scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TADQIQOTLAR RAKURSIDA DISTANT OILA FENOMENI

Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Abstract

Distant oila ko‘pincha turmush o‘rtoqlarning har biri kasb faoliyatining o‘ziga xosligi tufayli, hayot faoliyatini asosan alohida tarzda olib boradigan oila sifatida tavsiflanadi. Bunday oilalarga bort kuzatuvchilari (styuardessa/styuard), dengizchilar, san’atkorlar, kosmonavtlar, geologlar, harbiylar, sportchilar oilalari kiritiladi va ularning ulushi o‘rtacha jami oilalarning 4-6 foizini tashkil etishi qayd etiladi. Zamonaviy ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar rakursida distant oilalarni empirik tadqiq etish zarurati, oiladagi shaxslararo munosabatlar hamda mazkur tipdagi oilalarda kamol topayotgan bolalarning psixologik rivojlanish qonuniyatlari dinamikasidagi o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TADQIQOTLAR RAKURSIDA DISTANT OILA FENOMENI Muallif: Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi 1 Affiliyatsiya: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi o‘qituvchisi, psixol.f.b.f.d (PhD) 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17359617 ANNOTATSIYA Distant oila ko‘pincha turmush o‘rtoqlarning har biri kasb faoliyatining o‘ziga xosligi tufayli, hayot faoliyatini asosan alohida tarzda olib boradigan oila sifatida tavsiflanadi. Bunday oilalarga bort kuzatuvchilari (styuardessa/styuard), dengizchilar, san’atkorlar, kosmonavtlar, geologlar, harbiylar, sportchilar oilalari kiritiladi va ularning ulushi o‘rtacha jami oilalarning 46 foizini tashkil etishi qayd etiladi. Zamonaviy ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar rakursida distant oilalarni empirik tadqiq etish zarurati, oiladagi shaxslararo munosabatlar hamda mazkur tipdagi oilalarda kamol topayotgan bolalarning psixologik rivojlanish qonuniyatlari dinamikasidagi o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi. Kalit soʻzlar: distant oilalar, demografik o‘zgarishlar, psixologik xususiyatlar, oila institute, qadriyatlar transformatsiyasi, begonalashuv. KIRISH Jamiyatni modernizatsiya qilish tendensiyalari XX asr oxiriga kelib, dunyodagi sanoatlashgan mamlakatlarda an’anaviy oilaviy tuzilmalarning inqirozga uchrashiga olib keldi. Natijada oilaviy sivilizatsiya tanazzuli boshlanib, jamiyatning agrar ishlab chiqarish va oilaviy mehnat faoliyati zaiflashdi, hatto yo‘qolib bordi. Mashinalar, raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirish insonni ishlab chiqarish jarayonining asosiy markazidan chetlashtirdi. XXI asrda texnologik taraqqiyot raqamlashtirish, robotlashtirish, sun’iy intellekt va kommunikatsiya vositalarining rivoji inson hayotining barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Buning natijasida oila institutining an’anaviy shakli o‘z ahamiyatini yo‘qotib, yangi turlar, jumladan, distant (masofaviy) oilalar fenomeni yuzaga kelmoqda. ASOSIY QISM Ayni paytda jahon miqyosida oila instituti tub o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Bu holat, eng avvalo, mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan uzviy bogʻliqdir. Ular shaxs psixologiyasida ham o‘z aksini topib, oilaviy qadriyatlarga munosabatda sezilarli transformatsiyalarni keltirib chiqarmoqda. Distant oilalarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, bir tomondan, zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarining qulayliklarini namoyon etsa, ikkinchi tomondan, oila a’zolari o‘rtasidagi hissiy yaqinlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasining pasayishiga sabab bo‘ladi. Natijada ajralishlar, ixtiyoriy nikohsizlik, yolg‘iz ota-onalar sonining ortishi kabi salbiy demografik tendensiyalar kuchaymoqda. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari Distant oila bu geografik jihatdan ajralgan, biroq axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida o‘zaro munosabatni davom ettiruvchi ijtimoiy birlikdir. Bunday oilalarda ota-onalar yoki turmush o‘rtoqlardan biri boshqa shaharda, mamlakatda yoki hatto qit’ada yashab, masofadan turib o‘z oilaviy rollarini bajaradi. Shu sababli, distant oilalar jamiyatda nisbatan yangi, ammo tobora keng tarqalayotgan sotsial-psixologik hodisaga aylanmoqda. Bunday oilalar psixologiyasini o‘rganish dolzarb bo‘lib, ular shaxsiy mas’uliyat, hissiy barqarorlik, ishonch va kommunikativ kompetensiyaning o‘ziga xos namoyon bo‘lish shakllarini o‘rganish imkonini beradi. Zamonaviy psixologiya fanlarida oila masalalariga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Yu.I. Aleshina, V.N. Drujinin, G. Navaytis, O.S. Alekseyova kabi olimlar ta’kidlashlaricha, oila mustaqil tizim bo‘lishiga qaramay, u jamiyatda kechayotgan barcha o‘zgarishlarni bevosita yoki bilvosita aks ettiradi [7, 120 b.]. Distant oilalar bu jarayonlarning eng yaqqol ko‘rinishlaridan biridir. Masofaviy turmush shakli oila tizimida kommunikativ, hissiy va axloqiy bog‘liqliklarni yangi formatda qayta tashkil etishni talab qiladi. Oiladagi tizimlilikning asosiy tamoyili oilaviy munosabatlarning tarkibiy yaxlitligidir. Ammo distant oilalarda bu yaxlitlik masofaning o‘zi bilan sinovdan o‘tadi: yaqinlik virtual shaklga ko‘chadi, hissiyotlar raqamli muloqotga moslashadi, va bu holat shaxsning psixologik barqarorligini yangi darajada sinaydi. Shu boisdan, bunday oilalar tahlilida sinergetik yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. U oilaviy munosabatlarni chiziqli bo‘lmagan, muvozanatsiz tizim sifatida tahlil qilish imkonini beradi [1, 226 b.]. Oila psixologiyasi erkinlik, tenglik va qadr-qimmat tamoyillariga asoslanadi. Distant oilalarda bu tamoyillar alohida ahamiyat kasb etadi, chunki turmush o‘rtoqlarning geografik ajralganligi ularning mustaqil qarorlar qabul qilish, vaqtni boshqarish va hissiy ehtiyojlarni muvofiqlashtirish zaruriyatini kuchaytiradi. Shunday qilib, oila barqarorligi endilikda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy omillar, balki psixologik moslashuvchanlik, kommunikativ madaniyat va texnologik savodxonlik bilan ham belgilanadi. A.I. Antonov ta’kidlaganidek, oila bu shaxsiy ehtiyojlarni qondirish va ijtimoiy funksiyalarni uyg‘unlashtiradigan tizimdir [2, 23 b.]. Distant oilalarda esa bu uyg‘unlikning yangi shakli vujudga keladi ya’ni “virtual yaqinlik” modeli. Bu modelda oila a’zolari o‘zaro hissiy aloqani texnologiyalar orqali tiklaydi. Shu bilan birga, shaxsiy muloqotning kamayishi, jismoniy ishtirokning yetishmasligi oilaviy birdamlikni susaytirishi mumkin. Psixologik nuqtai nazardan, distant oila bu yuqori darajadagi hissiy intizom, mas’uliyat va ishonch talab qiluvchi tizim. Distant munosabatlarda shaxsning barqarorligi, empatiya darajasi va o‘zaro ishonch eng muhim psixologik determinantlardir. Ota-onalarning bolalar bilan virtual muloqoti, masofadan tarbiya jarayonlari, hissiy issiqlikni yetkazish usullari bularning barchasi yangi ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini ochib bermoqda. I.S. Demina qayd etganidek, oilaviy rivojlanishni o‘rganishda iqtisodiy, biologik va psixologik omillarni kompleks yondashuv asosida tahlil qilish lozim [4, 111 b.]. Distant oilalarda esa bu omillarga axborot-kommunikatsion omillar ham qo‘shiladi. Masalan: • Texnologik konfiguratsiya: oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot chastotasi, vaqt zonalari farqi, onlayn platformalarning sifati; 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari • Ekologik sharoitlar: ijtimoiy-iqtisodiy holat, madaniy farqlar, shaxslararo hissiy masofa; • Individual xususiyatlar: shaxsning kommunikativ kompetensiyasi, stressga chidamliligi, raqamli adaptatsiya darajasi. N.N.Obozov fikricha, oilaning asosiy belgilari yo‘naltirilganlik, birlikka intilish va ahillikdir [5, 90 b.]. Distant oilalarda bu fazilatlar sinovdan o‘tadi: masofa yaqinlikni zaiflashtirishi mumkin, biroq shu bilan birga, o‘zaro ishonchni chuqurlashtiradi. Bunday oilalarda “masofa paradoksi” kuzatiladi: jismoniy uzoqlik hissiy bog‘liqlikni kuchaytiruvchi omilga aylanishi mumkin. I.F.Yudina ta’kidlaganidek, zamonaviy oilalarning muammolari moddiy, ijtimoiy va psixologik omillar bilan belgilanadi [6, 88 b.]. Distant oilalarda esa: • Moddiy muammolar: ikki manzilni yuritish, ikki turar joy uchun xarajatlar; • Tarbiyaviy muammolar: bolalar bilan hissiy muloqotning kamayishi; • Psixologik muammolar: yolg‘izlik, beqarorlik, ishonch krizisi, virtual aloqa orqali tuyg‘ularni ifoda etishdagi cheklovlar. Biroq distant oila shunchaki muammolar majmui emas. Bu yangi ijtimoiy va psixologik moslashuv modeli. Unda inson raqamli muhitda ham hissiy yaqinlikni saqlash, sevgi va sadoqatni uzluksiz davom ettirishga intiladi. Bu esa zamonaviy jamiyatda inson ruhiyatining elastikligi va moslashuvchanligining yorqin namunasidir. I.M.Trubavina “distant oila”ni a’zolari turli sabablarga ko‘ra bir-biridan masofada yashaydigan oila sifatida ta’riflaydi: kasb xususiyatlari, qamoq jazosi, davolanish, oilani ta’minlashga qodir bo‘lmaslik va bolalarni vaqtincha internatga topshirish kabi holatlar bunga sabab bo‘lishi mumkin. Muallif bunday turdagi oilani ko‘pincha noqonliq (muammoli) turkumga kiritishga moyil [7]. V.S.Torokhtiy hayot faoliyati sharoitlari xususiyatlariga ko‘ra distant oilani g‘amxo‘rlik yetishmovchiligi, otalikning nomuntazamligi va hokazo belgilar bilan ifodalanadigan tur sifatida tasniflaydi. U bunday oilalar qatoriga dengizchilar, bort kuzatuvchilari, geologlar, harbiylar, sportchilar, san’atkorlar oilalarini kiritadi [9]. D.I. Penishkevich distant oilalarni quyidagi toifalarga ajratadi: 1. O‘zaro tushunish mavjud bo‘lgan oilalar (har bir ota-ona o‘ziga ajratilgan rolni bajaradi; ulardan biri bolalar ta’limi, uy-joy qurilishi, shaxsiy biznes ochish va hokazo uchun mablag‘ topadi); 2. Noto‘liq distant oilalar (bolalar bilan uyda ota-onalardan faqat bittasi qoladi, ko‘pincha ota; bunday sharoitda ona va ota rollarini bir vaqtning o‘zida bajarishning iloji yo‘qligi); 3. Har ikki ota-ona uzoq muddat xorijda mehnat qiladi (bola, odatda, buvi-bobo, uzoq qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar yoki do‘stlar qaramog‘ida qoladi) [5]. T.G.Veretenko va N.V.Zaveriko distant oilalarning tipologiyasini ishlab chiqib, uchta asosiy mezonni ajratadi: (a) distant oila vujudga kelish sabablari (barqaror oilaviy munosabatlar saqlangan holda), (b) oilaviy munosabatlar sifati, (c) qarindoshlik darajasiga ko‘ra birga yashash shakli [2]. Birinchi mezon vujudga kelish sabablari asosida quyidagi turlar ko‘rsatiladi: 1. ota-onalardan birining uzoq muddatli qamoq jazosi tufayli shakllangan; 2. ota-onalardan biri uzoq xorijga mehnatga ketishi tufayli shakllangan (odatda xorijda ishlash 10 yil va undan ortiq davom etadi); 3. ota-onalardan biri yaqin xorijga mavsumiy ishlarga doimiy ravishda ketishi natijasida shakllangan; 12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari 4. ota-ona(lar)ning vaxtali usulda ishlashi (neft-gaz sohasi va boshqalar); 5. ota-onalarning vaqti-vaqti bilan muayyan muddatga yo‘qligi (harbiylar, dengizchilar, san’atkorlar, sportchilar va h.k.); 6. oilaning amalda parchalanishi natijasida shakllangan turmush o‘rtoqlardan biri/ikkalasi uzoq muddat oiladan alohida yashaydi; 7. nikohdan tashqari tug‘ilgan farzandlar mavjud bo‘lib, ota-ona hech qachon birga yashamagan; 8. turli davlat fuqarolaridan iborat oilalar bo‘lib, bola muayyan davrlarda otaonalardan biri bilan yashab turadi. Ikkinchi mezon oilaviy munosabatlar sifati bo‘yicha: 1) qonliq (barqaror) va noqonliq; 2) konfliktli va konfliktsiz oilalar ajratiladi. Uchinchi mezon qarindoshlik darajasiga ko‘ra birga yashash asosida: 1) bola otaonalardan biri bilan yashaydigan oilalar; 2) bola qarindoshlar bilan yashaydigan oilalar; 3) vasiylikka olingan (patronat/foster) oila; 4) homiy oilasi. XULOSA Distant oilalarning kengayib borishi bir qator ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Shuning uchun distant oilalarning shakllanishida asosiy sabab sifatida ijtimoiyiqtisodiy zarurat oilaning barcha sohalarida moddiy farovonlik va moliyaviy ta’minot ehtiyoji ko‘rsatiladi. O.A.Volkova va A.N. Ostavnaya keltirgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rtacha har 10 nafar migrantning 2 nafari chet elda olti oygacha, 4 nafari esa yiliga 7–9 oy ishlab bo‘lishadi [4]. Oila boshi mehnat maqsadida uzoq muddat mamlakatdan tashqariga ketganida, oilada o‘ziga xos ota-ona–bola munosabatlari shakllanadi va bu holat o‘smirning o‘z-o‘zini anglash jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat migrantlari farzandlari, umuman olganda, tengqurlari bilan bir xil muammolarga (o‘qish, qarama-qarshi jins bilan munosabatlar va h.k.) duch kelishadi. Biroq ota-onalar yo‘qligi sababli ularda qo‘shimcha muammolar ota-onalar uchun xavotir, bezovtalik, yakka-yolg‘izlik, qo‘rquv, o‘zini haddan tashqari tasdiqlashga urinishlar vujudga keladi. Ko‘pincha bu deviant xulq va tez-tez sodir bo‘ladigan konfliktlarga olib keladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Боярин Л. В. Некоторые аспекты феномена дистантной семьи и причин ее возникновения // Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов. 2014. URL: http://www.jurnal.org/artides/2014/psih44.html (дата обращения: 13.05.2015). 2. Веретенко Т.Г., Заверико Н.В. Социально-педагогическая работа с дистантными семьями // Научный вестник Черновицкого университета. Педагогика и психология. 2005. Вып. 225. С. 92-97. 3. Гордиенко Н.В. Современная украинская дистантная семья как объект социально-педагогической работы // Научный вестник Черновицкого университета. Педагогика и психология. 2005. Вып. 263. С. 57-61. 4. Оставная А.Н., Волкова О.А. Приднестровская трудовая миграция: штрихи к потенциальной социальной политике // Научноаналитический журнал «Актуальные проблемы экономики и менеджмента». 2014. № 1 (1). URL: http:// www.sstu.ru/nauka/nauchnyeizdaniya/zhurnal-aktualnye-problemy-ekonomiki-i-menedzhmenta/. 13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari 5. Пенишкевич Д. Подготовка будущих социальных педагогов к работе с дистантными семьями // Научный вестник Черновицкого университета. Педагогика и психология. 2005. Вып. 225. С. 92-97. 6. Проблемы детей трудовых мигрантов: анализ ситуации / Под ред. К.Б. Левченко. Киев, 2006. 7. Социально-педагогическая и психологическая работа с детьми трудовых мигрантов: Науч.-метод. пособие / Под ред. К.Б. Левченко, И.М. Трубавиной, И.И. Цушка. Киев, 2007.