ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHDA PEDAGOGIK VA INNOVATSION METODLAR
Abstract
maqolada ekologiya fanni o’rgatishda pedagogik va innovatsion texnalogiyalar yordamida ekalagik ta’lim samaradorligini oshirish va talabalarning ekolagik ongini rivojlantirishni tahlil qiladi.
Full text
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 27 ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHDA PEDAGOGIK VA INNOVATSION METODLAR Abilova Durdona Xusniddin qizi. Samarqand Davlat Veterinariya Meditsinasi Chorvachilik va Biotexnalogiyalar universiteti Sulaymonova Gulmira Muzaffar qizi Samarqand Davlat Veterinariya Medetsinasi Chorvachilik va Biotexnalogiyalar universiteti. Annotatsiya: maqolada ekologiya fanni o’rgatishda pedagogik va innovatsion texnalogiyalar yordamida ekalagik ta’lim samaradorligini oshirish va talabalarning ekolagik ongini rivojlantirishni tahlil qiladi. Kalit so’zlar: ekolagik ta’lim, pedagogik va innovatsion texnalogiyalar, multimediya, ekalagik ong, zamonaviy texnalogiyalar, yashil energiya, masofaviy ta’lim, ekalagik masuliyat. Ekolagik muommolar bugingi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib kelmoqda. Ekologiya fanini samarali o’qitish orqali talabalar ekologik ong va ma’suliyatni shakillantirishi, ekologik muommolarning mohiytini chuqur tushunishi va ularni hal qilish yo’llarini ishlab chiqishi mumkin. Zamonaviy texnalogiyalar esa bu jarayonni sezilarli darajada samarador qiladi. Ekologiya fanini o’qitishda pedagogik texnalogiyalarni qo’llash bugungi ta’lim tizimining eng dolzarb masalalaridan biridir. Ushbu texnalogiyalar ekologik ta’limni zamonaviy talab darajasida hal qilish imkonini beradi. Pedagogik texnalogiyalar o’quvchilarni o’quv jarayoniga chuqur jalb etish, mavzuni mustahkam o’zlashtirish va ekolagik muommolarni hal qilish boyicha ijodiy fikirlash konikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday o’quv jarayoniga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnalogiyalari, virtual tajribalar, gamifikatsiya tamoyllari, masofaviy ta’lim va interaktiv usullarni joriy qilish alohida ahamyatga ega. Bog’cha yoshdagi bolalarga multimediya texnalogiyalarini qo’llash bir muncha samarali. Ular multimediya va vidiodarslar orqali ekologik jarayonlarni tushinib, ekologik ongi rivojlana boshlaydi. Virtual labaratoriya ekologiya fanining amaliy jihatlarini o’rganishda noyob vositalardan biri hisoblanadi. Virtual labaratoriyalar yordamida talabalar turli ekologik tajribalarni arzon va samarali tarzda amalga oshirishi mumkin. Gamifikatsiya tamoillari ekologiya fanini o’qitishda innovatsion yondashuvlardan biri sifatida tobora keng qo’llanilmoqda. Talabalarni ekologik jarayonlarga qiziqtirish va ularda raqobat tuyg’usini uyg’otish uchun o’yin elementlari o’quv jarayonlariga kiritilgan. Masofaviy ta’lim texnalogiyalari ekalogiya fanini o’qitishda yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Zoom, Microsoft Teams va Google kabi platformalar orqali ekologik mavzular bo’yicha onlayn darslar va seminarlarni tashkil qilish o’quvchilar va o’qituvchilar uchun juda katta qulayliklar yaratdi. Ekalogik ta’limda axborot resurslarining ham ro’li beqiyosdir. Intirnetda mavjud bo’lgan ochiq manbalar, xalqaro hisobotlar va ekologik mavzudagi ilmiy maqola talabalar uchun keng DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17359001
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 28 qamrovli bilim olish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda axborot resurslarisiz hayotimizni tassavur etishimiz nihoyatda qiyin bo’lib qoldi. Bugungi kunda atrof-muhitni himoya qilishning smamarali usullaridan yana biri – innovatsion texnalogiyalardan foydalanishdir. Innovatsion texnalogiyalar, ayniqsa ,,yashil energiya” manbalaridan foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash va suvni tozalash kabi sohalarda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda texnalogiyalar ekalogiyani himoya qilishda nafaqat o’z samarasini ko’rsatib kelmoqda, balki jahon miqyosida yashil iqtisodiyotga o’tishning muhim omillaridan biri bo’lib kelmoqda. Quyosh energiyasi, shamol energiyasi va biogaz texnalogiyalari kabi muqobil energiya manbalari an’anaviy yoqilg’ilarga nisbatan ekologik jihatdan xafsizroq hisoblanadi. Quyosh panellari yordamida ishlab chiqariladigan energiya havoga uglerod gazining chiqarilishiga yo’l qo’ymaydi, bu esa global isishning oldini olishga xizmat qiladi. Shamol turbinalari orqali ishlab chiqariladigan energiya ham tabiy resurslardan foydalanadi, va bu texnalogiya chiqindilarni kamaytiradi. Biogaz texnalogiyalari esa organik chiqindilarni qayta ishlashni ta’minlaydi, shu bilan birga energiya ishlab chiqarishga yordam beradi. Bunday texnalogiyalar joriy etilgan mamlakatlarda misol uchun: Germaniyada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning ulushi ortib bormoqda. Bunday texnalogiyalar tufayli o’sha davlatlarda iqtisodiy rivojlanish ham ortib bormoqda. Bundan tashqari Smart monitoring tizimlari ham atrof-muhitni nazorat qilish va himoya qilishda muhim vositalardan biridir. Lot internet of things texnalogiyalari yordamida havo, suv va tuproqning o’zgarishini real vaqtda kuzatish mumkin. Bu tizimlar orqali atrof-muhitdagi ifloslanish darajasini doimiy ravishta monitoring qilish, vaqtida ogohlantirishlar berish va zarur choralarni ko’rish imkoniyati beradi. AQSh va Yevropa Ittifoqida o’rnatilgan havo sifatini nazorat qilish tizimlari har bir shahr va hududda havoning ifloslanish darajasini tahlil qiladi. Bu tizimlar orqali aholiga xafli darajada ifloslangan havo haqida ma’lumot beradi, va ular uchun xafsiz bo’lgan hududlanri ko’rsatadi. Chiqindilarni qayta ishlash texnalogiyalari atrof-muhitni himoya qilishda muhim o’rin tutadi. Plastik va shisha idishlar, elektron chiqindilarni qayta ishlash zavodlari bu chiqindilarni sanoatga qaytarish uchun ishlatiladi. Bu texnalogiyalar nafaqat chiqindilarni kamaytirishga, balki yangi xom ashyo ishlab chiqarishga ham yordam beradi. Yevropa davlatlarida: Germaniya va Shivetsiyada chiqindilarning katta qismi qayta ishlanadi. Yaponiyada esa ,,nol chiqindi” tamoili asosida chiqindilarni to’liq qayta ishlashga erishilgan. Shu bilan birga chiqindilardan organik o’g’itlar ishlab chiqarish imkoniyati ham mavjud. Oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash orqali qishloq xo’jaligida ishlatiladigan tabiy o’g’itlar olinadi. Bu texnalogiyalar nafaqat chiqindilarni kamaytirishga balki agrotexnikada barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Suv resurslaridan ham hozirgi kunda ekologik xafsizlikni ta’minlashda ham ro’li katta. Suvning ifloslanishi butun ekosistema uchun tahtid soladi. Shuning uchun suvni tozalash texnalogiyalari juda muhimdir. Biologik va Kimyoviy tozalash usullari yordamida sanoat va maishiy suvlar tozalanadi. Suvni tozalashda, membranali filtiratsiya texnalogiyalari ham keng miqyosda qo’llanilmoqda. Bu texnalogiyalar yordamida suvdagi og’ir metallar, mikroblar va boshqa zararli moddalardan tozalash mukin. Singapurda qo’llanilayotgan ,,NEWater” texnalogiyasi orqali chiqindi suvlar tozalab, qayta foydalanishga kiritilmoqda. Bu kabi texnalogiyalar suv resurslarining samarali boshqarilishini ta’minlaydi.
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 29 Kelajakda innovatsion texnalogiyalarning ekologik muommolarni hal qilishdagi ro’li yanada ortib borishi kutulmoqda. Xususan yashil texnalogiyalar, biotexnalogiyalar, robotexnika, va internet of things texnalogiyalari orqali atrof-muhit monitoringi va boshqaruvi yanada smarali bo’ladi. Bundan tashqari sun’iy intilekt asosidagi algoritmlar ekologik progonozlar qilish, xafli holatlarni oldindan aniqlash va real vaqt rejimida ekologik choralarni ko’rishda keng qo’llaniladi. Xulosa. Atrof-muhitni muhofaza qilishda pedogogik va innovatsion texnalogiyalar har biri davlat uchun juda muhimdir. Ular nafaqat tabiatni asrashga, balki iqtisodiy samaradorlikni oshirishga ham xizmat qiladi. Pedagogik texnalogiyalarning ham rivojlanib borayotganligi kelajakda tabiatimizni asrash uchun katta samara beradi. ,,Yashil energiya” texnalogiyalari, smart monitoring tizimlari, chiqindilarni va suvni qayta ishlash tizimlari atrof-muhitni muhofaza qilishda juda katta samara bermoqda va yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bunday texnalogiyalarni kengaytirish va joriy etish, shuningdek ekalogik ta’limni kuchaytirish atrof-muhitni saqlash va barqaror rivojlanishiga erishishda muhim omil bo’ladi. Bu albatta kelajak avlodlar uchun toza va sog’lom atrof-muhitni ta’minlashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Bobojonova M.J, Sodiqova N.T, Yashil iqtisodiyotga o’tish va barqaror texnalogiyalar yaratish. 2025-y 2. Qodirov F, Umarova G, Raqamli texnalogiyalar va ekalogik barqarorlik. 2024-y 3. Ortiqboyeva A.X, Tangriqulova N.Y, Ekalogiya fanini o’qitishda pedagogik texnalogiyalardan foydalanish ko’nikmalari. 2024-y 4. Bobonazarova Z, Ekalogik ta’limda zamonaviy texnalogiyalar. Toshkent 2020-y 5. Karimov I.A, Axborot komunikatsiya texnalogiyalari va ekologik ta’lim. Navoiy 2021-y