning òquvchilarga ta'siri, zamonaviy texnalogiyalarni hayotimizdagi òrni haqida bayon qiladi. Kalit sòzlar: Texnalogiyalar, metodlar, integratsiya, Menejerlik òquv kurslari, ta'lim maqsadi. Аннотация: Статья в статье посвящена системе работы и международных конференций в сфере начального образования, влиянию на них учащихся и современным технологиям, объясняется влияние современных технологий на личность в нашей жизни. Ключ Ключ: Технологии, методы, интеграция, курсы подготовки менеджеров, цель обучения. Annotation: The article in the article in the system of work and international conferences in the primary education, the effect on their students and modern technologies, explains the management of modern technologies about the personality in our lives. Key Key: Technologies, methods, integration, management training courses, purpose of education. Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi. Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'limtarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
311 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Ulug‘ donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi. Ma'lumki, ta'limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlari ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda. Darsmashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni tak rorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi. Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'limtarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning: «Har qarichi muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik»[1], - degan fikrlariga javoban ta'lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z
312 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz.«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish; o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim). Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi; o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar; o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar. Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o‘rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo‘llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to‘rtta va taalluqli bo‘lmagan (ortiqcha) bitta so‘z (tushuncha, fikr) beriladi. O‘quvchilar ana shu so‘zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar. Masalan, 1-sinf darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha qo‘llash mumkin. Yozuv ekranda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ortiqcha so‘zni aniqlashadi. Taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarini oʻzaro integratsiya qilishga doir muhim vazifalar muhokama qilindi 1-avgust 2025-yil Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova boshchiligida taʼlim tizimini integratsiya qilish va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar ijrosiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, mazkur vazirliklar masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir avvalida Davlatimiz rahbarining kuni kecha eʼlon qilingan tegishli Farmoniga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan Eʼzoza Karimova jamoaga tanishtirildi.Yigʻilishda taʼlim tizimini barcha boʻgʻinini oʻzaro integratsiya qilgan holda yangi sifat bosqichiga olib chiqish va uni samarali tashkil qilishga doir aniq vazifalar muhokama qilindi.Taʼkidlanganidek, maktabgacha taʼlim standartlari xalqaro meʼyor talablariga muvofiqlashtirilib, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim oʻquv dasturlarining oʻzaro uzviyligi taʼminlanadi. Barcha tuman (shahar)larda “Ilk rivojlanish markazlari” faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 200 mingta qoʻshimcha oʻrin yaratiladi. “Menejerlik oʻquv kurslari” da oʻqitiladigan nomzodlar qamrovi oshirilib, oʻqitish uslubi va yoʻnalishlari takomillashtirib boriladi. Prezident, ixtisoslashtirilgan maktablarda qoʻllanilayotgan baholash tizimi barcha umumtaʼlim maktablariga bosqichma-bosqich joriy etib boriladi. Yangi oʻquv yilidan boshlab
313 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ushbu tizim uch mingta maktabda amaliyotga kiritilishi rejalashtirilgan. Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻi kengaytirilib, Abu Ali ibn Sino nomli ixtisoslashtirilgan maktabining 13 ta filiali joylarda bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Qayd etilganidek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda pedagog xodimlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tubdan transformatsiya qilinmoqda. Yigʻilishda ushbu jarayonlarni yanada jadallashtirish boʻyicha kelgusi vazifalar belgilab olindi. Maktabga qabul jarayonlarini raqamlashtirish va umumtaʼlim maktablariga pedagog kadrlarni maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi kengaytiriladi.Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi oshirilib, maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishlari ham oʻzaro transformatsiya qilinadi. “Turon” maktab teatri, “Iqtidor” maktab ansambli va “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovlari muntazam tashkil etib boriladi. Yigʻilishda taʼlim sohasiga doir yaqin, oʻrta va uzoq istiqbolga moʻljallangan rejalar xususida ham maʼlumot berib oʻtildi. Unga koʻra, TOP100 talikka kirgan xorijiy universitetlar bilan hamkorlik kuchaytirilib, xorijiy talabalar soni hozirgi 16 mingdan 160 ming nafarga, maktablarga jalb qilinayotgan xorijlik oʻqituvchilar sonini hozirgi 2 mingdan 10 ming nafarga yetkaziladi.2025-yil yakuniga qadar oʻquvchilarning til bilish darajasi, tegishli sertifikatga ega xorijiy til oʻqituvchilar soni sezilarli oshiriladi.Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyati transformatsiya qilinadi, Garvard universiteti bilan hamkorlikda Rektorlar maktabi tashkil etiladi.2026-yilga qadar 14 ta, 2030-yilga qadar 208 ta “Kelajak avlod” namunaviy bogʻchalar faoliyati yoʻlga qoʻyilib, sohadagi xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash, ular uchun hudud va taʼlim sifatiga asoslangan differensial imtiyozlar joriy etish boʻyicha ishlar davom ettiriladi.“Bogʻchadan — oliygohgacha” yagona milliy gʻoya tizimi yaratilib, 2025-2030-yillar uchun maktabgacha, maktab va oliy taʼlimda yagona yondashuv konsepsiyasi ishlab chiqiladi hamda amaliyotga joriy etiladi.Joriy yilda oliy taʼlim muassasalari ilmiy salohiyati 55 foizga yetkazilib, 4250 nafar professor-oʻqituvchi xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lomva rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otib, tizimli o'qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsadi -bolalarni maktabdagi o'qishga tayyorlash, bolani sog'lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Bugungi kunda ta'lim sohadida juda kòplab òzgarishlar bòlmoqda, ta'lim sifatini oshirish maqsadida muhtaram prezidentimiz tomonidan kòplab sharoitlar yaratib berilmoqda.Xususan zamonaviy texnalogiyalar ,yangi maktablar, òquvchilarni mantiqiy fikrlashga òrgatadigan, fikrlash doirasini kengaytiradigan darsliklar turli xil metodlar ishlab chiqildi.Bu yaratilgan imkoniyatlardan tòg'ri foydalanish uchun esa òqituvchidan pedagogik mahorat talab etiladi.Pedagogik mahoratga ega òqituvchigina jamiyatga manfaati tegadigan yetuk shaxsni tarbiyalab bera oladi. References: 1. O'RQning 595-sonli "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni. 16.12.2019 yil.
314 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 802-sonli "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning DAVLAT STANDARTI" 22.12.2020 yil 3. F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo'latova, N.M. Qayumova, M.N.A'zamova " Maktabgacha pedagogika" T-2019 132-133 b 4. Asqarova.D.Q. "Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasi"T-2020 13-17b 5. Qurbonova. Z.I.The Importance of the use of Educational Technologies Aimed at the Development of the Child's Personality in Preschool Education." nomli Ilmiy maqola - International Journal of Culture and Modernity" ISSN 2697-2131, Volume 11 47,48,49 b. Испания2021 6. Д.Ш.МирзаеваЗ.И.Курбанова"ApTпедагогическиетехнологиикоррекциистраховуде тейдошкольноговозраста" SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2021.1206-1212b. 7. Mirzayeva D.Sh. Nasimova N.Q. and Hakimova N.S "Арт-педагогика для дошкольникtов". Scientific progress 2.7(2021) .